O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi toshkent farmatsevtika instituti
Dorixonaning qurilishi va joylanishiga qo‘yiladigan talablar
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
farmatsevtika ishini tashkil qilish fani boyicha oquv-uslubiy majmua 4 kurs
Dorixonaning qurilishi va joylanishiga qo‘yiladigan talablar
* Tayyor dori vositalari realizatsiyasi bilan shug‘ullanadigan dorixonalar alohida binoda yoki ko‘p qavatli binolarning birinchi qavatida joylanishi kerak * Dorixonalarni joylashtirishda bemorlar uchun alohida kirish joyini ajratish lozim. Bundan tashqari hovli tomonidan dorixonaning hodimlariga, tovarlarni qabul qilish va bo‘sh idishlarni olib chiqish uchun joy ajratish shart. * Dorixona hodimlarini kirish jyini ajratishda tovarlarni olib kelish uchun mashinalarga maydoncha ajratiladi. * Alohida binoda joylashgan dorixonalar o‘zini er uchastkasiga ega bo‘lishi kerak. Bu er uchastkasi tasdiqlangan loyihaviy hujjat asosida bo‘ladi. Uchastka hududi ko‘kalamzorlashtirilgan bo‘ladi. Ekilgan ekinlarning maydoni 50% dan kam bo‘lmasligi lozim Uchastka hududi doim ozoda bo‘lishi shart. Qish mavsumida qor va muzlardan bu hududni tozalash kerak. Keraksiz chiqindilarini eg‘ish maydonchasi chegaralangan va sanitar holatida bo‘lishi kerak. Binoga kirish zalida oyoq kiymlarni tozalash uchun sharoit yaratish kerak. * Veterinar dorixonalarda veterinar preparatlar ulgurji va chakana narxda sotiladi. Veterinar dorixonalarni joylashishida ham yuqoridagi talablarga rioya qilish shart. Bu dorixonalarning maydoni 15 m² dan kam bolmasligi lozim. Bu dorixonalarda markazlashtirilgan va avtonom isitish moslamalari, suv ta’minoti, kanalizatsiya, ventilyatsiya, hamda o‘t o‘chirish va qo‘riqlash signalizatsiyasi bo‘lishi shart. * Veterinar dorixonalarda veterinar preparatlar ulgurji va chakana narxda sotiladi. Veterinar dorixonalarni joylashishida ham yuqoridagi talablarga rioya qilish shart. Bu dorixonalarning maydoni 15 m² dan kam bolmasligi lozim. Bu dorixonalarda markazlashtirilgan va avtonom isitish moslamalari, suv ta’minoti, kanalizatsiya, ventilyatsiya, hamda o‘t o‘chirish va qo‘riqlash signalizatsiyasi bo‘lishi shart. * Markazlashtirilgan issiq suv ta’minoti bo‘lmasa suv elektr isitgich jixozlari bo‘lishi kerak. Dorixona idishlarini zararsizlantirishda zaxiradagi issiq suv ta’minotini ta’minlash kerak. Sanitar texnik anjomlar va jixozlar (kranlar, rakovinalar, unitaz va boshqalar ) yaroqli holatda (nuqsonlarsiz) bo‘lishi lozim. 74 * Savdo zalidagi havo harorati 16*C dan past bo‘lmasligi, tovarlarni qabul qilish, saqlash xonalari, ma’muriy va maishiy xizmat xonalarining harorati 18- 20*C da bo‘lishi kerak. Dorixona honalarida nisbiy namlik 40-65% tashkil etishi lozim. * Isitish mavsumida xonalardagi issiqlik darajasi bir xilda ta’minlanishi lozim. Zararli moddalar va hidlar bilan havoni ifloslantirnaslik kerak. Xonalarni ozoda, mexanik shikastlardan holi bo‘lishini taminlash uchun ventilyatsiya tizimi bo‘lishi lozim. Ventilyatsiya qurilmalariga passportlar tuzilishi kerak va ularga texnik va gigienik sinovlar 3 yilda bir marotaba o‘tkaziladi. Bu qurilmalar o‘zining yo‘riqnomasiga ega bo‘ladi , yilning issiq va sovuq mavsumlarida konditsionerlardan foydalaniladi. * Saqlash xonalarida dorixonalarning rahbarlari tomonidan ularning harorat va namlik korsatkichlari nazorat qilinadi. Sovitkich yoki sovitish kameralarida haroratni hisobga olish kartasi olib boriladi. * Dorixonaning xonalari tabiiy yoki sun’iy yoritkich manbalari bilan jihozlanadi. Saqlash xonalarida, hodimlar xonalari va yo‘laklarda faqat sun’iy yoritkich manbalaridan foydalaniladi. Sun’iy yoritish amaldagi texnik meyyoriy huquqiy dalolatnomalarga mos kelishi shart. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling