m.rectus abdominis xanjarsimon o‘siq va qovurg‘a ravog‘idan qov suyagining yuqori shoxi va
simfizga tortilgan bo‘lib, muskul tolalari bo‘ylamasiga yo‘nalgan.Muskulda ko‘ndalangiga yoki
qiyshiq joylashgan 3-4 ta payli belbog‘lar (intersections tendineae) bo‘lib, ularning 2 tasi kindikdan
yuqorida, 1 tasi kindik sathida joylashadi.,
Qorinning oq chizig‘i (linea alba abdominis), qorin yon devoridagi uch juft keng muskullarning
aponevrozlari chap va o‘ng tomondan qo‘shilishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu chiziq xanjarsimon
o‘siqdan qov simfizigacha tortilgan bo‘lib, uning kengligi kindikdan yuqorida 0,5-1 sm, kindik
atrofida 2-3 sm, kindikdan pastda 2 mm bo‘lib, qalinlashadi.Qorin oq chizig‘I pay tolalari orasida
yoriqlar mavjud bo‘lib, churralar chiqishi kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |