O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi toshkent farmasevtika instituti


Gaz xromatografining tuzilish sxеmasida ko’rsatilgan sondagi qismining nomi


Download 3.09 Mb.
Pdf ko'rish
bet194/273
Sana04.11.2023
Hajmi3.09 Mb.
#1746083
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   273
Gaz xromatografining tuzilish sxеmasida ko’rsatilgan sondagi qismining nomi 
va u nima vazifani bajarishini ko’rsating 

a) chiqim o‘lchagich 
A. Kolonkaga kirayotgan va undan chiqayotgan gaz 
bosimini o‘lchaydi 

b) tеrmostat 
B. Uskunadan chiqayotgan gaz miqdorini o‘lchaydi 

c) monomеtr 
C. Xromatografga qo‘zg‘aluvchi faza bеrish uchun 
mo‘ljallangan 

d) dеtеktor 
D. Moddalarni ajratish jarayoni amalga oshiriladi 

e) xromatografik kolonka E. Namuna yuborish uchun uskuna 

f) dozator 
F. Xromatografik kolonkalar, uning kamеrasiga 
joylashtiriladi va zarur haroratgacha isitiladi 

i) oqim stabilizatori 
I. Gaz oqimining fizikaviy, kimyoviy yoki fizik-
kimyoviy xususiyatlarini o‘zgarishini elеktr signaliga 
o‘tkazish hisobiga komponеntlarni aniqlash amalga 
oshiriladi

j) o‘zi yozib oluvchi 
moslama 
J. Gaz oqimini bir mе'yorida bеrilishini ta'minlaydi 

k) ballon 
K. Tahlil natijalarini yozib boradi 


262 
8-LABORATOTIYA MASHG`ULOTI. OB‘EKTNI SULFAT VA NITRAT 
KISLOTALARI ISHTIROKIDA XO‗L MINERALIZATSIYALASH. 
MINERALIZATNI DENITRATSIYALASH VA TAHLILGA
TAYYORLASH.
Bioob’ektlarni sulfat va nitrat kislota aralashmalari 
bilan mineralizatsiyalash. 
Maydalangan (100 g) ob‘ekt 500 ml hajmli Keldal kolbasiga solinib ustiga teng 
miqdorda olingan kontsentrlangan sulfat va nitrat kislotalari hamda suvdan iborat 75 
ml aralashma solinadi(1-rasm). So‘ngra kolba gaz alangasida shtativga yuqoriroq 
qilib, mahkamlab, ehtiyotlik bilan qizdiriladi. 
Ob‘ektning "shaklli" elementlari (biriktiruvchi to‘qimalari) kolba ichidagi 
suyuqlikda erib ketishi mineralizatsiyaning birinchi bosqichi hisoblanib, bu jarayon 
yog‘ga boy bo‘lmagan ob‘ektlarni parchalaganda 20-30 daqiqa davom etadi. Ob‘ekt 
"shaklli" elementlari parchalangandan so‘ng kolba alangaga yaqinroq tushirilib
harorat ko‘tariladi. Bunda mineralizat asta qoraya boshlaydi - bu 
mineralizatsiyaning ikkinchi bosqichi boshlanganini bildiradi va oksidlovchi 
etishmayotganligidan dalolat beradi. Shunda ehtiyotkorlik bilan nitrat kislotasining 
1:1 nisbatdagi suvli eritmasidan mineralizatdagi qoramtir rang yo‘qolguncha 
tomchilab solinadi. Bu jarayon mineralizatsiya tugaguncha davom ettiriladi. 
Mineralizatni 30 daqiqa davomida oksidlovchi qo‘shmasdan qizdirilganda 
qorayish sodir bo‘lmasa, hamda oltingugurt (VI) oksidining oq og‘ir bug‘lari chiqsa 
jarayon tugallangan hisoblanadi. 
Minerlizatsiyada organik molekulalarni parchalanishidagi oksidlovchilar bilan 
boradigan jarayonni kimyoviy reatsiyalar bilan izohlang. 

Download 3.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling