O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Ajratmalarni bug‘latish va quritish. Bug‘latgichlar


Download 390.77 Kb.
bet109/133
Sana08.01.2022
Hajmi390.77 Kb.
#235050
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133
Bog'liq
O’zbekisтon respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi

Ajratmalarni bug‘latish va quritish. Bug‘latgichlar.

Ishlab chiqarishda issiqlik berish yoki sovutish jarayoni yuz beradi.

Issiqlik berish – bunda issiqlik bir jismdan ikkinchisiga o‘tishi bilan yuzaga keladi. Bu esa issiqlik o‘tkazish, konveksiya (aralashib ketish) va nur tarqatish usullarida kechadi.

Issiqlik o‘tkazish – issiqlik manbai devor qalinligi bilan bog‘liq bo‘lib, molekulalarning tebranma harakatini tarqalishi orqali yuzaga keladi.



bu erda

Q - issiqlik o‘tkazish;

λ - issiqlik o‘tkazish koeffitsienti;

σ - devor qalinligi, mm;

t1 - issiqlik manbai harorati, 0C;

t2 - issiqlikni qabul qiluvchi manba;

T - issiqlik tarqatadigan manba yuzasi, m2;

F - vaqt, s.

Issiqlik o‘tkazish jarayonida asosiy hal qiluvchi omil haroratlar farqi (t1-t2=I) bo‘lib hisoblanadi.

Konveksiya - aralashish deb mikroskopik hajmdagi gaz yoki suyuqlikning harakati natijasida issiqlikning o‘tishiga va aralashishiga aytiladi hamda Nyuton tenglamasi bilan ifodalanadi:

Q = β (tsuyuq - tdevor) F T
bu erda

β - issiklik berish koeffitsienti;

tsuyuq - suyuqlik harorati, °C;



tdevor - devor sathi harorati, °C;

F - issiqlik tarqatuvchi sath, m2;

T - vaqt, s.

Demak, konveksiya usulida issiqlik uzatish issiqlik-berish koeffitsienti, haroratlar farqi, issiq manba sathi va vaqtga to‘g‘ri mutanosib.



Nur sochish – Stefan-Bolsman qonuniga binoan, absolyut qora jismning nur sochish qobiliyati bilan ifo­dalanadi:



bu erda:

S0 - absolyut qora jismning nur sochishi, 5,68 Dj/m2;

T - absolyut harorat, °K nur tarqatuvchi jism absolyut harorati;

F - nur sochuvchi satx, m.

Demak, nur sochish usulida issiqlik uzatish absolyut qora jismning nur sochishi va nur sochuvchi jism sathi va absolyut haroratning to‘rtinchi darajasiga to‘g‘ri mutanosib ekan.

Amalda murakkab issiq almashtirgichlar ham ishlatiladi. Ishlab chiqarishda shu usullarga binoan ishlaydigan isitish va sovutish jarayonlari amalga oshiriladi.

Bug‘latish. Qizdirish natijasida ajratuvchining bir qismi bug‘latilib, eritma konsentratsiyasining oshirilishiga bug‘latish deyiladi. Bunda bug‘latilgan eritma oquvchanlik xossasini saqlab qolishi kerak. Bug‘latish mo‘tadil, past (vakuum) va yuqori atmosfera bosimlarida olib borilishi mumkin. Ishlab chiqarishda ko‘pincha vakuum ostida ishlaydigan bir va ko‘p tanali (korpusli) qurilmalar ishlatiladi.

Yot moddalardan tozalangan ajratmalar tegishli bug‘latgich qurilmalarida 50-60°C da quyultiriladi. Agar ajratma spirtli yoki spirt yordamida tozalangan bo‘lsa, mo‘tadil bosimda (vakuumsiz), spirt haydab olinadi, so‘ng suvli qismi vakuum ostida bug‘latib quyultiriladi.

Ko‘pik hosil bo‘lishi bug‘latish jarayonini sekinlatadi, suyuklik ko‘pik bilan kondensatorga o‘tib ketishi mumkin. Ko‘pik hosil bo‘lishini yuqotish uchun bug‘latgich va sovutgich oralig‘iga ushlagich o‘rnatish, bir me’yorda qaynashni ta’minlash, ko‘piklanishni pasaytiruvchi (uchiruvchi) SFM moddalar qo‘shish, havosizlik darajasini tanlash va bug‘latgichda bug‘ muhitini kengaytirish lozim.

Gidravlik depressiya issiqlikni atrof muhitga tarqalib yuqolishi natijasida hosil bo‘ladi. Bu hodisani kamaytirish maqsadida bug‘latgich va kondensator orasidagi naycha qisqartirilishi va uni issiqlik o‘tkazmaydigan shisha tolali paxta bilan o‘rash lozim.

Gidrstatik depressiya - bug‘latilayotgan eritma pastki qatlamlarining orttiqcha isib ketishiga sabab bo‘ladi.



Bug‘latilayotgan eritma qatlam qalinligi kamaytirilishi lozim. Harorat depressiyasi deb bug‘latilayotgan eritma harorati bilan toza erituvchi o‘rtasidagi harorat farqiga aytiladi. Suyuqlik bug‘lanishi natijasida uning yuza qatlamlarida harorat pasayib, jarayon sekinlashadi. Bu hodisani yuqotish uchun qozon devorlariga yuborilayotgan bug‘ harorati yoki qozondagi havoning so’rilish darajasi oshirilishi lozim.

Yuqorida qayd etilgan asboblar bayon qilingan nomaqbul hodisasiz ishlamaydi. Keyingi vaqtda sanoat sharoitida uzluksiz ishlaydigan, ishlab chiqarish unumdorligi yuqory bo‘lgan asbob-uskunalar ishlatila boshlandi. Rotorli va ko‘pik hosil qilib bug‘latadigan bug‘latgichlar shu jumlaga kiradi.

Rotorli bug‘latgich uchta bo‘limdan iborat bo‘lib, har bir bo‘lim suv bug‘i yordamida alohida-alohida isitiladi. Bug‘latgichning markaziy o‘qiga rotor o‘rnatilgan bo‘lib, unga kurakchalar mustahkamlangan. Rotorning katta tezlikdagi aylanma harakati natijasida kurakchalar suyuqlikni qizib turgan devorga sachratib, yupqa qatlam hosil qiladi. Yupqa qatlamda ajratuvchi oson va tez bug‘lanadi. Ajratma devor bo‘ylab pastga tomon harakatlanadi va yig‘ib olinadi. Ishlab chiqarish unumdorligi 450 l/soat.




Download 390.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling