O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti himoyaga ruxsat berildi
Download 450.38 Kb. Pdf ko'rish
|
O\'rozova Nargiza BMI
5 MUNDARIJA KIRISH ………………………………………………………………………. 6 1. 5G AVLOD TEXNOLOGIYALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI………………………………………………… …. 8 1.1. Ishning dolzarbligi………………………………………………. 8 1.2. Antennalar, kirish qarshiligi va samaradorligi…………………... 10 1.3. Yo‘naltirilganlik va kuchaytirish ……………………………….. 14 1.4. Planar massivlar……………………………………………… 20 2. 5G MOBIL ALOQA TIZIMLARINING QABUL QILISH-UZATISH TRAKTINI TASHKIL ETISHNI TAHLIL QILISH………………………………………………………………….. 23 2.1. 5G tarmoqlarida fazalashtirilgan antennalarning qo‘llanilishi…. 23 2.2. Shahardagi tayanch stansiyalarning AFAR imkoniyatlari……... 25 2.3. Antennalar panjaralarining qabul qilgich-uzatgichlari…………. 26 2.4 5G Qabul qilgich-uztgichlarning arxitekturalari……………….. 29 2.5 5G Qabul qilgich-uztgichlarning fazalashtirilgan panjaralari….. 34 2.6 5G Tarmoqlarida xatoliklarni tuzatish…………………………. 49 3. HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI…………………………. …… 53 3.1. Faoliyat xavfsizligini ta’minlash vositalari…………………….. 53 3.2 Ishlab chiqarishda xodimlar salomatligiga zarar yetishi va ish beruvchi masuliyati…………………………………………….. 54 3.3 Mehnatning ekologiya jihatidan xavfsiz sharoitlarini yaratish…………………………………………………………. 61 XULOSA ……………………………………………………………………… 65 ADABIYOTLAR……………………………………………………………... 66 6 KIRISH O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.10.2020 yildagi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi N PF-6079 farmonini qabul qilinishi bilan mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot - kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning Oʼzbekistonda 5G mobil aloqa tarmogʼini joriy etish to‘gʼrisidagi topshirigʼi ijrosini taʼminlash doirasida «Coscom» maʼlumot uzatish tezligi bo‘yicha inqilobiy hisoblangan mobil aloqaning beshinchi avlod texnologiyalari tarmogʼi – 5G texnologiyasini sinovdan oʼtkazishni boshladi. O‘zbekistonda 2023-yil mart oyidan boshlab mobil internet tezligi oshirildi va mamlakat bo‘ylab 5G texnologiyasi joriy yetiladi. Bu haqda “O‘zbektelekom” AK axborot xizmati ma’lum qildi. Loyiha doirasida mavjud tayanch stansiyalari modernizatsiya qilinib, yangilari o‘rnatiladi. Shu jumladan, butun mamlakat bo‘ylab 3 mingdan ortiq tayanch stansiyalarini eng so‘nggi texnologiyalar bo‘yicha yangilash, shuningdek, 2 mingdan ortiq yangi tayanch stansiyalarini qurib ishga tushirish rejalashtirilgan. Bunda O‘zbekiston bo‘ylab mobil aloqa sifati yaxshilanadi, LTE standartidagi mobil internet tezligi hamda uning qamrovi oshiriladi. Ta’kidlanishicha, loyihaning muhim bosqichi qator tayanch stansiyalarini 5G standartiga o‘tkazish jarayoni hisoblanadi. Natijada abonentlar beshinchi avlod tezligida mobil internetdan bemalol foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Yurtimizning yetakchi mobil aloqa operatorlar 5G beshinchi avlod tarmog‘ini Tashkentda ishga tushirishdi. 5G – bu hayot tarzi va xizmat ko‘rsatish sifatini o‘zgartira oladigan tezkor internetga ega bo‘lgan beshinchi avlod aloqa vositasi. 7 5G tarmog‘ining ikki asosiy afzalligi – ma’lumot uzatish tezligi bir necha bor oshishi va javob berish vaqtini sezilarli darajada qisqartirishi. SpeedTest servisi yordamida o‘tkazilgan o‘lchovlar soniyasiga 1,3 Gbit gacha tezlikni ko‘rsatdi. Bu esa ma’lumotlar uzatish tezligi 4G tarmog‘idan 10 dan 100 baravargacha tezroq demakdir. Bundan tashqari, tarmoq sun’iy intellekt va virtual haqiqat uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi. Uztelecom O‘zbekistonda mazkur qurilmalar foydalanuvchilariga beshinchi avlod aloqa imkoniyatlaridan foydalanish imkonini beruvchi birinchi operator bo‘ldi. Bugungi kunda kompaniya texnik jamoasi tomonidan amalga oshirilgan muvaffaqiyatli ishlar natijasida 5G texnologiyasi Toshkent shahrida ishlayotganini ma’lum qilamiz. Hozirgi kunda Toshkentda 60 dan ortiq 5G baza stansiyalari ishga tushirildi. Download 450.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling