Fanning ishlab chiqarishdagi o‘rni
Dori vositalarini tayyorlash, tayyorlangan dori vositalarini nazorat qilish, farmatsevtik faoliyat
uchun litsenziya berish uchun talablar qo‘yiladi. SHuning uchun ushbu fan asosiy ihtisoslik fani
xisoblanadi.
Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar
Talabalarning Farmatsevtika ishini tashkil qilish fanini o‘zlashtirishlari uchun o‘qitishning ilg‘or
va zamonaviy usullaridan foydalanish, yangi informatsion – pedagogik texnologiyalarni tadbiq qilish
muhim ahamiyatga egadir.
Fanni o‘zlashtirishda darslik, o‘quv va uslubiy ko‘rsatmalar, ma’ruza matnlari, tarqatma
materiallar, “Amaliy buxgalteriya ” “Norma” axborot qidiruv tizimi “O‘zbekiston Respublikasi dori
vositalari reestri” va “Asosiy dori vositalari ro‘yxati” elektron dasturlaridan foydalaniladi.
Ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslarda mos ravishdagi ilg‘or pedagogik texnologiyalardan
(“Aqliy hujum”, “Elpig‘ich”, “Tarmoqlanish”, “Bumerang” usullaridan) foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |