O‘zbekiston respublikasi sanitariya qoida, me’yor va gigienik normativlari covid 19 pandemiyasi davrida maktabgacha ta’lim tashkilotlarining ish faoliyatiga qo‘yiladigan vaqtinchalik sanitariya-gigienik talablar rasmiy nashr


III. Xonalar, jihozlarni sanitar saqlash va dezinfeksiya chora tadbirlariga qo‘yiladigan talablar


Download 259 Kb.
bet5/8
Sana02.01.2022
Hajmi259 Kb.
#202107
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
SANITARIYA-GIGIENIK TALABLAR

III. Xonalar, jihozlarni sanitar saqlash va dezinfeksiya chora tadbirlariga qo‘yiladigan talablar

3.1. SanQvaM 0355-18-son “O‘zR MTM ishining tarkibi, qurilmalari


va rejimiga qo‘yiladigan sanitar-gigienik talablar” amalda bo‘lgan sanitar gigienik qoidalarga mos holda MTTda toza suvning besh kunlik zahirasi mavjudligi hamda yuvuvchi va dezinfeksiya qiluvchi vositalar (3-ilova) bilan ta’minlanadi. Bularga qo‘shimcha ravishda MTTda bir xodimga bir kunda 20 ml, bir tarbiyalanuvchiga bir kunda 10 ml hisobidan qo‘llarni tozalash uchun tarkibida spirt saqlovchi antiseptik vositalarning zahirasini ta’minlanadi.

Xodimlar va tarbiyalanuvchilar qo‘llarini tozalash uchun qulay bo‘lgan joylarda antiseptik vositalar bilan dispenserlar o‘rnatish tavsiya etiladi;

Ovqat iste’molidan oldin va keyin, sayrdan so‘ng, hojatxonaga borib kelgandan so‘ng va qo‘lni ifloslanishi bilan bog‘liq boshqa xolatlarda tarbiyalanuvchilar qo‘llarini o‘z vaqtida yuvishi (qo‘llarni sovundan foydalangan holda yuvish) uchun barcha ma’suliyat tarbiyachilar zimmasiga yuklatiladi;

3.2. MTT 50x30smli o‘lchamdagi ko‘pikli materialdan tayyorlangan dezinfeksiyali gilamcha bilan ta’minlanadi, MTT xodimlari


va tarbiyalanuvchilari ushbu gilamchani bosib, MTT hududiga kiradi. Gilamcha 3% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritma yoki shunga o‘xshash preparat bilan namlanadi, gilamcha quriganida yana dezinfeksiyali eritma bilan namlanadi, kuniga kamida 2 marta (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy ko‘llanmasi asosida ishlatiladi).

3.3. MTT ochilishidan avval sanitariya-gigienik talablariga muvofiq belgilangan tartibda sanitariya-gigiena chora-tadbirlari tashkil etiladi (MTT hududi va barcha xonalari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan ishlatishga ruxsat berilgan dezinfeksiya vositalaridan foydalangan holda, umumiy tozalash va dezinfeksiya qilish ishlari amalga oshiriladi).

3.4. Kundalik samarali sanitariya va dezinfeksiya qilish imkoniyatini hisobga olgan holda o‘yinchoqlar, didaktik materiallar va boshqa uskunalarni ro‘yhatini qayta ko‘rib chiqish kerak. Guruhlar o‘rtasida o‘yinchoqlar, didaktik materiallar va boshqa uskunalarni aralashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

3.5. Har bir tarbiyalanuvchi uchun kanselyariya buyumlarini (qalamlar, qaychilar, albomlar va boshqalar) alohida shaxsiy qutilarda (qopchalarda) saqlash tashkil etiladi.

3.6. Suv, sovun, yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarni qo‘llagan holda barcha xonalarni har kuni 4 martadan namli tozalash quyidagi tartibda tashkil etiladi:

- suv, sovun, yuvuvchi vositalarni qo‘llagan holda 3 marta namli tozalash;

- ish kunining oxirida dezinfeksiyalovchi vositalarining 1% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmasi yordamida barcha xonalarni namli tozalash (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy ko‘llanmasi asosida ishlatiladi) (4- ilova).

Ko‘p ifloslanadigan yuzalarni 4 martadan dezinfeksiya qilish ishlari tashkil etiladi.

3.6.1. Xonalarni tozalash ochiq fortochka va oynalarda o‘tkaziladi. Ko‘p ifloslanadigan yuzalarni (eshik tutqichlari, shkaflar, deraza tokchasi, chiroqni yoqish qurilmasi, qattiq jihozlar, stol-stullar, manejlar va boshqalar) va chang yig‘iladigan joylar (plintus oldidagi pol, mebellarning tagi, radiatorlar, yoritish qurilmalarining armaturalari, ventilyasiya to‘rlari va boshqalar) e’tibor bilan yuviladi.

3.6.2. Guruh xonalar va ovqat xonalaridagi stollar har ovqatlanishdan oldin va keyin:

- dastlab, ozik-ovkat qoldiqlari va ifloslanishini tozalanadi;

- keyin sovunli suv bilan yuviladi;

- 1% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy dezinfeksiyali eritma bilan ishlov beriladi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy ko‘llanmasi asosida ishlatiladi).

Ishlatiladigan maxsus lattalar yuviladi, quritiladi va quruq holda maxsus belgilangan qopqoqli idishda saqlanadi.

3.6.3. Taglik kleyonkalar, kleyonkali so‘lakchalar har kuni sovunli issiq suv va antiseptik vositalar bilan artiladi.

Maishiy xojatda ishlatilgan suv (xonalar, xojatxona va boshqalarni tozalash uchun ishlatilgan suv) faqat unitazga yoki tashqi xojatxonaga quyilishi lozim.

3.6.4. Gilamlar har kuni chang yutgichda (chang yutgich mavjud bo‘lsa) va namli shyotka bilan tozalanadi.

3.6.5. Sanitar-texnik jihozlarni epidemiologik ko‘rsatmalar bo‘yicha kuniga ikki marta zararsizlantiriladi. Tuvaklarni har bir qo‘llangandan so‘ng shyotka va dezinfeksion eritmalar ekspozitsiyasi vaqtiga amal qilgan holda, yuvuvchi vositalarni qo‘llash yordamida amalga oshiriladi.

Vannalar, rakovinalar va unitazlarni kuniga ikki marta maxsus shyotkalar bilan sanitar–texnik jixozlarni tozalash uchun ruxsat etilgan va xavfsizligi kafolatlangan yuvuvchi va dezinfeksiyalovchi vositalarni qo‘llagan holda amalga oshiriladi. Maxsus shyotkalar dezinfeksiyalovchi vositalarning 1% gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmasi bilan har kuni qayta tozalanadi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy qo‘llanmasi asosida ishlatiladi).

3.7. Xojatxonani tozalash inventarlari (supirgi, chelak, shyotkalar) yorqin ranglar bilan belgilanadi va hojatxona xonasida maxsus shkafda yoki aloxida ajratilgan joyda saqlanadi. Barcha tozalash inventarlari foydalanilgandan so‘ng yuvuvchi vosita yordamida issiq suv bilan yuviladi


va quritiladi.

3.8. Har ikki soatda xonalarni shamollatish tashkil etiladi, ob-havo holati qoniqarli bo‘lgan sharoitlarda tarbiyalanuvchilarni ochiq oynalarda bo‘lishi ta’minlanadi. Noqulay ob-havo sharoitida elvizak shamollatish bolalarni xonada bo‘lmagan vaqtida 15 daqiqadan kam bo‘lmagan muddatda ta’minlanadi. SHamollatish tarbiyalanuvchilar havfsizligi ta’minlangan xolda, tarbiyachilar nazorati ostida amalga oshiriladi


(5-ilova).

3.9. Har kuni, ish kunining oxirida, MTT hududidagi ayvonlar va o‘yin maydonchalarini tozalash va dezinfeksiya qilish tashkil etiladi.

3.10. Xodimlar o‘rtasidagi muloqatni chegaralash maqsadida ovqat tayyorlash blokidan ovqatni olish uchun jadval tashkil etiladi. Ovqatlanish uchun foydalanilgan idish-tovoqlar har kuni yuvish uchun dezinfeksiyalovchi vositani 1%li gipoxlorit natriy yoki gipoxlorit kalsiy eritmasi ekspozitsiyasi qo‘llaniladi (boshqa zararsizlantiruvchi vositalar ishlab chiqaruvchining uslubiy ko‘llanmasi asosida ishlatiladi).

3.11. O‘yinlar uchun aloxida maydonchalar bo‘lmaganda (turar joy majmuasi tarkibida joylashganda) sayrlar o‘tkazish chegaralanadi.

3.12. Tarbiyalanuvchi yoki xodimda COVID-19 tasdiqlansa quyidagi chora tadbirlar o‘tkaziladi:

- kasallangan tarbiyalanuvchi yoki xodim bo‘lgan xonani yopish;

-xonadagi havo aylanishini oshirish uchun eshik va derazalarni ochish;

-kasallangan tarbiyalanuvchi yoki xodim bo‘lgan barcha xonalar, vanna va umumiy ishlatish uchun ajratilgan xonalar xam tozalanib dezinfeksiya qilinadi;

-agar kasallangan tarbiyalanuvchi yoki xodim MTTga qatnayotganligiga
14 kundan ortiq vaqt o‘tgan bo‘lsa, barcha xonalar, vanna va umumiy ishlatish uchun ajratilgan xonalarda qo‘shimcha tozalash va dezinfeksiya qilish kerak bo‘lmaydi.


Download 259 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling