taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston
Respublikasi
Qonuniga
muvofiq sifatsiz, qalbakilashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasida
ro‘yxatdan o‘tkazilmagan dori vositalari va tibbiy buyumlar, O‘zbekiston Respublikasida
ro‘yxatdan o‘tkazilgan dori vositalarining g‘ayriqonuniy nusxalarini, shuningdek muomaladagi dori
vositalari va tibbiy buyumlarni (keyingi o‘rinlarda qo‘llash uchun yaroqsiz dori vositalari va tibbiy
buyumlar deb ataladi) ularning inson sog‘lig‘iga zararli ta’sirini tasdiqlovchi faktlar aniqlangan
taqdirda muomaladan chiqarish va yo‘q qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari giyohvand vositalar, psixotrop moddalar va prekursorlarni
muomaladan chiqarish va yo‘q qilishga tatbiq etilmaydi.
3. Mazkur Nizom talablarining dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi bilan
shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlar tomonidan bajarilishi shart.
4. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |