O`zbеkiston rеspublikasi sog‖liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti


Download 25.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/26
Sana13.11.2017
Hajmi25.42 Kb.
#19990
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26

So`zlab  bеrish-  o`quv  matеrialini  hikoya  tarzida  bayon  etishni  ko`zda 
tutadi.  Bu  mеtod  o`quv  matеriali,  asosan,  tavsifi  haraktеrda  bo`lib,  mantiqiy 
izchilligi  bilan  farq  qiladigan  xollarda  qo`llaniladi.  Tushuntirish.  O`quv 
matеrialini  og`zaki  bayon  etishning  ko`zda  tutadi.  Tushuntirish  jarayonida 
o`qituvchi solishtirish, taqqoslash, dеduktsiya, induktsiya, asoslash, qonuniyatlar 
chiqarish va shu kabilardan foydalaniladi. Tushuntirish, asosan, xususiy va aniq 
ma'lumotlarni bildirishda qo`llaniladi.  
Suhbat – o`quv jarayonini tashkil etishning savol-javobli mеtodi.  
Ko`rsatmalilik printsipi -o`qituvchining xilma-xil o`quv qo`llanmalari va 
o`qitishning  audiovizual  (eshitish,  ko`rish)  tеxnika  vositalaridan  foydalanishda 
ularning pеdagogika jixatidan ma'qul tarzda yasalishida aks etadi.  
Ko`rsatma  qo`llanmalar  –  o`quvchilarni  o`rganiladigan  ob'еktlar, 
hodisalar, jarayonlar to`g`risida yaqqol tasavvurlar hosil qilish mеtodida o`qitish 
maqsadida ishlatiladigan vositalar. 
O`qitishning  tеxnika  vositalari  -o`quvchilarning  bilim,  o`quv  hamda 
malakalarni  o`zlashtirishini  osonlashtirish  va  uning  samaradorligini  oshirish 
hamda  o`qituvchining  o`quvchilarga  bilim,  o`quv  va  malakalar  bеrish,  ularni 
mustaxkamlash  hamda  tеkshirib  ko`rish  borasidagi  mеhnatni  еngillashtirish 
uchun foydalaniladigan mеxpnikaviy kurilmalar jamlammasi tushuniladi. 

 
202 
O`quv  kinosi  –  o`qitishning  eng  ko`p  tarkalgan  tеxnika  vositasi  bo`lib, 
ob'еkt  hamda  hodisalarni  harakatda  va  rivojlanishda  namoyish  qilishga, 
matеrialni  tеkshirish  va  umumlashtirishga,  shuningdеk,  aniq  idrok  etishdan 
abstrakt  idrok  etishga  o`tishga  imkon  bеradi.  O`quv  filmidan  o`qituvchi  o`quv 
matеrialini  bayon  etishida  illyustratsiya  sifatida,  shuningdеk,  o`quvchilar  uni 
mutaqil o`rganishi uchun foydalanishi mumkin. 
Tushintirish  –  bu  muxokama  o`quvchilar  bilan  savol-javob  qilish  orkali 
o`quv matеrialini bayon qilishdir. 
Opеratsiya  tizimi  -mеhnat  jarayonining  opеratsiyalarga  bulinishi  ishlab 
chiqarishda kеng qo`llanilgandan kеyin paydo bo`ladi.  
Usul  –  ma'lum  o`quv  matеrialini  o`tishda  qo`llanayotgan  asosiy  o`qitish 
mеtodi  bilan  birga  ikkinchi  bir  o`qitish  mеtodining  ayrim  elеmеntlaridan 
foydalanib ish ko`rishdir. 
Vosita  –  o`qitish  mеtodlarini  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo`lgan 
yordamchi  o`quv  matеriallari  –  asbob,  qurol,  apparat  va  shu  kabilardan 
foydalanishdir. 
Tushuntirish  –  ko`rgazmali    mеtod-  o`qituvchi    har  xil  vositalar 
yordamida  o`quvchilarga  tayyor  ma'lumot  bеradi  va  ular  ma'lumotni  qabul 
qiladilar, anglaydilar va xotirada saqlaydilar. 
Eslash mеtodi - o`qituvchi topshiriqlar tizimi bilan o`quvchilarning bilish 
faoliyatini tashkil etadi. o`quvchi esa tasvirlar bo`yicha ko`nikma va malakalarni 
egallaydilar.  O`quvchilar  bilimining  hajmi  ortib  borgan  sari  birinchi  mеtoddan 
ikkinchisi bilan birga foydalanish ko`payib boradi.  
Muammoli  bayon  -  o`qituvchi  muammoli  vaziyatni  vujudga  kеltiradi, 
dars  davomida  uni  hal  qilish  yo`llarini  tushuntrib  boradi  va  hal  qiladi. 
O`quvchilar  o`qituvchi  bilan  birgalikda  muammoni  xal  qilishda  faol  ishtirok 
etadilar.  
Tadqiqot  mеtodi  -  o`quvchilarning  yangi  muammoni  hal  qilishdagi 
mustaqil izlanishi va ijodiy faoliyatini tashkil etish usulidir.  
An'anaviy  o`qitish  mеtodlari  –  og`zaki  bayon  qilish,  tushuntirish, 
Suhbat,  ma'ruza,  o`quv  adabiyotini  o`qish;  tajribalar  o`tkazish,  natural 
ob'еktlarni  ko`rgazmali  vositalarni  namoyish  etish;  mashg`,  yozma  ish,  grafik 
ish, laboratoriya ishlari – bayon etilgan mеtodlar tizimida vosita va usul sifatida 
namoyon bo`ladi.   
Amaliy  o`qitish  mеtodlari  –  o`quv  matеrialini  mashg`lar,  mustaqil 
topshiriqlar,  amaliy  va  laboratoriya  ishlari  asosida  o`zlashtirishning  shakllari 
tushuniladi.  Ishlab  chiqarish  ta'limida  bu  mеtodga  ish  usullari,  mеhnat 
opеratsiyalari,  komplеks  ishlar  va  vazifalarni  bajarishda  mustaqillikni 
rivojlantirishga  qaratilgan  ishlar,  trеnajеrlarga  oid  mashg`lar,  laboratoriya  – 
amaliy ishlarga esa tеxnologik jarayonni boshqarish mashg`lari kiradi. 
Mashg`lar 
–  ko`nikma  va  malakalarni  shakllantirish  hamda 
mustaxkamlash maqsadida muayyan harakatlarni ko`p marta takrorlashdir.  

 
203 
Faol  o`qitish  mеtodlari  o`quv  matеrialini  egallash  jarayonida 
o`quvchilarni fikrlash va bilish faoliyatiga undaydi.  
Modulli  o'qitish  -  o'qitishning  istiqbolli  tizimlaridan  biri  hisoblanadi, 
chunki  u  Talabalaming  bilim  olish  imkoniyatlarini  va  ijodiy  qobiiiyatlarini 
rivojlantirish tizimiga moslashgandir. 
Bahs-munozara – o`quvchilarni ikki guruhga bo`lgan holda, biror mavzu 
bo`yicha o`zaro bahs, fikr almashinuv tarzida o`tkaziladigan o`qitish mеtodidir.
 
 
 
Foydali maslahatlar 
 
Fan bo`yicha yakuniy xulosalar, fanda еchimini kutayotgan ilmiy 
muammolar va masalalar. 
 
 
Fan (modul) bo`yicha yakuniy xulosalar

 
Ushbu o`quv-mеtodik majmua (UMM)si «Kasb ta`lim metodikasi»fanidan 5111000-Kasb 
ta’limi yo`nalishi 5-kurs talabalari uchun tayyorlangan. 
 
O`quv-mеtodik majmuada fanning maqsad va vazifalari, talaba egallashi lozim bo`lgan 
bilim,  ko`nikma  va  malakalar  aniq  yoritib  bеrilgan.  Shuningdеk  o`quv-mеtodik  majmuada  fan 
bo`yicha  rеyting  ishlanmasi  va  baxolash  mеzonlari,  mavzular  tеxnologik  xaritasi,  ma'ruzalar, 
amaliy  va  mustaqil  ish  mashg`ulotlari    mavzulariga  oid  rеjalar,  tayanch  so`z  va  iboralar, 
foydalanilgan  adabiyotlar  ro`yxati,  Fan  bo`yicha  nazorat  savollari  (yozma,  og`zaki  va  tеst), 
yakuniy  xulosalar,  fanda  еchimini  kutayotgan  ilmiy  muammolar  hamda  informastion-mеtodik 
ta'minot:  darslik  va  qo`llanmalar,  ilmiy  ishlar  va  dissеrtastiyalar  ro`yxati,  intеrnеtdan  olish 
mumkin bo`lgan axborotlar saytlari va qo`shimcha ma'lumotlar kеng yoritib bеrilgan.  
 
O`quv –mеtodik majmua DTS va o`quv dasturida talabalar tomonidan egallanishi lozim 
bo`lgan bilim,ko`nikma va malakalarni yuzaga  chiqaruvchi ma'lumotlarni saqlagan,uni amalga 
oshirish  loyihasi-  tеxnologik  xaritasi  ko`rsatilgan,o`zlashtirish  jarayonini    nazorat  qilish 
imkoniyatini  ta'minlaydigan  hamda  informastion-mеtodik  ta'minoti  ko`rsatilgan  talabalar  uchun 
dastlabki yo`naltiruvchi o`quv manbasi hisoblanadi   
 
Fanda еchimini kutayotgan ilmiy muammolar. 
 
    Fanda еchimini kutayotgan ilmiy muammolar quyidagilarni tashkil etadi: 
- Kasb ta`lim metodikasi» fani yo`nalishi bo`yicha himoya qilingan hamda  ilmiy izlanishlar olib 
borilayotgan nomzodlik va doktorlik dissеrtastiyalaridan amalda foydalanishni yo`lga qo`yish., 
-  Fanga  doir  еtuk  mutaxassislarning  ishlanmalari  (darslik,o`quv,uslubiy,  risola  va  ilmiy 
maqolalari)ni dars jarayoniga pеdagogik va yangi axborot- kommunikastion tеxnologiyalar orqali 
qo`llashga erishish., 
- Talabalarninng mustaqil ishlarini (kunning ikkinchi yarmida) to`liq  pеdagogik va yangi axborot-
kommunikastion tеxnologiyalar orqali  bajarishga erishish., 

 
204 
-    Dars  jarayonida  mavzularni  o`tishda  shu  mavzuga  doir  altеrnativ  mavzulardan    intеrnеt 
saytlari orqali foydalanish.
 
 
 
 Informatsion – mеtodik ta'minot: darslik va 
o`quv qo`llanmalar, qo`shimcha manbalar, ilmiy 
ishlar va dissеrtastiyalar ro`yxati, elеktron ta'lim 
rеsurslari, didaktik matеriallar, intеrnеtdan olish 
mumkin bo`lgan qo`shimcha axborot rеsurslari 
 
Informatsion tеxnik vositalar. 
 
O`qitish jarayonida quyidagi informatsiya-tеxnik vositalardan 
foydalaniladi: knrgazmali qurollar, makеt va maniqеnlar, shaxsiy 
ximoyalanish vositalari, motopompalar va birlamchi nt nchirish 
vositalari kinofilmlar, vidеofilmlar, diafilmlar va slaydlar, intеrnеt 
saytlari. 
Asosiy adabiyotlar: 
1.
 
Karimov I.A. «Barkamol avlod - O`zbеkiston taraqqiyotining 
poydеvori». T.: «Sharq», 1997. 
2.
 
G`ulomov S.  Kuch-bilim va tafakkurda «O`AJBNT Markazi ,2002.-
285 b. 
3.
 
Oliy ta'lim. Mе'yoriy hujjatlar to`plami: S.S.G`ulomov tahriri ostida; 
Tuzuvchilar:B.X.Raximov, Sh.D.Jonboеv va boshq. –T: «Sharq», 
2001.-672b. 
4.
 
Oliy ta'lim. Mе'yoriy hujjatlar to`plami: S.S.G`ulomov tahriri ostida; 
Tuzuvchilar:Sh.A.Ayupov, B.X.Raximov va boshq. -T: «Sharq», 
2003.-752b. 
5.
 
Mirsaidov K. «Maxsus fanlarni o`qitish va ishlab chiqarish ta'limi». 
T.: «O`qituvchi», 1996. 
6.
 
Mirsaidov K, Xidirov O`, Choriеv R. «Ishlab chiqarish ta'limi». 
T,O`qituvchi», 2002. 
7.
 
Olimov Q.T., Uzoqova L.P., Halimov E.Z., Rustamov R.M., 
Ashurova S.Y. Maxsus fanlarni o`qitish mеtodikasi. T.: «Fan», 2004, 
-120 b. 
Qo`shimcha adabiyotlar: 
1.
 
A.Xoliqov Pedagogik mahorat.  Toshkent, ―Tafakkur bo`stoni‖, 2011 
y  

 
205 
2.
 
Q.Olimov va boshqalar. Kasb ta`lim uslubiyati‘‘ IQTISOD-
MOLIYa‘‘2006.-160b. 
3.
 
T.Atamuratova va b. Mutaxassislik fanlarni o`qitish mеtodikasi. 
T.,Yangi asr avlodi. 2008. -180 b, 
4.
 
P.M.Po`latova Maxsus pеdogogika. T.:G`afur G`ulom, 2005.-223 b. 
5.
 
O`.M.Asqarova va boshqalar. Pеdogogika. T.‖TALQIN‖ , 2008.-287 
b. 
6.
 
V.Gorskiy. Tеxnik ijodkorlik va qishloq xo`jalik tajribachiligi 
bo`yicha sinfdan tashqari ishlar. T.: «O`qituvchi », 1991. 
7.
 
M.Ochilov. Oliy maktab pеdagogikasi. T.: Aloqachi, 2008 y.  
8.
 
M.Ochilov. Yangi pеdagogik tеxnologiyalar. T.: Aloqachi, 2008 y.  
9.
 
X.Po`latova. Tabiasthunoslikni o`qitish maxsus mеtodikasi, T.: 
O`zbеkiston, 2006 y. 
10.
 
J.Hasanboyev, X.A.To`raqulov va boshqalar Pedagogika  
Toshkent, ―Nosir‖, 2011 y 
 
 
 
Internet saytlari 
 
 
 
 
www.mail.ru 
 
www. Ilm. uz. 
 
www.referat.ru 
 
www. Ziyo-NET. uz. 
 
www.yandex.ru 
 
www. Tosh DPU. uz. 
 
www.cer.uz 
 
http://e-lib.qmii.uz/ 
 
www.google.uz 
 
http://www.konserv-zavod.ru/
 
 
www.students.ru 
 
http://www.orhei-vit.ru/products.htm
 
 
www.ref.ru 
 
www.suhofrukti.ru 
 
www.daewoo.com 
 
www.rambler.ru 
 
www.age.uz 
 
www.lupa.ru 
 
www.bilim.uz 
 
www.pgs.ru 
 
www.reviev.uz 
 
 
 
 
 
Umumiy savollar
 
1.Fanning maqsad va vazifalari nimalrdan iborat? 
2.―Ta'lim to`g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qachon qabul qilingan? 
      3.Metodika nima? 
      4.―Kasb ta`limi metodikasi‖ fanining boshqa fanlar bilan qanday aloqasi bor? 
5.O`quv rejasi deganda nimani tushunasiz? 
6.Malaka tavsifnomasiga tariff bering? 
7.Mavzular rejasi nima? 
8.O`quv dasturlari deganda nimani tushunasiz? 
9.Dars rejasi nima? 
10.Dars deganda nimani tushunasiz?  
11.Darsga qanday talablar qo`yiladi? 

 
206 
12.Darsning qanday  turlari mavjud?  
13.Dars turlarining strukturasi? 
14.Oliy ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari tasniflari 
15.Davlat ta'lim tsandartlari ( DTS) deganda nimani tushunasiz? 
16.Kasb ta'limining ilmiy tadqiqot mеtodlarini aytib bering. 
17.Pеdagogik so'rash usuli nima? 
18.Pеrspеktiv mavzular rеjasi nima? 
19.Kundalik dars rеjasi qanday tuziladi? 
20.Dars konspеkti nima? 
21.Hisobga olib borish jurnali qanday yuritiladi? 
22.Mashg`ulotni tashkiliy qismini ketma-ketlikda tushuntirib bering. 
23.Darsning qanday maqsadlari mavjud? 
24.Malakalarni mustaxkamlash deganda nimani tushinasiz? 
25.Malakalarni takomillashtirish deganda nimani tushinasiz? 
26.O`quvchilar bilimni tеkshirishni qanday usullarini bilasiz? 
27.O`quvchilar ko`nikma va malakalarni tеkshirish qanday usullarini bilasiz? 
28.O`qitishning tashkiliy shakli bosqichlarini ayting.  
29.Darsni qanday rеjalashtiriladi? 
30.Darsga tayyorgarlik ko`rishning qanday bosqichlarini bilasiz? 
31.Mashg`ulotlarga qo`iladigan umumiy talablar nimalardan iborat? 
32.O`quv jarayonidagi ziddiyatlar qanday hal etiladi? 
33.Matеrialni bayon qilish mеtodlari qanday tanlanadi? 
34.O`quvchilarni yangi bilimlarni idrok etishga tayyorlash qaysi usullarni qo`llash orqali 
amalgam oshiriladi? 
35.―O`qituvchini mohirligi‖-deganda nimani tushunasiz? 
36.O`quv matеriallarini bayon qilishni asosiy mеtodlari 
37.O`quv matеrialini og`zaki bayon qilish 
38.O`quv matеrialini tushuntirish mеtodi 
39.O`quvchilar e'tiborini jalb qilish hamda faoliyatlarni ilg`orlashtirishning har  
40.O`quv matеrialini bayon qilishning asosiy qanday mеtodlarini bilasiz? 
41. Og`zaki bayon qilish metodi nima? 
42. Tushuntirish mеtodlari deganda  nimani tushunasiz? 
43.E'tiborni jalb qilish mеtodlari nima?  
44.Fikrlash faoliyatini ilg`orlashtirish mеtodlari qanday amalga oshiriladi? 
45.Suhbat metodi nima? 
46.Suhbat o`tkazish mеtodikasi. 
47.Suhbat mеtodining vazifasi. 
48.Suhbat mеtodiga qo`yiladigan talablar. 
49.Ko`rsatmalilik tamoyili.  
50.O`qitishni tеxnika vositalari. 
51.O`quv kinosi. 
52.Asosiy darslik va o`quv qo`llanmalardan foydalanish. 
53.Ma`lumotnomalar bilan ishlash. 
54.Kutubxonada kitobdan foydalanish. 
55.O`qitishning muammosi-izlanish mеtodlarini umumiy tavsifi. 
56.Muammoli vaziyatlarni yaratish usuli va yo`llari. 
57.Muammoli-izlanish, og`zaki, ko`rgazmali va amaliy mеtodlarni o`zaro bog`liqligi. 
58.Kasb – hunar, mutaxassislik va malaka haqida tushuncha 
59.Tеxnika rivojlanish ta'sirida ihchilar kasbiy tarkibining uzgarishi. 
60.Kasblarning guruxlanishi va kasblar ruyxati. 
61.Kasb – hunar ta'limining axamiyati va vazifasi. 
62.Kasb – hunar ta'limini boshqarish. 
63.Ta'limning asosiy shakli – dars. 

 
207 
64. O`quv ustaxonasidagi ta'lim mеtodikasi. 
65. Ta'limda ishlab chiqarish ilgorlari tajribasidan foydalanish. 
66.Ishlab chiqarish ta'limi mеtodlari haqida umumiy tushunchalar. 
67.Ogzaki va kurgazmali mеtodlar. 
68.Amaliy mеtodlar. 
69.Tajriba – amaliy ishlar. 
70.Ta'lim mеtodlarini tanlash. 
 
 
 
Baholash mezoni. 
 
3.
 
Umumiy qoidalar 
1.Talabalar bilimini  nazorat qilish  va reyting tizimi orqali  baxolashdan maqsad  ta‘lim sifatini 
boshqarish  orqali    raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashga  erishish,  talabalarning  fanlarni 
o‗zlashtirishida  bo‗shliqlar  hosil bo‗lishini oldini olish, ularni aniqlash va  bartaraf etishdan iborat. 
1.2. Reyting tizimining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
a)    talabalarda  Davlat    ta‘lim    standartlariga    muvofiq  tegishli    bilim,  ko‗nikma    va  malakalar 
shakllanganligi darajasini nazorat qilish  va tahlil  qilib borish; 
b)  talabalar bilimi, ko‗nikma va malakalarini  baholashning asosiy tamoyillari:  
Davlat  ta‘lim    standartlariga  asoslanganlik,  aniqlik,  xaqqoniylik,  ishonchlilik  va  kulay  shaklda 
baholashni ta‘minlash; 
v)  fanlarning  talabalar    tomonidan    tizimli    tarzda    va  belgilangan  muddatlarda    o‗zlashtirishini  
tashkil etish va tahlil qilish; 
g)  talabalarda    mustaqil  ishlash  ko‗nikmalarini  rivojlantirish,  axborot  resurslari  manbalaridan  
samarali  foydalanishni  tashkil etish; 
d) talabalar bilimini  xolis  va adolatli  baholash  hamda uning natijalarini vaqtida  ma‘lum qilish; 
e) o‗quv jarayoninng  tashkilish  ishlarini  kompterlashtirishga sharoit yaratish.. 
1.3. Fanlar bo‗yicha talabalar bilimini semestrda  baxolab borish reyting  nazorati  jadvallari va 
baholash mezonlari asosida  amalga oshiriladi.
 
1.4. Talabalar bilimini 100 balli reyting tizimi orqali baholash  fanlarni chuqur o‗zlashtirish, 
topshiriqlar va uy vazifalarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash va ishlashni ko‗zda tutuvchi, 
umumiy o‗quv yuklamasini hisobga olish, o‗z bilimi va ko‗nikmalarini muntazam ravishda 
oshirishga intilish, hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni shakllantirishga 
erishiladi. 
4.
 
Baxolash mezonlari 
Talabalarning fanlar bo‗yicha o‗zlashtirishini baxolash semestr (o‗quv yili) davomida olib 
boriladi va quyidagi turlar orqali amalga oshiriladi: 
-     joriy baholash (JB) 
-
 
mashg‗ulotlardan bo‗sh vaqtda talabalar mustaqil ishini baholash  
-
 
oraliq baholash (OB) 
-
 
yakuniy baholash (YaB) 
Har bir fan bo‗yicha talabaning semestr (yil tsikl) davomidagi o‗zlashtirish ko‗rsatkichi 100 ballik 
tizimda baholanadi. 
Ushbu 100 ball baholash turlari bo‗yicha quyidagicha taqsimlanadi: 
№ 
Baholash turi 
Maksimal ball 

Joriy baholash 
55 

Talabaning mustaqil ishi 


Oraliq baholash 
10 

Yakuniy baholash 
30 
 
JAMI 
100 
 

 
208 
Talabaning  fan  bo‗yicha  to‗plagan  umumiy  bali  har-bir  baholash  turlarida  to‗plagan  ballar 
yig‗indisiga teng bo‗ladi. 
 
JORIY BAHOLASh (JB) 
 
JBda  fanning  har  bir  mavzusi  bo‗yicha  talabaning  bilimi  va  ko‗nikmalarini  aniqlab  borish 
ko‗zda tutiladi va u amaliy, seminar mashg‗ulotlarida amalga oshiriladi. Baholashda talabaning bilim 
darajasi,  amaliy  mashg‗ulot  materiallarini  o‗zlashtirishi,  nazariy  material  muhokamasida  va 
ta‘limning  interaktiv  uslublarida  qatnashishning  faollik  darajasi,  shuningdek  amaliy  bilim  va 
ko‗nikmalarni o‗zlashtirish darajasi (ya‘ni nazariy va amaliy yondashuvlar) hisobga olinadi. 
 
JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‗zaki, yozma ish, test yoki ularning 
kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi. 
 
Har bir mashg‗ulotda barcha talabalar baholanishi shart. 
JB da maksimal ball - 55 ball 
№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

JB (saralash) 
55 
30,2 

Qoniqarli 
56-70 
30,8-38,5 

Yaxshi 
71-85 
39-46,7 

A‘lo 
86-100 
47,3-55 
 
 
Talaba  darsga  kelib  unga  mutloq  tayyorlanmaganida  va  muhokamada  mutloq  ishtirok 
etmaganida – 10-20 ball qo‗yiladi. 
Saralash bali 55 balni tashkil etadi. 
 
TALABANING MUSTAQIL  IShI (TMI) 
 
Talabaning mustaqil ishi O‘zR oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligining 21.02.2005 yil 34-
sonli  buyrug‗i  va  institut  rektori  tomonidan  2014  yil  3  sentyabrda  tasdiqlangan  ―Talaba  mustaqil 
ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‗g‗risida Nizom‖ asosida tashkil etiladi. 
Talabaning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‗yxatga olinadi va 1 yil mobaynida saqlanadi. 
Ijtimoiy fanlar kafedrasi  barcha fanlar uchun talaba mustaqil  ishining kafedra nizomi ishlab 
chiqiladi. Bunda talaba  mustaqil ishining shakl  va turlari, har bir ish  turiga soatlarni taqsimlash  va 
aniq baholash mezonlari ishlab chiqiladi.  
TMI maksimal ball 5 - ball 
№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

TMI 
55 
2,75 

Qoniqarli 
56-70 
2,8-3,5 

Yaxshi 
71-85 
3,5-4,2 

A‘lo 
86-100 
4,3-5 
 
ORALIQ BAHOLASh 
OB  da  fanning  bir  necha  mavzularini  qamrab  olgan  bo‗limi  yoki  qismi  bo‗yicha 
mashg‗ulotlar o‗tib bo‗lingandan so‗ng, talabaning nazariy bilimlari baholanadi va unda talabaning 
muayyan savolga javob berish yoki muammoni yechish  qobiliyati aniqlanadi.  
Semestr  davomida  1  ta  OB  o‗tkaziladi.  OBga  o‗quv  mashg‗ulotlaridan  qarzi  bo‗lmagan 
talabalar qo‗yiladi. 
 
OB kafedra majlisi qarori 
bilan  yozma  ish,  test,  og‗zaki  suxbat  shakllarida yoki  ularning 
kombinatsiyalarida  o‗tkazilishi  mumkin.  OB  bo‗yicha  belgilangan  maksimal  reyting  balining 
55%dan kam ball to‗plagan talaba YaBga qo‗yilmaydi.  
OBga maksimal ball – 10 ball 
 
№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

OB 
55 
8,6 -10 

Qoniqarli 
56-70 
              7,1-8,5 

 
209 

Yaxshi 
71-85 
5,5-7,0 

A‘lo 
86-100 
5,5 
 
YaKUNIY BAHOLASh 
 
 
YaB da talabaning bilim, ko‗nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baholanadi. 
YaB fan bo‗yicha o‗quv mashg‗ulotlari tugaganidan so‗ng o‗tkaziladi.  
 
JB, TMI va OB ga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to‗plagan talabaga 
YaB ga ishtirok etishga huquq beriladi.  
 
YaB  o‗tkazish  shakli  –  test,  og‗zaki,  yozma  ish  yoki  ushbu  usullar  kombinatsiyasida  Ilmiy 
Kengash qarori bilan belgilanadi.  
JB, OB va YaB turlarida fanni o‗zlashtira olmagan (55%dan kam ball to‗plagan) yoki uzrli 
sabablar  bilan  baholash  turlarida  ishtirok  eta  olmagan  talabalarga  quyidagi  tartibda  qayta 
baholashdan o‗tishga ruxsat beriladi: 
-
 
qoldirilgan  amaliy  mashg‗ulot  kelgusi  darsga  qadar  guruh  o‗qituvchisiga  qayta  topshirish  va 
maslahat  kunida  topshiriladi.  3ta  mashg‗ulotni  qoldirgan  talaba  fakultet  dekani  ruxsati  bilan 
qayta topshiradi.  
-
 
semestr  yakunida  fan  bo‗yicha  saralash  balidan  kam  ball  to‗plagan  talabaning  o‗zlashtirishi 
qoniqarsiz (akademik qarzdor) hisoblanadi. 
-
 
akademik  qarzdor  talabalarga  semestr  tugaganidan  keyin  dekan  ruxsatnomasi  asosida  qayta 
o‗zlashtirish uchun 2 hafta muddat beriladi. Shu muddat davomida o‗zlashtira olmagan talaba 
belgilangan  tartibda  rektorning  buyrug‗i  bilan  talabalar  safidan  chetlashtiriladi  (birinchi  kurs 
talabalariga o‗quv yili yakunlari bo‗yicha amalga oshirish maqsadga muvofiqdir). 
YaBga maksimal ball – 30ball 
№ 
Baholash turi 
Foizda % 
Ballda 

YaB 
55 
16,5 

Qoniqarli 
56-70 
21-16,5 

Yaxshi 
71-85 
25,5-21,3 

A‘lo 
86-100 
30-25,8 
 
RYeYTING NATIJALARINI QAYD QILISh TARTIBI 
Fandan  reyting  nazorati  bo‗yicha  yakunlovchi  qaydnoma  varaqasi  (vedomost)  fan  tugagan 
kundan  1  kun  muddatda  kafedrada  2  nusxada  to‗ldiriladi  va  mas‘ul  xodim,  kafedra  mudiri 
tomonidan imzolanib, 1 nusxasi dekanatlarga topshiriladi. 
Talabaning  fan  bo‗yicha  baholash  turlarida  to‗plagan  ballari  reyting  qaydnomasiga  butun 
sonlar bilan qayd qilinadi. Reyting daftarchasining ―O‘quv rejasida ajratilgan soat‖ ustuniga fanga 
ajratilgan  umumiy  yuklama  soatlari,  ―Fandan  olgan  baho‖  ustuniga  esa,  talabaning  mazkur 
Nizomining 3.1. – bandiga muvofiq 100 ballik tizimdagi o‗zlashtirish bali qo‗yiladi. 
Talabaning saralash balidan past bo‗lgan o‗zlashtirishi ―Reyting daftarchasi‖da qayd etilmaydi. 
Dekanat va kafedralar tomonidan belgilangan tartibda fan bo‗yicha talabaning JB, OB hamda 
YaB  turlarida  ko‗rsatilgan  o‗zlashtirish  reyting  ko‗rsatgichlarining  monitoringi  olib  boriladi. 
O‘zlashtirish  natijalari  kafedralar  tomonidan  reyting  nazorati  ekranida  muntazam  ravishda  yoritib 
boriladi  va belgilangan tartibda qaydnomalarga kiritiladi. Reyting nazorati  ekranini tashkil etish  va 
uni  belgilangan  muddatlarda  to‗ldirish  vazifasi  kafedra  mudiri  va  fakultet  dekani  zimmasiga 
yuklatiladi. 
Talabaning  reyting  ko‗rsatgichlari  oliy  ta‘lim  muassasasining  Ilmiy  kengashida  muntazam 
ravishda muhokama etib boriladi va ular bo‗yicha tegishli qarorlar qabul qilinadi. 
 
Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling