O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar


Download 1.66 Mb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1379529
Bog'liq
1-Ma\'ruza.KT



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR 
VAZIRLIGI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari univyersiteti
KOMPYUTER TARMOQ TUSHUNCHASI. TARMOQNI TASHKIL 
ETUVCHI QURILMALAR. TARMOQ TURLARI
MA’R U Z A C H I : SH.A. JAVLIYEV
FAN: K o m p y u t e r t a r m o q l a r i
K A F E D R A : K O M P Y U T E R T I Z I M L A R I
E m a i l : n e w _ p r o g r a m s @ m a i l . r u
1 – Ma’ruza
TOSHKENT - 2023


• Tarmoq tushunchasi
• Tarmoqni tashkil etuvchi elementlar
• Kompyuter tarmoqlaridan foydalanish
• Tarmoqlarni bir-biri bilan bog‘lash

Web server
• web server turlari

Tarmoq turlari
MA’RUZA REJASI


Kompyuter tarmoq tushunchasi
• Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumotot almashishini
ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuiga aytiladi.
• Kompyuterlararo ma’lumotlarni almashishni ta’minlab beruvchi bunday tarmoqlar kompyuter
tarmoqlari deb ataladi.


Tarmoqni tashkil etuvchi elementlar
• Tarmoqni to‘liq o‘rganish uni tashkil etuvchi elementlarini ishlash tamoillarini bilish kerak bo‘ladi.
Bu tashkil etuvchilar quyidagi to‘rt qatlamdan biriga tegishli bo‘lishi mumkin:
Kompyuter
• Kompyuter
• Telefon
Komunikatsion
qurilmalar
• Hub
• Switch
• WiFi router
• Modem
Operatsion 
tizmilar 
• Windows 
• Linux 
• MacOs
• Android 
Tarmoq ilovalari 
• Internet browserlar
• ma'lumotlar almashish
• Serverlar


Tarmoqni tashkil etuvchi elementlar
• Tarmoq ilovalari deganda – foydalanuvchilarga, kompyuter tarmog‘i tomonidan ko‘rsatilishi
mumkin bo‘lgan turli xil xizmatlarni amalga oshiruvchi dasturlar tushuniladi


Internet web brouzerlari
• Web brouzerlar – bu Internet resurslari va ma'lumotlaridan foydalanishni ta'minlovchi dasturlar
bo‘lib, internetda joylashgan sahifani yuklash, tahlil qilish va uni ko‘rsatish hamda sahifalararo
o‘tishlarni amalga oshirish uchun xizmat qiladi. Ularning quyidagi turlari mavjud.


Internet browser statistics 2021
Chrome
Safari
Internet Explorer & Edge
Firefox
Opera
1
2
3
4
5
1
2
3
4
5


Kompyuter tarmoqlaridan foydalanish
• Kompyuter tarmoqlarida foydalanuvchilarning ilovalarini amalga oshiruvchi dasturlar ham
bajariladi. Foydalanuvchining ilovalari deganda – ma'lum bir amaliy masalani yechish
uchun mo‘lljallangan dastur tushuniladi.
• Bunday dasturlar ham taqsimlangan dasturlar sinfiga mansub bo‘ladi. Foydalanuvchining
ilovalariga – ma’lum bir korxona uchun ishlab chiqilgan ma'lumotlar bazasini boshqarish
tizimini (MBBT) misol bo‘la oladi.


Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib kirish
• Ma’lumotlar bazasiga uzoq masofadan turib
kirishda,
umumiy
ma’lumotlarni
markazlashtirishda, ma’lumotlarni ma’lum masofaga uzatishda va ularni taqsimlab qayta
ishlash borasida ko‘pgina vazifalar mavjud. Bularga bir-qancha misolar keltirish mumkin:
bank va boshqa moliyaviy to‘zilmalar
bozorning axvolini aks ettiruvchi tijorat tizimi (“talab-taklif”)
ijtimoiy taominot tizimi; soliq xizmati
orlik masofadan turib kompyuter ta’limi
aviachiptalarni zaxira qilib quyish tizimi
o‘zokdan turib tibbiy tasxishlash
saylov tizimi


Kompyuter tarmoqlarini axborot uzatish (almashinish) ketma-ketligi
• Kompyuter tarmoqlarini qurishda uchraydigan asosiy muammolardan biri, bu tarmoq tarkibiga
kirgan qurilmalar - kompyuterlar, kontsentratorlar, kommutatorlar, marshrutizatorlar
o‘rtasida
axborot uzatishni amalga oshirish muammosi hisoblanadi.
Kompyuter va tashqi qurilma o‘rtasida axborot almashinish.
Kompyuter va tashqi qurilma o‘rtasida axborot almashinish.
Yonma-yon joylashgan ikki kompyuter o‘rtasida axborot almashinish
Yonma-yon joylashgan ikki kompyuter o‘rtasida axborot almashinish
Bir-biridan uzoq masofada joylashgan kompyuterlarning aloqa kanallari orqali
axborot almashinishi
Bir-biridan uzoq masofada joylashgan kompyuterlarning aloqa kanallari orqali
axborot almashinishi
1
2
3


Tarmoqlarni bir-biri bilan bog‘lash
• Tarmoqlarni bir-biri bilan o‘zaro ulash uchun tarmoklararo interfeys sifatida takrorlagichlar,
ko‘priklar, marshrutlovchi va shlyuzlar ishlatiladi


Takrorlagichlar (repitor)
• Takrorlagichlar (repitor) elektr signallarni kuchaytiruvchi va signalni uzoq masofaga
uzatishda uning shaklini va amplitudasini saqlashni ta'minlaydigan kurilmadir.


Ko‘priklar (bridge)
• Ko‘priklar (bridge) OSI tarmokdi daraja bayonnomalari bilan tasbirlanadi, oluvchilarning
adreslariga mos ravishda ma'lumotli
paketlarni filtrlashni bajarib, tarmokdi va undan yukori
darajalarda ma'lumotlarni
uzatishning bir xil bayonnomalarini ishlatuvchi tarmoklar o‘rtasidagi
trafikni (kiymatlarni uzatishni) tariflaydi.


Marshrutlovchilar (router)
• Marshrutlovchilar (router) - axborotni tashkil qiladi, uning keyingi eng yaxshilarini aniqlaydi, uni
boshqa tarmoqda moslashtirish va uzatish uchun ba'zi bir o‘zgartirishlarni
bajaradi, kerakli
mantiqiy kanal yaratadi va vazifasi bo‘yicha axborotni uzatadi.


Shlyuzlar (gateway)
• Shlyuzlar (gateway) tarmoq darajalarida ishlatuvchi va hisoblash tarmoqlarini birlashtirish
imkonini beruvchi qurilma.


web server
• web server - bu foydalanuvchidan kelayotgan so‘rovlarni so‘rovlarni qabul qiluvchi kompyuter dasturiy
ta'minoti va asosiy uskunasi hisoblanadi. Ya'ni, biz yaratgan yoki foydalanayotgan barcha web sayt, web
sahifa va boshqa ma'lumotlarni saqlab turuvchi internet tarmog‘idagi tizim yoki uskuna web server deb
tushuniladi.


web serverga o‘rnatiladigan web dastur turlari
• Apache (Apache Software Foundation)
• IIS – Microsoft mahsuloti hisoblanadi. Server operatsion tizimlariga o‘rnatilgan(Windows Server 2003,
Windows Server 2008,..).
• Nginx va Lighttpd – ochiq veb server. Katta hajmdagi saytlar uchun.
• Google Web Server – Google tomonidan ishlab chiqilgan veb server.
• Cherokee – veb interfeys orqali boshqariladi.
• Rootage – Java tilida yozilgan veb server.
• THTTPD – oddiy, kichik hajmdagi, tez va xavfsiz veb server.


Apache Software Foundation
• Apache HTTP Server bepul veb-serverdir.
• Apache - bu Linux, BSD, Mac OS, Microsoft Windows, Novell NetWare, BeOS operatsion tizimlarini qo‘llab
quvvatlaydigan o‘zaro faoliyat platformali dasturiy ta'minot hisoblanadi. Apache serverining asosiy
afzalliklari ishonchlilik va konfiguratsiya moslashuvchanligidir.


Tarmoq va uning turlari
• Tarmoq deb kompyuterlar, terminallar va boshqa qurilmalarning ma’lumotot almashishini
ta’minlaydigan aloqa kanallari bilan o‘zaro bog‘langan majmuiga aytiladi.
• Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa
kompyuterlar yordamida kirish mumkinligini ta’minlab beradi va quyidagi turlarga bo‘linadi:
• PAN (Personal Area Network)
• LAN (Local Area Network)
• CAN (Campus Area Network)
• MAN (Metropolitan Area Network)
• WAN (Wide Area Network)
• GAN (Global-Agea Network)



PAN (Personal Area Network)
• PAN (Personal Area Network) – bu kompyuterlar, telefonlar, planshetlar va shaxsiy PDA kabi
qurilmalar o‘rtasida ma’lumotlarni uzatish uchun ishlatiladigan kompyuter tarmog‘idir.
• U ko‘pi bilan 8ta qatnashchilar mavjud bo‘lishi mumkin va radius qamrovi 30 metrgacha.


LAN (Local Area Network)
• LAN (Local Area Network) –bir korxona, muassaning bir yoki bir qancha yaqin binolardagi
abonentlarni bog‘laydi.
• Bunday tarmog‘ga ucha katta bo‘lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan
kompyuterlarning birlashuviga mos keladi.


LAN (Local Area Network)
• Lokal (mahalliy) tarmoq kichik bir hududda joylashgan abonentlarni birlashtiradi, ya’ni lokal
tarmoqlar bir binoda yoki bir – biriga yaqin binolarda joylashgan kompyuterlarda o’zaro axborot
almashish imkonini beruvchi tarmoq hisoblanadi.
• Bunday tarmoq odatda aniq bir joyga bog’langan bo’ladi. Masalan, biror korxona yoki tashkilotga.
• Mahalliy tarmoqning uzunligini 2—3 km bilan cheklash mumkin. Bunday tarmoqlarda axborot
almashinish aloqa kabellari (ba’zan, telefon tizimi yoki radiokanal) orqali amalgam oshiriladi va
bunda foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan kompyuterlardagi ma’lumotlarni ayirboshlash va dastur,
chop etish qurilmasi, modem va boshqa qurilmalardan birgalikda foydalanish imkoniyatiga ega
bo’lishadi.


LAN (Local Area Network)
• Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona
boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika
komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
• Windows da lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulay hisoblanadi.
• Lokal tarmoqda kompyuterlar orasidagi masofa yaqin bo'lganligi bois, telefon kanallaridan
foydalanmasdan axborotni uzatish tezligini oshirish mumkin.
• Lokal tarmoqda axborotni uzatish uchun axborotni marshrutlash va selektsiyalash lozim buladi.
• Marshrutlash bu - kerakli manzilga axborot blokini uzatish yo’lini aniqlash jarayonidir.
• Selektsiyalash - tegishli manzildagi axboroni saralash hisoblanadi va lokal tarmoqlar selektsiyalash
orqali axborotni bir abonent tizimidan boshka tizimga uzatishni ta'minlaydi.


Mahalliy hisoblash tarmog‘i
• Mahalliy hisoblash tarmog‘i - kompyuterlar, boshqa qurilmalari (printerlar, disk kontrollerlari va
boshqalar) ning bog‘lanishini ta’minlaydigan va ularga umumiy disk xotirasidan, qurilmalaridan
birgalikda foydalanishga, ma’lumotlar bilan almashishga imkon beradigan apparat vositalari va
algoritmlar to’plamiga aytiladi.


CAN (Campus Area Network)
• CAN (Campus Area Network) – bu mahalliy tarmoqlarning o‘zaro bog‘lanishidan tashkil topgan
kompyuter tarmog‘i hisoblanadi.


MAN (Metropolitan Area Network)
• MAN (Metropolitan Area Network) – bu bitta qurilish lokal tarmog‘idan (LAN) kattaroq, lekin
keng maydon tarmog‘idan (WAN) kichikroq bo‘lgan yagona geografik hududda joylashgan
kompyuter tarmog'idir.


WAN (Wide Area Network)
• WAN (Wide Area Network) – keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan
ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq


WAN (Wide Area Network)
• Mintaqaviy tarmoq – bu, biror tuman, viloyat yoki respublika miqyosidagi kompyuterlarni o'zida
mujassamlashtirgan tarmoq hisoblanadi.
• Mintaqaviy kompyuter tarmoqlari bir-biridan ancha uzoqda joylashgan biror mintaqaga tegishli
abonentlarni birlashtiradi. Masalan, biror shahar ichidagi yoki iqtisodiy regionda yoki alohida bir
mamlakatda joylashgan abonentlarni birlashtiruvchi tarmoq.
• Bunday tarmoda bir nechta markazlashgan (ya’ni lokal tarmoqlarni birlashtiruvchi) juda quvvatli
serverlar mavjud bo’ladi va bunday serverlar o’rtasidagi axborot aloqa kabeli, optik tolali yoki
sun’iy yo‘ldosh radioaloqa kanallari yordamida uzatiladi.


GAN (Global-Agea Network) 
• GAN (Global-Agea Network) – global kompyuter tarmog’i hisoblanadi. Million abonentlarni
o‘zida birlashtiradi (Internet).


GAN (Global-Agea Network) 
• Global kompyuter tarmoqlari turli mamlakatlarda, turli qit'alarda joylashgan abonentlarni
birlashtiradi, ya’ni global tarmoq – dunyoning ixtiyoriy davlatidagi kompyuterlarni o’zida
birlashtirish imkoniniga ega bo’lgan tarmoq.
• Abonentlar orasida aloqa bunday tarmoqlarda telefon aloqa liniyalarda, radioaloqa va sputnik aloqa
tizimlari asosida amalga oshiriladi.
• Global kompyuter tarmog’iga misol qilib internet tushunchasini olish mumkin.
• Internet - bu mihglab local va mintaqaviy kompyuter tarmoqlarini bir butun qilib birlashtiruvchi
butun dunyo kompyuter tarmog’i.


Foydalanilgan adabiyotlar
1. Andrew S. Tanenbaum. Computer Networks, Fourth Edition. Publisher; Prentice Hall, 2011Бройдо В.Л.
Архитектура ЭВМ и систем. Учебник для вузов.- СПб. Питер. 2009.- 720 с.
2. Гук М. Аппаратные средства локальных сетей. Энциклопедия.- СПб.: Питер, 2005. -573 с.
3. Кульгин М. Компьютерные сети. Практика построения: Для профессионалов/М.Кулгин. -2-е изд.
СПб:Питер, 2003.-462 с.
4. Локальные сети, модемы, интернет: ответы и советы: монография/Сост. И.Грень. – Минск: Новое
знание, 2004. – 351 с.
Kerakli internet manzillar:
http://www.kgtu.runnet.ru
http://www.piter.com
http://www.ciscopress.ru
http://www.williamspublishing


E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling