37. Uloq o`yinlarigi bormang!
38. Pul topish, hunar o`rgatish uchun mardikor bozoriga, Qozag`iston, Rossiya kabi chet davlatlarga bormang!
39. Uxlash xonangizga muzlatgichni qo`ymang!
40. Bilyard, qarta o`ynamang, xo`roz, it, qo`y urushtirish o`yinlariga bormang!
41. Doimo biror foydali mashg`ulot bilan band bo`ling!
42. O`qituvchi, qo`ni-qo`shni, qarindosh-urug`, tanish-bilish, o`tgan-ketganlarning Sizning tarbiyangizga doir salbiy, tanqidiy fikrlarini do`stona qabul qiling. Zudlikda yaxshilashga yo`l-yo`riq toping.
43. O’z joningizga qasd qilmang
44. Magazinda talon va chekka beriladigan un, paxta yog`i, non va boshqa maxsulotlarga chiqmang, surdi-surdidi oyoq ostida qolib ketmang!
45. Ota-onangiz sizni qanchalik yaxshi ko`rishini, Sizning sog`ligingiz, bu dunyoda borligingiz, Ular sizni deb yashayotganliklarini, boshingizga turli tashvishlar tushganda Ularga kerakligingizni eslang, xar qanday muammoingizni ota-onangiz bilan o`rtoqlashing, ulardan xech narsani yashirmasligingizni takror-takror uqtiramiz.
46. Gugurt, olov bilan o`ynashmang! Oqibati sizga ham, birovga zarar keltiradi.
47. Dala chetlariga to`plab qo`yilgan go`ng, turli chiqindi uyumlari, «Suvoqava» zavodidagi xovuzlar va quduqlar yoniga yaqinlashmang, atrofida o`ynamang, bitib-bitmagan binolar ustiga chiqmang.
48. Qishlog`imizdagi gaz taqsimlagich (GRP) ga tegmang, yonida gugurt o`ynamang.
49. Har qanday holatda o`zim va o`zga joniga qasd qilmang.
50. Tanish-bilish, qarindosh - urug` kabilarnikiga borganda etib borgan-bormaganligingiz bilan ota-onangizni xabardor qiling.
O G O H L A N T I R I SH X A T I
Biz, Kasbi tuman 29-umumiy o’rta ta’lim maktabining «_____» -sinf o`quvchilari, maktab rahbari bizning xafvsizligimiz bo`yicha bergan texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishdik. Bunga so`zsiz amal qilamiz. Shunda bunday noxush holatlarni oldini olgan bo`lamiz. Ogohlantirilganimizni o`z imzolarimiz bilan tasdiqlaymiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |