O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xozazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi mustaqil ish mavzu: Fotoeffekt hodisasi Bajardi: 073-21 guruh talabasi
Download 299.8 Kb.
|
1 2
Bog'liqNargiza Fizika 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- REJA: Kirish. Fotoeffekt hodisasini vujudga kelishi. II.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FIZIKA KAFEDRASI Mustaqil ish MAVZU: Fotoeffekt hodisasi Bajardi: 073-21 guruh talabasi . Xo’jayeva Nargiza . Tekshirdi: _______________ Toshkent- 2023 REJA: Kirish. Fotoeffekt hodisasini vujudga kelishi. II. Asosiy qism: 1.Fotoeffekt, uning turlari va konunlari. Eynshteyn Tenglamasi. 2.Fotoeffekt hodisasi; 3.Kompton effekti III. Xulosa Yorug‘likning moddaga ko‘rsatadigan ta‘siri bilinadigan turli hodisalar orasida fotoeffekt, ya‘ni yorug‘lik ta‘sirida moddaning elektronlar chiqarishi muhim o‘rin egallaydi.bu hodisani tahlil qilish yorug‘lik kvantlari haqidagi tasavvvurni yaratdi va hozirgi zamondagi nazariy tasavvurlarni rivojlanishida m uhim rol o‘ynadi. Fotoeffekt hodisasini nemis fizigi Gers kashf qildi. Bu hodisaning mohiyati quyidagidan iborat: elektrometrga rux plastinkani o‘rnatib,uni manfiy zaryad bilan zaryadlaymiz. Plastinkani tarkibida ultrabinafsha nurlar bo‘lgan kuchli yorug‘lik manbai, masalan, elektr yoyi bilan yoritamiz, bunda plastinka o‘z zaryadini tez yo‘qotganini, ya‘ni elektrometr strelkasini pasayganini ko‘ramiz. Nurlar yo‘liga ultrbinafsha nurlarni o‘tkazmaydigan qalin shisha plastinkani qo‘yib, tajribani takrorlaymiz, bunda plastinka zaryadini yo‘qotmaydi. Rux plastinkani musbat zaryad bilan ma‘um potensialgacha zaryadlaymiz va elektr yoyi bilan yoritamiz, bu holda esa plastinka zaryadini yo‘qotmaganini, strelka holatining o‘zgarmaganligini ko‘ramiz. Bundan yorug‘lik manfiy zaryadlangan metalldan zarralarni urib chiqarishi kelib chiqadi. Ularning zaryadini 1898-yilda J.J.Tomson aniqlagan va bu zarralarelektronlardan iborat ekanligini ko‘rsatgan. Fotoeffekt turlari: Tashqi fotoeffekt; Ichki fotoeffekt; Tashqi fotoeffekt metallarni aniq bir chastotali yorug‘lik bilan nurlantirilganda elektronlar chiqishi bilan bog‘liq. Agar elektronlar faqat ―o‘z ― atomlari va molekulalari bilan bog‘lanishni yo‘qotsa-yu, lekin yoritilayotgan moddaning ichida ― erkin elektron ―lar sifatida qolsa va shu bilan barcha moddalarning elektr o‘tkazuvchanligini oshira borsa, u vaqtda bunday fotoeffekt ichki fotoeffekt deb ataladi. Ichki fotoeffektni 1873-yilda amerikalik fizik U.Smitt kashf qilgan va yarimo‘tkazgichlarda, ba‘zan dielektriklarda kuzatgan. Tashqi foto- effektni 1887-yilda Gers kashf qilgan va 1888-yilda A.G.Stoletov tomonidan mufassal tekshirilgan. Stoletov qurilmasi rasmda ko‘rsatilgan: Yorug‘lik kvars darcha orqali havosi so‘rib olingan balon ichiga o‘tib, Download 299.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling