O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash


Download 6.38 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi6.38 Kb.
#1530444
Bog'liq
dalolatnoma


O’zbekiston Respublikasi
Sog’liqni saqlash
vazirligi Toshkent viloyati
Chinoz tumani Sog’liqni
saqlash bo’limi

Tasdiqlayman
Chinoz tuman 2-kasalxonasining
bosh shifokori
(imzo) __________ E. Sodiqov
2019-yil 22-sentyabr

CHINOZ TUMAN 2-KASALXONASIDAGI YUMSHOQ JIHOZLARNI TAFTISH QILISH HAQIDA

D A L O L A T N O M A


2019-yil 21-sentabr Chinoz shahri

Men, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining hisobchi-taftishchisi Qodir Salimovich Rahimov, Vazirlikning 2019-yil 12-sentyabrdagi 453-raqamli buyrug’I asosida ish ko’rgan holda kasalxonaning bosh hisobchisi Elvira Salimovna Ibodulina ishtirokida mazkur kasalxonaga qarashli va Hamida Karimovna Sobirova mas’ul bo’lgan yumshoq jihozlarni taftish qildim.
Tekshirishda quyidagilar aniqlandi: Barcha yumshoq mebil, shuningdek, jun yoping’ichlar, to’shaklar miqdori hisob ma’lumotlariga mos keladi.
Har biri 54 ming so’mlik 15 ta choyshab va har biri 36 ming so’mlik 30 ta yostiqjilt – hammasi bo’lib 1890000 so’mlik jihozlar yetishmasligi qayd etildi.
O’tkazilgan tekshirish asosida quyidagilar taklif etiladi:

  1. Moddiy boyliklarni saqlash va hisobga olish ishiga loqayd munosabatda bo’lganligi moddiy jihatdan mas’ul shaxsga ko’rsatib o’tilsin.

  2. Yetishmagan buyumlar qiymati H.K. Sobirovaning ish haqidan ushlab qolinsin.



Vazirlik hisobchi- taftishchisi: (imzo) Q. Rahimov Kasalxona bosh hisobchisi (imzo) E. Ibadulina Moddiy javobgar (imzo) H. Sobirova
Download 6.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling