O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti tillar kafedrasi


Download 1.88 Mb.
Pdf просмотр
bet1/25
Sana10.01.2019
Hajmi1.88 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25


 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI  
 
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI 
 
TILLAR KAFEDRASI 
 
 
 
 
 
FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYA  
fani  bo`yicha 
 
O`QUV – USLUBIY MAJMUA 
 
  
                                             
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Toshkent -2016   
 


 
 
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG`LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI  
 
TOSHKENT FARMASEVTIKA INSTITUTI 
 
TILLAR KAFEDRASI 
 
 
“TASDIQLAYMAN” 
O`quv ishlari bo`yich  
Prorektor S.U.Aliev 
“_______”_________ 2016 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYA  
fani  bo`yicha 
 
O`QUV – USLUBIY MAJMUA 
 
  
                                             
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
 
 
 
Mazkur o`quv – uslubiy majmua Toshkent farmatsevtika institutining 2016 yil  _____ 
______________    _____-sonli buyrug`i bilan tasdiqlangan o`quv reja va dastur asosida 
tayyorlandi.   
 
 
 
Tuzuvchilar:                                            N. S. Suyundikov 
 
 
 
 
                D. Q. Хudoyqulova 
 
 
 
 
                Sh. B. Matyusupova 
 
 
 
 
                T.B. Axmedova
 
 
 
 
 
Taqrizchi:         
R. A. Berezovskaya- ToshPTI o`zbek, rus, lotin tillari kafedrasi katta o`qituvchisi 
Isroilova M.N.-Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Tillar kafedrasi farmatsevtik terminologiya 
faniga mas‟ul katta o‟qituvchisi   
 
                         
 
 
 
 
 
 
 
 
 
O`quv – uslubiy majmua Tillar kafedrasi Ilmiy kengashining  2016  yil __________gadi ___-
sonli qarori bilan tasdiqlandi. 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
 
 
MUNDARIJA 
 
1.
 
Ishchi dastur………………………………………………………….……....4 
2.
 
Sillabus ………………………………………………………………………13 
3.
 
Modulni o`qitishda foydalaniladigan interfaol ta`lim metodlari ...............20 
4.
 
Nazariy materiallar………………….………………………..……………. 25 
5.
 
Amaliy mashg`ulot materiallari………………………………….…………64 
6.
 
Keyslar banki………….……………………………………………………198 
7.
 
Mustaqil ta`lim metodlari…………….…………….………………………208 
8.
 
Glossari………………..……………………………………………..………210 
9.
 
 Testlar banki ……………………………………………………………..…220 
10. Adabiyotlar ro`yxati…………………………………..……………………317 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


 
 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG‘LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI 
TILLAR KAFEDRASI 
 
 
 
Ro‘yxatga olindi: 
№____________ 
2016 yil  ―___‖____ 
 
―TASDIQLAYMAN‖ 
O`quv ishlari bo`yicha prorektor  
S.U.Aliyev   ______     
―____‖ _______________2016y 
 
 
 
 
 
 
FARMATSEVTIK TERMINOLOGIYA  FANINING 
       ISHCHI O`QUV  DASTURI 
 
          
Bilim  sohasi:   
    500000-   Sog`liqni  saqlash  va  ijtimoiy     
                                                         ta`minot 
Ta`lim  sohasi:  
    510000 -   Sog`liqni  saqlash 
 
Ta`lim  yo‘nalishi,     5510500  –  Farmatsiya (Farmatsevtika ishi)            
 mutaxassislik:           5510500  –  Farmatsiya  (Klinik farmatsiya)                             
 
 
              5510500  –  Farmatsiya ( Farmatsevtik tahlil)     
                                   5111000  –  Kasb ta`limi (5510500 - Farmatsevtika ishi) 
                                   5510600  –  Sanoat  farmatsiyasi ( Farmatsevtik   
                                                        biotexnologiya) 
                                   5510600  –  Sanoat  farmatsiyasi ( Dori vositalari) 
                                   5320500  –  Biotexnologiya (Farmatsevtik   
                                                        biotexnologiya)   
                                   5310901-     Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot   
                                                        sifati menejmenti (Dori vositalari) 
 
 
                     
     
 
 
 
 
 
 
 


 
Toshkent   - 2016 
 
I.
 
ISHCHI DASTUR 
 
KIRISH 
Mustaqil Rеspublikamiz hayotida tub burilishlar sodir bo`layotgan hozirgi  pallada milliy 
ta'lim taqdiriga aloqador qator muammolar o`z yеchimini topmoqda. Oliy ta'lim tizimining shakli va 
mazmunida ro`y bеrayotgan yangilanish jarayoni alohida fanlarni o`ziga xos usullar vositasida 
o`qitishni talab etmoqda. Yurtimiz farzandlarining hur fikrli, bilimdon, kеng dunyoqarashli, yuksak 
ma'naviyatli shaxs sifatida voyaga yеtishi millatimiz kеlajagini bеlgilovchi muhim omildir. 
―Ta'lim to`g`risidagi Qonun‖  va ―Kadrlar tayyorlash milliy  dasturi‖  kabi muhim hujjatlar qabul 
qilingandan so`ng, ularni  hayotga  tadbiq  qilish uchun  ta'lim  sohasida  qator  vazifalar  bеlgilandi. 
Ana shu munosabat bilan dastur, darslik va qo`llanmalarni, namunaviy va ishchi dasturlarni 
yangicha, xorijiy va zamonaviy talab  asosida yaratish, talabalarni o`qitishda  zamonaviy usullardan 
foydalanib dars o`tish zarurati tug`ildi. 
Dastur mazmuni oliy ta`limning ilg`or talim texnologiyalari va  podagogik mahorat, ta`lim 
jarayonlarida  axborot  –  kommunikatsion  texnologiyalarni  qo`llash,  tizsimli  taxlil  va  qaror  qabul 
qilishning  asoslari,  maxsus  fanlar  negizida  ilmiy  va  amaliy  tadqiqotlar,  texnologik  taraqqiyot    va 
o`quv  jarayonini  tashkil  etishning  zamonaviy  uslublari  bo`yicha    so`ngi  yutuqlar,  podagogning 
talabaga  nisbatan  kasbiy  kompetentligi  va  kreativligi  bo`yicha  yangi    bilim,  ko`nikma  va 
malakalarini shakllantirishni nazarda tutadi.  
          Farmatsevtik  terminologiya  -  farmatsiya  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  barcha  fanlarga  oid  alohida 
terminologik tizimlardan iboratdir.  
Terminologiya  -  bu  kasb  va  fanni  tashkil  qiluvchi  muhim  qismlardan  biridir.    Bu  haqida 
Lavuaz‘ye  o‘zining  "Kimyo  to‘g‘risida  asosiy  fikrlar"  nomli  asarida:  "Fanni  terminologiyadan, 
terminologiyani fandan ajratib bo‘lmaydi, chunki har bir tabiiy fan uchta narsa: uning mazmunini 
tashkil  qiladigan  bir  qator  faktlar,  u  keltirib  chiqaruvchi  tasavvurlar  va  ushbu  tasavvurlar 
ifodalanigan terminlardan iborat "deb  juda aniq qilib ko‘rsatgan. 
          Asosiy  farmatsevtik  terminologiya  deganda,  umumiy  terminologik  masalalardan  tashqari, 
farmatsevtik terminologiyaning ayrim bo‘limlari botanik, kimyo, farmakologik va boshqa nomlarga 
tegishli  bo‘lgan  maxsus  masalalarni    ham  tushunish  lozim.    Bu  yerga  dorivor  vositalar  nomlarini 
yaratishda  foydalaniladigan  so‘z  yasovchi  qo‘shimchalarni  o‘rganish  ham  kiradi.  Farmatsevtik 
terminologiyadagi nomlanishlar bilan umumiy ravishda tanishib chiqamiz. 
 
FANNING MAQSADI VA VAZIFALARI 
 
Farmatsevtik terminologiya fanining” fanning maqsadi:   
Toshkent  Farmatsevtika  instituti  barcha  yo`nalish  1-  bosqich  talabalariga  farmatsevtik 
terminologiya fanini o‘qitishning bosh maqsadi lotin tilidagi zamonaviy farmatsevtika atamalarini 
tushunib, savodli tarzda qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlashdir. Bu tilining alifbo, fonetika, 
morfologiya,  so‘z  yasovchi  va  leksik  resusrlari  qadimgi  yunon  tilining  so‘z  yasovchi  va  leksik 
resurslari 
bilan 
birga 
tibbiy, 
farmatsevtik, 
botanik, 
mikrobiologiya 
va 
boshqa 
atamashunosliklarning, ularning baynalminalashishiga imkon bergan holda, to‘ldirishda yetakchi rol 
o‘ynashda davom etmoqda.  
Dorivor moddalarning patentlanmagan deb ataluvchi xalqaro nomlari Butun Jahon Sog‘liqni 
Saqlash Tashkilotining nomlari lotin tilida berilgan. Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida, shu 
jumladan, O‘zbekistonda ham retsept qog‘ozlari lotin tiliga asoslangan farmatsevtik 
termonologiyalarni qo`llagan holda yoziladi.  
Bosh maqsadga yetishish uchun o‘qitish farmatsevtika atamashunosligi asoslariga qaratilgan 
bo‘lishi kerak. Bu tushuncha nazariy va til amaliyoti masalalarini o‘z ichiga oladi.  


 
   Bu masalalar ishlab chiqarish (ta‘lim) bilan kompleks – farmatsevtika atamashunosligining 
tarkibiga kiruvchi turli nomlar majmuidagi atamalarni qo‘llash bilan bog‘liq.  
 
FAN BO‟YICHA TALABANING BILIMI, KO`NIKMASI, MALAKASI VA 
KOMPETENSIYALARIGA QO‟YILADIGAN  TALABLAR 
 
  Farmasevtik terminologiya fani  o‘qitib bo‘lingandan so‘ng talabalar: 
 - dorishunoslik, dorivor vositalarni  ishlab chiqarish va qo‘llashdagi nomlarini o`qib              
    tushinish; 
- o‘simliklarning turi, navi, oilasining lotinch nomlarini yod olishadi va kelgusidagi   
   mutaxasisslik fanlarida qo`llash; 
 - farmatsevtik atamalarni o‘qish va yozishni kabi bilimlarga ega bo`lishlari lozim; 
 - grammatika elementlarini bilishlari(turlanish tizimini, otning sifat bilan  moslashuvini); 
 - retsept va  farmasevtik  atamalarni  lug‘atsiz  tarjima qila olishlari; 
 - farmatsevtik nomlar  mazmun  prinsplariga  muvofiq  holda  
    ob‘yektlarni  atay bilishlari (ximik, botanik,  farmakognostik); 
 - 1200  atrofdagi birlikdan  iborat leksik minimumni  xotirada  uzoqroq   
   saqlay  olishlari kerak.   
Farmatsevtik terminlarni amaliyotda qo`llay olish ko`nikma va malakalarini egallashlari zarur. 
 
FANNI O‟QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT VA PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR 
 
Ta‘im jarayonida   texnalogik yondashish   talabalarni yanada  keng  qamrovli fikrlashga, 
mustaqil  bilim olishga, o‘qituvchi bilan hamkorlikda  faol ishlashga  da‘vat etadi. Bu muommolarni 
yechishda ta‘limning  interaktiv  usullaridan samarali  foydalanish mumkin. 
Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning  juda ko‘p usullari mavjud. Talabalarga farmatsevtik 
terminologiya fanini  o‘qitishda pedagogik   texnologiyaning  ―aqliy hujum ‖, klaster,  muommoli 
mashqlar, algoritm va sxemalar asosida dars o‘tilganda talabalarning darsda faol ishtirok etishi, 
qiziqib ishlashi, bilimni yaxshi o‘zlashtirib  olishi, o‘z imkoniyatlaridan  to‘liq  foydalanishi 
mumkin. 
Shaxsga yo‟naltirilgan ta'lim. Bu ta'lim o‘z mohiyatiga ko‘ra ta'lim jarayonining barcha 
ishtirokchilarini to‘laqonli rivojlanishlarini ko‘zda tutadi. Bu esa ta'limni loyihalashtirilayotganda, 
albatta, ma'lum bir ta'lim oluvchining shaxsini emas, avvalo, kеlgusidagi mutaxassislik faoliyati 
bilan bog‘liq o‘qish maqsadlaridan kеlib chiqqan holda yondoshilishni nazarda tutadi.  
Tizimli yondoshuv. Ta'lim tеxnologiyasi tizimning barcha bеlgilarini o‘zida mujassam etmog‘i 
lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo‘g‘inlarini o‘zaro bog‘langanligi, yaxlitligi.  
Faoliyatga yo‟naltirilgan yondoshuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini shakllantirishga, ta'lim 
oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intеnsivlashtirish, o‘quv jarayonida uning barcha qobiliyati 
va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga yo‘naltirilgan ta'limni ifodalaydi.  
Dialogik yondoshuv. Bu yondoshuv o‘quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini bildiradi. Uning 
natijasida shaxsning o‘z- o‘zini faollashtirishi va o‘z- o‘zini ko‘rsata olishi kabi ijodiy faoliyati 
kuchayadi.  
Hamkorlikdagi ta'limni tashkil etish. Dеmokratik, tеnglik, ta'lim bеruvchi va ta'lim oluvchi 
faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda ishlashni joriy 
etishga e'tiborni qaratish zarurligini bildiradi.  
Muammoli ta'lim. Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi 
faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni ob'еktiv qarama-qarshiligi va uni hal 
etish usullarini, dialеktik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni 
ijodiy tarzda qo‘llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta'minlanadi.  
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo‘llash - yangi kompyutеr va 
axborot tеxnologiyalarini o‘quv jarayoniga qo‘llash.  


 
O‟qitishning usullari va tеxnikasi. Amaliy mashg`ulot (kirish, mavzuga oid, vizuallash), 
muammoli ta'lim, kеys-stadi, pinbord usullari, amaliy ishlar.  
O‟qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o‘zaro o`rganishga 
asoslangan frontal, kollеktiv va guruh.  
O‟qitish vositalari: o‘qitishning an'anaviy shakllari (darslik, o`quv – uslubiy qo`llanma) bilan bir 
qatorda – kompyutеr va axborot tеxnologiyalari.  
Kommunikatsiya usullari: tinglovchilar bilan opеrativ tеskari aloqaga asoslangan bеvosita o‘zaro 
munosabatlar.  
Tеskari aloqa usullari va vositalari: kuzatish, blits-so‘rov, orali  va joriy va yakunlovchi nazorat 
natijalarini tahlili asosida o‘qitish diagnostikasi.  
Boshqarish usullari va vositalari: amaliy mashg‘uloti bosqichlarini bеlgilab bеruvchi tеxnologik 
karta ko‘rinishidagi amaliy mashg‘ulotlarini rеjalashtirish,  qo‘yilgan maqsadga erishishda 
o‘qituvchi va talabaning birgalikdagi harakati, nafaqat auditoriya mashg‘ulotlari, balki 
auditoriyadan tashqari mustaqil ishlarning nazorati.  
Monitoring va baholash: amaliy mashg‘ulotida ham butun kurs davomida ham o‘qitishning 
natijalarini rеjali tarzda kuzatib borish. Kurs oxirida tеst topshiriqlari yoki yozma ish variantlari 
yordamida talabalarning bilimlari baholanadi. 
 
 
FANNING  O`QUV REJADAGI  BOSHQA FANLAR BILAN BOG`LIQLIGI VA 
UZVIYLIGI 
 
Farmasevtik terminologiy fanini o‘zlashtirish  uchun  talabalarning  o‘zbek, rus va chet  
tillari bo‘yicha  fonetika va  morfologiya  qismlari;  kimyodan  element,  kislota, oksid va 
tuzlarning;  botanikadan o‘simliklar  va botanik oilalar  nomlari bo‘yicha  olingan  bilimlari  kerak  
bo‘ladi. 
Farmasevtik terminologiya fani bo‘yicha  1- kursda  egallagan  bu ko‘p qirrali  farmatsevtik 
atamashunoslik asoslari mohiyati yuqori kurslarda  keyinroq  o‘qitiladigan  mutaxassislik fanlarida  
chuqurlashtiriladi, kengayadi va  boyib  boradi.  
 
FANNING OLIY TA`LIMDAGI O`RNI 
 
 
O‘simliklarning  turi,  navi,  oilasi  va  boshqa  ma‘lumotlari  bo‘yicha  tasnifi  Xalqaro 
botanika nomenklaturasida (nomenklatura – nomlanish) lotin tilida keltirilgan. Nomlarning berilish 
va  qo‘llanish  qoidalari    -  Xalqaro  botanika  nomenklaturasi  kodeksi  tomonidan  boshqariladi. 
Kodeksga  muvofiq, xalqaro universallikka rioya qilish uchun, ilmiy nomlar bitta alifboning harflari 
bilan va bitta tilda yozilishi lozim.  Barcha ilmiy nomlar lotin alifbosining harflari bilan yozilishi va 
lotin grammatikasining qoidalariga bo‘ysunishi kerak. 
Bo‘lg‘usi  provizor  o‘simliklar  to‘g‘risidagi  ikkita  fanni    botanika  (yunoncha  botane-o't, 
o'simlik)  va  farmakognoziya  (yunoncha  -pharmakon+logos-bilim,  ma'lumot)ni  o‘rganishi  lozim. 
Botanika  o‘simliklarning  tuzilishi  (morfologiya  va  anatomiya)ni,    farmatsiyaning  asosiy  fanlari 
majmuasiga kiruvchi  farmakognoziya esa  - dorivor o‘simliklarning xom ashyosi, uning birlamchi 
qayta ishlangan mahsulotlari va dorivor o‘simlik xom ashyosidan yangi dori preparatlarini yaratish 
imkoniyatlarini o‘rganadi.  Lotin tilidagi farmakognostik terminologiya – o‘simlik a'zolari, o‘simlik 
yoki hayvon mahsulotlari, shuningdek o‘simliklarning xalqaro ilmiy nomlarini o‘z ichiga oladi.   
Farmatsevtik kimyo farmatsevtik fanlar  orasida markaziy o‘rinni egallaydi. U farmatsevtik 
fanlar  o‘rtasida  o‘ziga  xos  bog‘lovchi  bo‘g‘indir.  Farmatsevtik  kimyo  dorivor  moddalarning  
kimyoviy  va fizikaviy xususiyatlarini o‘rganadi.  Odatda, kimyoviy   dorivor vositalarning nomlari 
Sof  va  amaliy  kimyo  Xalqaro  kengashi  tomonidan  ishlab  chiqilgan  umumiy  printsiplar  bilan 
boshqariladi.  Odatda ushbu ilmiy atamalar tuzilishi jihatidan uzun va murakkab bo‘lganligi sababli, 
dorivor vositalarning yaratuvchilari  qisqaroq nomlarni beradi, ushbu nomlarda  kimyoviy tuzilishi, 
yoki  farmakologik  ta'siri,  yoki  ham  u, ham  bu belgilar  aks etadi.    Kimyoviy dorivor vositalarning 


 
nomlari ham lotin, ham milliy tilda  beriladi. Masalan: Acidum  nicotinicum - nikotin kislota, Kalii 
bromidium-  kaliy  bromid,  Natrii  thiosulfas  -  natriy  tiosulfat,  Cupri  sulfas-  mis  sulfat,  Spiritus 
aethylicus - etil spirti, Hexamethylentetraminum - geksametilentetramin, Trimecainum - trimekain, 
Riboflavinum-riboflavin, Furosemidum-furosemid, Phenazepanum-fenazepam va boshqalar. 
Farmakologiya  dorivor  vositalarning  va  biologik  faol    moddalarning  odam  organizmi  va 
hayvonlarga  ta'sir  ko‘rsatishini  o‘rganadigan  fandir.  Bu  fanni  o‘zlashtirib  olishda  talabalar 
dorilarning  lotincha    va  ozbekcha  nomlarini  yaxshi  oz‘lashtirib  olishlari  kerak.  Farmakologiyani 
o‘rganishda  reseptlarni  lotin  tilida  yozib  berish  amaliyoti  o‘zlashtiriladi.  Farmakoterapiya 
(farmacon+therapeia-  davolash)  jarayonida  dorivor  vositalarning  organizmga  ta'sir    qilish 
xususiyatiga ko‘ra dorivor vositalar farmakoterapevtik guruhlar bo‘yicha tasniflanadi.  
Masalan:  anestetiklar  (og‘riq  qoldiruvchilar),  androgenlar  (erkak  jinsiy  gormonlar 
preparatlari),  antikoagulyantlar  (qon  ivishiga  qarshi),  gipertenziv  preparatlar  (qon  bosimini 
tushiruvchi) va h.k.  Shunday qilib, farmakologiya tibbiyot va farmatsiyani tushunish uchun muhim 
bo‘lgan terminlar va minglab nomenklatura nomlarini qo‘llaydi. Ularning tuzilishida yunoncha va 
lotincha  so‘zlar va so‘z yasovchi qo‘shimchalar sezilarli o‘rin tutadi.  
Farmatsevtik  texnologiya  kursida  dori  tayyorlashning  nazariy  asoslari  va  usullarini  
o‘rganishda talabalar doimo dori shakllari va galen preparatlarining (tabulettae-tabletka, solutions-
eritmalar, tincturae-nastoykalar va boshqalar) lotincha nomlaridan foydalanishlariga to‘g‘ri  keladi. 
Bo‘lg‘usi texnolog lotin tilida yozilgan retseptni o‘qiy olishi va tushunishi hamda dorivor preparatni  
tayyorlay  olishi  lozim.  Dorixona  muassasasida  ishlaydigan  provizor  zamonaviy  dorivor  vositalar 
zaxirasi to‘g‘risidagi barcha zarur ma‘lumotlarni bilishi, tegishli davlat organlari tomonidan ruxsat 
berilgan dorivor vositalarning doimo yangilanib turadigan ulkan ro‘yxatidan xabardor bo‘lishi shart. 
Bu degani, iste‘molchilar og‘zaki ravishda yoki retsept bilan dorixonaga murojaat qilishi bo‘yicha 
turli  dorivor  vositalarning  nomlariga  ishi  tushadi.  Dorixonalarda  (yunon.apotheke-ombor, 
saqlanadigan joy) nafaqat retseptlar bo‘yicha yoki retseptsiz dorilar tayyorlanadi va beriladi, balki 
farmakoterapevtik  samara,  nomi  turlicha  bo‘lib,  ta‘siri  bir  xil  bo‘lgan  preparatlarni  almashtirish 
imkoniyati    to‘g‘risidagi  ma‘lumotlar  beriladi.    Ushbu  mas‘ul  vazifani  bajarish  uchun  provizor  
davolash masalalari bo‘yicha zarur ma‘lumotlarga ega bo‘lishi va tegishli ravishda umumiy tibbiy 
terminologiyadan xabardor bo‘lishi lozim. 
Tibbiy-biologik  terminlarning  katta  qismi  kasalliklarning  yuzaga  kelishi  va  rivojlanishi, 
alohida  patologik    jarayonlar  va  holatlarni  o‘rganuvchi  fan  -  patologiya  (yunon.  pathos  -  aziyat, 
kasallik) terminologiyasiga taalluqlidir. Patologiya terminlarining katta qismi yunon-lotincha tildan 
kelib  chiqqan.  Zamonaviy  farmatsiya  va  tibbiyot  bakteriyalar,  zamburug‘lar,  bir  hujayrali 
hayvonlar,  viruslar,  ya‘ni  mikroblar  tuzilishi,  biologiyasi,  ekologiyasini  o‘rganuvchi  fan  - 
mikrobiologiya ma‘lumotlariga murojaat qiladi. Ushbu mikroorganizmlarga bo‘lgan qiziqish ikkita 
yo‘nalishda-biotexnologik  va  farmakoterapevtik  yo‘nalishda  rivojlanadi.  Biotexnologiya  (yunon. 
bios-hayot,  techne-san‘at,  logos-fan)  tirik  organizmlarda  kechayotgan  biologik  jarayonlarni 
o‘rganish asosida inson uchun zarur bo‘lgan qimmatli mahsulotlar, shu jumladan dorivor vositalarni 
olish  uchun  ushbu  jarayonlarni,  shuningdek  bioob‘ektlarning  (bakteriyalar,  viruslar,  zamburug‘lar 
va  boshqalar)  o‘zidan  foydalanuvchi  bilimlar  sohasidir.    Tibbiy  biotexnologiya  bioob'ektlar  va 
ularning  qayta  faoliyati  mahsulotlaridan  foydalangan  holda  profilaktik,  diagnostik  va  dori 
preparatlarni  yaratish  bilan  shug‘ullanadi.  Bunga  birinchi  navbatda  antibiotiklar,  vaktsinalar, 
vitaminlar, gormonlar, qon preparatlari va boshqalarni yaratish va ishlab chiqarish kiradi.  
         Bo‘lajak  provizorga  mikrobiologiya  kursini  o‘rganish  vaqtida,  ilmiy  adabiyotni  o‘qishda 
mikrob  nomlari  bilan  to‘qnashishga  to‘g‘ri  keladi.  Ushbu  nomlar  tasdiqlangan  klassifikatsiyaga 
muvofiq  "Bakteriyalar  nomenklaturasining  xalqaro  kodeksi"  bilan  boshqariladi.  Mazkur 
nomenklaturaga  kiritilgan  nomlar  lotin  tilida    xalqaro  qo‘llanish  uchun  ruxsat  berilgan.  Masalan: 
Escherichia coli- ichak tayoqchasi, Enterobacteriaceae oilasi (ichak bakteriyalari). 
         Dunyo tillarining internatsional lug‘at fondida, shu jumladan o‘zbek tilida latinizmlar katta o‘rin 
egallaydi: institut, fakultet, rektor, dekan, professor, dotsent, laborant, dissertant,  audotoriya, kredit, 

10 
 
kurs,  prokuror,  kongres,  yurist,  konservatoriya,  valeriana,  monument,  repetitsiya,  repetitor, 
observatoriya, progress  va boshqalar. 



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling