O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti himoyaga ruxsat berildi
Mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlarini yaratish
Download 450.38 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'rozova Nargiza BMI
3.3. Mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlarini yaratish
Mehnat faoliyatiga ob-havo muhitining ta’siri Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish zonalari (texnosfera) havo muhiti quyidagi ko‘rsatkichlar orqali belgilanadi: - havo harorati, °C; - havoning nisbiy namligi, %; - havo bosimi, mm. simob ust. yoki Pa; - havo harorati yo‘nalishi, m/c bilan aniqlanadi. Bulardan tashqari metereologik sharoitga ta’sir etuvchi ishlab chiqarish omillari ham mavjud bo‘lib, ulardan ishlab chiqarish korxonalaridagi har xil qurilma-uskunalar va ishlov berilayotgan materiallar, moddalar yuzasidan tarqaladigan issiqlik nurlari havo haroratining oshishiga olib keladi. Aynan mana 62 shu omillar ish joylaridagi mikroiqlimm tashkil etadi. Mikroiqlim omillari insonning mehnat faoliyatiga, sog‘lig‘iga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Chunki, mikroiqlim omillarining bir vaqtda hammasi deyarli ta’sir qiladi. Masalan, sovuq sharoitda isituvchi omillar hamda shu bilan birga texnologik jarayonlardan ajralib chiqadigan bug‘ va parlar hisobiga nisbiy namlik ortib ketganida, uni normallashtiruvchi omil bo‘lishi mumkin. Ba’zi hollarda bu omillarning bir-biriga qo‘shilib ketishi natijasida zararli ta’sirlar ortib ketishi mumkin. Masalan, nisbiy namlik va haroratning ortib ketishi inson uchun og‘ir sharoitni vujudga keltiradi. Bundan tashqari ish joylaridagi havo harakatining oshishi harorat yuqori bo‘lgan vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past bo‘lgan vaqtda esa salbiy natijaga olib keladi. Bundan ko‘rinadiki, ishlab chiqarishning ob-havo omillari inson organizmi issiqlik boshqarilishining buzilishiga sabab bo‘ladi. Organizmning issiqlik boshqarilishi fiziologik va kimyoviy jarayonlar asosida tana haroratining bir xil chegarada (36-37,6°C) saqlab turish demakdir. Tana haroratining ko‘rsatilgan darajadan ortib ketishini «issiqlash», sovushini esa «sovish» deb ataladi. Issiqlash va sovush mehanat faoliyatini buzuvchi halokatli holatni vujudga keltirishi mumkin. Shu sababdan ham inson organizmining tashqi muhit bilan moslashuvi (fiziologik mexanizmi) markaziy nerv sistemasining nazorati ostida bo‘ladi. Bunday fiziologik mexanizmning asosiy vazifasi organizmda modda almashuvi natijasida issiqlikning ortiqchasini tashqariga chiqarib, issiqlik balansini ushlab turadi. Tashqi muhitga moslashuv ikki xil: fizik va kimyoviy bo‘ladi. Kimyoviy tashqi muhitga moslashuv, organizmning issiqlash davrida modda almashinuvini kamaytirishi va sovushida esa modda almashuvini oshirishi mumkin. Organizmning tashqi muhitga issiqlik chiqarishi uch yo‘l bilan o‘tishi mumkin: - odam tanasining umumiy yuzasidan infraqizil nurlanish orqali (radiatsiya) havo almashinuvi; - tanani o‘rab turgan havo muhitini isitish (konveksiya); - terming terlab, bug‘lanishi va nafas olish yo‘llari orqali suyuqliklarning 63 bug‘lanishi natijasida. Normal sharoitda kuchsiz havo harorati bo‘lgan holda harakatsiz odam organizmi infraqizil nurlanishi orqali organizm ishlab chiqargan issiqlikning 45%, konveksiya orqali 30% va terlash orqali 25% ni yo‘qotishi mumkin. Infraqizil nurlanish va konveksiya orqali issiqlikni yo‘qotish faqat tashqi muhit harorati tana haroratidan past bo‘lgan hollarda bo‘lishi mumkin. Shuni qayd qilish kerakki tashqi muhit harorati qancha kam bo‘lsa, issiqlik yo‘qotish shuncha kuchli bo‘ladi. Agar tashqi muhit harorati tana haroratidan yuqori yoki teng bo‘lsa, u holda issiqlik ajralish terlab bug‘lanish hisobiga bo‘ladi. Masalan, 1 g. tering bug‘lanishi uchun 2,5 KJ (0,6 kkal) issiqlik yo‘qotilishi mumkin. Organizmdan chiqadigan tering miqdori tashqi muhit haroratiga va bajarilayotgan ish turiga bog‘liq. Jumladan: harakatsiz organizmda tashqi muhit harorati 15°C bo‘lsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil etadi, harorat yuqori b o isa (30°C va undan yuqori), ayniqsa, og‘ir mehnat ishlami bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi. Masalan, issiq sexlarda, og‘ir ishlar bajarilishi natijasida terlashning miqdori soatiga 1-1,5ga yetadi, terlashga sarflanadigan issiqlik miqdori esa 2500- 3800 kj (600-900 kkal) ni tashkil etadi. Tering bug‘lanishi havoning harakatiga va nisbiy namligiga, kiygan kiyimning materialiga bog‘liq. Agar issiqlik yo‘qotilishi faqat terlash orqali amalga oshirilayotgan sharoitda havoning nisbiy namligi 75-80% dan ortiq bo‘lsa, terining bug‘lanishi qiyinlashadi va organizmning tashqi muhitga moslashuvi buzilib, organizmda issiqlik ko‘tariladi. Kuchsiz issiqlik ko‘tarilishi tana haroratining yengil ko‘tarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, sovuq qotish, nafas olish va qon tomirlar urushining tezlashishi bilan xarakterlanadi. Agar kuchli issiqlash yuz bersa, unda nafas olish qiyinlashadi, qattiq bosh og‘rig‘i kuzatiladi, bosh aylanadi, nutq qiyinlashadi. Inson tanasida issiqlik ko‘tarilishi uning terlashi orqali ko‘p miqdorda kerakli tuzlarning kamayishiga olib keladi. Bu holatda teri hujayralaridagi tuz miqdorining kamayishi, tering namlikni (suvini) ushlab turish xususiyatining susayishiga olib keladi. Bunda inson organizmi tinmay ichilayotgan suvni chiqarib yuborib, kuchli chanqoqlikni keltirib chiqaradi. 64 Bu esa organizmning suv bilan zaharlanishiga olib keladi. Bunday holatlarda organizm paylarida qaltirashlar paydo bo‘lishi, qonning quyuqlashishi va kuchli terlash hamda tana haroratining 40-41°C ga ko‘tarilishi kuzatiladi. Qaltirash kasalligi va tana harorati ko‘tarilishining oldi olinmasa,o‘lim bilan yakunlanishi mumkin.Shuning uchun ishlab chiqarish korxonalarida tashkil qilinayotgan gigiyenik shart-sharoitlar yuqoridagi qaltirash va issiqlik urish kasalliklarining oldini oladi. Yuqori haroratli ishlab chiqarish tarmoqlarida aynan organizm yo‘qotadigan tuzlarni tiklash uchun maxsus ichimliklami tayyorlash (fitobar) tashkil etilgan. Inson organizmiga past haroratli ta’sirlar ham uning fiziologik jarayonlarining buzulishiga, ish qobiliyatining susayishiga va organizmning kasallanishiga olib keladi. Past harorat ta’sirida qon tomirlari torayadi, uzoq vaqt ta’sir qilishi natijasida qon tomirlari faoliyati buzilib, organizmnmg sovuq qotishi seziladi. Asab tizimlarining sovuq qotishi natijasida suyak, qo‘l, oyoq va bel bo‘g‘imlarida kuchli og‘riq, o‘pkaga suv yig‘ilishi (plevrit), bronxit va boshqa shomollash bilan bo‘gliq kasalliklar yuzada keladi. Inson organizmiga sovuqning ta’siri, ayniqsa, havo harakati kuchli bo‘lib, havoning nisbiy namligi yuqori bo‘lgan vaqtda kuchli bo‘lmadi. Chunki, sovuq haroratdagi nam havo issiqlikni yaxshi o‘tkazadi va konveksiya orqali issiqlik yo‘qotilishini kuchaytiradi. Download 450.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling