57
Tovarlarni saqlash tovar xarakatining barcha buginlarida, ya’ni tayyor
maxsulotni ishlab chikarishdan boshlab uni iste’mol qilish mobaynida amalga
oshiriladi.
Tovarlarni saklash — bu tovarning sifati va mikdorini uzgartirmaslik
maqsadida omborxonalariga joylashtirish va saqlash jarayonidir.
Saklashdan
asosiy maksad — tovarlarning boshlangich xossalarining barqarorligini
ta’minlash demakdir. Tegishli saklash xonalarining mavjudligi, zarur saklash
tartiblarini yaratilishi, saklash davomida tovarlarni turi joylashtirishni tashkil
kilish -tovarlarni saqlash shart-sharoitlarining asosini tashkil kiladi.
Omborxonada dorivor usimliklar xom ashyosi sukchaklarda saqlanadi buning
uchun yopik yashiklar, koplar (kesilgan xom ashyo), ikki kavatli k,oplar,
karton uramlari (poroshoklar) bulishi kerak.
Uz tarkibida efir moylarini saqlovchi (masalan: shalfey o‘ti), ayrim
gigroskopik o‘tlar, barglar, mevalar (masalan: angishvonagul bargi, dalachoy
va boshk,alar) aloxida yaxshi yopiladigan idishda saqlanadi.
Zaxarli va giyoxvand moddalar saqlovchi dori vositalari aloxida xonalarda,
maxsus kulflanadigan temir shkaflarda saqlanadi
Omborxonalar va moddiy xonalarda saqlash uchun farmatsevtik
maxsulotlarning xususiyatlariga bog‘lik muayyan sharoitlar asosida amalga
oshiriladi. Saqlash sharoitlarining (xavo xarorati va namligi) asosiy
ko‘rsatkichlarining nazoratini olib borish uchun xar bir xonada termometr va
gigrometr bo‘lib, ular saqlash uchun ‘ xonalarning ichki devorlarida isitkich
asboblardan erdan 1,5— 1,7 metr balandlikda, eshikdan esa 3 metr masofada
joylashgan buladi. Xavo xarorati va namligi bir kunda kamida 1 marta
tekshiriladi, asboblarning ko‘rsatkichlari xar bir bulimda bulishi kerak va
maxsus xisob daftarida belgilanadi
.
Do'stlaringiz bilan baham: