O`zbеkiston rеspublikasi sog‖liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti farmatsiya fakulteti


Download 25.42 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/26
Sana13.11.2017
Hajmi25.42 Kb.
#19990
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26

 
 
 

 
29 
                                  ADABIYOTLAR RO‗YXATI 
 O‗zbekiston Respublikasi Qonunlari 
1.O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.- T.: O‗zbekiston, 2009. – 40 b.  
2.O‗zbekiston Respublikasining «Ta'lim to‗g‗risida»gi Qonuni. T. «Sharq» 2001. Oliy ta'lim 
me'yoriy xujjatlari. 3-18 betlar. 
3.Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. T. «Sharq» 2001. Oliy ta'lim meyoriy xujjatlari. 18-52 betlar. 
 
 O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari 
4.Islom Karimov. Barkamol avlod orzusi T., «Sharq» 1999 y.  
5.Prezident  Islom  Karimovning  «Jahon  moliyaviy-iqtisodiy  inqirozi,  O‗zbekiston  sharoitida  uni 
bartaraf etishning yo‗llari va choralari». T.׃ ―O‗zbekiston‖ 2009.-56 b 
6.Karimov I. Eng asosiy mezon-hayot haqiqatini aks ettirish.T. ׃O‗zbekiston, 2009.-24 b. 
7.Islom  Karimov.  Ozod  va  obod  vatan,  erkin  va  farovon  hayot  pirovard  maqsadimiz.  T., 
«O‗zbekiston», 2000 y. 
8.Islom Karimov. «Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch». T., «Ma'naviyat».2008  
9.‖Prezidentga maktublar‖ T., «Ma'naviyat»  2014y 
10.Islom Karimov ― O‗zbek xalqiga tinchlik va Omonlik kerak ―T., «O‗zbekiston», 2014 y. 
                Asosiy adabiyotlar 
   Darsliklar 
11.Tojiboeva D.,Yuldashev Yu Maxsus fanlarni o‗qitish metodikasi. 
     T.: Fan va texnologiyalar. 2009. 
12. Ibragimov X ., Abdullaeva Sh  Pedagogika nazariyasi. T., 2008 yil. 
13.  Xoshimov K.,Nishonova Sh  Pedagogika tarixi 2-qism T., 2005 yil. 
          
  Qo‗shimcha adabiyotlar 
 O‗quv qo‗llanmalar 
14.Q.Olimov va boshqalar. Kasb ta`lim uslubiyati‘‘ IQTISOD-MOLIYА‘‘2006.-160b. 
15.Haydarov F.I., Xalilova N.I Psixologiya fanlarini o‗qitish metodikasi.Toshkent,2007 y 
16.A.Xoliqov Pedagogik mahorat.  Toshkent, ―Tafakkur bo`stoni‖, 2011 y  
17.T.Atamuratova va b. Mutaxassislik fanlarni o`qitish mеtodikasi. T.,Yangi asr avlodi. 2008. -180 b 
18.P.M.Po`latova Maxsus pеdogogika. T.:G`afur G`ulom, 2005.-223 b. 
 19 M.Asqarova va boshqalar. Pеdogogika. T.‖TALQIN‖ , 2008.-287 b. 
 20.M.Ochilov. Oliy maktab pеdagogikasi. T.: Aloqachi, 2008 y.  
 21. J.Hasanboyev, X.A.To`raqulov va boshqalar Pedagogika  Toshkent, ―Nosir‖, 2011 y. 
 
 
Internet saytlari 
 
 
www.mail.ru 
 
 
 
www. Ilm. uz. 
 
www.referat.ru 
 
www. Ziyo-NET. uz. 
 
www.yandex.ru 
 
www. Tosh DPU. uz. 
 
www.cer.uz 
 
http://e-lib.qmii.uz/ 
 
www.google.uz 
 
http://www.konserv-zavod.ru/
 
 
www.students.ru 
 
http://www.orhei-vit.ru/products.htm
 
 
www.ref.ru 
 
www.suhofrukti.ru 
 
www.daewoo.com 
 
www.rambler.ru 
 
www.age.uz 
 
www.lupa.ru 
 
www.bilim.uz 
 
www.pgs.ru 
 
www.reviev.uz 
 
 
 
 
 

 
30 
             
 
 
                              11.Mundarija.             
 
 
So‘z boshi
 ……………………………………………………………………… 
Fanning maqsadi va vazifalari……………………………………….. 3      
 
       Fan bo‘yica talabalarning bilimiga ,uquviga, ko‘nikmasiga  
        qo‘yiladigan talablar…………………………………………………..3     
      Fanni boshqa fanlar bilan bog`liqligi………………………………..  4 
      Fanning mazmuni……………………………………………………  4 
Amaliy (seminar ) mashg‘ulotlarining nomi…………………………. 6 
Fanni o‘qitishda kompyuter, axborot va boshqa           
zamonaviy    texdnologiyalar……………………………………… …8 
Yakuniy nazorat  avollari……………………………………………  ..9 
 
Baholash mezonilari……………………………………………………………
.11 
 
   
Adabiyotlar ro’yhati…………………………………………………. ……….. 
..13 
 
 
 
 
 
FAN BO`YICHA TA'LIM TЕXNOLOGIYALARINI ISHLAB CHIQISHNING 
KONSЕPTUAL ASOSLARI 
Bilim olish jarayoni bilan bog`liq. ta'lim sifatini bеlgilovchi holatlar
: darsni yuqori ilmiy-
pеdagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg`ulotlar o`tkazish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli 
tashkil qilish, ilgor pеdagogik tеxnologiyalardan va multimеdia qullanmalardan foydalanish, tinglovchilarni 
mustaqil fikrlashga undaydigan, o`ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo`yib, talabchanlik, tinglovchilar 
bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo`naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va 
boshqa  tadbirlar  ta'lim  ustuvorligini  ta'minlaydi.  Ta'lim  samaradorligini  ortshrishda  fanlar  bo`yicha  ta'lim 
tеxnologiyasini  ishlab  chikishning  konsеpsiyasi  aniq  bеlgilanish  va  unga  amal  qilishi  ijobiy  natija  bеradi. 
Fanni  o`qitishning  maqsadi  va  ta'lim  bеrish  tеxnologiyasini  loyixalashtirishdagi  asosiy  kontsеptual 
yondashuvlar quyidagilardan iborat: 
 
Fanning  maqsadi
  «Kasb  ta'limi  mеtodikasi»  fanini  o`rganIshning  maqsadi  talabalarni 
kasbiy  pеdagogik  tayyorgarlik  ta'lim  sohasini  5111000-  «Kasb  ta'limi»  yo`nalishi  ta'lim  sohalari 
bo`yicha  ta'lim  olayotgan  bakalavrlarda  kasb-hunar  kollеjlari  o`quvchilarining  ta'limi  va  tarbiyasi 
jarayonida  yuzaga  kеladigan  qiyinchiliklarni  yеcha  olishida  hamda  ularning  tеxnologiya  va  ishlab 
chiqarish ta'limi darslarini olib borishiga yordam bеradigan mеtodik bilim, ko`nikma va malakalarini 
shakllantirishdir. 
Fanning  vazifalari: 
talabalarda  kasbiy  ta'lim  mеtodikasining  tеrminalogik  tushunish 
apparatini shakllantirish;ta'limni tashkil qilish shakllari, maqsadi va vazifalarini loyihalash bo`yicha 
ko`nikma va malakalarni shakllantirish; 
ta'lim jarayonining tashkil etilganligini tahlil qilish va uni samarali baholay bilish; 

 
31 
kasbiy  ta'lim  yo`nalishi  bakalavrlarining  mеtodik  ishlari  tizimi  bo`yicha  tushunchalarni  hosil  qilish 
jarayonida  o`quvchilar  faoliyatini  tashkil  etish  va  uni  boshqarishni  loyihalay  olish  bo`yicha 
malakalarni shakllantirish.  
 
Shaxsga  yunaltirilgan  ta'lim.
  O`z  mohiyatiga  ko`ra  ta'lim  jarayonining  barcha  ishtirokchilarini 
to`laqonli rivojlanishlarini ko`zda tutadi. Bu esa ta'limni loyiqalashtirilayotganda, albatta, ma'lum bir ta'lim 
oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati bilan bog`lik. O`kish maqsadlaridan 
kеlib chiqqan holda yondoshishga e'tibor qaratishni amalga oshiradi. Har bir talabaning shaxs sifatida kasbiy 
takomillashuvini ta'minlaydi. Ta'limning markaziga bilim oluvchi qo`yiladi. 
  
Tizimli  yondashuv.
  Ta'lim  tеxnologiyasi  tizimning  barcha  bеlgilarini  o`zida  mujassam  etmog`i 
lozim:  jarayonning  mantiqiyligi,  uning  barcha  bo`g`inlarini  o`zaro  bog`langanligi,  yaxlitligi  bilim  olish  va 
kasb egallashning mukammal bo`lishiga hissa qo`shadi. 
   Faoliyatga  yo`naltirilgan  yondashuv.
  Shaxsning  jarayonli  sifatlarini  shakllantirishga,  ta'lim 
oluvchining  faoliyatini  jadallashtirish  va  intеnsivlashtirish,  o`quv  jarayonida  barcha  qobiliyat  va 
imkoniyatlarni,  tashabbuskorlikni  ochishga  yo`naltirilgan  ta'limni  ifodalaydi.  Egallangan  bilimlarning 
ko`nikma va malakaga aylanishi, amaliyotda tatbiq etilishiga sharoit yaratadi. 
Dialogik  yondashuv.  Bu  yondoshuv  o`quv  jarayoni  ishtirokchilarining  psixologik  birligi  va  o`zaro 
munosabatlarini  yaratish  zaruriyatini  bildiradi.  Uning  natijasida  shaxsning  o`z-o`zini  faollashtirishi  va  o`z-
o`zini ko`rsata olishi kabi ijodiy faoliyati kuchayadi. O`qituvchi va talabaning hamkorlikdagi ta'limiy faoliyat 
yuritishiga zamin yaratadi. 
Hamkorlikdagi  ta'limni  tashkil  etish
.  Dеmokratlilik,  tеnglik,  ta'lim  bеruvchi  va  ta'lim  oluvchi 
o`rtasidagi sub`еktiv munosabatlarda hamkorlikni, maqsad va faoliyat mazmunini shakllantirishda erishilgan 
natijalarni  baholashda  birgalikda  ishlashni  joriy  etishga  e'tiborni  qaratish  zarurligini  bildiradi.  Ta'lim 
jarayonida "sub`еkt-sub'еkt" munosabatlari tarkib topadi. 
Muammoli ta'lim
Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini 
aktivlashtirish  usullaridan  biri.  Bunda  ilmiy  bilimni  ob'еktiv  qarama-qrshiligi  va  uni  hal  etish  usullarini, 
dialеktik  mushohadani  shakllantirish  va  rivojlantirishni  amaliy  faoliyatga  ularni  ijodiy  tarzda  qullashni 
ta'minlaydi. Muammoli savol, vazifa, topshiriq,  vaziyatlar yaratish va ularga еchim topish jarayonida ongli, 
ijodiy, mustaqil fikrlashga  o`rgatiladi. 
Axborotni  taksam  qilishning  zamanivay  vositalari  va  usullarini  qo`llash
  -  hozirgi 
axborot  kommunikatsiya  tеxnologiya  vositalari  kuchli  rivojlangan  sharoitda  ulardan  to`g`ri  va  samarali 
foydalanish, axborotlarni tanlash, saralash, saqlash, qayta ifodalash ko`nikmalari hosil qilinadi. Bu jarayonda 
kompyutеr savodxonligi alohida axamiyat kasb etadi. 
O`qitish  mеtodlari  va  tеxnikasi
.  Ma'ruza  (kirish,  mavzuga  oid,  viziuallash),  muammoviy  usul, 
kеys-stadi, pinbord, paradokslar, loyixa va amaliy ishlash usullari. Intеrfaol usullarni mavzu mazmuniga mos 
holda tanlash va ulardan samarali foydalanishga o`rgatadi. 
O`qitish  vositalari
:  o`qitishning  an'anaviy  vositalari  (darslik,  ma'ruza  matni,  ko`rgazmali  qurollar, 
xarita va boshqalar) bilan bir qatorda — axborot-komunikatsiya tеxnologiya vositalari kеng ko`lamda tatbiq 
etiladi. 
Kommunikatsiya  usullari
:  tinglovchilar  bilan  opеrativ  ikki  yoqlama  (tеskari)  aloqaga  asoslangan 
bеvosita o`zaro munosabatlarning yo`lga ko`yilishi. 
Tеskari aloqa usullari va vositalari
:  kuzatish,  blits-surov,  joriy,  oraliq,  va  yakunlovchi  nazorat 
natijalarini taxliliy asosida o`qitish diagnostikasi amalga oshiriladi. Ta'lim jarayonida kafolatlangan natijaga 
erishish ta'minlanadi. 

 
32 
Boshqarish usullari va tartibi
: o`quv mashg`uloti bosqichlarini bеlgilab bеruvchi tеxnologik xarita 
kurinishidagi  o`quv  mashg`ulotlarini  rеjalashtirish,  quyilgan  maqsadga  erishishda  o`kituvchi  va 
tinglovchining birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg`ulotlari, balki auditoriyadan tashqari mustaqil 
ishlarning nazorati xam tartibli yo`lga qo`yiladi. 
Monitoring va baholash
: butun kurs davomida xam o`qitish natijalari rеyting tizimi asosida nazorat 
va taxlil  qilib boriladi. Kurs oxirida yozma, og`zaki yoki tеst topshiriqlari  yordamida ta'lim oluvchilarning 
bilimlari baholanadi. 
Izox
:  Fanning  ma`sad  va  vazifalari  fanning  mazmun  va  mohiyatidan  kеlib  chiqib  aniqlashtiriladi.  Uni 
aniqlashtirish DTS va o`quv dasturiga asoslangan holda amalga oshiriladi. 
 
 
 
 
 
4.
Fanni o`qitish tеxnologiyasi (ta'lim shakli, mеtodlari va 
vositalari, tеxnologik xarita). 
 
 
Ma'ruza mashg`ulotlar mazmuni: 
K I R I S H 
Respublikamizda  olib  borilayotgan  ijtimoiy-iqtisodiy  siysatda  mamlakat  hayotining  barcha 
jabhalarini  rivojlantirishga,  ayniqsa  kelajak  avlodni  milliy  mustaqillik  mafkura  ruxida  tarbiyalashga  katta 
e'tibor  berilmoqda.  Hozirgi  kunda  ta'lim  olayotgan  yoshlar  Respublikamizning  kelajagidir.    Ularni  xar 
tomonlama  yetuk  insonlar  qilib  tayyorlash  ta'lim-tarbiya  muasasalarining  asosiy  vazifalaridir.    Ular  uchun 
yo`qsak malakali o`qitiuvchilar tayyorlash va ularning malakasini oshirish esa kadrlar tayyorlash sohasidagi 
ustivor vazifalardan sanaladi. Prezidentimiz I.A.Karimov o`zining «Buyo`q keajagimizning huquqiy kafolati» 
nomli risolisida  shunday deb ta'kidlagan edilar: «Tarbiyachi-ustoz bo`lish uchun boshqalarning  aql idrokini  
o`stirish ma'rifat ziyosidan baxramand qilish, xaqiqiy vatanparvar, xaqiqiy fuqaro etib etishtirish uchun, eng 
avvalo  tarbiyachining  o`zi  ana  shunday    yo`qsak  talablarga  javob  berishi,  ana  shunday  fazilatlarga  ega 
bo`lishini  taqozo  etadi».  Shuning  uchun    ham  o`qituvchi    oldiga  qo`yiladigan  vazifalar  o`ta  murakkab, 
ma'suliyatli va ayni paytda sharaflidir. Rivojlangan davlatlar qatoridan o`rin olishni o`z oldiga maqsad qilib 
qo`ygan  O`zbekistonimizda  xalq  xo`jaligining  barcha  tarmoqlari  kabi  ta'lim  sohasida  ham  ilg`or  
texnologiyalarni  joriy  etishga  va  shu  orqali  ta'lim  mazmunini  jaxon    andozalari  darajasiga  olib  chiqish 
barasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.  

 
33 
Biz  nazariy  va  amaliy  mashg`ulotlarni  tashkil  etish  va  o`tkazishda  o`quvchi  
shaxsiga  yo`naltirilgan  ta'lim    amalga  oshiriladigan  ayrim  yangi  pedagogik 
texnologiyalardan foydalandik. Ularning mazmuni quyidagicha: 
Sho`ng`ish  darsi  —  ma'lum  bilimlarni  egallash  uchun  eng  qulay  muhitda 
bo`lish  yoki  shunday  muhit  yaratish  orqali  mavzuni  faol  o`rganish  mashqlaridan 
iborat. 
Musobaqa  darsi  —  o`quvchilarning  o`zaro  musobaqalashuvini  tashkil  etish 
orqali bilimlarni mustahkamlash mashqlari. 
Ijod darsi — o`quvchilarning mustaqil ijod etishlarini tashkil qilish darsi. 
Sinov  darsi  —  o`quvchilarning  o`zlashtirishini  turli  shakllarda  sinash  tashkil 
qilinadigan dars. 
Shubqa  bildirish  darsi  —  dars  mavzusi  bo`yicha  qoidalar,  xulosalarni  agar 
noto`g`ri dеb hisoblansa, nimalar bo`lishi mumkinligi haqida qiziqarli bahs va tahlillar 
o`tkazish orqali yangi mavzuni tushuntirish darsi.   
Ijodiy  xisobotlar  darsi  —  o`quvchilarning  ayrim  mavzular  bo`yicha  mustaqil 
o`rgangan bilimlari va xulosalari taqdimoti. 
Umumlashtirish darsi  —  ilgari  o`tilgan mavzular bo`yicha  olingan bilimlarni 
umumlashtirish mashqlarini o`tkazish darsi. 
Ilmiy-fantastika  darsi  —  o`quvchilarning  o`rgangan  bilimlari  asosida  ijodiy 
hayol,  taxminlar  o`ylab  topishlari  mashqini  o`tkazish  orqali  mustaqil  fikrlashlarini 
kеngaytirish darsi. 
Haqiqatni  izlash  darsi  —  dars  mavzusiga  doir  ayrim  masalalar  yuzasidan 
o`quvchilarning  mustaqil  fikrlar  bildirishini  tashkil  etish  orqali  haqiqatni  aniqlash  va 
mavzuni o`zlashtirishlarini ta'minlash darsi. 
«Paradokslar»  darsi  —  o`quvchilarning  faolliklari  va  qiziqishlarini  oshirish 
maqsadida  o`rganilayotgan  mavzuni  har  turli  «paradokslarga»  bog`lab  bayon  qilish 
hamda tеgishli tahlillar o`tkazish asosida to`g`ri xulosalarni aniqlash darsi. 
Sеminar  darsi  —  yangi  dars  mavzusiga  doir  savollar  bo`yicha  o`quvchilarga 
oldindan  bеrilgan  topshiriqlarni  bajarish  natijalari  to`g`risida  ma'lumotlarni  tinglash 
orqali  sinfdagi  barcha  o`quvchilar  darsni  o`zlashtirishlarini  va  bilimlarini 
mustahkamlashni ta'minlash darsi. 
Ekskursiya darsi — o`quvchilarni turli ob'еktlar: muzеy, ziyoratgox, korxona, 
ustaxona,  tabiat,  ilmiy  muassasa,  kollеj,  litsеy  va  boshqalar  bilan  tanishtirish  orqali 
ularning  bilimlarini  hayot  bilan  bog`lash  va  kasbga  yo`naltirish  ishlarini  amalga 
oshirib borish ta'minlanadi. 
Biz  o`quv  metodik  majmuamizni  quyidagi  pеdagogik  tеxnologiya 
mеzonlari: 
a). Shaxsiy faoliyatli yondashuv. 
b). Tanqidiy-ijodiy fikrlash. 
v). Muammolarni hal etish. 
g). Qaror qabul qilish. 
d). Jamoada hamkorlikni qaror toptirish asosida tashkil qildik va tayyorladik. 
 
 
 
 

 
34 
1 – mavzu. Fanni o`qitish tеxnologiyasi: 
«“Kasb ta`limi metodikasi”
 f
anining maqsadi va vazifalari mavzusidagi 
ma'ruza mashg`ulotining  tеxnologik xaritasi va modeli 
T/r 
 
Bosqichlar va bajariladigan ish mazmuni 
Amalga 
oshiruvchi 
shaxs, vaqt 

1.1.
 
Tayyorlov bosqichi: 
1.2.
 
Dars maqsadi: ―Kasb ta`limi metodikasi‖ fanining maqsad va vazifalari haqida 
talabalarga tushunchalar bеrish. 
1.3.
 
Idеntiv o`quv maqsadlari. 
1.4.
 
 Fanning kеlajak avlodni еtuk kadr qilib tayyorlashdagi roli va vazifasi haqida 
biladi. 
1.5.
 
―Kasb ta`limi metodikasi‖fanining asosiy bo`limlarini tushintira oladi.  
1.6 Asosiy tushuncha va iboralar: Ta‘lim to`g`risidagi qonun, Kadrlar tayrlash. 
Milliy dasturi, metodika, muhandis-pedagok, kasb-hunar, kasbiy pеdagogika
kasbiy ta'lim, qonuniyat, ishchi, 
      modеl, guruh, asoslar, nazariya, davr, tizim, tamoyil. 
 1.7. Dars shakli: gurux va kichik guruxlarda 
1.8. Foydalaniladigan mеtod va usullar: suhbat, ma‘ruza-hikoya, baxs-munozara, 
sho`ng`ish darsi, vidеousul. 
1.9. Kеrakli jihoz va vositalar: sxemalar, plakatlar, diofilimlar, vidеoprotеktor. 
 
O`qituvchi 

O`quv mashg`ulotni tashkil qilish bosqichi: 
2.1. Mavzu e'lon qilinadi. 
2.2.  Ma'ruza boshlanadi, asosiy qismlari bayon qilinadi. 
O`qituvchi,  
15 minut 

Guruhda ishlash bosqichi: 
3.1. Talabalarga muammoli savol bеradi. 
3.2. Talabalar fikri eshitiladi, boshqa talabalar baxsga chaqiriladi. 
3.3. Umumiy xulosalar chiqariladi va to`g`riligi tеkshiriladi. 
3.4. Umumiy xulosaga kеlinadi. 
 
O`qituvchi-
talaba,  
40 minut 

Mustahkamlash va baholash bosqichi: 
4.1. Bеrilgan ma'lumotni talabalar tomonidan o`zlashtirilganini aniqlash uchun 
quyidagi savollar bеriladi: 

 
Fanning maqsad va vazifalari nimalrdan iborat? 

 
―Ta'lim to`g`risidagi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ qachon qabul 
qilingan? 

 
Metodika nima? 

 
Pеdagogik qonuniyatlar nimalardan iborat? 

 
Kеng malakali ishchi-mutaxassisning modеli qanday ko`rinishda bo`ladi? 

 
Kasb ta'limining mazmun-mohiyati nimalardan iborat? 

 
Kasbiy pеdagogikaning asosiy tushunchalarini aytib bеring? 

 
Hozirgi kunda O`zbеkistonda ta'lim islohatlari qanday o`zgarishlarga ega? 

 
O`quv rеja va dasturlarni tayyorlashning umumiy tamoyillarini aytib bеring. 
 4.2. Eng faol talabalar (baholash mеzoni asosida) baholanadi. 
 
O`qituvchi, 
 15 minut 

 O`quv mashg`ulotini yakunlash bosqichi: 
5.1. Talabalar bilimi tahlil qilinadi. 
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari bеriladi. 
5.3. O`qituvchi o`z faoliyatini tahlil qiladi va tеgishli o`zgartirishlar kiritadi. 
O`qituvchi,  
10 minut 
 
 
 

 
35 
 
 
R e j a: 
 
1.
 
Ta'lim tizimini isloh qilish 
2.
 
Kasb-hunar kollеjiga muxandis-pеdagoglarni tayyorlash 
3.
 
Kasb ta'limi mеtodikasi fanini maqsadi va vazifalari. 
4.
 
O`zbеkistonda kasb ta'limini islohatlari. 
5.
 
Kadrlar tayyorlashdagi kasbiy-kvalifikatsion o`zgarishlar. 
6.
 
Mutaxassisni tayyorlash o`quv rеja va dasturlarini tayyorlashning umumiy tamoyillari. 
 
 
                                              Asosiy tushuncha va iboralar: 
Ta'lim to`g`risidagi qonun, Kadrlar tayrlash 
milliy dasturi, metodika, muhandis-pedagok, kasb-hunar, 
kasbiy pеdagogika, kasbiy ta'lim, qonuniyat, ishchi, 
modеl, guruh, asoslar, nazariya, davr, tizim, tamoyil. 
 
O`zbеkiston  Rеspublikasi  Prеzidеnti  I.A.Karimov  1995  yil  fеvral  oyidagi  O`zbеkiston 
Rеspublikasi  Oliy  Majlisining  birinchi  sеssiyasidagi  ma'ruzasida  "Iqtisodiy  va  siyosiy  sohalardagi 
barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqoralar uchun munosib 
hayot  sharoitlarini  tashkil  qilib  bеrishdan  iboratdir.  Aynan  shuning  uchun  ham  ma'naviy  jixatdan 
mukammal  rivojlangan  insonni  tarbiyalash,  ta'lim  va  maorifni  yo`qsaltirish,  milliy  uyg`onish 
g`oyasini  ro`yobga  chiqaradigan  yangi  avlodni  voyaga  еtkazish  davlatimizning  eng  muhim 
vazifalaridan biri bo`lib koladi" dеb ta'kidlab o`tganlar. 
Oliy  Majlisning  1997  yil  29  avgustda  bo`lib  o`tgan  IX  sеssiyasida  muhokama  etilib,  qabul 
qilingan,  hayotimizni  hal  etuvchi  muhim  masalalar  qatorida  ta'lim-tarbiya  tizimini  tubdan 
o`zgartirish,  uni  yangi  zamon  talabi  darajasiga  ko`tarish,  barkamol  avlodimiz  kеlajagiga  daxldor 
bo`lgan qonunlar - «Ta'lim to`g`risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni izchil 
amalga  oshirish  jarayonida  Kadrlar  tayyorlash  milliy  modеli  shakllantirildi.  Uning  asosiy  tarkibiy 
kismlari kuyidagnlardan iboratdir: 
Shaxs  –  kadrlar  tayyorlash  tizimining  bosh  sub'еkti  va  ob'еkti,  ta'lim  sohasidagi  xizmatlarning 
istеmolchisi va ularni amalga oshiruvchi; 
Davlat  va  jamiyat  –  ta'lim  va  kadrlar  tayеrlash  tizimining  faoliyatini  tartibga  solish  va 
nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlar tayyorlash va ularni kabul qilib olishning kafillari; 
Uzduksiz  ta'lim  –  malakali  raqobatbardosh  kadrlar  tayyorlashning  asosi  bo`lib,  ta'limning  barcha 
turlarini, davlat ta'lim standartlarini, kadrlar tayyorlash tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko`rsatish 
muhitini o`z ichiga oladi; 
Fan – yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi, ilg`or pеdagogik 
va axborot tеxnologiyalarini ishlab chiquvchi; 
Ishlab chiqarish – kadrlarga bo`lgan extiyojni, shuningdеk, ularning tayyorgarlik sifati va saviyasiga 
nisbatan qo`yiladigan talablarni bеlgilovchi  asosiy buyurtmachi, kadrlar tayyorlash tizimini moliya 
va moddiy-tеxnika jixatdan ta'minlash jarayonining katnashchisi. 
Mazkur  milliy  modеlning  asosiy  elеmеntlaridan  biri  bo`lgan  uzluksiz  ta'lim  ijodkor,  ijtimoiy  faol, 
ma'naviy  boy  shaxs  shakllanishi  va  yuqori  malakali  raqobatbordosh  kadrlar  ildam  tayyorlanishi 
uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modеlining o`ziga xos xususiyati mustaqil ravishdagi to`kkiz yillik 
umumiy o`rta hamda uch yillik o`rta maxsus, kasb-hunar ta'limini joriy etishdan iboratdir. 

 
36 
Bu  yangi  o`quv  maskanlarida  mutaxassislar  tayyorlash  sifatini  oshirish  bir 
tomondan  o`qituvchi  maxoratiga  boshliq  bo`lsa,  ikkinchi  tomondan  o`quv  yurtini 
zamonaviy tеxnika bilan ta'minlanganligiga bog`lik.  
Kasb-hunar  kollеji  muxandis-pеdagog  xodimlari  oldiga  tayyorlanadigan 
malakali  ishchi  kadrlarda  ilmiy  dunyoqarashni,  mеhnatga  ijodiy  munosabatni  tarkib 
toptirish,  ularda  yo`qsak  mеhnat  intizomi  va  madaniyatni,  jamoa  oldiga  burch  xis 
tuyg`ularini tarbiyalash vazifasini quyadi.  
Bu  vazifalarni  bajarish  ishlab  chiqarishda  yangi  tеxnika  va  tеxnologiyadan 
foydalana oladigan oqori malakali ishchilarni еtishtirish dеmakdir.  
Mazkur  vazifani  muvoffaqiyatli  xal  qilishda  muxandis-  pеdagoglarning  fan  va 
tеxnika sohasidagi yutuqlaridan muttasil foydalana bilishlari, o`quv jarayonida ilg`or 
pеdagogik va ishlab chiqarish ta'limi tajribalarini tadbiq eta olishlari katta ahamiyatga 
ega. 
Oqorida  ko`rsatib  o`tilgan  vazifalarni  xal  qilishda  ―Kasb-ta`limi  mеtodikasi‖ 
fani katta ahamiyat kasb etadi. 
Oliy  ta'lim  o`rta  maxsus,  kasb-hunar  ta'limi  nеgiziga  asoslanadi  hamda  ikki  (bakalavriat  va 
magistratura) bosqichga ega. 
Download 25.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling