Tayanch iboralar: giyoxvandlik vositalar, psixotrop moddalar,prekursorlar
10.1 Giyoxvandlik vositalarini nazorat qilish bo‘yicha xalqaro faoliyat va
giyoxvandlik vositalarini nazorat qilish to‘g‘risidagi so‘nggi xalqaro
shartnomalar tarixi
Giyohvandlik vositalarini suiiste’mol qilish bilan kurashish sohasidagi xalqaro shartnoma
huquqi XX asrning boshlarida yuzaga keldi. Hozirgi vaqtda giyoxvandlik vositalarini
nazorat qilish to‘g‘risida bir qator ko‘p tomonlama shartnomalar mavjud bo‘lib, ularning
barchasi 1912 va 1988 yillar oralig‘ida tuzilgan. Ular giyoxvandlik vositalarini nazorat
qilishning mavjud xalqaro tizimi uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Giyohvandlik vositalarini nazorat qilish bo‘yicha amal qilayotgan asosiy xalqaro
shartnomalarga 1961 yildagi giyoxvandlik vositalari to‘g‘risida YAgona Konvensiya
(mazkur Konvensiyaga tuzatishlar to‘g‘risida 1972 yildagi Bayonnoma asosida
kuchaytirilgan), 1971 yildagi Psixotrop moddalar to‘g‘risidagi va Birlashgan Millatlar
Tashkilotining 1988 yilda qabul qilingan Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning
noqonuniy muomalasiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |