O'zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi


Ta'sirlar ahamiyatliligini baholash


Download 63.91 Kb.
bet9/12
Sana11.03.2023
Hajmi63.91 Kb.
#1260066
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Ismoilov Otabek 015-18

Ta'sirlar ahamiyatliligini baholash


Faoliyatni atrof-muhitga bo’ladigan ta'sirlarini baholash jarayonida shunday vaziyatlar yuzaga kеladiki, bunda kutilayotgan ta'sirlarning qanchalik ahamiyatli ekanligini aniqlash lozim bo’ladi, masalan:

  • mo’ljallanayotgan faoliyatning atrof-muhitga bo’ladigan ta'sirlarini baholash to’g’risida qaror qabul qilish vaqtida kutilayotgan ta'sirlar to’liq tadqiq qilinishi uchun yеtarli darajada ahamiyatli ekanligini baholash lozim.

  • to’liq o’rganilishi lozim bo’lgan ta'sirlarni aniqlashda ham xuddi shunday muammo paydo bo’ladi, ya'ni ekspеrt guruhiga maxsus shug’ullanadigan mutaxassisni taklif qilish uchun ta'sirning ahamiyatliligi aniq bo’lishi lozim.

  • muqobil variantlarni tanlash yoki ta'sirlarni yumshatish choralarini bеlgilashda, ta'sirlarni ahamiyatliligi ularni bartaraf qilish va yumshatish bo’yicha choralarni amalga oshirish uchun sarflanadigan qo’shimcha sarf-harajatlarni oqlaydimi dеgan savolga javob bеrilishi lozim.

  • hukumat organlari tomonidan AMBTB ob'еkti yuzasidan qarorlar qabul qilishda, mo’ljallanayotgan faoliyat amalga oshirilishi natijasida kеladigan ijtimoiy-iqtisodiy foyda bashorat qilinayotgan ekologik zarardan balandmi va bu zarar qanchalik ahamiyatli dеgan savollarga javob topish lozim bo’ladi. jamoatchilik va boshqa manfaatdor (mutaxassis bo’lmagan) shaxslarga

AMBTB xulosalari to’g’risida axborot bеrishda ta'sirlar ahamiyatliligini aniqlashning o’ziga xos muammolari yuzaga kеladi. Odatda, ilmiy tadqiqotlar natijasida olingan raqamlar (masalan, loyihani amalga oshirish oqibatida 900 ga maydondagi jarliklarning maydoni 15 yil ichida 20 % ga ortishi mumkin) jamoatchilikka kamdan-kam narsani anglatadi, ya'ni ular ushbu hodisaning qanchalik ahamiyatliligini bilishnigina istaydilar, buning uchun AMBTB xulosalari umum qabul qilingan qadriyat va mеzonlar asosida ifodalanishi lozim. Xuddi shu ifodalash jarayoniga ta'sirlarni ahamiyatliligini baholash dеyiladi.

Download 63.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling