O’zbekiston Respublikasi Raqamli Texnologiyalari Vazirligi
Download 1.18 Mb.
|
1-mustaqil ish Dasturlash 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konteynerlar
- Kont еyn еr sinflar
Nazariy qism
STL kutubxonalari STL – (Standart Template Library) C++ dasturlash tilida turli xil ma’lumotlar tuzilmalari va funksiyalari ya’ni ro’yxatlar, steklar va massivlar kabi tuzilmalar bilan ishlash uchun qulay hisoblanadigan shablon sinflar to’plamidir. STL – konteyner sinflar kutubxonasi, algoritmlar va iteratorlardan iborat. STL tarkibi 4 ta asosiy komponentga ega: Algoritmlar Konteynerlar Funksiyalar Iteratorlar Algoritmlar - elementlar diapazonlarida foydalanish uchun mo'ljallangan funksiyalar to'plamini belgilaydi. Ular konteynerlarda ishlaydi va konteynerlar mazmuni uchun turli operatsiyalarni bajaradi hamda ular turli xildagi vositalarni taqdim etadi. Konteynerlar – turli xil tuzilmalar ob'ektlari va ma'lumotlarini saqlaydi. M-n: massiv, stek, navbat, ro’yxat, to’plam va h-k. Funksiyalar - STL funksiya chaqiruv operatorini qayta yuklaydigan sinflarni o'z ichiga oladi. Bunday sinflarning misollari funksiya ob'ektlari yoki funktorlar deb ataladi. Funktorlar yuboriladigan parametrlar yordamida bog'langan funktsiyaning ishlashini moslashtirishga imkon beradi. Iteratorlar - qiymatlar ketma-ketligi ustida ishlash uchun ishlatiladi. Ular STLda umumiylikka imkon beruvchi asosiy xususiyatdir. Iteratorlar bilan ko‘rsatkichlar kabi ishlash mumkin. Ularga *, inkrement, dekrement operatorlarni qo‘llash mumkin. Iterator tipi sifatida xar xil konteynerlarda aniqlangan iterator tip elon qilinadi. Kontеynеr sinflar Konteyner sinflar ular sinf shablonlari sifatida amalga oshiriladi, bu elementlar sifatida qo'llab-quvvatlanadigan turlarda katta moslashuvchanlikni ta'minlaydi. Konteyner o'z elementlari uchun saqlash joyini boshqaradi va ularga to'g'ridan-to'g'ri yoki iteratorlar (ko'rsatkichlarga o'xshash xususiyatlarga ega bo'lgan mos yozuvlar) orqali kirish uchun a'zo funktsiyalarini ta'minlaydi. Konteynerlar quyidagi turlari mavjud. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling