O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni Saqlash Vazirligi Toshkent Farmasevtika Instituti Kafedra


PESTIK–PISTILLA- (hovoncha dastasi)


Download 31.77 Kb.
bet6/6
Sana02.01.2022
Hajmi31.77 Kb.
#200030
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Farm tex 1

PESTIK–PISTILLA- (hovoncha dastasi) ham chinnidan tayyorlanadi. Chinni qattiqligi yetarli darajadagi jism bo‘lsa, mo‘rt hisoblanadi. Ezishga boshqa moddalarga nisbatan chidamli hisoblanadi. Shuning uchun u dorixona hovonchalari tayyorlashda asosiy xom ashyo hisoblanadi. Hovonchada modda dasta va qo‘l yordamida maydalanadi, bunda tirsak va elka kuchlari ishlatilmasligi lozim. Zaharli va shilliq pardalarga ta'sir ko‘rsatuvchi moddalarni maydalash uchun usti yopiladigan hovonchalar ishlatiladi. Bu birinchidan moddaning yo‘qolishini kamaytirsa, ikkinchidan ishlayotgan ishchini muhofaza qiladi.
Hovonchadan foydalanishni osonlashtirish maqsadida uni stol ustida tutib turuvchi qurilmalar mavjud. Bularga misol tariqasida rezina g‘ildirak ko‘rinishidagi stol ustiga mahkamlash uchun mo‘ljallangan qurilmani ko‘rsatish mumkin.

Elaki dorilarni ko‘p miqdorda tayyorlaganda, ya'ni dorixonada oldindan tayyorlanib qo‘yiladigan dorixona tayyorlanmalari texnologiyasida mexanik hovonchalar ishlatiladi .



Bunday hovonchalarning dastasi mexanik aylantirgich — "qo‘l"ga ulangan bo‘lib, asosan katta o‘lchamdagi hovonchalarga (diametri 300 — 400 mm) mo‘ljallangan. Hovoncha o‘rnida ishlatish uchun kichik hajmli dori maydalaydigan apparatlar ham tavsiya qilingan bo‘lib, ulardan biri M. X. Islamgulov apparatidir. Maydalangan kukunni yana apparat qopqog‘iga to‘kib (agdarib), ichidagi kukun qopqoqqa o‘tqaziladi. Uni ochib ichidan maydalangan, aralashtirilgan kukun olinadi. Elaki dorilarni qadoqlash.Dozalangan kukunlarni qadoqlash uchun asosan 7,5*10 sm o‘lchamda kesilgan qog‘oz yoki shu o‘lchamda fabrikada tayyorlangan qog‘oz kapsulalar ishlatiladi. Gigroskopik xususiyatga ega bo‘lgan moddalar, uchuvchan va kuchli hidli moddalar mumli (charta cerata) yoki parafinlangan qog‘ozlarga (charta paraffinata), moysimon xususiyatli moddalar pergament qog‘ozlarga (charta pergamenta) o‘raladi.
Download 31.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling