Qavatma-qavat tuzilishi.
1. Terisi – yupqa, harakatchan, cho‘ziluvchan, ayollarda qov ustida, erkarlarda qorin oq chizig‘I
bo‘ylab soch bilan qoplan.
2. Teri osti yog‘qavati turlicha, kindikdan yuqorida sust, kindik sohasida yo‘q, kindikdan pastda
kuchli rivojlangan. Bu qavatda yuza qon-tomirlar joylashgan bo‘lib, son arteriyasi o‘zidаn yuqоrigа
qаrаb 3tа tаrmоq bеrаdi:
1)a.epigastrica superficialis-kindikka qarab
2)a.circumflexa ilium superficialis-yonbosh suyagi qirrasiga qarab
3)a.pudenda externa- tashqi jinsiy a‘zolarga qarab yo‘naladi.
Bu arteriyalarni shu nomdagi venalar kuzatadi va son venasiga quyuladi.
Kindikdan yuqorida yuza qon-tomirlar: a.thoracoepigastrica, a.thoracica lateralis, a.intercostalis,
a.lumbalis.
Yuza venalar kindik sohasida to‘r hosil qiladi.
Kindikdаn yuqоridа tеri innеrvаsiyasidа VII-XII qоvurg‘а оrаlig‘i nеrvlаri , kindikdаn pаstdа esа
bеl chigаlidаn chiquvchi nn.iliohypogastrica, nn. Ilioinguinalislаr qаtnаshаdi.
3. Yuza fatsiya yupqa bo‘lib, kindik sathida ikki varaqqa bo‘linadi.yuza varaq ancha yupqa bo‘lib,
son sohasiga o‘tib ketadi. Chuqur varaq (Tomson plastinkasi) ancha qalin bo‘lib, chov boylamiga
birikadi.
4. Xususiy fatsiya – qorinning tashqi qiyshiq mushagini o‘raydi.
5. Qorin old-yon devorining mushaklari uch qavat bo‘lib joylashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |