2. Maydalangan fazalar yuzasi. Xomashyo qanchalik mayda bo‘lsa ajratma olish jarayoni ham shunchalik samarali kechadi. Biroq maydalik darajasini ortish bilan olingan ajratmaning tiniqligi kamayib loyqaligi ortib ketadi. Shuning uchun ham xomashyoni m’o‘tadil maydalik darajasigacha maydalash maqsadga muvofiqdir. Bunda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak: dorivor o‘simliklarning bargi, guli va yer ustki qismlari 3-5 mm, poyasi, ildizi, ildizpoyasi va po‘stloqlari 1-3 mm, mevasi va urug‘i 0,3-0,5 mm kattalikda maydalangan bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |