Qon zardobida bilirubin miqdorini diazoreaktiv yordamida
unifikatsiyalangan usulda aniqlash.
Maqsad: qon zardobida bilirubin miqdorini diazoreaktiv yordamida
unifikatsiyalangan usulda aniqlash va uning ahamiyatini o‘rganish.
Mavzuni asoslash: Bilirubin – bu gem metaboliti bo‘lib, odatda organizmdan
ichak va siydik orqali sterkobilin va urobilin ko‘rinishida ajraladi. Qon zardobida
umumiy bilirubin 8,6-20,5 mkmol/l, erkin bilirubin 1,7-17 mkmol/l, bog‘lanagan
0-4 mkmol/l bo‘ladi. Ularning qonda miqdorini ortishi turli xildagi sariqliklarda
kuzatiladi. Ushbu ko‘rsatkichni o‘rganish va uning ahamiyatini talabalarga
tushuntirish, ularda nazariy bilimlarni shakllantirish va ko‘nikmaga ega bo‘lishga
olib keladi.
Mashg‘ulotni jihozlash: probirkalar, varipipetkalar, shtativlar, mahsus
biotestlar, qon zardobi, fotoelektrokolorimetr.
6.
Do'stlaringiz bilan baham: |