O`zbekiston Respublikasi Soglikni saqlash vazirligi Abu Ali ibn Sino nomidagi Buhoro davlat tibbiyot instituti
Download 0.75 Mb. Pdf ko'rish
|
qon klinik tahlili
Gemoglobin va uni aniqlash
Gemoglobin – qon pigmenti bo’lib, eritrostitlardagi gem va globin oqsilidan iborat murakkab oqsildir. Uning asosiy faoliyati kislorod tashishdan, is gazini a’zoizdan chiqarishdan va kislota ishqor holatini boshqarishdan iborat. Gemoglobin miqdorini aniqlashning eng asosiy usullaridan biri kolorimetrik usuldir. Bu usul oddiyligi va kulayligi tufayli amaliyotda keng kullaniladi. Gemoglobinni aniqlash uchun gematologiyada xalqaro standartlashtirish komiteti gemiglobinstianid usulni taklif etgan. Sali usuli etarlicha standartlashmagan va hozirgi vaqtda klinikada qo’llash uchun tavsiya etilmaydi. Gemiglobinstianid usuli reaktiv ta’sirida gemoglobinni dastlab metgemoglobinga, keyinchalik kaliy stianid ta’sirida stianmetgemoglobinga aylantirishga asoslangan. Qon va reaktivning nisbati 1:250 ( 0,02 ml qonga 5 ml reaktiv) bo’lishi zarur. Aralashmani 20 minutdan keyin FEK (fotoelektrokolorimetr) da 540 nm tulkin ta’sirida kuriladi.
Hozirgi vaqtda klinik-diagnostik laboratoriyalarda gemoglobin qonstentrastiyasini aniqlash uchun gemiglobinstianid usulga asoslangan tayyor to’plamlardan qo’llanilmoqda. Nar bir to’plamda standart reaktiv (nazorat) bor. Bundan tashqari, markaziy laboratoriya (masalan, viloyat kasalxona laboratoriyasi) standart (nazorat) reaktivlar tayyorlashi va tarqatishi mumkin. Standart (nazorat) reaktivlar nar safar bemor qoni tekshiruvlari o’tkazilganda ishlatiladi. Sifatli nazorat qilishning eng yaxshi usuli zarur reaktivlar etarli miqdorda bo’lganda pastient qonining bir vaqtning o’zida ikki xil usulda aniqlash hisoblanadi. Agar ikkala usulda natijalar har xil bo’lsa, pastient qoni qayta tekshirilishi kerak. Gemoglobin miqdori normada erkaklarda 130-160 g/l; ayollarda 120-140 g/l ni tashqil etadi.
Chin eritremiya ( mieloproliferativ kasallik) Gipoksiya bilan bog’’liq gipergemoglobinuriya: yurak – qon tomir kasalliklari, tog’li rayonda yashovchilarda , gipoventelyastiya, chekuvchilarda, suvsizlanishda Xaddan ziyod jismoniy zo’riqish yoki qo’zg’alish. Eritropoetinning ko’p ishlab chikarilishi: buyrak, jigar, markaziy nerv sistemasi, bachadon, tuxumdonning yaxshi va yomon sifatli o’smalarida, buyrak kasalliklarida ( gidronefroz, polikistoz, buyrak arteriyalari patologiyasi) Organizmda kortikosteroid yoki androgenlar miqdorining oshishi (adrenogiperkortistizm, androgen preparatlari davo maqsadida qabul qilish) Surunkali kimyoviy ta’sir (nitritlar, sulfonamidlar, metgemoglobin va sulfgemoglobinni hosil qiladigan boshqa birikmalar; kobalt, turli xil spirtlar).
1. Qon yo’qotishlar (o’tkir postgemorragik anemiya) 2. Eritrostitlar hosil bo’lishining buzilishi: Temir tanqislik anemiyasi Megaloblast anemiya ( vitamin B 12 yoki folat kislota tanqisligi) Infekstiya, intoksikastiya, buyrak etishmovchili, jigar kasalliklari, xavfli o’smalardagi anemiyalarda Aplastik anemiya 3. Eritrostitlar parchalanishining oshishi (gemolitik anemiya) 4. Gipergidratastiya.
Download 0.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling