O‘zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent pediatriya tibbiyot instituti


Download 168.82 Kb.
Pdf просмотр
Sana17.03.2017
Hajmi168.82 Kb.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  

SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 

 

 

 

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI 

 

 

      

     

 

 

 

 

 

 

 

REZIDUAL-ORGANIK ASAB - RUHIY BUZILISHLAR 

 

Tibbiyot oliy o





quv yurtlari 5 kurs talabalari uchun  

o‘quv-uslubiy qo‘llanma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Toshkent – 2012 

 



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI  



SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI 

 

 

 

 

TOSHKENT PEDIATRIYA TIBBIYOT INSTITUTI 

 

 

      

«TASDIQLAYMAN»   

 

 

 

 

ToshPTI Ilmiy Kengash raisi,  

professor B.T. Daminov__________ 

 

2012 yil « 30 » may  

 

   

      №  10 bayonnoma 

 

 

 

 

 

 

REZIDUAL-ORGANIK ASAB-RUHIY BUZILISHLAR 

 

Tibbiyot oliy o‘quv yurtlari 5-kurs talabalari uchun  

o‘quv-uslubiy qo‘llanma 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

Toshkent – 2012 



 

 



Tuzuvchilar:   

 

 



V

.K.Abdullayeva    –  ToshPTI  psixiatriya,  narkologiya  va  bolalar  psixiatriyasi,  tibbiy 

psixologiya va psixoterapiya kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent 

 

S.B.Babaraximova  -  ToshPTI  psixiatriya,  narkologiya  va  bolalar  psixiatriyasi,  tibbiy 

psixologiya va psixoterapiya kafedrasi assistenti  

 

 

 



 

 

Taqrizchilar:   



 

 

N.I.Xodjaeva– TTA psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudirasi, t.f.d., professor 

 

Sh.R.Suleymanov–  ToshPTI  psixiatriya,  narkologiya  va  bolalar  psixiatriyasi,  tibbiy 

psixologiya va psixoterapiya kafedrasi katta assistenti, O‘zR SSVning bosh mutaxassisi 

  



K.Sh.Turdieva - ToshPTI o‘zbek, rus, lotin tillari kafedrasi mudiri, filologiya fanlari  

nomzodi                      

 

 

 



«Rezidual-organik asab - ruhiy buzilishlar» mavzusidagi o‘quv-uslubiy 

qo‘llanma tibbiyot oliy o‘quv yurtlari 5 kurs talabalari uchun mo‘ljallangan. 

 

 

O‘quv-uslubiy qo‘llanma ToshPTI MUKda muhokama qilindi. 



2012 yil  « 23 » may bayonnoma № 9   

 

O‘quv-uslubiy qo‘llanma ToshPTI Ilmiy Kengashida tasdiqlandi. 



2012 yil  « 30 » may bayonnoma № 10   

 

 



 

 

 



Ilmiy Kengash kotibi, professor 

 

 



 

E.A.Shomansurova 



 



Mavzu: «Rezidual organik asab-ruhiy buzilishlar» 

 

1. Mashg’ulotni o‘tkazish joyi, jihozlanishi 

- Shahar klinik ruhiy kasalliklar shifoxonasi psixiatriya, narkologiya va bolalar 

psixiatriyasi kafedrasi 

-shahar bolalar asab-ruhiy kasalliklar markazi. 

- ko‘rgazmali qurollar, tarqatma materiallar, tashhis va davolash standartlar, 

patopsixologik testlar, tematik bemorlar. 



 

2. Mashg’ulotning davomiyligi. 

- 4 soat 



3. Mashg’ulotning maqsadi 

-  Rezidual  organik  asab  ruhiy  buzilishlar,  uning  klinik  ko‘rinishi  to‘g’risida            

umumiy bilim berish;   

- Rezidual organik asab ruhiy buzilishlar tasnifini berish; 

- Rezidual organik asab ruhiy buzilishlar erta tashhislashni o‘rgatish; 

-Rezidual  organik  asab  ruhiy  buzilishlarni  davolashda  nootrop  preparatlarni  ta’sir 

mexanizmlari to‘g’risida tushuncha berish; 

-  Rezidual  organik  asab  ruhiy  buzilishlar  bilan  og’rigan  bemorlar  reabilitatsiya 

tamoyillarni bilishni o‘rgatish. 

Vazifalari: 

Talabalar bilishi lozim:  

- Rezidual organik asab ruhiy buzilishlarni klinik tashhisini qo‘yish;  

- boshqa ruhiy kasalliklar bilan qiyosiy tashhisot o‘tkazish.  

Talaba bajara olishi lozim:  

Amaliy  ko‘nikmalarni  bajarish  -  bemor  shikoyatlarini,  anamnestik  ma’lumotlarni 

yig’ish;  bemorni  klinik  tekshiruvdan  o‘tkazish;  taxminiy  tashhis  qo‘yish  uchun  asosiy 

anamnestik  va  klinik  belgilarni  ko‘rsatish;  paraklinik  tekshirish  uchun  reja  tuzish; 

shoshilinch holatlarda yordam ko‘rsatish. 

 


 



4. Mavzuni asoslash  

Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlar deb bolalar va  o‘smirlarda bosh miyaning 

organik  buzilishlarning  turg’un  asoratlari  bilan  kechadigan  turli  asab-ruhiy  buzilishlar 

deb  tushunamiz.  Rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlar  orasida  bosh  miyaning 

homiladorlik vaqtida, prenatal va erta postnatal davrlarida zararlanishi natijasida vujudga 

kelgan  erta  rezidual  organik  buzilishlar  alohida  o‘rin  tutadi.  Homiladorlik  vaqtida 

vujudga  kelgan  bosh  miya  zararlanishlari  deb,  bola  tug’ilguncha  bo‘lgan  davrdagi 

buzilishlarga  aytiladi.  Zararlanish  tug’ilgandan  keyin  to  10  kungacha  paydo  bo‘lsa, 

prenatal  zararlanish  deyiladi.  Postnatal  zararlanish  deb,  bosh  miyaning  asosiy  biologik 

rivojlanishigacha bo‘lgan davrga aytiladi, ya’ni 7 yoshgacha bo‘lgan davr.  

5. Fanlararo va fan ichidagi bog’liqlik 

 Taqdim  etilayotgan  mavzuni  o‘qitish  talabalarning  patologik  fiziologiya,  tibbiy 

genetika,    farmakologiya  bo‘yicha  bilimlariga  asoslanadi.  Dars  davomida  olingan 

bilimlar,  yangiliklar  va  natijalar  nevrologiya,  ambulator  tibbiyot  yo‘nalishida  kerak 

bo‘ladi.  



6. Mashg’ulot mazmuni: 

6.1. Nazariy qismi 

 

Rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlar  etiologiyasida  homiladorlik  vaqtida 



rivojlanayotgan bosh miyaga turli omillarni zararlovchi ta’siri (infektsiya, intoksikatsiya, 

gipoksiya va boshqalar),  tug’ruq vaqtidagi jarohatlar va bola asfiksiyasi, ona va bolaning 

immunologik  to‘g’ri  kelmasligi,  postnatal  bosh  miya  infektsiyalar,  jarohat  va 

intoksikatsiyalar asosiy o‘rin tutadi.  

Patogenetik  mezonga  asoslanib,  quyidagi  rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlar 

tasnifi qo‘llaniladi. 



Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlarning tasnifi 

(V.V. Kovalev bo‘yicha) 

I. Dizontogenetik turlari 

1. Miyaning alohida tizimlar rivojlanishining buzilish sindromlari: 

a) nutq rivojlanishining buzilish sindromlari (umuman nutq rivojlanmagan, alaliya, 

rivojlanishning orqada qolishi va boshqalar); 



 

b) psixomotor rivojlanishning buzilish sindromlari (umumiy va nozik motorika 



rivojlanishining orqada qolishi); 

v) fazoviy tasavvurlar rivojlanishining buzilish sindromlari; 

g)«maktab bilimlar»ning rivojlanishining buzilish sindromlari (dizleksiya, dizgrafiya, 

diskal’kuliya); 

d) birlamchi  enurez; 

2. Ruhiy va ruhiy–jismoniy infantilizm sindromlari (garmonik va disgarmonik 

infantilizmlar G.E. Suxareva bo‘yicha). 

3. «Organik autizm» sindromi. 

4. Rezidual oligofreniya sindromlari. 

II. Entsefalopatik turlari 

1.

 



Tserebrastenik sindromlar. 

2. Nevrozsimon sindromlar: 

a) depressiv-distimik; 

b) nevrozsimon qo‘rquvlar sindromi; 

v) senestopotik-ipoxondrik; 

g) isteroform  sindrom; 

d) sistemali motor va somatovegetativ buzilishlar. 

3. Psixopatosimon sindromlar: 

a) affektiv qo‘zgalishlarning kuchayishi sindromi; 

b) ruhiy noturg’unlik sindromi; 

v) impul’siv-epileptoid sindrom; 

g) mayl buzilishi sindromi. 

         4. Dientsefal (gipotalamik) sindromlar: 

a) tserebral-endokrin sindromlar - jinsiy etilish buzilishlari; vaqtidan oldin jinsiy etilish; 

Itsenko-Qo‘shing sindromi, adipozogenital  distrofiyalar sindromi, tserebral nanizm; 

b)  vegetativ-qon tomir sindromlari; 

v) termoregulyatsiyaning buzilishi sindromi; 

g) asab-trofik buzilishlari sindromi; 

d) asab-mushak sindromlari. 


 

          5. Gidrotsefaliya sindromi. 



6.Epileptiform sindromlar. 

7.Rezidual−organik dementsiya sindromlari. 

8. O‘smirlardagi davriy psixozlar. 

III. Aralash turlari 

1. Bolalar tserebral falaji (BTSF) 

2.

 

Atipik rezidual oligofreniyalar. 



3.

 

Giperdinamik sindrom. 



Ko‘p uchraydigan sindromlar: 

Tserebroastenik sindromlar 

Bu  holatda  bemorda  jizzakilik,  darmonsizlik,  tez  charchash,  ruhiy  jarayonlarning  

taranglashishi  kuzatiladi.  Yana ayrim bemorlarda  kuchaygan jizzakilik xamda «affektiv 

uchqun»  tayyorgarligi  namoyon  bo‘ladi.    Astenik  simtomlar    ruhiyatning  organik 

buzilishlari  fonida  namoyon  bo‘lishi    tserebrastenik  holatga  qator  xususiyatlar  beradi.  

Masalan,  diqqatning  chalg’ishi,  fikrlashning  charchashi  ifodalangan  xarakterga  ega 

bo‘lib,  uzoq  vaqt    ruhiy    ish  qobiliyatining  susayishiga  sabab  bo‘ladi.    Ko‘p  hollarda  

xotiraning  eslash  va  eslab  qolish  funktsiyalari  pasayishi,  ayrim  paytlarda,  xususan,  

jarohatdan  keyingi  tserebrasteniyada  amnestik  afaziyaning  ma’lum  elementlari    alohida 

so‘zlarni ham unutish shaklida kuzatiladi.  

Tipik astenik holatlarda  affektiv buzilishlar yaqqol namoyon bo‘ladi:  jarohatdan 

keyingi  tserebrosteniyadan  keyingi  jizzakilik  affektiv 

«portlash»  xarakterini, 

eksplozivlik,    kayfiyatning  distimik    o‘zgarishi-  yig’loqilik,    o‘jarlik,    norozilik,  ayrim 

paytda  disforik  tarzda  keltirib  chiqaradi.  Bosh  miya  jarohatidan  keyin  rivojlanuvchi  

tserebrastenik holatda tovush va yorug’likka nisbatan giperesteziya aniqlanadi.  Psixogen 

va  somatogen  buzilishardan  farq  qilib,  sensor  sintezning  buzilishlari,  tana  tuzilishining 

qisman buzilishlari kuzatiladi.  

Rezidual-organik 

tserebrastenik 

holat 

tarkibiga 



ifodalangan 

vegetativ 

regulyatsiyaning  buzilishlari,  tserebrasteniya  hamda  dientsefal  sindromlarning  birga 

kelishi kabi holatlar kuzatiladi. Bolalarda rezidual tserebrastenik  holatlarda  nevrologik 



 

mikrosimptomatika,  nozik  motorikaning  nuqsonlari,  harakatlarning  assimetrikligi  -  bir 



tomonlama  harakatlar  aniqlanadi.  Bu    komponentlar  bolalarda    bosh  miyaning  erta 

organik  zararlanishi  natijasida  kelib  chiqadi.    Kalla  suyagining  rentgenogramma  va 

pnevmoentsefalogrammasida  turli o‘zgarishlar aniqlanadi: kalla suyagi yo‘lakchalarining 

qalinlashuvi,  chuqurchalarning  xamda  so‘rg’ichsimon  suyakning  assimetriyasi,  bosh 

miya qorinchalarining kengayishi.  

Ba’zi  bolalarda  embrion  davrida  bosh  miyaning  organik  buzilishlaridan  keyin   

tuzilish  displaziyalari  yuz  assimetriyasi  ko‘rinishida  paydo  bo‘ladi.  Bu  guruh  bolalarda 

«bigiz  simptomi»  namoyon  bo‘ladi  (ko‘l  panjasi  o‘rta  falangalarining  uzunlashuvi  va 

oxirgi  falangalarning  qisqarishi).  Tserebrasteniyada  kunning  ikkinchi  yarmida  kuchayib 

boruvchi  bosh  og’rishi,  vestibulyar  buzilishlar  (bosh  aylanishi,  ko‘ngil  aynishi, 

transportda o‘zini yomon his qilishi) kabi holatlar ko‘p uchraydi. 

Nevrozsimon buzilishlar 

Depressiv-distimik  nevrozsimon holatlar har bir yoshda etarlicha bo‘lishini 

V.S.Aleshko ta’kidlab o‘tgan. Maktab yoshgacha va maktab yoshidan kichik bolalarda 

kayfiyatning pasayishi o‘jarlik, monoton yig’lashga moyillik hamda noma’lum qo‘rquv 

bilan birga kechadi. Katta yoshdagi maktab bolalari hamda o‘smirlarda ko‘prok depressiv 

affekt  notinchlik, ipoxondrik  holatlar, norozilik va jizzakilik bilan birga kechadi.  

O‘smirlarda    ba’zan  uzini  kamsitish,  xayotda  befoyda  yashayotganligi  xakidagi 

o‘tib  ketuvchi  xayollar  xam  uchraydi.  Biroq,  suitsidal  holatlar  xam  kuzatiladi.  Miya 

infektsiyalarida,  depressiv-distimik  holatlarda  sensor  sintezining  epizodik  buzilishlari 

uchraydi.  



Nevrozsimon qo‘rquvlar 

Bolalarda  bunday  xurujlar  davrida    ko‘l  va  oyoklarining  sovuq  qotishi,  yurak 

to‘xtab  qolishi,  havo  etishmovchiligi  hissi  kuzatiladi.    Shu  bilan  birga  har  xil  vegetativ 

buzilishlar  (bezgaksimon  qaltirash,  taxikardiya,  qon  bosimining  oshishi,  og’iz  qurishi, 

tish  qoplamlarining  oqarishi,  keyinchalik  ko‘zlarning  qizarishi  bilan  birga  xansirash) 

bo‘lishi  mumkin.  Xuruj  yarim  soat  davom  etib,  bemor  siyib  qo‘yishi  bilan  tug’aydi. 

O‘smir  qizlarda ko‘pincha, qo‘rquvlar xuruji davrida  sensor sintezi buzilishi  kuzatiladi 


 

(qiz  bola  qo‘lini  «oyogi»  deydi).  Shu  bilan  birga    derealizatsiya  va    depersonalizatsiya   



(«atrof  qo‘rqinchli  bo‘lib,  go‘yo    tuman  koplagandek»,    «o‘zini  his  qilmaslik»,  «o‘zini 

muallaq sezadi», «tanasini paxtadek sezadi ») kuzatiladi.  



Nevrozsimon  enurez 

Rezidual-organik  enurezni  ikki  turi  ajratiladi:  dizontogenetik  va  sistemali  enurez. 

Nevrozsimon  enurez  asosida  siydik  ajralishini  regulyatsiya  qilish  tserebral  mexanizmi 

turli  bosh  miya  zararlanishlari  ta’sirida  rivojlanmanligi  yotadi.  Nevrozsimon  enurez 

davomiyli  kechadi,  ko‘pincha  ko‘p  yillar  davom  etadi.  Qo‘zg’alish  davrida  kechki  payt 

siyib qo‘yish odatda somatik kasalliklar bilan bog’liq bo‘ladi. Bundan tashqari, bu holat 

jismoniy toliqish natijasida ham bo‘lishi mumkin. 

Psixopatsimon sindromlar 

 

 

Psixopatsimon sindromlar bolalar va o‘smirlarda bosh miya organik zararlanishlari 

va postnatal buzilishlar natijasida rivojlanadi. Ularning asosini shaxsni emotsional 

irodaviy defekti bilan kechadigan ruhiy organik sindrom tashkil qiladi. 

Psixopatsimon sindromlarga quyidagilar qiradi: 

1.

 



ruhiy noturg’unlik; 

2.

 



affektiv qo‘zg’alishning ortishi; 

3.

 



impul’siv-epileptoid; 

4.

 



mayl buzilishi sindromi. 

Ruhiy  noturg’unlik  sindromi  yuqorida  ko‘rsatilgan  klinik  ko‘rinishlar  bilan  bir 

qatorda  o‘ta  ishonuvchanlik,  yuqori  kayfiyat,  daydilikka,  o‘g’rilikka  moyillik,  o‘smir 

yoshida  esa  spirtli  ichimliklar,  narkotik  moddalar  iste’mol  qilish,  erta  jinsiy  xayotni 

boshlashga moyillik kuzatiladi.  

Affektiv  qo‘zg’alishning  ortish  sindromida  kuchli  qo‘zg’alishlar,  eksplozivlik, 

agressiv va tajovuz harakatlarga moyillik kuzatiladi. 

 

Impul’siv-epileptoid  sindromida  bolalar  va  o‘smirlarga  kuchli  qo‘zg’alish  va 



agressiv xarakatlardan tashkari disforiyalar, xarakatlarga davomiyli salbiy affekt, tajovuz 

xarakatlarga moyilik kuzatiladi. 



 

10 


 

Mayl  buzilish  sindromida  birinchi  navbatda  jinsiy  maylni  oshishi  kuzatiladi.  Shu 

munosabati  bilan  bunday  o‘smirlarning  xulq-atvori  va  kiziqishlari  jinsiy  maylga 

qaratilgan. O‘smir qizlar kosmetika bilan ko‘p foydalanadilar, erkaklar bilan tanishishga 

intiladilar, ayrimlari 12-13 yoshdan boshlab jinsiy hayot olib boradilar. Ko‘pincha qizlar 

asotsial to‘dalarga qo‘shiladilar va chekish, spirtli ichimliklarni iste’mol qiladilar. 

 

Giperdinamik sindrom 

JSSJ 


ma’lumoti 

bo‘yicha 

bu 

sindromning 



tarqalganligi 

3-10%.Diqqat 

etishmovchiligi  va  giperaktivsindrom  ko‘proq  o‘g’il  bolalarda  uchraydi,o‘g’il  va  qiz 

bolalar  orasida-4:1  nisbatda  uchraydi.  Sindrom    1.5  dan  15  gacha  bo‘lgan  yoshda 

uchraydi,  biroq  maktabgacha  yoshdagi  bolalarda  va  maktab  yoshi  boshlanishi  davridagi 

bolalarda  ko‘proq  namoyon  bo‘ladi.Sindromning  asosiy  ko‘rinishlari  quyidagilar 

hisoblanadi:  umumiy  harakat  jonsarakligi,  hafsalasizlik,  faol  diqqatni  bir  joyga  to‘plash 

sustligi,  tajovuzkorlik,  negativizm,  tajanglik.  Maktab  tartiblariga  moslashishning 

buzilishi, husnixatni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar va makonni anglashning buzilishi.  

DAVOLASH 

Rezidual-organik 

asab-ruhiy 

buzilishlarida 

biologik 

terapiya 

asosida 

medikamentoz  va  fizioterapiya    davo  muolajalari    sistemali    davo-pedagogik    chora-

tadbirlar,  mehnat  terapiyasi  va  davo  badantarbiya  mashqlari  bilan  o‘tkaziladi.  

Medikamentoz  terapiya    patogenetik  va  simptomatik  usullarni  o‘z  ichiga  oladi. 

Patogenetik  terapiyaning  asosiy  usullaridan  degidratatsiya  qo‘llaniladi  (magniy  sul’fat 

in’ektsiyasi mushak orasiga, diakarb, laziks in’ektsiyalarining kurs bo‘yicha qabul qilish), 

so‘riluvchi terapiya (aloe, bioxinol  in’ektsiyasi kursi, shishasimon tana). 

         Ammo  rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlarni  davolashda  simptomatik  davolash 

samarali  bo‘lib  qolmoqda.  Siptomatik  davo  rezidual-organik  buzilishlarda  kuzatiladigan 

simptomlarni  yo‘qotishga  qaratilgan.  Tserebrastenik  holatlarda  davolash  tserebrastenik 

sindrom turiga qarab belgilanadi. Affektiv-giperdinamik holatlarda neyroleptiklarni  uzoq 

vaqt  qabul  qilish  ko‘rsatiladi  –  sonapaks,  neuleptil  kuniga  10-20  mg  dozasida  maktab 

yoshgacha  va  kichik  maktab  yoshidagi  bolalarga  va  aminazin  (kuniga  50  mggacha)  – 


 

11 


o‘rta  va  katta  yoshdagi  maktab  bolalari  uchun.  Asteno-adinamik  va  asteno-apatik  

holatlarda    psixostimulyatorlar  tavsiya  kilinadi  (nuredal,  sidnokarb),  ayrim 

trankvilizatorlar (trioksazin, tenoten) hamda vitaminlar  B15, B12, prosul’pin .   

 

 Depressiv-distimik  holatlarda  trankvilizatorlardan  ataraks  va  fenibut  (noofen) 



qo‘llaniladi.  O‘smirlarda  aniq  ifodalangan  depressiyada    antidepressantlar,  ko‘pincha, 

stimulaton  (50мг/kuniga),  velaksin  (37,5мг/kuniga)  qo‘llaniladi.    Depressiv-distimik 

holatlarda  qo‘rquvlarni  yo‘qotish  maqsadida    prosul’pin  (eglonil  50мг/kuniga)  ham 

tavsiya  etiladi.  Aniq  ifodalanmagan  qo‘rquvlarda  ataraks(12,5-25мг/kuniga)  yoqi 

neurolni(0,25мг/kuniga) tavsiya etish mumkin. 

 

Senestopatik-ipoxondrik  holatlarda  sonapaks  10-20  mg/kuniga  qo‘llaniladi. 



Trankvilizatorlardan  seduksen,  elenium,  ataraks,  adaptol,  tenoten  va  kichik  dozada 

ksanaks tavsiya etiladi.  

 

Isteroform  buzilishlarda  aminazin  tavsiya  etiladi.  Nevrozsimon  turidagi 



buzilishlarni  davolashda  fenibut yoqi noofen 250-500 mg/kuniga qo‘llash ahamiyatlidir.  

 

Nevrozsimon  duduqlanishda  mushak  tonusini  pasaytiruvchi  preparatlar  (lidokain 



25-125  mg/kuniga),  aminazin  yoqi  melleril  (kichik  dozada),  trankvilizatorlar  (fenibut, 

noofen, ataraks) tavsiya etiladi.  

 

Nevrozsimon 



enurezda 

nootroplar 

yoqi 

antidepressantlar 



ahamiyatlidir 

(pantokal’tsin, noofen, amitriptilin, triptizol, melipramin).  

 

Nevrozsimon uyqu buzilishlarda somnol, andante va ayrim hollarda  ataraks kechki 



mahal 12,5-25 mg dozada qabul qilinadi. 

  

 



Rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlarni  kompleks  davolashda  medikamentoz 

terapiya  bilan  bir  qatorda  fizioterapiyaning  ahamiyati  katta.  Masalan,  tomirli  bosh 

og’riqlari  bilan  kechadigan  tserebrastenik  holatlarda  Sherbak  bo‘yicha  kal’tsiy  va  yod 

bilan birga gal’vanik yoqasi, uyqu buzilishi bilan kechadigan tserebrastenik holatlarda  – 

elektrouyqu, darsonval’ nevrozsimon  enurezda siydik pufagi soxasiga feradizatsiya, bel 

soxasiga atropin sul’fatli gal’vanizatsiya qo‘llaniladi. 

 

Terapevtik  kompleksida  davo  badantarbiya  mashg’ulotlari  va  musiqiy  ritmikani 



tashkillashtirish  foydali.  Hatti-harakatlar  buzilishlarda,  ayniqsa,  tiklarda,  sport  bilan 

 

12 


shug’ullanish  ahamiyatli.  Psixopatsimon  buzilishlarni  davolashda  mehnatterapiyani 

qo‘llash katta ahamiyatga egadir. 

Rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlarni  davolashda  psixoterapiyani  qo‘llash  tavsiya 

etiladi.  Masalan,  nevrozsimon  buzilishlarda  individual  va  guruhli  psixoterapiya  tavsiya 

etiladi.  

Barcha  turdagi  rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlarni  davolashda  terapevtik 

pedagogika muhim ahamiyatga ega. Bosh miyaning turli sistemalarning patologiyasi bor 

bolalar  sistematik  mashg’ulotlar  (logopediya,  davolash  badantarbiya,  ritmika  va 

hokazo)ga muxtojdir. 

 

Mashg’ulotda qo‘llaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar: 

 

Talabalar bilimini tekshirish uchun Romashka pedagogik texnologiyalar asosidagi 

interfaol  usullar  bir  qancha  bo‘lib,  shulardan  amaliy  mashg’ulotlar  uchun  quyidagi 

usullardan foydalanish o‘rinli.  



Galereya  bo‘ylab  sayohat  usuli  –  bunda  talabalar  kichik  guruhga  bo‘linadi  va 

ruchkaning  rangiga  qarab  guruhga  rangli  ruchka  beriladi.  Masalan:  qizillar,  ko‘klar, 

yashillar,  qoralar  guruhi.  Har  bir  guruhga  alohida  mavzu  bo‘yicha  savol  beriladi. 

Masalan:  1)  rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlarni  tasnifi;  2)  rezidual-organik  asab-

ruhiy  buzilishlarni  klinik  turlari;  3)  rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlarni  davolash 

usullari.  Kichik  guruhlar  javoblarni  guruhi  nomiga  mos  bo‘lgan  ruchka  rangida  yozadi. 

Bunda vaqt chegaralangan bo‘ladi. Masalan: 3-5дақиқа vaqt o‘tgach kichik guruhlar soat 

strelkasi bo‘yicha savollarga javob qog’ozlarni almashishadi. Qog’ozlar guruhlarda to‘liq 

aylantirilgach,  yig’ib  olinadi  va  o‘qituvchi  tomonidan  javoblar  o‘qiladi.  Bunda  har  bir 

kichik  guruh  o‘z  javobini  to‘g’riligini  asoslashga  harakat  qiladi.  Har  bir  to‘liq  to‘g’ri 

javoblar uchun ball berib asoslashga harakat qiladi. Har bir to‘liq to‘g’ri javoblar uchun 

ball  berib  boriladi.  Oxirida  eng  ko‘p  ball  to‘plagan  guruh  rag’batlantiriladi.  Qolgan 

guruhlardan ham eng faol qatnashgan talabalarga qo‘shimcha ballar beriladi. 

Romashka  (moychechak)  usuli  –  bunda  qog’ozlardan  romashka  barglari 

tayyorlanadi. Har bir romashka bargining orqa tomoniga raqamlar yozilgan bo‘lib, talaba 



 

13 


xohlaganini oladi va qaysi raqam tushgan bo‘lsa o‘sha raqamda keltirilgan savolga javob 

beradi.  Savollar  ro‘yxati  esa  oldingi  darsda  uyda  mustaqil  tayyorlanish  uchun  berib 

yuborilgan  bo‘lishi  kerak.  Masalan:  1)  rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlarni  tasnifi; 

2) rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlarni klinik turlari; 3) rezidual-organik asab-ruhiy 

buzilishlarni davolash usullari. 

 

Baliq skeleti 

 

 

                              Dizontogenetik       Entsefalopatik       Aralash   

                               turlari                       turlari                 turlari 

 

                          



  

hal qilish                  hal qilish              hal qilish 



 

 

 

Ta’rifi 

 

Muammoni  qo‘yish  va  hal  qilishning  mazkur  modeli  bir  qator  muammolarni 



ta’riflash va echib ko‘rishga imkon beradi. Masalan: 1)nevrozlarni tasnifi; 2) nevrozlarni  

klinik turlari; 

Strategiya: 

1.

 



Bir  varaq  oq  qog’ozda  (vatman  yoqi  A-3  varag’i)  baliq  skeleti  chiziladi    (boshi, 

kemirchagi, qovurg’alari). 

2.

 

Yuqoridagi  «suyagiga»  muammo  ifodalanishi,  pastdagiga  esa  -  ushbu  muammo 



mavjudligini (yoqi uni hal qilish yo‘lllari, o‘qituvchi o‘z oldiga qo‘ygan maqsadga 

qarab) isbotlovchi faktlar yozib qo‘yiladi.    

3.

 

To‘ldirilgan sxemaning taqdimoti. 



 

 

 

 

 

 

 

14 


Klaster usuli 

 

 



 

 

Rezidual –

organik 

patologiya 

Etiologiya

 

Klinika 


Diagnostika 

Davolash  

Postnatal 

omillar 


Prenatal omillar 

Gipoksiya, 

Infektsiya, 

intokikatsiya 

Aralash  turlari 

Entsefalopatik 

turlari 

 

Dizontogenetik  



turlari 

 

Anamnez  



morbi 

Anamnez vitae 

Patopsixologik 

usullar 


Sanatorn-kurort 

davolash 

 

Psixoterapiya 



Medikamentoz  

 

15 


6.2 Tahliliy qism 

 

 

Vaziyatli masala

Bemor13 yosh. Shikoyat : duduqlanish, tez tushunarsiz nutk, farqlanmaydi 

Avlodida barcha erkak shunday gapiradi. duduqlanish 5 yoshda paydo bo‘lgan. 

U  taxilaliya  kuchayganda  (juda tez nutk) paydo bo‘ladi.  Agar bola  tempga  etibor bersa, 

normal  gapiradi.  Bemor  tez  gapirmokchi  bo‘lsa  duduqlanish  kuchayadi,  bunga  etibor 

bermaydi. Onasi tanbex bersa, javob beradi.”Duduqlanishdan xech kim invalid bo‘lgan 

emas, ulmagan, otam va buvam yomon gapirgan, ammo professor bo‘lgan, menga xam 

xech narsa bo‘lmaydi, qachon jonimga tegsa shunda qutulaman  

1.Klinik tashxis qo‘ying. 

2.Qаnday klinik va laborator instrumental tekshiruvlarga asoslanib tashxis qo’yasiz? 

3.Теkshirish va davolash rejasini tuzing. 

6.3 Amaliy qism 

Bemor  shikoyatlarini,  anamnestik  ma’lumotlarni  yig’ish;  bemorni  klinik 

tekshiruvdan  o‘tkazish;  tahminiy  tashhis  qo‘yish  uchun  asosiy  anamnestik  va  klinik 

belgilarni ko‘rsatish; shoshilinch holatlarda yordam ko‘rsatish. 



 

1. REZIDUAL-ORGANIK ASAB - RUHIY BUZILISHLAR BILAN 

KASALLANGAN BEMORNING RUHIY HOLATINI TO‘LIQ YORITISH 

 

Maqsad:  Rezidual-organik  asab-ruhiy  buzilishlar  bilan  kasallangan  bemorni 

klinik, paraklinik va patopsixologik tekshiruvdan o‘tkazib, ruhiy holatini to‘liq yoritish. 

Bajaraladigan bosqichlar: 

1. 


Anamnestik 

ma’lumotlarni 

yig’ishda 

irsiyati, 

homilalik 

vaqti 


va 

tug’ilishi,bolalik  chog’ida  respirator  epizodlar,  febril  talvasalar,  spazmofiliya  bosh  miya 

jaroxatlanish bo‘lganligini aniqlash. 

2. Psixopatologik sindromlarni to‘liq yoritish. 

3. Ilk bolalik davrlardagi jismoniy va ruhiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlash. 


 

16 


4.  Anamnestik  ma’lumotlarni  bayon  qilganda  bemorning  shaxsiy  xususiyatlarini, 

rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlarning dinamikasini yoritish. 

5.  Bemorning  ruhiy  holatini  to‘liq  baholash  uchun  paraklinik,  patopsixologik 

tekshiruvlarni o‘tkazish. 



 

2. SHOSHILINCH HOLATLARDA YORDAM KO‘RSATISH. 

Maqsad: Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlar. Entsefalopatik turi, epileptiform 

sindrom, tutkanok paytida yordam ko‘rsatish. 



Bajaralidigan bosqichlar: 

 

1.

 



Bemor yoniga yaqinlashish 

2.

 



Boshi tagiga yumshoq narsa (kiyim, yostiq) qo‘yish.  

3.

 



Havoni etarli bo‘lishi uchun bemor yoqasi, kamar, galstugini echish. 

4.

 



Aspiratsiyani oldini olish uchun bemor boshini yoniga o‘girish. 

5.

 



Hurujdan so‘ng bemorga seduksen 0,5% eritmasi 2мл yoqi magneziya sul’fati 25% 

10мл v/i yuboriladi. 

6.

 

Keyin  bemorga  laziks  eritmasi  1%  2мл  va  aminazin  2,5%  eritmasi  2мл  m/o 



yuboriladi. 

ichiga. 


 

3.  

PSIXOTROP PREPARATLAR RETSEPTLARI

 

Nootroplar: 

        Rp.:  Aminaloni 0,25 

              Dtd №100 in tabul. 

         S. ichiga 1т. 3 marta k/o. 

 

Rp.:  Pyracetami 0,4 

              Dtd №60 in caps. 

         S. ichiga 1т. 3 marta k/o. 

 


 

17 


Rp.:  Sol. Pyracetami 20%-5,0 

              Dtd №10 in ampul. 

              S. mushak orasiga yoqi tomir ichiga. 

     

      Rp.:  Encephaboli 0,1 

              Dtd №100 in drag. 

         S. ichiga 1т. 3 marta k/o. 

 

               

7.Malaka, ko‘nikma va bilimlarni tekshirish usullari 

- og’zaki; 

- yozma; 

- test; 


- vaziyatli masalalar echish; 

-o‘zlashtirilgan amaliy ko‘nikmalarni namoyish etish. 



 

Testlar 

 

1.Bolalar rezidual organikasida uchramaydigan rivojlaninshning buzilishlarni ko‘rsating? 

a)intellektual rivojlaninshning ortda qolishi 

b)psixopatsimon buzilishlar 

c)nevrozsimon buzilishlar 

d)xamma javoblar to‘g’ri 

e) to‘g’ri javob yo‘q 

 

 



 

 



 

2.Bolalarning  bosh  miya  rezidual  organikasi  natijasidagi  ruxiy  buzilishlarda  vrach 

taktikasi? 

a)psixiatrda davolanish 

b)nevropatologda davolanish 

c)pediatrda davolanish 

d)xamma javob to‘g’ri 


 

18 


e) to‘g’ri javob yo‘q 

 

 



 

 



3. Bolalarning bosh miya rezidual organikasida ko‘pincha uchraydigan sindrom? 

a)depressiv 

b)giperdinamik 

c)ruxiy  avtomatizm 

d)amnestik 

e)to‘g’ri javob yo‘q 

 

 

 



4. Diqqatni tekshirishda qanday patopsixologik qo‘llanmalardan foydalaniladi? 

a)Shul’te jadvali 

b)korrektur sinama 

c)Krepelin bo‘yicha sanoq 

d)xamma javob to‘g’ri 

e)to‘g’ri javob yo‘q 

 

 



5. Xotirani tekshirishda qanday patopsixologik qo‘llanmalardan foydalaniladi? 

a)piktogramma, so‘zlar yoqi sonlarni yodlash 

b)Ravena testi 

c)Vekslera testi 

d)Lyushera testi 

e) to‘g’ri javob yo‘q 

 

 



 

 

 



 

 



6. Idrokni tekshirishda qanday patopsixologik qo‘llanmalardan foydalaniladi? 

a) Shul’te jadvali 

b)sensor qo‘zg’aluvchanlik 

c)Spilbergera testi 

d)tasnifga test 

e)o‘xshashlik testi 

 

 

 



 

 

 



7. Tafakkurni tekshirishda qanday patopsixologik qo‘llanmalardan foydalaniladi? 

a) Krepelinu bo‘yicha sanoq 

b)korrektur sinama 



 

19 


c)maqollarni ma’nosini tushuntirish 

d)Lyushera testi 

e)to‘g’ri javob yo‘q 

 

 



 

 

 



 

8. Emotsiyani tekshirishda qanday patopsixologik qo‘llanmalardan foydalaniladi? 



a) Vekslera testi 

b) Lyushera testi 

c) Ravena testi 

d)korrektur sinama 

e)sensor qo‘zg’aluvchanlik 

 

 



 

 



 

9. Intellektni tekshirishda qanday patopsixologik qo‘llanmalardan foydalaniladi? 

a) Vekslera testi 

b) Lyushera testi 

c) Ravena testi 

d)korrektur sinama 

a) a va c 

 

 



 

                                                c 

10. Dizontogenez ko‘rinishini belgilang: 

a)remissiya 

b)regredientlik 

c)retsidiv 

d)rekonvalestsentsiya 

e)retardatsiya 

 

 

 



 

 

 



11. Qaysi sindrom uchun quyidagi triada xos: giperkineziya, badjahllik, chalg’uvchanlik? 

a)obsessiv-fobik 

b)giperdinamik 

c)maniakal 

d)katatonik 

e) to‘g’ri javob yo‘q 

 

 



 

 

 



 



 

20 


12. Rezidual organik etishmovchilikning entsefalopatik shakllarini ko‘rsating: 

*1. Nevrozsimon sindromlar 

*2. Psixopatsimon sindromlar 

*3. Epileptiform sindromlar 

4. Ruxiy infantilizm sindromi 

5. "organik autizm" sindromi 

13. Rezidual organik etishmovchilikning dizontogenetik shakllarini ko‘rsating: 

1. Nevrozsimon sindromlar 

2. Epileptiform sindromlar  

*3. Ruxiy infantilizm sindromi 

*4. "organik autizm" sindromi 

*5. Rezidual oligofreniya sindromi 

14.  Nevrozsimon duduqlanish uchun xos  

1. o‘tkir, o‘tkir osti va surunkali ruxiy travmalar bilan bog’liq 

*2. Rezidual-organik bosh miya buzilishlari bilan bog’liq  

3. Artikulyatsion mushaklarda oldin tonik xurujlar boshlanadi, keyinchalik ularga 

sekinlik bilan toniko-klonik xurujlar qo‘shiladi 

*4. Asta-sekinlik bilan rivojlanadi. 

*5. Artikulyatsion mushaklarda toniko-klonik xurujlar boshidanoq ustun turadi 

15. Nevrozsimon tiklarning o‘ziga xos belgilari. 



*1. ruxiy jarohat beruvchi omilga bog’liq emas 

*2. bir maromda, stereotip. 

*3. O‘choqli nevrologik simptomatika bilan birga keladi. 

4. Surunkali ruxiy jarohatlar natijasida yuzaga keladi. 

5. ko‘rinishlar bir xil . 



16. Nevrozsimon rezidual-organik enurezning o‘ziga xosligi. 

*1. bir maromda kechishi. 

*2. Jismoniy xolatga asoslangan. 

*3. Peshob ushlay olmaslikka reaktsiya bo‘lmasligi. 

4. atrof-muxitga bog’liqligi. 


 

21 


5. O‘z qamchiligi xaqida qayg’urish. 

17. Nevrozsimon qo‘rquvlarning klinik ko‘rinishlari. 

*1. O‘limdan qo‘rqish xurujlari sifatida paydo bo‘ladi. 

2. Qo‘rquvlar ruxiy jarohat beruvchi xolat bilan uzviy bog’liq. 

*3. Vegetativ buzilishlar bo‘lishi. 

*4. Sensor sintez buzilishlari bilan birga kechishi. 

5. Qo‘rquvlarni uyquga ketish vaqtida paydo bo‘lishi. 



8.Joriy baholash mezonlari 

O‘zlash-

tirish 

ball 

Baho 

Talabaning bilim darajasi 

A’lo «5»  Rezidual-organik 



asab-ruhiy 

buzilishlar 

kasalligining 

tasnifi,  etiopatogenezi,  yoshga  xos  xususiyatlari,  davolash 

printsiplari bo‘yicha to‘liq va to‘g’ri javob berish. Mustaqil 

xulosa  va  qaror  qabul  qilish,  ijodiy  fikrlay  olish,  mustaqil 

mushohada  yuritish.  Vaziyatli  masalalarni  to‘g’ri  va  ijodiy 

echish,  javoblarni  to‘liq  asoslab  berish.  Interaktiv 

o‘yinlarda  faol  va  ijodiy  qatnashish  va  ularni  echishda 

ijobiy  xulosalar  va  tahlil  qilish.  Shoshilinch  holatda 

terapevtik taktikani aniqlash. Retseptlarni dori shakliga mos 

holda,  dozalari  va  qo‘llash  uchun  ko‘rsatmalarini  to‘g’ri 

ko‘rsatib yozish.   

Yaxshi 



«4» 

Rezidual-organik 

asab-ruhiy 

buzilishlar 

tasnifi, 

etiopatogenezi, 

yoshga 

xos 


xususiyatlari, 

davolash 

printsiplari  bo‘yicha  to‘liq  yoritish,  lekin  2-3  ko‘pol 

bo‘lmagan  xatoga  yo‘l  qo‘yish.  Amalda  qo‘llay  olish, 

mohiyatini  tushunish,  bilish,  aytib  berish,  tasavvurga  ega 

bo‘lish.Vaziyatli 

masalalarni 

to‘g’ri 


echish, 

lekin 


javoblarning to‘liq yoritilmasligi. Interaktiv o‘yinlarda faol 

 

22 


qatnashish,  to‘g’ri  qaror  qabul  qilish.Retseptlar  dori 

shakliga  mos  holda,  dozalari  va  qo‘llash  uchun 

ko‘rsatmalarni to‘g’ri ko‘rsatib yozish. 

Yaxshi 



«4» 

Talaba rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlar tasnifi, ko‘p 

uchraydigan sindromlarni bilishi, lekin ularning yoshga xos 

xususiyatlarini yaxshi bila olmasligi. Mohiyatini tushunish, 

bilish,  aytib  berish,  tasavvurga  ega  bo‘lish.  Interaktiv 

o‘yinlarda  faol  qatnashish.  Vaziyatli    masalalarga  to‘liq 

javob  bermasligi  mumkin.  Retseptlar  dori  shakliga  mos 

holda,  dozalarini  to‘g’ri  ko‘rsatib  yozish,  lekin  qo‘llash 

uchun ko‘rsatmalar to‘liq ko‘rsatilmasligi.    

Qoniqarli 



      «3» 

 

Savollarning  yarmini  xatolarga  yo‘l  qo‘yilgan  holda 



yoritish.  Talaba  kasallik  tasnifini  bilishi,  lekin  klinik 

belgilarni,  yoshga  xos  xususiyatlarni  yaxshi  bilmasligi. 

Faqat  ba’zi  savollar  bo‘yicha  mohiyatini  tushunish,  bilish, 

aytib  berish,  tasavvurga  ega  bo‘lish.  Vaziyatli  masalalarni 

to‘g’ri echish, lekin javoblar asoslab berilmagan. Retseptlar 

dozalarini  to‘g’ri  ko‘rsatib  yozish,  lekin  dorining  ishlab 

chiqarilgan shakllarini yozib berishda xatoga yo‘l qo‘yishi.  

Qoniqarli 



      «3» 

 

Savollarning  yarmi  xatolarga  yo‘l  qo‘yilgan  holda 



yoritilish. Kasallik tasnifini, klinik belgilarni aytib berishda 

xatoga  yo‘l  qo‘yish.  Javobi  noaniq,  mavzu  bo‘yicha 

birmuncha  tasavvurga  ega  bo‘lish.  Vaziyatli  masalalarni 

echishda  xatoga  yo‘l  qo‘yish.  Retseptlar  xato  yozilgan, 

qo‘llanilishi ko‘rsatmay yozilgan va dozalarida xatoga yo‘l 

qo‘yish.  

4 va 

undan 


past 

Qoni-


qarsiz 

      «2» 

Javob  va  vazifalarni  bajarish  minimal  darajadan  past  va 

bahola olinmaydi. Amaliy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish past, 

to‘liq xajmda emas. 


 

23 


9. Mashg’ulotning xronologik xaritasi 

 

№ 

Mashg’ulot bosqichlari 

Mashg’ulot 

shakli 

Davomiyl

igi 

(min.) 

180 


1. 

O‘qituvchining kirish so‘zi (mavzuni asoslash) 

 



2. 



Amaliy mashg’ulot mavzusini muhokama qilish, 

yangi pedagogik texnologiyalar, shuningdek, 

ko‘rgazmali materiallar (slayd, audio-

videokasseta va h.k.)ni qo‘llagan holda 

talabalarning dastlabki bilim darajasini tekshirish 

so‘rov, 


tushuntirish 

 

50 



3. 

Muhokamaga yakun yasash  

 

10 


4. 

Talabalarga mashg’ulotning amaliy qismini 

bajarish uchun topshiriq berish. Topshiriqlarni 

bajarish tartibi bo‘yicha ko‘rsatmalar va 

tushuntirish berish. Mustaqil kuratsiya 

 

 



25 

5. 


Talabalarni mashg’ulotning amaliy qismini 

o‘qituvchi yordamida egallashi (tematik bemor 

kuratsiyasi) 

kasallik 

tarixi, 

ishbilarmon 

o‘yinlar, 

klinik 


vaziyatli 

masala 


 

30 


 

24 


6.  

Tematik bemorni patopsixologik, laboratoriya, 

instrumental tekshiruvlaridan olingan 

natijalarning tahlili, differentsial diagnostika, 

davolash va sog’lomlashtirish rejasini tuzish, 

retseptlar yozish va h.k. 

patopsixologi

k usullarni 

qo‘llash  

 

25 



7. 

Talabalarning o‘zlashtirgan nazariy bilimlarini va 

amaliy ish natijalarini muhokama qilish, 

mustahkamlash va mashg’ulot maqsadiga 

erishilganlik darajasini hisobga olgan holda guruh 

faoliyatini baholash  

og’zaki 

so‘rov, test, 

munozara-

bahs, amaliy 

ish natijalari-

ni tekshirish 

 

 

25 



8. 

Ushbu mashg’ulot bo‘yicha o‘qituvchining 

xulosasi, har bir talaba faoliyatini 100-ballik tizim 

bo‘yicha baholash va e’lon qilish. Keyingi darsga 

tayyorlanish uchun talabalarga vazifa berish 

(savollar to‘plami) 

Axborot, 

mustaqil 

tayyorlanish 

uchun 


savollar 

 

10 



 

10. Nazorat uchun savollar 

1. Qanday patogen omillar rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlar rivojlanishiga ta’sir 

qiladi? 

2. « Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlar» tushunchasiga ta’rif bering. 

3. Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlar tashhislash tamoyillari. 

4. Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlardan ko‘p uchraydigan sindromlarni ayting. 

5. Dizontogenetik turlarini ko‘rsating. 

6. Tserebroastenik turlarini ko‘rsating. 

7. Nevrozsimon enkoprez nima bilan namoyon bo‘ladi? 

8. Nevrozsimon qo‘rquvlar  nima bilan namoyon bo‘ladi? 

9. Nevrozsimon enurez  nima bilan namoyon bo‘ladi? 

10. Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlarda qanday variantlar bo‘ladi? 



 

25 


11. Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlar simptomlarini ko‘rsating. 

12. Rezidual-organik asab-ruhiy buzilishlari davolashga qanday talablar qo‘yiladi? 



11.Adabiyotlar 

Asosiy: 

1.

 



Korkina  M.B.,  Tsivil’ko  M.A.,  Marilov  V.V.,  Kareeva  M.A.  Praktikum  po 

psixiatrii. Moskva, 2007 

2.

 

Olimov X.O., U.X.Olimov Psixiatriya klinikasining muqaddimasi Toshkent, 1997. 



3.

 

Xodjaeva N.I., Shayusupova A.U. Psixiatriya.- Tashkent, 2011. 



Qo‘shimcha: 

4.

 



Detskaya psixiatriya. Pod red.Eydemillera E.G., Piter, 2005 

5.

 



Doklad VOZ po lekarstvennoy zavisimosti, Jeneva,2007. 

6.

 



Kovalev V.V. Psixiatriya detskogo vozrasta.- M., 1995. 

7.

 



Psixiatriya. Pod red.Sheydera R. Moskva, 1998. 

8.

 



Klinicheskaya psixiatriya. Pod red. Dmitrievoy T.B. Moskva, 1998. 

9.

 



Sovremennaya  klinicheskaya  psixiatriya.  Popov  YU.V.,  Vid  V.D.  S-Peterburg, 

2002. 


10.

 

Alimov  U.X.,  Xarabara  G.I.,  Abdulkasimov  F.B.  Klinicheskoe  rukovodstvo: 



modeli  diagnostiki  i  lecheniya  psixicheskix  i  povedencheskix  rasstroystv.  Tashkent, 

2003. 


11.

 

Kamenetskiy D.A. Nevrozologiya i psixoterapiya. Moskva,2001. 



12.

 

Lichko A.E. Podrostkovaya psixiatriya.- L., 1985. 



13.

 

Politika i plani v oblasti oxrani psixicheskogo zdorov’ya detey i podrostkov, VOZ, 



Jeneva, 2006. 

14.


 

Programma YUNISEF «Zdorov’e i razvitie molodeji». Obrazovatel’nie programmi 

po oxrane zdorov’ya i profilaktike riskovannix form povedeniya, 2000. 

15.


 

Psixiatriyadan ma’lumotnoma. Pod red.Murtalibova SH.A.-Tashkent, 1993. 

16.

 

Psixicheskoe zdorov’e v chrezvichaynix situatsiyax. VOZ, Jeneva, 2005 



17.

 

Pod red. Snejnevskogo A.V. Rukovodstvo po psixiatrii v 2-x tomax, M., 1983. 



 

26 


18.

 

Rukovodstvo  po  psixiatrii  v  2  tomax.  Pod  red.  akad.RAMN  Tiganova 



A.S.Moskva,2007 

19.


 

Rustanovich A.V., Shamrey V.K.  Klinicheskaya psixiatriya  (v sxemax, tablitsax i 

risunkax). Sankt-Peterburg, 2003. 

20.


 

Sartorius  N.  Ponimanie  MKB-10.  Klassifikatsiya  psixicheskix  rasstroystv.  Kiev, 

1997. 

21.


 

Spravochnoe posobie «Predotvrashenie samoubiystv», VOZ, Jeneva, 2006. 

22.

 

Standarti diagnostiki i lecheniya psixicheskix zabolevaniy. Prikaz MZ RU №583 ot 



04.12.05г. 

23.


 

Standarti  diagnostiki  i  lecheniya  narkologicheskix  zabolevaniy.  Prikaz  MZ  RU 

№433 ot 12.10.06г. 

24.


 

Xalilov  M.X.,  Toshmatov  B.A.,  Abdusattorov  M.M.  Psixiatriyada  eng  ko‘p 

uchraydigan  tibbiy  atamalar  va  ayrim  ruscha  iboralarning  qisqacha  izohli  lug’ati. 

Samarqand, 2002.



 

 

 



 

Каталог: uploads -> books -> 26622
26622 -> O’zbеkiston rеspublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirligi valiеv xidoyat inoyatovich
26622 -> O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta`lim vazirligi
26622 -> Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti. Temur va temuriylar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maishiy taraqqiyoti
26622 -> Îqilxon ibrohimov, jamil sadirov ìusiqa 7-sinf uchun darslik Qayta ishlangan 4-nashri
26622 -> A. X. Vаxidov, D. A. Abdullaеva
26622 -> Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> Toshkent pediatriya tibbiyot instituti
26622 -> O. E. Eshonqulov Toshpmi asab kasalliklari, bolalar asab kasalliklari va
26622 -> O’zbеkiston Rеspublikasi Sog’likni Saqlash Vazirligi Tibbiy ta'limni rivojlantirish markazi Toshkеnt Pеdiatriya Tibbiyot instituti


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling