8
1. 5G AVLOD TEXNOLOGIYALARINING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI
1.1. Ishning dolzarbligi
Sotali aloqaning yorqin kelajagi 5G standarti hisoblanadi.
Bazaviy
stansiyalari muqarrar ravishda yana o‘zgarishi kerak, chunki 5G standarti katta
MIMO massivlaridan
foydalanishni nazarda tutadi, bu esa qabul qiluvchini
antennaga jamper orqali ulashni imkoni yo‘q qiladi. Juda ko‘p 16, 32, ehtimol 64
ta jamperlar kerak bo‘ladi. Radiomodul antennaga o‘rnatiladi.
Bu yechim aktiv
antennalar tizimi (AAS -
active antenna system
) deb ataladi.
1.1-rasm. Taqsimlangan BSlardan
AAS yechimiga o‘tish
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha AAS an’anaviy sotali antennadan farq qilmaydi,
lekin uning ichida bazaviy stansiyaning elementlari ko‘p. AAS yechimida amalga
9
oshirilgan bazaviy stansiya endi “antenna”ga (AASga) ulangan tizim moduli (SM)
hisoblanadi. Gibrid variant ham mumkin, bunda aktiv antennalar tizimi bir nechta
aktiv diapazonlarni (bir nechta aktiv diapazonlar qabul qilgichlari/uzatgichlarini)
o‘z ichiga oladi va bir vaqtning o‘zida bir nechta passiv
diapazonlarni ulashni
ta’minlaydi. Bunda passiv diapazonlar uchun aktiv antennalar tizimining tarkibiga
kirmaymadigan alohida RRUlar ishlatiladi.
1.2-rasm.
AAS yechimining tuzilmaviy elementlari
Ammo bazaviy stansiyalar qurilmalarining evolyusiyalanishi, shubhasiz, bu
bilan to‘xtab qolmaydi. Hozirda mumkin bo‘lgan ko‘rinishlardan
biri bazaviy
stansiya qurilmalarining bulutli arxitekturasiga o‘tish bo‘ladi. Ehtimol, bir kun biz
tizim modulidan foydalanishdan butunlay voz kechish mumkin bo‘ladi. Bazaviy
stansiyada faqat bitta blok - tizim modulining integratsiyalashgan funksionalligiga
ega
aktiv antennalar tizimi qoladi, u optik transport liniyasi orqali tarmoq
yadrosiga ulanadi.
10
Yuqorida aytilganidek radiouzatgichlar/qabulqilgichlar (radiomodular) 5G
mobil aloqa tizimlari antennalarga
integratsiyalangan, shuning uchun keyingi
bo‘limlarda antennalar va ularning ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: