O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti himoyaga ruxsat berildi


Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar yetishi va ish beruvchi


Download 450.38 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana19.06.2023
Hajmi450.38 Kb.
#1611380
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
O\'rozova Nargiza BMI

 
3.2. Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar yetishi va ish beruvchi 
masuliyati 
 
Inson mehnat faoliyatiga ta’sir etuvchi omillar odam umrining ko‘p vaqtini 
mehnat egallaydi, agar inson ish faoliyatida o‘rnatilgan barcha tartib-qoidalarga 
rioya qilmasa, bu o‘z navbatida, inson mehnat faoliyatiga va sog’lig’iga jiddiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Ishlab chiqarish sharoiti-bu istisnoni o‘rab turgan atrof muhitning bir 
qismini tashkil qilib, uning tarkibiga tabiat-iqlimga bog‘liq bo‘lgan hamda 
insonning kasbiy faoliyatiga ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillar (shovqin, 


55
silkinish, zaharli tutunlar, gazlar, changlar, nurlanishlar va hokazo) kiradi. 
Xavfli omillar deganda - muayyan bir sharoitda inson sog‘lig’iga zarar 
keltirishi yoki organizmni halokatga olib kelishi tushiniladi. Zararli omillar esa- 
insonning ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi yoki biror bir kasallikka olib 
keluvchi holat tushuniladi. Ish sharoitida ishning qandayligiga va ish joyining 
qanday tashkil etilganligiga bog‘liq. Xavfli va zararli omillarning ta’sir 
xususiyatlari 
ularning 
tarkibiga 
tuzilishiga, 
fizik-kimyoviy 
xossalariga 
miqdoriga,inson tana a’zolariga ta’sir etish yo‘llariga, holatiga uchuvchanligiga 
suvda ,yog‘da eruvchanligiga va boshqa ko‘rsatkichlariga bog‘liq. 
Aksariyat xavfli omillarga - ishlab chiqarishdagi zaharli kimyoviy, biologik 
moddalar, ionlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan nurlar va boshqa kuchli ta’sir 
etuvchi kuchlar kiradi. Zaharli kimyoviy moddalarning yo‘l qo‘yiladigan oxirgi 
darajasidan (UQOD) yuqori miqdorda, yoki biologik xavfli ta’sirlarning (patogen 
mikroorganizmlaming) inson tanasiga o‘tishi natijasida kuchli kimyoviy, yoki 
biologik zaharlanish yuz berib, insonning o‘limiga olib keladi. Shuningdek, 
ionlantirish xususiytiga ega bo‘lgan nurlarning yuqori miqdordagi do‘zasi ta’sirida 
ham inson hayoti xavf ostida qoladi. Zaharli omillarga - ishlab chiqarishdagi 
changlar, tutunlar, gazlar, bug‘lar, yo‘l qo‘yiladigan oxirgi darajadan (YQOD) 
yuqori qiymatga ega bo‘lgan ishlab chiqarish mikroiqlimining gigiyenik me’yorlari 
shovqinlar, titrashlar, yoritilganlik, elektr va magnit maydonlari va boshqa ta’sirlar 
kiradi. Zaharli omillarning inson tana a’zolariga o‘z-o‘zidan o‘tishi yoki ta’sir 
etishi va tanada yig‘ilishi natijasilda kasb kasalliklari kelib chiqadi. Masalan, 
ishlab chiqarish changlari Pnevm okom ioz kasalliklaridan tashqari teri 
kasalliklarini ham keltirib chiqaradi. Xavfli va zararli omillar ta’siridagi zararlar 
deb, ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish va kasb kasalliklarining paydo 
bo‘lishi, kasallanishning ortib ketishi hamda vaqtinchalik mehnat faoliyatining 
yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga aytiladi.
Ishlab chiqarish muhitidagi xavfli va zararli omillar 4 guruhga bo‘linadi: 
1. Fizikaviy
2. Kimyoviy


56
3. Biologik 
4. Psixofiziologik 
Ishlab chiqarishdagi zararlar deb,ish unumdorligining pasayishi, zaharlanish 
va kasalliklaning paydo bo‘lishi, kasallanishning ortib ketishi va vaqtinchalik 
mehnat faoliyatining yo‘qotilishi va boshqa salbiy oqibatlarga olib kelishiga 
aytiladi. Xavfli va zararli omillarning quyidagi turlari mavjud:
Kimyoviy (zaharli moddalarning paydo bo‘lishi va ularning inson 
organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi).
Fizikaviy (shovqin, silkinish, va boshqa turdagi titrashlar, nurlanishlar, iqlim 
o‘zgarishlari: ob-havo haroratining isishi yoki sovib ketishi),atmosfera bosimining 
o‘zgarishi yoritilish darajasi, chang-to‘zonlarning ko‘tarilishi va boshqalar).
Biologik (kasallangan mikro organizmlar, mikrob preparatlari, biologik 
pestitsidiar va boshqalar).
Jismoniy (statistik va dinamik) zo‘riqish - og‘ir yukni olib o‘tish, inson 
jismoniy holatining buzilishi, inson tana a’zolarining katta bosim ostida bo‘lishi va 
boshqalar.
Fiziologik (jismoniy harakatlanishning cheklanishi - ginokeniziya).
Psixologik (nerv faoliyatining zo‘riqishi - aqliy faoliyatni keragidan ortiq 
ishlatish, his-hayajonning ortib ketishi). 
Inson mehnat faoliyatining turlari Inson mehnat faoliyati hozirgi vaqtda 
quyidagi mehnat turlariga bo‘linadi: 
A. Jismoniy faollikni talab qiluvchi mehnat turi.Bunday mehnat turi, 
qachonki mehnat vositalari bo‘lmagan vaziyatlarda qo‘llaniladi.Bunda katta 
energetik kuch talab qilinadi, ya’ni 17 dan 25 gacha MJ yoki 4000-6000 kkal 
energiya va undan ortiq. Ushbu mehnat turi taraqqiy etishi bilan birga, bir qancha 
kamchiliklarga ega. Jumladan, mahsulotning oz miqdorda ishlab chiqarilishi, 
mehnat unumdorligining pastligi, ishchilaning tez toliqishi oqibatida ish kuni 50 
foizining dam olishga sarflanishi va boshqalar. 
B. Mexanizatsiyalashgan mehnat turi. Bu mehnat faoliyati turida 
ishchilaning energiya sarf qilishi kuniga 12,5-17 MJ yoki 3000-4000 kkal atrofida 


57
bo‘ladi. Mexanizatsiyalashgan mehnat turida asosan ishchi kuchi energiyasi 
tejaladi va asosiy kuch dasturiy ta’minot zimmasiga tushadi. Bunday mehnat turida 
maxsus bilim va amaliyot talab etiladi. Mexanizatsiyalashgan ishlab chiqarish 
sharoitida ish kuchining samaradorligi kamayadi, lekin bunda masofadan turib qo‘l 
harakatidan foydalanish oqibatida yuqori ish unumdorligiga erishiladi. Demak bu 
mehnat turida, kichik qismda qabul qilingan ma’lumotlar asosida muayyan 
ishlarning takrorlanishi mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi. 
D. Yarim avtomatlashgan ishlab chiqarish turi. Bu mehnat turida insonning 
uzluksiz ishlashiga chek qo‘yiladi va ish faoliyatini avtomatlashtirilgan 
mexanizmlar boshqaradi. Bunda insonning vazifasi avtomatlashgan liniyalarga 
xizmat ko‘rsatish va elektron texnikalarni boshqarish bilan cheklanadi. Ushbu 
mehnat faoliyatida - ish qismining kattaligi, ish unumdorligining yuqoriligi, lekin 
inson asabining turli darajadagi tarangligi bilan xarakterlanadi. 
E. Avtomatlashtirilgan mehnat turi fiziologik jihatdan ishchining ishga 
doimiy tayyorgarligi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bunday noxushliklarni 
darhol bartaraf etishni taqozo etadi. Bunday funksional holat «operativ kutish» turli 
holatlarda ishchining ishga bo‘lgan munosabati, uning tezlik bilan ish ko‘rishi, 
ishga mas’uliyat bilan yondashishi va boshqa holatlarga bog‘liq. 
F. Konveyer mehnat turi. Ushbu mehnat turining e’tiborli jihati - umumiy 
ish jarayonining alohida ish turlariga, ketma-ketlikda ish bajarilishiga konveyer 
tasmasi orqali biron-bir detalning har bir ish joyiga avtomatik tarzda yetkazib 
berilishini amalga oshiradi. Bunday mehnat shakli ishchilardan bir maromda va 
berilgan ish sur’atida ishlashni talab qiladi. Bunda ishchi boshqaradigan ish 
operatsiyasiga qancha kam vaqt sarflasa, uning mehnat unumdorligi shuncha 
yuqori bo‘ladi.
Monotoniya - bu konveyer mehnat shaklidan kelib chiqqan salbiy 
oqibatlardan biri bo‘lib, o‘z navbatida, tez-tez to‘liq ishga va asabiylashishga olib 
keladi. Buning oqibatida ish jarayonida orqaga ketish kuzatiladi, har kungi 
asabiylashishlaning qaytarilishi oqibatida parishonxotirlik, mehnat faoliyatining 
sekinlashishi yuzaga kelib, oqibatda ishchi ishlash qobiliyatining pasayishiga olib 


58
keladi. 
G. Ishlab chiqarish jarayoni (texnologiyani) boshqarish bilan bog‘liq bo‘lgan 
mehnat shakli. Inson avtomatlashgan mehnat jarayonida qancha kam ishtirok etsa, 
uning hissasi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunga fiziologik nuqtayi nazardan qaralsa, 
ishlab chiqarish jarayonini boshqarish ikkita asosiy shakiga bo‘linadi: birinchidan 
masofadan turib boshqarish, ya’ni ishchidan tez va faol harakatlanishni talab qilsa, 
ikkinchisi esa kam hollarda harakatlanishni taqozo etadi. Boshqarishning birinchi 
shaklida ishchi faqat bir operatsiyaga emas, balki boshqa jarayonlarga ham 
e’tiborini qaratishi talab etiladi, ikkinchi shaklda esa ishchi harakat qilishga tayyor 
bo‘lib turadi, lekin uning tezligi kamroq bo‘ladi. 
I. Aqliy mehnat shakli (Intellektual mehnat shakli) Bu mehnat shakli alohida 
bir kasb bo‘lib, unga ham moddiy ishlab chiqrishga aloqador sifatida qaralmoqda. 
Masalan: texniklar, muhandislar, dispetcherlar, konstruktorlar, operatorlar, ishlab 
chiqarishga aloqasi bo‘lmagan olimlar, vrachlar, o‘qituvchilar, artistlar, rassomlar, 
yozuvchilar va boshqalar. Aqliy mehnat shundan iboratki, unda turli qismdagi 
ma’lumotlaming tahlil qilinishi - inson xotirasi va e’tiborining susayishiga olib 
keladi. Bunday mehnat shaklida jismoniy harakat juda katta ahamiyat kasb etmaydi 
va oqibatda bir kunlik quvvat sarfi 10-11,7 MJ yoki 2000 - 2400 kkal ni tashkil 
etadi. 
Aqliy mehnat uchun «gipokeneziya» xarakterli hisoblanib, bu nafaqat inson 
faoliyatining salmoqli darajada pasayishiga, o‘z navbatida, inson organizmining 
buzilishiga va haddan ziyod his hayajonga berilishiga olib keladi. Gipokeneziya - 
ishlab chiqarishdagi noxush omillardan hisoblanadi. Shuning uchun aqliy mehnat 
faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kishilarda yurak xastaligining kelib chiqish darajasi 
yuqori hisoblanadi. Aqliy mehnat shaklining bir necha turlari mavjud: operator, 
boshqaruvchi, ijodiy mehnat, tibbiyot xodimlari mehnati, o‘qituvchilar, o‘quvchilar 
va talabalar mehnati. Bular bir-biridan o‘zining mehnat jarayonidagi ishtiroki, his-
hayajon darajalarining turli darajada bo‘lishligi bilan farq qiladi.Operator 
zamonaviy ishlab chiqarish asoslari sharoitida jarayonni boshqarish vazifasini, har 
bir operatsiya ishini nazorat qilish, mahsulotning liniyadagi harakatlanishini va uni 


59
xaridorlarga yetkazish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Boshqaruv mehnati - korxona 
va tashkilot rahbarlarining mehnati bo‘lib, u katta hajmdagi muammolarni, 
ma’lumotlarni tahlil qilish, tezkor qaror qabul qilish, shaxsiy javobgarlikni his 
etish, yuzaga keladigan salbiy muammolaning yechimini o‘z ichiga oladi. Ijodiy 
mehnat - anchagina murakkab mehnat shakllaridan biri bo‘lib, bunda xotira va 
e’tibor kuchli bo‘lishi talab etiladi, bu asabiy hayajonlanishning oshishiga olib 
keladi. Bu turdagi mehnat faoliyatiga pedagoglar, dastur tuzuvchilar, dizaynerlar, 
arxitektorlar, ilmiy xodimlar, yozuvchilar, bastakorlar, artistlar, rassomlar, 
konstruktorlar kiradi. 
Bunday mehnat turlari juda katta emotsional va asabiy zo‘riqishlami talab 
qiladi. Bunday mehnat faoliyatidagilarda qon bosimi, tana haroratining oshishi, 
organizmning kislorodga bo‘lgan tanqisligi oshishi kabi funksional o‘zgarishlar 
kuzatiladi. O‘qituvchilar, savdo va tibbiyot xodimlari mehnati - ular har doim 
odamlar bilan o‘zaro munosabatda bo‘lishlarida sabab, ularda javobgarlikning 
ortishi, vaqtning yetishmasligi, ma’lumotlarni to‘g‘ri qabul qilmasligi natijasida 
asabiy hayajonning oshishiga olib keladi. O‘quvchilar va talabalar mehnati: Bu 
mehnat shaklida psixologik funksiyalami: xotira, e’tibor, qabul qilish susayib, 
asabiy holatlarga tushib qolib (imtihon sinovlar va hokazo), zo‘riqishlarga olib 
keladi.Insonning mehnat qilish jarayonida energiya sarflanishi, bajaraladigan 
ishning og‘ir-yengiligiga, ya’ni muskul energiyasining sarflashiga, ishning oddiy 
yoki murakkabligiga, emotsional zo‘riqish darajasi va ishlab chiqarish muhitining 
gigiyenik normalariga (havo harorati nisbiy namligi va havo harakati tezligi) 
bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchilar (o‘qituvchilar, 
tibbiyot xodimlari,muhandislar va boshqalar)ning bir kecha-kunduzda sarflaydigan 
energiyalari 10-11,7 MJ ni, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarda va xizmat ko‘rsatish 
sohalarida ishlayotganlar 12,7-17,5 MJ ni va og‘ir jismoniy mehnat qiladiganlar 
esa 16,8-25 MJ energiya sarflar ekan. Mehnat qilish jarayonida energiya sarflanish 
darajasi mehnat qilish holatiga ham bog‘liq bo‘ladi. O‘tirib ish bajarganda umumiy 
energiya sarfiga nisbatan 5-10 foiz ortiq energiya sarflanadi. Tik turib ishlaganda 
10-25 foiz, majburiy noqulay ish sharoitida 40-50 foiz ortiq energiya sarflanadi. 


60
Aqliy mehnat jarayonida sarfianadigan energiya miqdori odamning asab 
emotsional holatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, o‘tirib ovoz chiqarib o‘qish 
jarayonida energiya sarfi 48 foizga ortadi, ko‘pchilikka ma’ruza qilgan vaqtda 94 
foizga ortadi va hisoblash mashinalari operatorlari sarflagan energiya hajmi 60-100 
foizga ortishi kuzatiladi. Demak, insonning turli ko‘rinishdagi mehnat 
faoliyatlarini amalga oshirishda, ularning aqliy va jismoniy imkoniyatlarini 
hisobga olish, inson organizmining mehnat qilish qobiliyatlarini oshirish uchun 
kerakli choralarni ko‘rish va ishchi-xizmatchilar uchun kerakli shart-sharoitlarni 
yaratish talab etiladi.
Mehnatning fiziologik asoslari har qanday mehnat - murakkab fiziologik 
jarayonlar kompleksidan tashkil topadi. Bu faoliyatda markaziy asab sistemasi 
asosiy vazifani bajaradi, ya’ni ish jarayonida inson organizmida sodir bo‘ladigan
o‘zgarishlarni boshqaradi. Aynan inson miyasi tufayli mehnat faoliyatida uning 
kuch-quvvati (energiyasi) sarflanadi. Mexanik ishlarni boshqarish uchun inson 
organizmida kimyoviy-biologik jarayon natijasida uglevodlar parchalanishi 
hisobiga amalga oshadi. Bunda jismoniy kuchga sarflanadigan kislorod miqdori 
mehnat faoliyatining unumiga bog‘liq bo‘ladi. Jismoniy mehnat faoliyatida nafaqat 
uning kuch-quvvatiga, balki fiziologik a’zolar tizimida ham o‘zgarishlar yuz 
beradi. 
Masalan, chuqur nafas olish yoki chiqarish orqali ish jarayonining 
kechikishiga olib keladi. Jismoniy tayyorgarlik ko‘rgan insonlarda chuqur nafas 
olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Yurak a’zolari tizimida ham o‘zgarishlar yuz 
beradi. Masalan, og‘ir jismoniy harakatning ko‘payib ketishi oqibatida, yurakning 
tez-tez urishiga va qon bosimining ko‘tarilib ketishiga olib keladi. Bunda qondagi 
biokimyoviy o‘zgarishlar natijasida qand dinamikasi o‘zgarishi kuzatiladi. 
Jumladan, o‘rtacha og‘ir ish bilan shug‘ullanuvchilarda qand miqdori oshib boradi, 
lekin qandning ortib borish miqdori kasallangan inson tuzalib ketgunga qadar 
muayyan vaqtgacha saqlanib qoladi. Organizmdagi quvvatning sanoqli darajada 
sarflanishi natijasida undagi uglevod zaxiralarining kamayishiga olib keladi. 
To‘xtovsiz jismoniy og‘ir mehnat qilish oqibatida sut kislotasining 


61
ko‘payishiga, PH muhitning oshishi esa qondagi gemoglabin kislorodining teriga 
o‘tish tezligining oshishiga olib keladi. Shuningdek, og’ir jismoniy mehnat 
qiladiganlarda suv va tuz almashish jarayonlarining tezlashishiga, ter to‘kilishiga, 
bular esa buyraklar bajaradigan vazifaning yengillashishiga olib keladi. Ammo, 
bunday mehnat faoliyatida organizmdagi oshqozon osti bezi ish faoliyatining 
sekinlashishiga, ovqat hazm qilishning pasayishiga olib keladi hamda eshitish, 
ko‘rish, sezish faoliyatlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bunga qarshi deyarli 
aqliy mehnat faoliyatida - gaz almashunuvi qisman o‘zgarishi, qon pulsi 
sekinlashishi, qon bosimining ko‘tarilishi, nafas olishning qiyinlashishi, miyaga 
ko‘p qon quyilishiga olib keladi. 
Surunkali aqliy mehnat burun qon tomirlari, ayniqsa, miya va yurak qon 
tomirlarining me’yoriy tonusining o‘zgarishiga olib keladi. Aqli mehnat faoliyati 
sezgi a’zolari: eshitish, ko‘rish, sezishning jimjitlikda ishlashi bilan uzviy bog‘liq. 
Yengil jismoniy mehnat, aqliy mehnat faoliyatining qo‘llab-quvvatlab turadi, og‘ir 
jismoniy mehnat esa buning aksi, jismoniy va aqliy mehnat faoliyatini to‘xtovsiz 
amalga oshirilishi inson ishlash qobiliyatining pasayishiga olib keladi. 

Download 450.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling