O‘zbеkistоn rеspublikаsi sog‘liqni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot instituti anatomiya, klinik anatomiya (oxta) kafedrasi


Download 1.1 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/192
Sana08.01.2022
Hajmi1.1 Mb.
#246063
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   192
Bog'liq
klinik anatomiya va oxta

Chov 
kanali 
ichidan 
erkaklarda 
funiculus 
spermaticus, 
n.ilioinguinalis, 
r.genitalis 
n.genitofemoralis o‘tadi. 
Ayollarda lig.teres uteri, n.ilioinguinalis, r.genitalis n.genitofemoralis o‘tadi. 
S
ON KANALI
.(
CANALIS FEMORALIS

Chov boylami (lig.inguinalis) bilan tosning yonbosh va qov suyaklari orasida kamgak joy bo‗lib, u 
orqali tos bo‗shlig‗i son bilan tutashadi. Chov boylamidan 
boshlanib  tos  suyagiga  yopishuvchi  yonbosh-taroqsimon  ravog‗i  (arcus  iliopectineus)  kamgakni 
lateral va medial qismlarga bo‗ladi. Lateral qismi medial qismiga nisbatan kattaroq bo‗lib, muskul 
lakunasi (lacuna musculorum) deb yuritiladi: chunki uni asosan yonbosh-bel muskuli (m.iliopsoas) 
to‗ldirib  turadi.  Bu  yerda  muskuldan  tashqari  son  nervi  (n.femoralis)ham  o‗tadi.  Kamgakning 
medial qismi orqali sonning asosiy qon tomirlari o‗tadi, shuning uchun ham bu qism tomir lakunasi 
(lacuna  vasorum)  nomini  olgan.  Tomir  lakunasidagi  son  arteriyasi  son  venasining  tashqari 
tomonida yotadi; venaning ichkari tomoni bilan qov suyagi orasida g‗ovak kletchatka bilan to‗lgan 
kichikkina  bo‗sh joy  bor.  Unda  chuqur  chov  (Rozenmyuller)  limfa  tuguni  joylashadi.  Bu  zaif  joy 
qorin  bo‗shlig‗i  bilan  bevosita  chegaradosh  bo‗lgani  uchun  ham,  u  orqali  qorinning  ichki  a‘zolari 
qorinpardaga  o‗ralgan  holda  songa,  serbar  fassiyaning  yuza  va  chuqur  varaqlari  orasiga,  so‗ngra 
yuza  varaqdagi  oval  teshik  orqali  son  terisi  ostiga  chiqishi mumkin.  Bunday  xastalik  son  churrasi 
(hernia  femoralis)  deb  yuritiladi.  Son  churrasida  churra  xaltasining  teri  ostiga  chiqishi  natijasida 
son kanali (canalis femoralis) deb ataluvchi kanal paydo bo‗ladi. Uning orqa va oldingi devorlarini 


 
59 
mos  ravishda  serbar  fassiyaning  yuza  va  chuqur  varaqlari,  tashqi  devorini  son  venasi  hosil  qiladi. 
Kanalning  chuqur  halqasi  (teshigi)  (anulus  femoralis)  tomir  lakunasida  joylashgan  bo‗lib,  uni 
oldindan chov boylami, orqadan taroqsimon (Kuper) boylami,  lig.pectineale (Cooper), tashqaridan 
son  venasi,  ichkaridan  kamgak  (Jimbernat)  boylami  (lig.lacunare)  chegaralaydi.  Kanalning  yuza 
halqasini teri osti yorig‗i (hiatus saphenus) tashkil qiladi.  

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling