O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/273
Sana04.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1746083
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273
Fanning maqsad va vazifalari 
Fanni o‘qitishningasosiy maqsadi va vazifalari talabalarda inson o‘z hayotida 
turli xil surunkali va o‘tkir zaharlanishga uchrashi, ko‘plab zaharli moddalarga 
duch kelishi, ayrim hollarda ular organizmni zaharlanishiga sababchi bo‘lishi 
mumkinligini, og‘ir patologik o‘zgarishlar hamda zaharlanish hollarini aniqlash, 
zaharlanishni oldini olish choralarini o‘rgatish.
Shuningdek,toksikologik kimyo fani biologik ashyodagi zaharli moddalar va 
ularning metobolitlarini ajratib olish. ularning chinligini, miqdorini aniqlash 
usullarini yaratish, toksikologik kimyo ekspertizasini olib borish, mos bilim, 
ko‘nikma va malakani shaklantirishdan hamda o‘rgatishdan iborat. 
Toksikologik kimyo fanini o‘zlashtirishda oldingi kurslarda o‘qib o‘rganilgan 
barcha farmasevtika yo‘nalishiga oid fanlardan olingan bilimlar asos bo‘lishini 
nazarda tutilgan.
Fanni o‘zlashtirishda ma‘ruzalar, laboratoriya mashg‘ulotlari hamda o‘qtishning 
zamonaviy interaktiv usul va vositalaridan foydalaniladi.
 
 
Fan bo‘yicha talabaning malakasiga qo‘yiladigan talablar 
Toksikologik 
kimyo 
fanini 
o‘qitishda talabalar quyidagi bilimlarni 
o`zlashtirishlari va ular asosida mustaqil faoliyatni amalga oshirishlari nazarda 
tutiladi: 
-toksikologiya va toksikologik kimyo fanlari nuqtai-nazaridan zaharlanish ro‘y 
berish ehtimolini baholash va tushuntirish; 
-zaharlanishdan saqlanish extiyot choralarini bilish va baholash, klinikadan 
oldingi birinchi yordam ko‘rsatish usullarini o‘zlashtirish; 
-inson va hayvon a‘zolarida, biologik suyuqliklar tarkibida bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan dorivor, narkotik va zaharli ta‘sir qiluvchi moddalarni aniqlash; 
-to‘liq va to‘liq bo‘lmagan sud kimyo tahlillarini biologik ob‘ektlardan iborat 
bo‘lgan ashyoviy dalillarda olib borish; 
-o‘tkir zaharlanish hollarida zaharlanish sabablarini aniqlash uchun ekspress-tahlil 
olib borish; 
-zarur bo‘lgan xujjatlarni rasmiylashtirish uchun mutaxassislik bilimlariga ega 
bo‘lmoq kabilar. 
Fan talabalarga: 
-toksikologik kimyo ekspertizasiga tegishli bo`lgan me`yoriy xujjatlar bilan 
tanishtirish; 
-toksikologik kimyo fani amaliyotiga ruxsat etilgan uslubiy qo‘llanmalar bilan 
tanishtirish va amalda qo‘llashga o‘rgatish; 
-laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarishda texnika xavfsizligi, zaharli moddalar 
bilan tahlil olib borilayotganda zarur ehtiyotkorlik qoidalarini singdirish; 
-toksikologik kimyo tahlillari olib borish katta ma`suliyatni talab qilgani uchun 
kimyogar ehtiyotkor bo‘lmog‘i va tahlilni talab darajasida olib borishi zarurligi 
ko‘nikmasini hosil qilish.


10 
Laboratoriya mashg‘ulotlari ustida ish olib borilganda talabalar avval zaharli 
moddalarning kam miqdorda bo‘lgan hollarda qanday reaksiyalar va usullar 
yordamida chinligi va miqdorini aniqlash usullarini o‘rganadilar, so‘ngra ularni 
ob‘ektdan tegishli usul yordamida ajratadilar, yot moddalardan tozalaydilar va 
ularga xos bo‘lgan tekshiruv yo‘llarini qo‘llaydilar. Bu ishlarni olib borishda har bir 
talaba aniq tahlil rejasini tuzib olmog‘i lozim. Olib boriladigan ekspertiza yuzasidan 
toksikologik kimyo tahlil dalolatnomasini (aktini)rasmiylashtirishtalab qilinadi. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling