O‘zbеkistоn rеspublikаsi sog‘liqni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot instituti anatomiya, klinik anatomiya (oxta) kafedrasi
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik anatomiya va oxta
4 ANOTATSIYA Ushbu o‘quv- uslubiy majmua klinik anatomiya fani doirasida inson tanasi har bir sohasining qavatma-qavat tuzilishini, shu sohada joylashgan muayyan aʼzo va tuzilmalarning golotopiyasi, skeletotopiyasi, sintopiyasini, ularning shakli, tutgan oʼrni va oʼlchamlarining kishi yoshiga, jinsiga, qomatining tuzilishiga nisbatan hamda patologik jarayonlar natijasida oʼzgarishini, aʼzolarning qon bilan taʼminlanishi, innervatsiyasi va limfa tizimi xususiyatlarini klinika ehtiyojlariga, ayniqsa xirurgiya klinikasi talablariga muvofiq ravishda bayon qilishni, xirurgiya operatsiyalari texnikasi, ularni bajarish uchun qoʼllanuvchi asbob-uskunalarni, shuningdek fanning tarixi va rivojlanish istiqbollari masalalarini qamraydi hamda boʼlgʼusi umumiy amaliyot vrachlariga klinik fikrlash, kasallik va uning belgilarini asoslash hamda davolash usullarini tanlay olish uchun zamin yaratib beradi. Klinik anatomiya (operativ xirurgiya va topografik anatomiya) fani ―ikki- yaxlit‖ fan sifatida nazariy va klinik fanlarni oʼzaro bogʼlagan holda umumiy amaliyot vrachlarini tayyorlash tizimida asosiy oʼrinni egallaydi. Fan dasturining maqsadi odam organizmining klinik (topografik) anatomiyasini individual, jinsiy, yoshga bogʼliq holda oʼzgarishi xususiyatlarini, aʼzolarga operativ ochib kirish yoʼllarini, asosiy operativ aralashuvlar bajarilishi texnikasini, ularga koʼrsatmalar va qarshi koʼrsatmalarni, zamonaviy xirurgiya operatsiyalarining texnikasini asoslab berish uchun, organizmning xirurgiya aralashuviga koʼrsatadigan reaktsiyasi masalalarini oʼrgatishga qaratilgan. Fan shifokorlarni tayyorlash tizimida asosiy oʼrinlarning birini egallaydi. Bolon jarayoni talablariga koʼra, oʼquv jarayoni modul tizimi asosida olib boriladi. Shunga koʼra, operativ xirurgiya va topografik anatomiya fanining dasturi klinika talablariga mos ravishda odam organizmini sohalarga ajratib oʼrganish negizida topografoanatomik maʼlumotlarni ham normal, ham maʼlum bir patologiyalar sharoitida koʼrib chiqishni nazarda tutadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling