Oʻzbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Download 53.37 Kb.
|
AX xavlarni boshqarish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGIMUHAMMAD AL-XOZAZMIY NOMIDAGI TOSHKENTAXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIAX XAVFLARNI BOSHQARISHGA KIRISH MUSTAQIL ISH Mavzu: Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlarining ichki auditlari va rahbariyat javobgarligi Bajardi: Razzoqov X Tekshirdi: Bekmirzayev O Toshkent 2023 Reja: 1.Kirish 2.Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlarining ichki auditlari 3.Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlarining rahbariyat javobgarligi 4.Axborot xavfsizligini boshqarish tizimlarini takomillashtirish usullari 5.Xulosa 6.Foydalanilgan adabiyotlar Kirish Kompyuter texnikasi va axborot tizimlarining iqtisodda, boshqarishda, aloqada, ilmiy tadqiqotlarda, ta’limda, xizmat ko‘rsatish sohasida, tijorat, moliya va inson faoliyatining boshqa sohalarida qo‘llanilishining rivoji axborotlashtirish va, umuman, jamiyat rivojini belgilovchi yo‘nalish hisoblanadi. Kompyuter texnikasining qo‘llanishi evaziga erishiluvchi samara axborot ishlanishi ko‘lamining oshishi bilan ortib boradi. Ushbu texnikaning qo‘llanish sohalari va ko‘lami uning ishlashining ishonchliligi va barqarorligi muammolari bilan bir qatorda unda aylanuvchi axborot xavfsizligini ta’minlash muammosini tug‘diradi. Axborot xavfsizligi – axborotning nomaqbul (axborot munosabatlarining tegishli sub’ektlari uchun) oshkor qilinishidan (konfidensialligining buzilishidan), buzilishidan (yaxlitligining buzilishidan), sirqib chiqishidan, yo‘qotilishidan, modifikatsiyalanishidan yoki foydalanuvchanlik darajasining pasayishidan hamda noqonuniy tirajlanishidan himoyalanganligi. Ushbu xodisalarning sababchisi tasodifiy ta’sirlar yoki buzg‘unchining (niyati buzuqning) atayin ruxsatsiz foydalanishi natijasidagi ta’sirlar bo‘lishi mumkin. Jamiyatning jadal sur’atlarda axborotlashtirilishi sababli axborot xavfsizligi muammosi nihoyatda dolzarb va doimo shunday bo‘lib qoladi. Kitobning birinchi bobida axborot xavfsizligi tushunchasi va uning vazifalari bayon etilgan. Milliy xavfsizlik tushunchasiga ta’rif berilib, uning tashkil etuvchilari batafsil yoritilgan. Axborot xavfsizligini ta’minlashning asosiy vazifalari keltirilib, shaxsning, jamiyatning va davlatning axborot muhitidagi manfaatlari bayon etilgan. Xavfsizlik siyosati, axborot xavfsizligi arxitekturasi va strategiyasi va ular orasidagi bog‘liqlik masalalari ham ushbu bobdan o‘rin olgan. Download 53.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling