5-mavzu. Xolesterin va murakkab lipidlar almashinuvi
Xolesterin biosintezi, metabolizmi va uni boshqarilishi. Xolesterin tashilishi.
Murakkab lipidlar almashinuvi: fosfolipidlar va glikolipidlar sintezi va
parchalanishi. Lipidlar almashinuvi buzilishlarining biokimyoviy asoslari:
semirish, metabolik sindrom, ateroskleroz, o‘t tosh kasalligi, sfingolipidozlar.
Adabiyotlar:
Asosiy: 1,2,3. Kushimcha: 1,5,7,8,9.
6-mavzu. Oqsillar hazmlanishi, aminokislotalar almashinuvining umumiy
yo‘llari
Organizmdagi oqsillarning dinamik holati. Azot balansi. Ovqat tarkibidagi
oqsil me’yori. Oqsillarning biologik qiymati. Oqsil zahiralari. Oqsillarning
hazmlanishi. Proteinazalarning substrat spetsifikligi. Aminokislotalarning
so‘rilishi. Hazmlanishni boshqarishning biokimyoviy mexanizmlari: oshqozon-
ichak yo‘li mahalliy gormonlari. Oshqozon ichak yo‘llari kasalliklarining
biokimyoviy asoslari. Parenteral ovqatlanish. Aminokislotalar almashinuvining
umumiy yo‘llari. Transaminlanish: aminotransferazalar, V
6
vitaminining
kofermentlik vazifasi. Dezaminlanish.
Adabiyotlar:
Asosiy: 1,2,3. Kushimcha: 1,5,7,8,9.
Do'stlaringiz bilan baham: |