O’zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalari vazirligi toshkent axborot texnologiyalari universiteti akt sohasida kasb ta’limi fakulteti


Download 0.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/14
Sana21.06.2023
Hajmi0.96 Mb.
#1643259
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
19.05.2023. 
 
Amaliyotimning beshinchi kunida 7-sinf o’quvchilari uchun Antivirus dasturi 
mavzusi haqida dars mashg’uloti o’tildi. Dars doirasida o’quvchilarga Antivirus


dasturi haqida ma’lumot berish, uni yuklab olish va o’rnatish o’rgatildi va uning 
imkoniyatlari va vazifalari haqida ma’lumotlar berildi. 
Dars – Muqaddas. 
Sana: 19.05.2023. 
Sinf: 7– “A”. 
Fan: Informatika va axborot texnologiyalari. 
 
Mavzu: Antivirus dasturi 
Kompyuter viruslaridan ximoyalanish, ularni yo`q qilish va aniqlash uchun 
bir necha maxsus programmalar yaratilgan. Bunday programmalar antiviruslar deb 
ataladi. Kompyuterdagi ma'lumotlar va dasturlar ma'lum virus dasturi tomonidan 
o'chirilib yuborilishi yoki shikastlanishi mumkin. Virus-dasturlari dasturchilar 
tomonidan tajriba uchun yoki yomon niyatlarda yaratilib, asosan ular quyidagi 
vositalar orqali Sizning kompyuteringizga kirishi mumkin: 
- noma'lum disketadagi ma'lumotlarni o'qish natijasida (hujjat, o'yin va boshqalar); 
- internet tarmog'idan ba'zi xil dasturlarni yuklash natijasida; 
- elektron-pochta orqali; 
- lokal tarmoq orqali; 
- noqonuniy ko'chirilgan va tarqatilayotgan dasturlardan foydalanish oqibatida; 
Virus dasturlari asosan Assembler dasturlash tilida tuziladi va ular salbiy 
ta'siri bo'yicha bir nechta guruhga bo'linadi: 
1. Sodda viruslar - operativ xotirani band qilib, kompyuterning ishlashi 
sekinlashtiradi. 
2. Maxsus "stels" viruslari, ular joylashishini o'zgartirib turadi va ularni topish 
ancha murakkab. 


3. Ma'lumotlarga o'zgartirish kiritadigan viruslar. 
4. Ma'lumotlarni o'chiradigan viruslar. 
5. Foydalanuvchining ayrim bir (mahfiy) ma'lumotlarini Internet tarmog'i orqali 
virusni yaratgan shaxsga yuboradigan viruslar. 
Antivirus programmalari turlarga bulinadi: 
- programma detektorlar; 
- doktor-programmalar yoki fagi
- revizor programmalar; 
- filtrlovchi programmalar; 
- vaksina yoki immunitet programmalar. 



Download 0.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling