O‘zbеkistоn rеspublikаsi sog‘liqni saqlash vazirligi аbu аli ibn sinо nоmidаgi buхоrо dаvlаt tibbiyot instituti anatomiya, klinik anatomiya (oxta) kafedrasi
A.pancreaticaduodenalis superior anterior et posterior
Download 1.1 Mb. Pdf ko'rish
|
klinik anatomiya va oxta
A.pancreaticaduodenalis superior anterior et posterior a.gastroduodenalisdan tarmoqlanadi.
A.pancreaticaduodenalis inferior anterior et posterior a.mesenterica superiordan tarmoqlanadi. O‗n ikki barmoq ichakning osiltirib turuvchi boylami, yoki Treyts boylami (lig. suspensorium duodeni) (PNA bo‗yicha yuqorigi o‗n ikki barmoq ichak burmasi – plica duodenalis superior) o‗n ikki barmoq ichakning oxirini hamda o‗n ikki barmoq-och ichak egriligini fiksatsiyalaydi. Bu boylam o‗n ikki barmoq ichakni osiltirib turuvchi (Treyts muskuli – m. suspensorius duodeni) muskulni qoplovchi qorin parda burmasi bo‗lib, u orqali pastki tutqich venasi (v. mesenterica inferior) o‗tadi. 94 Treyts muskuli o‗n ikki barmoq-och ichak egriligi sohasida ichakning aylanma muskul tolalaridan boshlanadi, so‗ngra yuqoriga va biroz o‗ngga yo‗nalib diafragmaning o‗ng oyoqchasi sohasida fassiyaga birikadi. O‗n ikki barmoq ichakning boshlang‗ich va oxirgi qismlaridan tashqari barcha o‗limlari oldingi va orqa arterial ravoqlardan qon oladi (592-rasm). Bu ravoqlar qorin arteriya o‗zanini yuqori tutqich arteriyasi bilan bog‗lovchi to‗rtta arteriyadan hosil bo‗ladi. Oshqozon-o‗n ikki barmoq arteriyasi (a. gastroduodenalis)dan ikkita yuqori: oldingi va orqa oshqozon-osti o‗n ikki barmoq arteriyalari (aa. pancreaticoduodenales superiores anterior et posterior); yuqori tutqich arteriyasidan ikkita pastki: oldingi va orqa oshqozon osti-o‗n ikki barmoq arteriyalari (aa. pancreaticoduodenales inferiores anterior et posterior) boshlanadi. Oldingi yuqori va pastki arteriyalar oldingi ravoqni, orqadagi yuqori va pastki arteriyalar orqa raovqni hosil qiladi. Oldingi arterial ravoq o‗n ikki barmoq ichakning botiq tomoniga parallel holda oldingi oshqozon osti-o‗n ikki barmoq egatida yoki oshqozon osti bezi boshchasining oldingi yuzasida joylashadi. Orqa arterial ravoq oshqozon osti bezi boshchasining ichida yoki orqa yuzasida joylashadi. Arterial ravoqlardan ularga perpendikulyar yo‗nalishda yon tomonlarga: o‗nga – o‗n ikki barmoq ichakka, chapga – oshqozon osti beziga shoxlar chiqadi. O‗n ikki barmoq ichakning yuqorigi bo‗lagini yana qo‗shimcha a. gastroepiploica dextra, gastroduodenalis, a. gastrica dextra larning shoxlari, oxirgi bo‗lagini – och ichak arteriyasi hamda bevosita yuqori tutqich arteriyasidan chiquvchi shoxlar ta‘minlashda ishtirok etadi. Vena qoni shu nomdagi juft venalar bo‗ylab yuqori tutqich va taloq venalari sistemalariga, ulardan darvoza venasiga oqib ketadi. L IMFA TOMIRLARI YUQORI VA PASTKI OSHQOZON OSTI - O ‘ N IKKI BARMOQ LIMFA TUGUNLARI ( LNN . PANCREATICODUODENALES SUPERIORES ET INFERIORES ) GA QUYILADI . И ННЕРВАЦИЯ O‗ N IKKI BARMOQ ICHAKKA , ASOSAN , YUQORI TUTQICH CHIGALIDAN RR . PANCREATICODUODENALES TARKIBIDA SIMPATIK , PARASIMPATIK VA SPINAL TOLALAR KELADI . B UNDAN TASHQARI QORIN , JIGAR , OSHQOZON OSTI BEZI , OSHQOZON CHIGALLARID AN , SHUNINGDEK , ADASHGAN NEVRLARDAN HAM QO ‗ SHIMCHA SHOXLAR KELADI . Arteriyalarni shu nomli venalar kuzatadi va darvoza venasiga quyuladi. Innervasiyasida plexus coeliacus, hepaticus, pancreaticus va n.vagus qatnashadi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling