O‗zbekiston respublikasi sog‗liqni saqlash vazirligi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi


Download 7.14 Kb.
Pdf просмотр
bet1/8
Sana02.03.2018
Hajmi7.14 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8

O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‗LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI 
 
Yo.S.Karieva, G.M.Tureeva,  N.S.Fayzullaeva, N.X.Aripova 
 
 
 
Bilim sohasi: 500000 - Sog‘liqni  Saqlash  va ijtimoiy ta'minot 
Ta'lim sohasi: 510000 - Sog‘liqni Saqlash 
 
 
 
 
MAXSUS DORI TURLARI 
TEXNOLOGIYASI  
fanidan 
―Zamonaviy dorilar texnologiyasi‖  
(III-  qism) 
 
O‘QUV QULLANMASI 
 
 
 
5510500 – Farmatsiya  (turlari bo‘yicha) 
5111000 - Kasb  ta'limi   
ta'lim yo‘nalishlari  uchun 
 
 
 
 
Toshkent – 2017 

 

 
Ushbu  o‗quv  qo‗llanma  maxsus  dori  turlari  texnologiyasi  fanining 
tarkibiy  qismi  bo‗lgan  zamonaviy    dorilar  texnologiyasiga  qaratilgan.  Unda 
ta‘siri  uzaytirilgan  va  ta‘siri  yo‗naltirilgan  dori  vositalari  texnologiyasiga  doir 
materiallar  berilgan.  Xususan,  polimer  dorivor  pardalar  tayyorlash,  ularni 
sifatini  baholash,  transdermal  terapevtik  sistemalar,  peroral  terapevtik 
sistemalar,  ta‘siri  uzaytirilgan  qattiq  dori  turlari  :  mikrokapsulalar,  spansulalar, 
durula,  retard,  strukturali  tabletkalar,  lontab  tabletkalar  haqida  ma‘lumotlar 
keltirilgan..  Shuningdek,  dori  turlarini  biosamaradorligini  o‗rganish  bo‗yicha 
tajribalar  va ma‘lumotlar  keltirilgan.   
O‗quv  qo‗llanma  Farmatsevtika  instituti  5510500  –  Farmatsiya  (turlari 
bo‘yicha)  va  5111000  -  Kasb  ta'limi    ta'lim  yo‘nalishlarining    5  kurs  talabalari 
hamda farmatsevtika  amaliyoti  xodimlari  uchun qo‗llanma  sifatida  tavsiya etiladi. 
 
     Tuzuvchilar: 
 
      Karieva Yo.S.          Toshfarmi,  Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi   
                                       mudiri, farm.f.d., dotsent  
 
     Tureeva G.M.           Toshfarmi,  Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi   
                                       dotsenti, farm.f.n. 
 
     Fayzullaeva  N.S.     Toshfarmi,  Dori turlari  texnologiyasi  kafedrasi   
                                       dotsenti, farm.f.n. 
       
     Aripova  N.X.         Toshfarmi,  Dori turlari texnologiyasi  kafedrasi   
                                       assistenti 
 
Taqrizchilar: 
 
    Do‘smatov  A.F.        O‘zR SSV Farmakopеya Qo‘mitasi raisi,   farm.f.d.                           
                                                      
    Yunusova   X.M.       Toshkеnt farmatsеvtika  instituti 
         Dori vositalarini  sanoat tеxnologiyasi 
 
 
 
 
 kafеdrasi profеssor, farm.f.d. 
 
 
 
     O‘quv qo‗llanma Toshkent farmatsevtika  institutining  Ilmiy  Kengashida   
     muhokama  etilgan    va tasdiqlangan  (2016 yil    15 sentyabr, 2- sonli majlis   
     bayoni) 
          

 

          
         
 
Mundarija: 
 
 
 
Kirish 

Mavzu 1: 
Dorivor 
moddalarni 
ta‘siri 
uzaytirilgan 
dori 
vositalari: polimer dori pardalar 
 

Mavzu 2: 
Dorivor moddani ta‘siri uzaytirilgan  dori vositalari: 
spansula, strukturali tabletkalar, terapevtik  dori 
sistemalar  
27 
Mavzu 3: 
Yumshoq dori turlaridan  ta‘sir  etuvchi  
moddalarning biologik so‗rilish darajasini   aniqlash 
yo‗llari 
53 
 
Glossariy 
83 
 
Ilovalar 
99 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 
KIRISH 
 
Hozirgi 
davrdagi 
farmatsevtika 
sanoatini 
sinchiklab 
o‗rganishga 
intilayotgan  o‗quvchi  va  talabalarimiz,  farmatsevtika  sanoatining  muammoli 
tugunlarini  echishga  harakat  qilayotgan  rahbar  xodimlar,  farmatsevtika  ishlab 
chiqarishi    bilan  qiziqayotgan  keng  kitobxonlar  ommasi  talablariga  javob 
beradigan  o‗zbek  tilidagi  adabiyotlar,  qo‗llanmalar,  ayniqsa,  oliy  o‗quv  yurtlari 
talabalari  uchun  darsliklar  etarli  emas.  Yurtboshimiz  aytganlaridek:  «Birinchi 
galda,  taraqqiyotimizning  har  bir  yo‗nalishi  jamiyatimizdagi  siyosiy,  ijtimoiy-
iqtisodiy,  ma‘naviy  munosabatlarning  rivoji  haqida  maxsus  darsliklar, 
qo‗llanmalar,  ommabop adabiyotlar yaratish  zarur» . 
Albatta,  bu  vazifani  uddasidan  chiqish  uchun,  «Farmatsiya»  yo‗nalishi 
talabalariga  laboratoriya  mashg‗ulotlar  o‗tkazishga  mo‗ljallangan  «Maxsus  dori 
turlari  texnologiyasi»  fanining  ―Zamonaviy    dorilar  texnologiyasi‖  qismidan  
o‗quv qo‗llanma yaratildi. 
Zamonaviy 
 
dorilar  texnologiyasidan  labоratoriya  mashg‗ulotlarini 
zamonaviy  talablarga  binoan  o‗tkazish  va  etarli  darajada  amaliy  ko‗nikmalarni 
o‗zlashtirish  uchun tegishli  uslubiy  qo‗llanma bo‗lishini  taqozo etadi. 
Qo‗llanma    yangi  namunaviy  dastur  asosida  tuzildi,  zamonaviy    dorilar 
texnologiyasining  barcha  qismlari  unda  o‗z    aksini topgan va ko‗pgina mavzular 
farmatsevtik  texnologiyaning  xozirgi  kunda  erishgan  yutuqlari  darajasida 
oydinlashtirilgan  qolaversa,  fanning  rivojlanishidagi  istiqbolli  dori  turlari 
keltirilgan.  Qo‗llanma  ilg‗or  pedogogik  texnologiyalar  asosida  va  talablariga 
muvofiq  quyidagi  prinsipda  tuzilgan    o‗quv  maqsadlari  va  mavzuning  mohiyati, 
vaziyatli  masalalar.  O‗quv  savollari,  nazorat  test  topshiriqlarda  aks  etishi, 
rejalashtirilgan 
maqsadlar 
bajarilishi, 
natijalarni 
baxolash, 
ko‗rgazmali, 
samarador  va  izlanuvchan  ta‘limdagi  ilg‗or  pedogogik  texnologiyalarning 
yoritilishi 
va 
shuningdek, 
bajarilgan 
topshiriqlarni 
muhokama 
qilish,  

 

qo‗llanadigan  testlarni  ishlab  chiqarish  bilan  bog‗liq  ravishda  shakllantirishlar 
keltirilgan. 
Mazkur  o‗quv  qo‗llanmada  nafaqat  mahalliy    balki  xorijiy  manbalardan, 
jumladan: 
-  Allen  L.V,  Ansel  H.C.  Ansel`S    Pharmaceutical  Dosage  Forms  and  Drug 
Dilevery  Systems.  10th  ed.-  Wolters  Kluwer.-  Philadelphia-Baltimore-  2014.-
794 p.; 
-  Kok  Khiang  Peh,  Choy  Fun  Wong  School  of  Pharmaceutical  Sciences, 
University 
of 
Science 
Malaysia, 
Penang, 
Malaysia 
https://sites.ualberta.ca/~csps/JPPS2(2)/K.Peh/Polymeric-Peh.pdf; 
-.FDA,
 
ЕМЕА, the rules governing  medicinal  products in the european union 
investigation  of bioavailability  and bioequivalence,  v. 3c, 1998, pp. 231−244. 
adabiyotlardan  foydalanilgan.  Ushbu  xorijiy  manbalardan  foydalanilb, 
laboratoriya   mashg`ulotlari  tegishli   ma`lumotlar   boyitildi. 
Qo‗llanma  davlat tilida  yozilib,  asosan uchta mavzuni  o‗z ichiga olgan   
  - dorivor moddalarni ta‘siri uzaytirilgan  dori vositalari:  polimer  dori pardalar;  
 -  dorivor  moddani  ta‘siri  uzaytirilgan  dori  vositalari-spansula.  Strukturali 
tadletkalar,  terapevtik  dori sistemalari;   
 -  yumshoq  dori  turlaridan  ta‘sir  etuvchi  moddalarning  biologik  so‗rilish 
darajasini  aniqlash  yo‗llari; 
Zamonaviy    dorilar  va  maxsus  dorilar  texnologiyasining  nazariy  masalalari 
darslikda  keng  keltirilmadi,  chunki  ular  Nazarova  Z.A.,  Tureeva  G.M.  Maxsus 
dori turlari  texnologiyasi  darsligida  (2009  y.) batafsil berilgan. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

 

 
LABORATORIYA MASHG‗ULOTI 
MAVZU:  ―DORIVOR MODDALARNI TA‘SIRI UZAYTIRILGAN 
DORI VOSITALARI: POLIMER DORI PARDALAR‖ 
 
I.
 
O‗qitish maqsadi 
Ta‘siri  uzaytirilgan  dori  turlari  -  polimer  dorivor  pardalar  tuzilishi,  ta‘sir 
etish mexanizmi,  texnologiyasi   bo‗yicha amaliy  savollarni  o‗zlashtirish. 
 
II. Mavzuni ahamiyati 
Ta‘siri  uzaytirilgan  dori  turlari  -  polimer  dorivor  pardalar  tuzilishini 
o‗rganish,  ta‘sir  etish  mexanizmi,  texnologiyasi    bo‗yicha amaliy ko‗nikma hosil 
qilish. 
III.Talabalar vazifasi: 
- ta‘siri uzaytirilgan  dori turlarini  ta‘riflaydi; 
-  polimer  dorivor  pardalarning  turlarini,    tuzilishini  ta‘sir  etish  mexanizmi, 
afzallik  tomonlarini,  iste‘mol qilish  tartiblarini  tushuntirib  beradi; 
- polimer  dorivor pardalarni  tayyorlashdagi   asosiy bosqichlarni    keltiradi; 
- polimer  dorivor pardalar sifatini  baholash usullarini   ta‘riflaydi. 
 
IV. Mashg‘ulotni jihozlanishi: 
VR-1;  VR-5;  VR-20;  VR-100  qo‘l  torozi  va  toshlar  (DTST  7328-61); 
VKT-1000  torozi  (DTST  7328-61);  petri  idishi,  tozalangan  suv  uchun byuretka; 
pipetkalar,  shisha  voronka;  o‘lchov  silindirlari;  diametri  10-15  sm  li  chinni 
kosacha;  paxta;  doka;  filtr  qog‘ozi;  Sirtki‖,  degan  asosiy  va    „Salqin  joyda 
saqlansin‖,  „Yorug‘lik  tushmaydigan  joyda  saqlansin‖,  kabi  qo‘shimcha 
yorliqlar. 
V. Uslubiy ko‘rsatmalar 
             
    Polimer, polimer  parda, dermatologiya, biosamarador- 
     lik, adgeziya,    applikatsiya.      
 
Kalit so‘zlar: 
 
 
 
слова 

 

 
 
Hozirgi  vaqtda  dori  vositalarini  samaradorligini  oshirish  tibbiyotning 
asosiy  muammolaridan  hisoblanadi.  Shu  muammoni  echish  yo‗llaridan  biri  bu, 
qo‗llanilib  kelingan  dorivor  substansiyalarning  mo‗tadil,  zamonaviy  dori 
shakllarini  ishlab chiqishdir. 
So‗ngi  vaqtda  yangi  dori  turlaridan  polimer  dori  pardalarini  ishlatish  oshib 
bormoqda.  Bu  dori  turini  yaratilishi  va  rivojlanishiga,  farmatsiya  sohasiga 
zamonaviy   polimerlarni  keng tatbiq etilishi,  asos soldi.         
Polimer 
dorivor 
pardalar 
tibbiyotning 
turli 
sohalarida, 
ayniqsa 
dermatologiya,  oftalmologiya,  stomatologiya,  otorinologiyada  keng  qo‗lla-
nilmoqda.  Polimer  dorivor  pardalar  teri  ustiga  yoki  har  xil  shilliq  qavatlarga 
yopishtirilishi  uchun mo‗ljallangan  bo‗ladi. 
 
 
 
 



1-rasm. Polimer dorivor pardalarning turlari: 
a) oftalmologik  PDP maxsus konteynerlarga  jihozlanishi;   
b) oftalmologik  PDP ko‗zga qo‗yilishi; c) sublingval  qabul qilinadigan  PDP  
 
Hozirgi  paytda  polimer  dorivor  pardalarni  farmatsiya  sohasida  keng 
qo‗llanilishi,  ularni  qator afzallik  tomonlarga ega bo‗lganligi  bilan  bog‗liq: 
 - dorivor pardalarni  biosamaradorligi  va ta‘sirini  davomiyligi; 
 - dorivor moddaning turg‗unligi  va dozasini aniqligi; 
 -  dorining ta‘sirini  tananing  kerakli  qismiga  yo‗naltirilganligi; 
 -  dori  moddalarning  konsentratsiyasini  bir  me‘yorda  ushlab  turishini 
ta‘minlashi; 

 

 - qo‗llash va saqlash jarayonida  hamda tashishda qulayligi; 
 - qo‗shimcha reaksiyalarni  minimal  darajada bo‗lishi; 
 - ko‗z dori pardalarini  sterilligi. 
Polimer  dorivor  pardalarni  hosil  qilish  uchun  turli  polimerlar  qo‗llaniladi. 
Ulardan  tabiiy  polimerlar: 
-
 
kollagen; 
-
 
jelatin; 
-
 
alginatlar 
 yarimsintetik  polimerlar: 
-
 
metilsellyuloza  (MS); 
-
 
natriy-karboksimetilsellyuloza  (natriy-KMS); 
-
 
oksipropilmetilsellyuloza  (OPMS) 
 sintetik  polimerlar: 
-
 
polivinil  spirti (PVS); 
-
 
polivinilpirrolidon  (PVP); 
-
 
poliakrilamid  (PAA).  
Oxirgi 
yillarda 
dermatologiya 
amaliyotida 
antibakterial, 
antiseptik, 
yallig‗lanishga  qarshi,  regeneratsiya  jarayonlarini  faollashtiruvchi  prepa-ratlarni 
zamonaviy  dori  shaklida,  ya‘ni  polimer  dorivor  pardalar  sifatida  ishlatish 
maqsadga muvofiqligi  ko‗rsatilmoqda.  
Polimer dorivor pardalar  tasnifi 
1. Polimer dorivor pardalar ta‘siri  bo‗yicha: 
- umumiy  ta‘sir ko‗rsatuvchi; 
- mahalliy  ta‘sir ko‗rsatuvchi pardalarga bo‗linadi. 
2.  Hozirgi  vaqtda  polimer  dorivor  pardalar  qo‗llanilishi  bo‗yicha  quyidagicha 
tasniflanadi: 
- oftalmologik; 
- og‗iz bo‗shlig‗iga o‗rnatiladigan; 
- dermatologik  (teri  ustiga); 

 

- rinologik; 
 
Mahalliy ta‘sirga  ega bo‗lgan polimer dorivor pardalar 
Bu  turdagi  polimer  pardalardan  eng  keng  qo‗llaniladiganlari  bu  ko‗z 
pardalari.  Ular  turli  ko‗z  kasalliklarini  davolashda  qo‗llaniladi.  Hozirgi  vaqtda 
qator  dorivor  moddalarning  ko‗z  pardalari  ishlab  chiqilgan:  apilak,  florenal, 
sulfapiridazin-natriy,  dikain,  taufon.  Ularning  katta  kichikligi    9  x  4  x  0,3  mm, 
og‗irligi  10-30 mg atrofida bo‗ladi. 
Burun  shilliq  qavatlaridagi    turli  patologik  jarayonlarni  davolashda 
rinologik  polimer  pardalar  ham  keng  qo‗llaniladi.  Masalan,  rinitlarni  davolashga  
mo‗ljallangan,  efedrin  gidroxlorid,  naftizin,  dimedrol  saqlovchi  polimer  pardalar 
yaratilgan.   
    
Polimer  pardalarni  stomatologiya  amaliyotida  xam  qo‗llanilishi  keng. 
Turli  og‗iz  bo‗shlig‗ida  sodir  bo‗ladigan  patologik  jarayonlarni  (  stomatit, 
gingivit,  parodontoz)    davolashning    samaradorligini  oshirishda  polimer 
stomatologik  pardalar    taklif    etilgan.        Masalan,  Kok  Khiang  Peh,  Choy  Fun 
Wong 
tomonidan 
natriy-karboksimetilsellyuloza 
 
va 
gidroksipropilmetilsellyuloza  polimerlar  asosida  bukkal  polimer  pardalar 
yaratilgan.  Ular    og‗iz  bo‗shlig‗idagi    yaralarni,  yallig‗lanishlarni  davolashda  
ta‘sir  etuvchi  moddalarni  uzoq  vaqt  davomida  ajralib  chiqishini  ta‘minlab,   
terapiyani  samaradorligini   oshiradi
1
 
Dermatologik polimer pardalar 
Dermatologik  polimer  paradalar  mahalliy  ta‘sirga  ega  bo‗lib,  turli  teri 
kasalliklarni:  yaralar,  yallig‗lanishlar,  kuygan terini  davolashga mo‗l-jallangan. 
Misol  sifatida  tarkibida  chakanda  moyini    saqlovchi  kollagen    asosida  
tayyorlangan  "Oblekol" pardasini keltirish  mumkin. 
 
                                                                 
1
Kok  Khiang  Peh,  Choy  Fun  Wong  School  of  Pharmaceutical  Sciences,  University  of  Scie nce 
Malaysia, Penang, Malaysia https://sites.ualberta.ca/~csps/JPPS2(2)/K.Peh/Polymeric-Peh.pdf 
 

 
10 
―Oblekol‖  polimer  pardasining  katta  kichikligi  5  x  5  sm  yoki  10  x  10  sm 
ega  bo‗lib,  yara  ustiga  yopishritirilganda  o‗zidan  yara  sathiga  sekin-asta  bir  xil 
miqdorda  ta‘sir  etuvchi  moddani  ajratib  turadi.  Undan  tashqari,  yarani 
mikroblardan  ham himoya  qiladi.   
Kollagen  bu  tabiiy  polimer  bo‗lgaligi  uchun,  2-3  kundan  so‗ng  o‗zi  teri 
fermentlari  bilab parchalanadi. 
Argotec developed ArgoMedPLUS kompaniyasi   tomonidan poliuretan 
asosida elastik  , suv va xavoni  o‗tkazuvchan xususiyatga  ega bo‗lgan polimer 
pardalar yaratilgan  . Ular zamonaviy   bog‗lovchi vosita sifatida  xamda yara va 
jaroxatlarni  antimikrob  moddalar bilan  ta‘minlash   uchun  samarali  vosita  
sifatida  taklif   etilgan
.
  2
 
 
Umumiy  ta‘sirga ega bo‗lgan polimer pardalar 
Hozirgi  vaqtda  anabizin  gidroxlorid  va  sitizinli  polimer  pardalar  ishlab 
chiqarilgan,  papiros  chekishni    tashlash  jarayonini  engillashtirish  maqsadida.  
Ular,  shakli  bo‗yicha    tuxumsimon,  katta-kichikligi  9  x 4,5 x 0,5 mm li plastinka 
bo‗lib, og‗iz shilliq  qavatiga  yopishtirib  qo‗yiladi. 
Stenokardiyani  davolashga  mo‗ljallangan  trinitrolong  va  dinitrosor-bilong 
polimer  pardalari  ishlab  chiqilgan.  Ular  og‗iz  bo‗shlig‗iga  yopish-tiriladi  va 
tarkibida  nitroglitserin  va  izosorbid  dinitratni  saqlab,  5-6  soat  davomida  o‗z 
ta‘sirini  qo‗rsatadi. Pardalarning katta kichikli  -9 x 4,5 x 0,5 mm.   
Testosteron  gormonini  saqlovchi  polimer  pardalar  olingan  ularning 
razmerlari  76 x 26 x 3mm, ta‘sir etish vaqti - 7 sutka. 
       Sintact  Medical  Systems,  Inc.  kompaniyasi  tomonidan  polimer 
pardalarning  yana bir afzallik  tomoni  ochib berildi.
 3
 
                                                                 
2
 http://www.argotec.com/content/medical- films 
3
    http://www.sintactmed.com4/5/16  US Patent  issued  for core Sintact  technology
 
 
 
 

 
11 
 Tabiiy polimerlar  asosida  yaratilgan  polimer  parda  jarroxlik   operatsiyalardan    
so‗ng  ichki  a‘zolarni  bir biriga  yopishishni oldini  olish va shu bilan  bog‗liq 
bo‗lgan  nojo‗ya oqibatlarni  kamaytirishni  imkoniyat  beradi
 
Polimer dorivor pardalar texnologiyasi 
Polimer  dorivor  pardalar  texnologiyasi  quyidagi  asosiy  bosqichlardan 
iborat: 
-
 
parda hosil qiluvchi  moddaning (polimerni)  eritmasini  tayyorlash; 
-
 
dori moddaning eritmasini  tayyorlash va polimer eritmasiga  qo‗shish; 
-
 
aralashmani  gomogenlashtirish; 
-
 
hosil bo‗lgan polimer massani tekis yuzaga  quyish; 
-
 
mo‗‗tadil namlikgacha  quritish; 
-
 
pardalarni   shakllantirish; 
-
 
jihozlash; 
-
 
 sterillash  (ko‗z pardalarini). 
 
Polimer dorivor pardalarni sifatini baholash: 
Tayyorlangan  polimer  dorivor  pardalar  quyidagi  asosiy  ko‗rsatkichlar 
bo‗yicha baholanadi: 
-   tashqi ko‗rinishi; 
-
 
bir xilligi; 
-
 
pH ko‗rsatkichi; 
-
 
erish vaqti; 
-
 
mexanik  zarrachalarni  yo‗kligi; 
-
 
o‗rtacha massasi, 
-
 
yuzasi, qalinligi; 
-
 
chinligi  va ta‘sir etuvchi  moddalarni miqdori. 
Polimer pardalarning tashqi ko‗rinishi vizual baholanadi. Bunda PDP  

 
12 
ning  rangiga,  tiniqligiga,  o‗lchamiga,  bir  xilligiga,  havo  pufakchalari  va 
mexanik  aralashmalar  bo‗lmasligiga  e‘tiborni  qaratiladi.  Adabiyotlarda 
keltirilgan  usullar  yordamida PDP rangi va tiniqligi aniqlanadi.   
Og‗irligi.  O‗rtacha  og‗irligini  aniqlashda  tortish  usulidan  foydalaniladi. 
Har bir tayyorlangan  polimer  parda tarozida aniq tortiladi. 
pH  ko‗rsatkichini  aniqlash.  Polimer  pardaning  pH  ko‗rsatkichi  muhim 
sifat  ko‗rsatkichlaridan  biri  bo‘lib,  uni  aniqlash  uchun  PDPning  1:10  nisbatdagi 
suvli  eritmasida  DF  XI  bo‗yicha  potensiometrik  usulda  aniqlanadi.  Masalan, 
anilokain  saqlovchi,  og‗irligi  0,5  g  bo‗lgan  polimer  parda  namunasi  50  ml  xona 
haroratidagi  tozalangan  suvda  eritildi,  aralashtirildi  va  parda  eritmasining  pH 
ko‗rsatkichi  potensiometrik  usulda  aniqlandi.  Apilak  saqlovchi  ko‗z  dori 
pardasining  pH  ko‗rsatkichini  aniqlash  uchun  esa  5  ta  polimer  parda  10  ml 
tozalangan  suvda  eritiladi  va  uni  pH  ko‗rsatkichi  potensiometrik  usulda 
aniqlanadi.  Eritmaning  pH ko‗rsatkich 4,5 – 5,5 ga teng bo‗lishi aniqlandi.      
 Alxidin  saqlovchi  stomatologik  2  ta  parda  20  ml  distillangan  suvda 
eritiladi  va eritmaning  pH 5,5 – 7,5 ga teng ekanligi  aniqlandi.      
  Metronidazol  PDP  ni  pH  ko‗rsatgichini  aniqlash  uchun  PDP  yarmini 
kolbaga solib 50 ml tozalangan suvda 37

S da eritiladi. So‗ng filtr qog‗oz orqali 
filtrlandi.  Filtrat  pH  ko‗rsatkichi  pontensiometrik  yoki  lakmus  іndikator  qog‗ozi 
yordamida aniqlanadi. 
PDP lardagi erish vaqti ko‗rsatkichi ham boshqa ko‗rsatkichlardan kam 
ahamiyatga  ega  emasdir.  Bu  ko‗rsatkichni  aniqlash  sharoiti  va  pardaning  erish 
vaqti  adabiyotdagi  manbalarda  keltirilgan.  Masalan,  alxidin  saqlovchi  pardani 
erish  vaqti  quyidagicha  aniqlandi:  1  ta  parda  5  ml  suvda  eritildi  va    5  daqiqa 
davomida  vaqti-vaqti  bilan  chayqatib  turildi.  Bunda  pardaning  erish  vaqti  xona 
haroratida  1  soat  atrofida  bo‗ldi.  Apilak  saqlovchi 2 ta parda probirkaga solindi 
va  ustiga  1  ml  tozalangan  suv  qo‗shildi.  Pardani  5  daqiqa  davomida  vaqti-vaqti 
bilan  chayqatib  turildi.  Shunda  pardani  erish  vaqti  2  soat  atrofida  bo‗lishi 
aniqlandi.  Anilokain  saqlovchi  o‗lchami  1  x 2 sm  li parda namunasi 2,5 ml xona 

 
13 
haroratidagi  suvda  eritildi  va  vaqti-vaqti  bilan  chayqatib  turilib  pardani  butunlay 
erish  vaqti  belgilandi.  Yod  saqlovchi  vinil  spirtining  sopolimeri  asosli,  yuzasi  1 
sm
2
  bo‗lgan  parda  namunasiga  1  sm

tozalangan  suv  quyildi  va  40°S  da ushlab 
turildi.  Bunda parda 1soat davomida erib ketgan.    
Metronidazol  PDP  ni  erish  vaqtini  aniqlash.  Buning uchun PDP ni  pardani 
50  ml  hajmdagi  kolbaga  solinadi.  Unga  25  ml  tozalangan  suv  (37
o
-40
0
S  gacha 
qizdirilgan)  qo‗yiladi  va  soniyasiga  1-2  marta  chayqatib  turiladi.  Parda  to‗liq 
erib ketishini  soniya bo‗yicha belgilanadi. 
 Polimer  pardalarning  yana  bir  aniqlanadigan  xossasi  bu  -  adgezion 
xususiyati va suvni absorbsiyalash darajasi
 Adgeziya  bu  -  patologik  o‗choqda  ta‘sir  etishini  davomlililigini  va 
samaraliligini  aniqlovchi  substrat bilan pardani bog‗lanish kuchidir.    
Suvni  absorbsiyalash  darajasi  bu-yutilgan  suyuqlikning  pardaning  fizik-
kimyoviy  xususiyalariga  katta  ta‘sir  qilib,  biologik  faol  birikmalar  diffuziya 
yo‗li  bilan  ko‗chirilishidir,  bu  esa  PDP  ni  suvni  yutish  xususiyatiga 
bog‗liqligidadir.va  u maxsus adabiyotlarda keltirilgan  usul bo‗yicha baholanadi.    


Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling