Neytrofil leykostitlar- oq qon tanachalari orasida eng ko’p miqdori tashqil etib (45-70%),
shakllanish darajasiga karab tayoqcha va segment yadrolilarga bo’linadi. Neytrofillar qondagi
infekstion agentlari yo’qotish funkstiyasini bajarib, bu vazifasi orqali makrofag va T, B
limfostitlar bilan o’zaro bog’lanadi. Bu funkstiya neytrofillaring xemotaksis va fagostitoz
xususiyatlari evaziga amalga oshadi. Neytrofillar miqdorining oshishi (neytrofilyoz,
neytrofiliya) leykostitlar umumiy miqdori oshishi bilan kechadi. Neytrofillar sonining keskin
kamayishi og’ir infekstion asoratlarga olib kelishi mumkin. Agranulostitoz- pereferik qonda
donador leykostitlar miqdorining kamayishi yoki butunlay yo’qolishi bo’lib, organizmning
infekstiyaga karshi kurashi pasayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |