O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti


Dorixonaning qurilishi va joylanishiga qo‘yiladigan talablar


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/166
Sana10.12.2021
Hajmi2 Mb.
#179781
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   166
Bog'liq
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs

 Dorixonaning qurilishi va joylanishiga qo‘yiladigan talablar 
*   Tayyor  dori  vositalari  realizatsiyasi  bilan  shug‘ullanadigan  dorixonalar 
alohida binoda yoki ko‘p qavatli binolarning birinchi qavatida joylanishi kerak 
*   Dorixonalarni  joylashtirishda  bemorlar  uchun  alohida  kirish  joyini  ajratish 
lozim.  Bundan  tashqari  hovli tomonidan  dorixonaning  hodimlariga,  tovarlarni 
qabul qilish va bo‘sh idishlarni olib chiqish uchun joy ajratish shart. 
*   Dorixona  hodimlarini  kirish  jyini  ajratishda  tovarlarni  olib  kelish  uchun 
mashinalarga maydoncha ajratiladi. 
*  Alohida  binoda  joylashgan  dorixonalar  o‘zini  er  uchastkasiga  ega  bo‘lishi 
kerak. Bu er uchastkasi tasdiqlangan loyihaviy hujjat asosida bo‘ladi. Uchastka 
hududi  ko‘kalamzorlashtirilgan  bo‘ladi.  Ekilgan  ekinlarning  maydoni  50% 
dan  kam  bo‘lmasligi  lozim  Uchastka  hududi  doim  ozoda  bo‘lishi  shart.  Qish 
mavsumida  qor  va  muzlardan  bu  hududni  tozalash  kerak.  Keraksiz 
chiqindilarini  eg‘ish  maydonchasi  chegaralangan  va  sanitar  holatida  bo‘lishi 
kerak.  Binoga  kirish  zalida  oyoq  kiymlarni  tozalash  uchun  sharoit  yaratish 
kerak. 
*  Veterinar  dorixonalarda  veterinar  preparatlar  ulgurji  va  chakana  narxda 
sotiladi. Veterinar dorixonalarni joylashishida ham  yuqoridagi talablarga rioya 
qilish  shart. Bu dorixonalarning maydoni 15 m² dan kam bolmasligi lozim. Bu 
dorixonalarda  markazlashtirilgan  va  avtonom  isitish  moslamalari,  suv 
ta’minoti,  kanalizatsiya,  ventilyatsiya,  hamda  o‘t  o‘chirish  va  qo‘riqlash 
signalizatsiyasi bo‘lishi shart. 
*  Veterinar  dorixonalarda  veterinar  preparatlar  ulgurji  va  chakana  narxda 
sotiladi. Veterinar dorixonalarni joylashishida ham  yuqoridagi talablarga rioya 
qilish  shart. Bu dorixonalarning maydoni 15 m² dan kam bolmasligi lozim. Bu 
dorixonalarda  markazlashtirilgan  va  avtonom  isitish  moslamalari,  suv 
ta’minoti,  kanalizatsiya,  ventilyatsiya,  hamda  o‘t  o‘chirish  va  qo‘riqlash 
signalizatsiyasi bo‘lishi shart. 
*  Markazlashtirilgan  issiq  suv  ta’minoti  bo‘lmasa  suv  elektr  isitgich  jixozlari 
bo‘lishi  kerak.  Dorixona  idishlarini  zararsizlantirishda  zaxiradagi  issiq  suv 
ta’minotini  ta’minlash  kerak.  Sanitar  texnik  anjomlar  va  jixozlar  (kranlar, 
rakovinalar, unitaz va boshqalar ) yaroqli holatda (nuqsonlarsiz) bo‘lishi lozim. 


74 
 
*   Savdo  zalidagi  havo  harorati  16*C  dan  past  bo‘lmasligi,  tovarlarni  qabul 
qilish, saqlash xonalari, ma’muriy va maishiy xizmat xonalarining harorati 18-
20*C  da  bo‘lishi  kerak.  Dorixona  honalarida  nisbiy  namlik  40-65%  tashkil 
etishi lozim.  
*  Isitish mavsumida  xonalardagi issiqlik darajasi bir xilda ta’minlanishi lozim.  
Zararli  moddalar  va  hidlar  bilan  havoni  ifloslantirnaslik  kerak.  Xonalarni 
ozoda,  mexanik  shikastlardan  holi  bo‘lishini  taminlash  uchun  ventilyatsiya 
tizimi bo‘lishi lozim. Ventilyatsiya qurilmalariga  passportlar tuzilishi kerak va 
ularga  texnik  va  gigienik  sinovlar  3  yilda  bir  marotaba  o‘tkaziladi.  Bu 
qurilmalar  o‘zining  yo‘riqnomasiga  ega  bo‘ladi  ,  yilning  issiq  va  sovuq 
mavsumlarida konditsionerlardan foydalaniladi. 
*  Saqlash xonalarida dorixonalarning rahbarlari tomonidan ularning  harorat va 
namlik  korsatkichlari  nazorat  qilinadi.  Sovitkich  yoki  sovitish  kameralarida 
haroratni hisobga olish kartasi olib boriladi.  
*  Dorixonaning xonalari tabiiy yoki sun’iy yoritkich manbalari bilan jihozlanadi. 
Saqlash  xonalarida,  hodimlar  xonalari  va  yo‘laklarda  faqat  sun’iy  yoritkich 
manbalaridan foydalaniladi.  
Sun’iy  yoritish  amaldagi  texnik  meyyoriy  huquqiy  dalolatnomalarga  mos  kelishi 
shart. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling