O‘zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi tosh


Download 66.43 Kb.
bet1/2
Sana09.04.2023
Hajmi66.43 Kb.
#1346112
  1   2
Bog'liq
metrologiya


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi

Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish”


fanidan


AMALIYoT


TOPSHIRIQ №1
Bajardi: AKT sohasida kasbiy
ta’lim yo‘nalishi 650_20 guruh
talabasi Jabborov Komiljonning

Qabul qildi: Agzamova Mutabar


Toshkent 2023
Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fandan


1 T O P SH I R I Q (AMALIYOT)


1 - jadval

Mavzu:

Metrologiyaning asosiy tushunchalari

Ishdan maqsad:

Asosiy tushuncha va ta’riflarni o‘rganish.

Adabiyotlar:

1. Isaev R.I., Karimova U.N., Raxmonova G.S. «Metrologiya standartlashtirish va sertifikatlashtirish» darslik. T:. «Aloqachi», 2017, 697b.
2. Toru Yoshizava, Handbook of optical metrology, 2008.

Vaqti

10 soat.

Toshshiriqni bajarish ketma ketligi

  1. Nazariy savollarga javob berish.

  2. Amaliy topshiriqni bajaring.

  3. Hisobot tayyorlash.



Eslatma: talabalar 2-jadvalda keltirilgan variant nomeri bo‘yicha o‘z variantlarini tanlab oladilar va nazariy savollar nomerlari bo‘yicha savollarga javob tayyorlaydilar.


2 - jadval


I. Nazariy savollar:

10. Bilvosita o‘lchashni tushuntirib bering.
Oʻlchash asboblari — oʻlchanadigan kattalikning qiymatini bevosita aniqlashga imkon beradigan vositalar. Analog , raqamli, koʻrsatuvchi va qayd qiluvchi, integrallovchi, jamlovchi va boshqalar turlarga boʻlinadi. Analog Oʻlchash asboblarida kattaliklarni oʻlchash shkala boʻyicha, raqamli Oʻlchash asboblarida raqamli hisoblash qurilmasi boʻyicha amalga oshiriladi. Koʻrsatuvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini faqat koʻrib turib aniqlash uchun moʻljallangan. Qayd qiluvchi Oʻlchash asboblari oʻlchash natijalarini qogʻozga qayd qilib borish qurilmasi bilan taʼminlanadi. Bunday asboblar yozib boruvchi (qaydlar qogʻozga diagramma tarzida chizib boriladi) va bosuvchi (oʻlchash natijalari qogʻozga raqamlar tarzida bosib boriladi) turlarga boʻlinadi. Integrallovchi Oʻlchash asboblarida oʻlchanadigan kattalik vaqt yoki boshqa mustaqil oʻzgaruvchan miqdor boʻyicha integrallanadi (mas, elektr va gaz hisoblagichlari). Jamlovchi Oʻlchash asboblari turli kanallar boʻyicha keluvchi ikki yoki bir necha kattalik qiymatini jamlab koʻrsatadi (mas, bir necha elektr generatorining quvvatini jamlovchi vattmetr).
Oʻlchash asboblari korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish maqsadida Oʻlchash asboblari koʻpincha rostlash, hisoblash va boshqarish qurilmalari bilan taʼminlanadi. Ular maxsus tuzilgan dasturlar boʻyicha ishlaydi.
Oʻlchash maʼlumotlarini uzatish, oʻzgartirish yoki avtomatik boshqarish tizimlarida foydalanish uchun qulay boʻlgan shakldagi signalni ishlab chiqish uchun moʻljallangan oʻlchash vositasi oʻlchash qurilmasi deb ataladi. Bu qurilma Oʻlchash asboblarini, oʻlchash oʻzgartirgichlari (oʻlchanadigan kattalikni uzatish uchun qulay signalga oʻzgartiruvchi vosita) ni, kuchaytirgichlar va boshqalar moslamalarni oʻz ichiga oladi.
Chiziqlar va burchaklarni oʻlchash qurollari (chizgʻichlar, transportirlar va boshqalar) oʻlchash vositalari, vazn (ogʻirlik) oʻlchanadigan vositalar oʻlchov vositalari deb ataladi.
Elektr taqsimlash qurilmalarida va yuqori kuchlanishli oʻzgaruvchan tok zanjirlarida tok kuchi, kuchlanish, quvvat va energiyani oʻlchash xavfsizligini taʼminlash uchun elektr oʻlchash transformatori qoʻllanadi. Uning birlamchi chulgamiga oʻlchanadigan kattalik (tok, kuchlanish va boshqalar) taʼsir qiladi, ikkinchi (pasaytiruvchi) chulgʻami esa Oʻlchash asboblariga va himoya relesiga ulanadi. Oʻlchash transformatori yordamida elektr Oʻlchash asboblari (voltmetr, ampermetr va vattmetr) bilan elektr kattaliklarning turli qiymatlarini oʻlchash mumkin. Keng maʼnoda — Oʻlchash asboblari turli kattaliklar (fizik, mexanik, elektr va magnit kattaliklar) ni oʻlchash bilan bogʻliq boʻlgan barcha oʻlchash apparatlari, qurilmalari va vositalarini oʻz ichiga oladi. Hozir impulsli va raqamli oʻlchash apparatlari keng qoʻllanilmoqda.

Download 66.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling