O`zbekiston respublikasi sog`liqni saqlash vazirligi
Download 5.17 Kb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fenatiazin hosilalarini ashyoviy dalillardan ajratib olish
- Fenatiazin xossalarini aniqlash uchun peshobni dastlabki tekshirish
- Fenatazin hosilalarini qon va peshobdan ajratib olish
- Fenatazin hosilalarini ajralmadan YUQX usulida 70 tozalash va aniqlash
- Ayrim fenotiazinlarni YUQX tahlil natijalari.
- YUpqa qatlam xromatografiya skrining normal fazali shakli
- Nordon, neytral va kuchsiz asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi
- Asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi
- Toxi-Lab AB tizimida YUQX-skrining
- Teskari fazali tizimdagi YUQX-skrining
- Xususiy erituvchilar sistemasidagi guruh ichi YUQX-skriningi
ИФТ планшети чуқурчаси 66 Planshetni ma‘lum vaqt davomida inkubirlanganda aflatoksin M1 molekulasi va kon‘yugat molekulasi o‗zaro raqobatlashib, eritmada antitelolar bilan bog‗lanadi. Bu vaqtning o‗zida inkubirlashda planshet chuqurchasida antiteloni aniqlanayotgan antigenga ―tutib qoluvchi antitelo‖ bilan immunosorbsiyasi kuzatiladi. YUvishning keyingi bosqichida planshetning chuqurchasidan kon‘yugatning erkin molekulalari bartaraf etiladi. Planshetning chuqurchasi yuvilgandan so‗ng unga substrat va xromogen modda saqlovchi eritmaning aniq miqdori quyiladi. Inkubatsiyalash jarayonida substratni xromogen modda bilan o‗zaro kimyoviy ta‘sirida chuqurchaning yuzasi bilan bog‗langan kon‘yugat molekulasining ferment saqlovchi fragmenti katalizator vazifasini bajaradi va reaksiyalarning rangli mahsulotlari hosil bo‗ladi. 67 Ma‘lum vaqt o‗tgandan so‗ng rangli reaksiya davomida xromogen modda moviy rangga bo‗yaladi va chuqurchaga reaksiyani to‗xtatuvchi reagent qo‗shiladi, bunda eritmaning moviy rangi sariq rangga o‗zgaradi. IFT plansheti chuqurchasidagi rang intensivligi aflatoksin M1 konsentratsiyasiga teskari proporsional bo‗ladi, boshqacha aytganda eritmaning rangi qanchalik kuchli intensivlikka ega bo‗lsa, aflatoksin M1 ning konsentratsiyasi shuncha kam bo‗ladi. Aflatoksin M1 kalibrlash chizig‗i Immunoferment tahlil usulining boshqa usullarga nisbatan afzalligi: • Ekspress va yuqori samaradorlik; • Namuna tayyorlash va tahlilning soddaligi hamda ishlashning qulayligi; • YUqori sezgir va usulning xususiyligi; • Tahlilni ham qo‗lda ham avtomatik tarzda amalga oshirish imkoniyati mavjudligi; • Zarur asbob uskunalar va yordamchi vositalarning qimmatbaho emasligi, usulni amalga oshirishda va o‗tkazishda kam sarf harajat talab etishi; • Usulni har qanday maxsus bilimga ega bo‗lmagan xodimlarning amalga oshirishi. Narkotik va gangituvchi vositalarning zamonaviy immunokimyoviy tahlil usuli boshqa usullarga nisbatan yuqori sezgirlikka, xususiylikka, bajarishning qulayligi va soddalikka egaligi bilan ajralib turadi. Ular bir vaqtning o‗zida katta miqdordagi namunalarni tahlil qilish imkonini beradi hamda qo‗shimcha va maxsus tozalash, konsentrlash usullarini talab qilmaydi. SHu tufayli ularni skrining tashhislarda qo‗llash juda qulay. 68 Hozirgi vaqtda narkotik moddalar tahlilida qo‗llash maqsadida tayyor naborlar ishlab chiqarilmoqda. Ular asosan opiatlar, kannabinoidlar, barbituratlar, kokain va boshqalarni tahlil qilishda qo‗llaniladi. Sezgirlik darajasi 300 — 500 ng/ml tashkil qiladi. Tahlillarda "Siva" (AQSH), "Xoffman-la Rosh" (SHveysariya), IFAV RAN (RF), "Ebbott‖ korxonalarining naborlaridan foydalaniladi. 4. Gangituvchi moddalarni pеshobdan ajratish va tahlili (neyroleptik moddalar). Ma'ruza rеjasi:1. Ntyroleptik moddalarni toksikologik ahamiyati, metabolitik mahsulotni hosil bo‗lishi va sud-kimyo amaliyotida ashyoviy dalillar tarkibidan ajratib olishning o‗ziga xosligi. 2. Ajratib olingan eritmalardan ularni sifat va miqdor tahlili. Fenotiazin (tiodifenilamin) avvallari tibbiyotda antigelment va antiseptik ta‘sirli dori vositasi sifatida , keyinchalik u peshob yo‗llarini shamollash xastaligini davolash uchun qo‗llanilgan. Bu maqsadlar uchun faolligi yuqori, lekin zaharli ta‘siri kam dori vositalari sintezlangani sababli, hozir u tibbiyotda ishlatilmaydi. 1945 yilga kelib fenotiazin yadrosidagi azotda joylashgan vodorodni alkilaminoalkil radikallariga almashtirish bilan kuchli biologik faollikka ega bo‗lgan tibbiyot uchun zarur farmakologik xususiyatli birikmalar sintezlanadi. Ularning ko‗plari neyroleptik ta‘sirga ega. Fenatazin guruhi dori vositalari o‗zlarining kimyoviy tuzilishiga qarab quyidagi guruhlarga bo‗linadilar: 1.- alifatik hosilalari: aminazin, propazin, levomepromazin va boshqalar. 2.-piperazinli xossalari: meteperazin, etaperazin, triftazin, ftorfenazin va boshqalar. 3- piperidin xossalari: tioredazin, peritsiazin va boshqalar. Birinchi guruh dori vositalari antipsixatik ta‘siridan tashqari, markaziy nerv tizimiga tormozlovchi ta‘siri tufayli quvvatsizlik, passivlik, apatik, gipnosedativ ta‘sirlarini vujudga keltiradi. Ikkinchi guruh vakillari asosiy antipsixatik ta‘siridan tashqari, stimullovchi, aktiv giperkinetik va diskinetik holatlarni namoyon qiladi. Uchinchi guruh kuchsizroq antipsixatik aktivlikka ega bo‗lgani holda gipnosedativ ta‘sir namoyon qilmaydi. Fenatiazin hosilalaridan ayrimlari narkotik va gangituvchi moddalar ta‘sirini kuchaytirish xususiyatiga ega. SHu sababli fenotiazin hosilalariga kiruvchi moddalardan aminazin, diprazin, tizersin va boshqalar toksikologik ahamiyatga ega. 69 Fenatiazin hosilalarini ashyoviy dalillardan ajratib olish Ular biologik ob‘ektdan E.M.Salomatin ishlab chiqqan nordonlashtirilgan spirt usulida ajratib olinadi. Ob‘ekt 10% oksalat kislotasini spirtli eritmasi bilan 2 soat (3 marotaba) bo‗ktiriladi. Spirtli ajralmalar ajratilib umumlashtiriladi va suv hammomida (40 0 S) quyuq qiyom xolatigacha bug‗latiladi. So‗ng qodiqdan yot moddalar 96 0 spirt bilan cho‗ktirilib, spirtli ajralmalar quruq qoldiq qolguncha porlatiladi va qoldiq issiq suvda eritilib, 5% oksalat kislotasi bilan (rN=2-3) nordonlashtiriladi va dietil efiri bilan ekstraksiyalanadi. Efir qatlami barbituratlarni aniqlash uchun qo‗llaniladi yoki tashlab yuboriladi. Suvli eritmani muhiti 50% NaOH eritmasi bilan rN=13 gacha keltiriladi va dietil efiri bilan 3 qayta ekstraksiyalanadi. Ishqoriy muhitdan olingan efirli ekstraktdan fenotiazin hosilalari 0,5 n H 2 SO 4 eritmasi bilan (10, 10, 10, 5 ml) reekstraksiyalab ajratiladi va tahlil qilinadi. Fenatiazin xossalarini aniqlash uchun peshobni dastlabki tekshirish 1-usul. 1 ml peshobga, (60 ml 10 % sulfat kislotasi va 20 ml 5% temir (III) xloridi aralashmasidan tarkib topgan) reaktivdan 1ml qo‗shiladi. Fenotiazin va uning hosilalariga kiruvchi moddalar bo‗lsa to‗q-qizil-pushti rang hosil bo‗ladi. 2-usul. 1 ml peshobga, (5 ml 5%, FeCl 3 , 45 ml 20% NNO 3 aralashmasidan tarkib topgan) reaktivdan 1 ml qo‗shilsa, fenotiazin va uning hosilalariga kiruvchi moddalar bo‗lsa, och qizil pushti rang hosil bo‗ladi. Reaksiyalar chiqmasa fenotiazin hosilalari yo‗q degan xulosa berish mumkin. Reaksiyalar fenotiazin hosilalari borligini tasdiqlasa, ularni aniqroq tahlil qilish uchun qon va peshobdan suyuqlik-suyuqlik ekstraksiyasi bilan ajratib olinada va aniqlanadi. Fenatazin hosilalarini qon va peshobdan ajratib olish 10 ml peshob va 2 ml qon ayrim-ayrim idishlarda 50 % NaON eritmasini qo‗shib, rN muhiti 13 ga etkazilgach, 10 daqiqa qaynayotgan suv hammomida qizdiriladi. Olingan gidrolizat uy haroratigacha sovitilib, ikki qayta (20 ml) 3% izoamil spirti saqlagan n- geptan aralashmasi bilan ekstraksiyalanadi. Ajralmalar birlashtirib geptan bilan to‗yintirilgach, suv bilan yuviladi va teng ikki qismga bo‗linadi. Bir qismi bilan fenatiazin hosilalarini yupqa qatlamli xramatografik tahlil qilinadi. Xromatografik tahlil natijalaridan foydalanilgan holda ikkinchi qismdan chinligini aniqlash va miqdoriy tahlil o‗tkaziladi. Fenatazin hosilalarini ajralmadan YUQX usulida 70 tozalash va aniqlash Ajralmaning bir qismi issiq havo oqimida quriguncha porlatiladi. Qoldiqni 0,2-0,5 ml xloroformda eritiladi va 2ta YUQX plastinka start chizig‗iga belgilangan nuqtalarga kapillyar naycha yordamida o‗tkaziladi. Tekshiruvchi namuna qatoriga albatta aminazin standart guvoh eritmasi yoki boshqa taxmin qilinayotgan fenatiazin hosilasi eritmasi tomiziladi. Xromatografik plastinkaning bittasi (1) benzol – dioksan - 25% NH 4 OH ning 60:35:5 nisbatdagi sistemasini saqlagan to‗yintirilgan kameraga, ikkinchisi esa (2) etilatsetat-atseton va 25% NN 4 OH ni etil spirti bilan 1:1 aralashmasi-50:45:4 nisbatdagi sistema saqlagan kameraga tushiriladi. Plastinkadagi dog‗larni aniqlash uchun konsentrlangan sulfat kislotasi va etanol 1:9 aralashmasi purkaladi yoki Marki reaktividan kapillyar naychi yordamida tomiziladi. YUpqa qatlam xromotografik tahlil bo‗yicha olingan natijalar jadvalda keltirilgan. Ayrim fenotiazinlarni YUQX tahlil natijalari. № Moddalar Rf st aminazin bo‗yicha Dog‗lar rangi Sistema 1 Sistema 2 H 2 SO 4 + etanol 9:1 Marki reaktivi 1 Aminazin 1 1 to‗q qizil to‗q qizil 2 Diprazin 0,74 2,9 to‗q qizil to‗q qizil 3 Denizin 2,1 2,9 qizil qizil 4 Propazin 1,3 1,08 qizil qizil 5 Levomepromazin 1,56 1,87 ko‗k ko‗k 6 Mepazin 1,47 1,60 qizil qizil 7 Triftazin 0,48 0,26 qizil qizil 8 Etaperazin 0,34 0,48 to‗q qizil to‗q qizil 9 Frenolon 1,71 3,21 qizil qizil YUpqa qalam xramatografik tahlil natijalarini baholashda, dog‗lar Rfst qiymatini aniqlashdan tashqari, boshqa dog‗larni hosil bo‗lishiga ham ahamiyat qilinadi. Xromatogrammada qo‗shimcha dog‗lar hosil bo‗lsa, geptanli alikvotni ikkinchi qismini YUQX usulida tozalash shart. Qo‗shimcha moddalar yo‗q degan xulosaga kelinsa, ikkinchi qismni tozalamasdan porlatib qoldiqdan qo‗shimcha reaksiyalar va miqdoriy tahlil o‗tkaziladi. Xromatografik tozalash uchun qoldiq eritmasi xromatografik plastinka start chizig‗iga chiziq bo‗ylab tomiziladi, yoniga guvoh eritma tomiziladi va 1 yoki 2- sistemada xromatografik jarayon o‗tkaziladi. Dog‗ zonasi guvoh eritma zonasiga reaktiv tomizish bilan aniqlanadi. 71 Reaktiv tomizilmagan qismdan sorbent skalpel yordamida qirib olingach etanol va 25% NH 4 OH 1:1 nisbatdagi aralashmasida elyuatsiya qilinadi. Elyuat filtrlab quriguncha porlatiladi va sifat hamda miqdoriy tahlil o‗tkaziladi. 5.YUQX ―skrining‖ usulining ahamiyati, giyohvand moddalar tahlili fanida qo'llanilishi. Ma'ruza rеjasi:1. YUQX ―skrining‖ usulining ahamiyati. 2. YUQX ―skrining‖ usulining giyohvand moddalar tahlili fanida qo'llanilishi. 3. Toxi-Lab AB tizimida YUQX-skrining Narkotik va psixotrop moddalarning turli tumanligi tufayli, ular bilan zaharlanish holatlari yuz berganda ushbu moddalarni tahlil qilishda dastlab saralash lozim bo‗ladi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tahlilida buni analitik skrining deb ataladi. Skrining so‗zi ingliz tilidan olingan (screening) bo‗lib, ―tanlash‖, ―sararlash‖, ―elaklash‖ ma‘nolarini bildiradi. Analitik skrining bu dastlabki tekshiruvlardagi tadqiqot vaqtida moddalar guruhini aniqlashga (topish va yo‗qligini ta‘kidlash) imkon beradigan uslublar tizimi hisoblanadi. Bu keyingi tadqiqotlarni kerakli yo‗nalishda olib borishga imkon beradi. Analitik skrining quyidagi talablarga javob bergan taqdirda juda samarali usul hisoblanadi: - Xususiylik (ko‗p holatlarda guruh uchun); - yuqori sezgirlik; - Ekspresslik (tezkorlik); - Aniqlik va qaytalanuvchanlik; - Boshqa usullar bilan birgalikda qo‗llash mumkinligi. Murakkab tarkibli aralashmalar hamda yo‗llanmagan tahlilda biologik ob‘ektdan olingan ajralmalarni noma‘lum giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarga tekshirilganda skrining ishlatiladi. Hozirgi vaqtda giyohvandlik vositalari tahlilidagi skrining tushunchasi keng ma‘noni anglatadi. Skrining bu zaharli moddalar guruhidan alohida moddalarni aniqlashning bosqichma–bosqich tadqiqotlarini o‗zida aks etirgan tizim bo‗lib, pirovard natijada aniqlangan zaharli moddalar guruhidan aynan zaharlanishga sabab bo‗lgan moddani aniqlash demakdir. YUpqa qatlam xromatografiya skrining normal fazali shakli Mazkur usul giyohvandlik vositalari tahlilida biologik ob‘ektdan ekstraksiya va sorbsiya usulida ajratib olingan (narkotik vositalari va psixotrop moddalar) moddalarning tahlilida qo‗llaniladi. YUQX da qo‗zg‗almas faza bo‗lib plastinka yuzasiga (shisha, alyumin folga, polimer va boshqalar) yupqa qatlam (0,1-0,5 mm qalinlikda) shaklida qoplangan sorbent hisoblanadi 72 Sorbent sifatida ko‗p holatlarda silikagel yoki alyuminiy oksidi hisoblanadi. Sorbent plastika yuzasiga gips yoki kraxmal bilan mahkamlanadi. Qo‗zg‗almas faza sifatida (elyuent, erituvchilar sistemasi) alohida olingan erituvchilar yoki ularning turli nisbatlardagi aralashmalari qo‗llaniladi. Elyuent yoki erituvchilar sistemasining plastinka yuzasi bo‗ylab kapillyar kuchlar hisobiga yuqoriga harakati tufayli moddalar aralashmasi komponentlari bir-biridan ajraladi. Ajralish samaradorligi moddaning sorbentga so‗rilish xususiyati bilan belgilanadi va uning ikki faza: qo‗zg‗almas va qo‗zg‗aluvchi faza o‗rtasidagi taqsimlanish koeffitsienti bilan aniqlanadi. Plastinkadagi moddalarni aniqlash uchun har xil turdagi detektirlash uslublari qo‗llaniladi: • Vizual, agar modda rangli bo‗lsa; • plastinkani UB-nurlari yordamida nurlantirish orqali, bunda moddalar fluoressensiyalanishi yoki qoramtir dog‗lar shaklida ko‗rinishi mumkin; • plastinkani mos reagentlar-ochuvchilar bilan rangli dog‗lar sifatida ko‗rish mumkin. Moddalarni identifikatsiyasi uchun Rf qiymatidan foydalaniladi. Bu qiymat moddaning plastinkadagi harakat masofasining erituvchilar aralashmasining harakati masofasining nisbati bilan aniqlanadi. Xromatografiyalangandan so‗ng modda dog‗ining markazidan start chizig‗igacha bo‗lgan masofa o‗lchanadi (AB masofa) va erituvchilar aralashmasi etib borgan chiziqdan (front chizig‗i) start chizig‗igacha bo‗lgan masofa o‗lchanadi (AVmasofa). AB va AV masoflar nisbati Rf qiymati deb ataladi: Rf qiymat mazkur modda uchun aynan shu sorbent va shu erituvchilar aralashmasida xarakterli bo‗ladi. U sorbent sifati va faolligiga, qatlam qalinligiga, organik erituvchilar tabiatiga, ularning nisbatiga bog‗liq bo‗lganligi tufayli ham doim bir xil natija olish murakkabdir. Moddalarni YUQX usulida ajratishning chizmasi: A – start chizig‗i; B – dog‗ markazi; V – erituvchining front chizig‗i; 1,2 – standart eritmalar tomizilgan joylar; 3 – tekshiruvchi eritma tomizilgan joy; S – endogen yot moddalar joylashgan joy (zona) Rs qiymat moddalarning xromatografik harakatining aniq baholaydi. Rs qiymatni aniqlash uchun tekshiriluvchi modda va standart sifatida qabul qilingan va qo‗llangan moddaning Rf qiymatlari aniqlanadi. Olingan qiymatlarning nisbati Rs qiymat hisoblanadi: 73 Tekshiruvchi modda va standart namuna Rf qiymatlari nisbatiga tajribada yo‗l qo‗yilgan xatoliklar va vujudga kelgan chetlanishlar ta‘sir etmaydi. SHuning uchun Rs – qiymat qaytariluvchan va nisabatan doimiy qiymat hisoblanadi. Nordon, neytral va kuchsiz asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi Nordon, neytral va kuchsiz asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi quyidagi sharoitlarda amalga oshiriladi: Sorbent – plastinkaga mustahkamlangan silikagel. Erituvchilar sistemasi: xloroform-atseton (9:1). Xromatografik kamerani sistema parlari bilan to‗yinish vaqti – 15-20 min. Plastinkada erituvchilar sistemasining harakat masofasi – 10 sm. xromatografik plastinka start chizig‗iga (rasm) quyidagilar tomiziladi: - A sohasi – standart eritmalar (barbamil, kokain); - B sohasi – rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/25 qismi; - V sohasi – standart eritma ( siklobarbital); - G sohasi – rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/10 qismi; Nordon, neytral va kuchsiz asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi: 1- kokain va barbamilning standart eritmalarini tomizilgan joy; 2- rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/25 qismini tomizilgan joy; 3 – standart eritma (siklobarbital) tomizilgan joy; 4 – rN=2 muhitda olingan efir ekstraktning 1/10 qismi tomizilgan joy. Plastinkadagi moddalarni aniqlash uchun qo‗llaniladigan reagent-ochuvchilar: - sorbentning A, B va V sohalariga simob (ΙΙ) sulfatning 5% eritmasi va difenilkarbazonning xloroformdagi 0,1% eritmasi. Barbitur kislota hosilalari binafsha rangli dog‗ hosil qiladi. Plastinka 50 °S haroratda qizdirilsa dog‗ rangsizlanadi. - keyin plastinkadagi ushbu sohalar temir (III) xloridning 10% eritmasi bilan purkaladi. Bunda pirazol, salitsil va benzoy kislota hosilalari namoyon bo‗ladi; - Mazkur sohalarning keyinchalik modifikatsiyalangan Dragendorf reaktivi va sulfat kislotaning 10% eritmasi bilan purkalganda asos xossasiga ega moddalar: kofein, 1,4- benzodiazepin hosilalari va boshqalar aniqlanadi. Sulfat kislota eritmasi Dragendorf reaktivi sezgirligini oshiradi. Hamma nordon, neytral va kuchsiz asos xossasiga ega moddalar ushbu erituvchilar aralashmasi sistemasida 3 ta xromatografik zonalarga Rf qiymatiga qarab taqsimlanadi: 1-Zona Rf=0 – 0,25 bo‗lgan 2 ta modda aniqlanadi: kokain (Rf=0,19) va kofein (Rf=0,25). 2-Zona Rf=0,31-0,41 bo‗lgan 7 modda aniqlanadi: fenobarbital (Rf=0,31), barbital (Rf= 0,31), nitrazepam (Rf=0,35), barbamil (Rf=0,37), etaminal-natriya (Rf=0,37), butobarbital (Rf=0,14), siklobarbital (Rf=0,41). 3-Zona Rf=0,41-0,64 bo‗lgan moddalar aniqlanadi: diazepam (Rf=0,62). 74 Plastinkadagi G sohaning (rasmda shtrix bilan belgilangan) sorbenti qirib olinadi va undan moddalar elyuatsiya qilib olinadi: (1 zona – metanol; 2 va 3 zonalar - atseton). Elyuatlar keyin xususiy eritmalar sistemasida xromatografiya qilinadi, bunda guruh moddalari o‗zaro yaxshi ajaraladi va aniqlanadi. Asos xossasiga ega moddalar YUQX-skriningi quyidagi sharoitlarda olib boriladi: Sorbent – plastinkaga mustahkamlangan silikagel. Erituvchilar sistemasi: xloroform-dioksan-atseton-ammiakning 25% eritmasi (45:47:5:2,5). Xromatografik kamerani sistema parlari bilan to‗yinishi – 15 min. Plastinkada erituvchilar sistemasining harakat masofasi – 10 sm. xromatografik plastinka start chizig‗iga (rasm) quyidagilar tomiziladi: - A sohasi – standart eritmalar; - B sohasi – rN=8,10 muhitda olingan efir ekstraktining 1/25 qismi; - V sohasi – standart eritma (etaperazin); - G sohasi – rN=8 10 muhitda olingan efir ekstraktining 1/10 qismi; Asos xossasiga ega moddalarning YUQX-skriningi: 1- standart eritmalarini tomizilgan joy; 2- rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/25 qismini tomizilgan joy; 3 – standart eritma (etaperazin) tomizilgan joy; 4 – rN=2 muhitda olingan efir ekstraktining 1/10 qismi tomizilgan joy. Plastinkadagi moddalarni aniqlash uchun qo‗llaniladigan reagent-ochuvchilar: - temir (III) xloridning 10% eritmasi. Fenotiazin va pirazol hosilalari aniqlanishi mumkin; - Xlor kislotasining 3% eritmasi saqlagan natriy nitritning 5% eritmasi. Fenotiazin hosilalari yorqin rangli dog‗lar hosil qilishi mumkin; - Sulfat kislotaning 10% eritmasi purkaladi va UB-nurda ko‗riladi; - Modifitsiyalangan Dragendorf reaktivi bilan purkalganda asos xossali moddalar oq sariq fonda zarg‗aldoq qo‗ng‗ir dog‗ hosil qiladi. Hamma asos xossasiga ega moddalar ushbu erituvchilar aralashmasi sistemasida 4 ta xromatografik zonalarga Rf qiymatiga qarab taqsimlanadi: 1-Zona Rf=0,12 – 0,36 bo‗lgan 8 ta modda aniqlanadi: paxikarpin (Rf=0,12), morfin (Rf=0,14), atropin (Rf=0,15), efedrin (Rf=0,18), xinin (Rf=0,25), strixnin (Rf=0,28), etilmorfin (Rf=0,31). 2-Zona Rf=0,5-0,58 bo‗lgan 3 ta modda aniqlanadi: etaperazin (Rf=0,51) , kofein (Rf=0,56); 3-Zona Rf=0,63-0,83 bo‗lgan 7 ta modda aniqlanadi: xlordiazepoksid(Rf=0,63), diprazin (Rf=0,66), tioridazin (Rf=0,72), aminazin (Rf=0,75), promedol (Rf=0,76), nitrazepam (Rf=0,77). 4-Zona Rf=0,87-0,98 bo‗lgan 4 modda aniqlanadi levomepromazin (Rf=0,87), papaverin (Rf= 0,91), diazepam (Rf=0,95), kokain (Rf=0,98). 75 Plastinkadagi G sohaning (rasmda shtrix bilan belgilangan) sorbenti qirib olinadi va undan moddalar elyuatsiya qilib olinadi: (1 zona – metanol-dietilamin (9:1); 2, 3 va 4 zonalar - metanol-ammiakning 25% eritmasi (9:1)). Elyuatlar keyin xususiy eritmalar sistemasida xromatografiya qilinadi, bunda guruh moddalari o‗zar yaxshi ajaraladi va aniqlanadi. Agar hech bir zonada hech bir reaktiv bilan plastinkada dog‗ hosil bo‗lmasa ob‘ekta tekshiriluvchi moddalar topilmaganligi haqida xulosa qilinadi. Agar biror bir dog‗ hosil bo‗lsa tadqiqotlar o‗tkazilib modda borligi tasdiqlovchi reaksiya va usullar bilan isbot qilinadi. Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan o‗tkir zaharlanishlar ekspress- tahlilida YUQX-skrining ikkita erituvchilar sistemasida o‗tkaziladi: 1) toluol-atseton-etanol-25% ammiakning 45:45:7,5:2,5 nisbatdagi aralashmasi 2) dioksan – xloroform – atseton – 25% ammiakning 47,5:45:5:2,5 nisbatdagi aralashmasi. Ikkita «Silufol UF-254» plastinkasiga ob‘ektdan olingan ajralma va standart eritmalar: morfin, kokain, kodein, aminazin, dimedrol, amitiriptillin tomiziladi va yuqoridagi erituvchilar sistemasiga tushiriladi. Erituvchilar sistemsi 10 sm yuqoriga ko‗tarilganda, plastinka kameradan olinib, quritiladi va UB-nurda ko‗riladi. Standart moddalar dog‗i belgilanib ularga mos keladigan joyda (ob‘ektdan olingan ajralma) dog‗larning o‗rni belgilanadi. Qo‗shimcha ravishda u joylarga moddalarga mos keladigan reaktivlar tomiziladi. Masalan: Sulfat kislota va etanolning (1:9) aralashmasi: fenotiazin hosilalari; Marki reaktivi: opiatlar; Konsentrlangan sulfat kislota: dimedrol va boshqa. Ikkita turli polyarlikka (qutbli) erituvchilar sistemasida xromatografiyalash ayrim guruhlarni, ba‘zi hollarda alohida giyohvandlik va psixotrop moddalarni aniqlashni ishonchli aniqlashga imkon beradi. Toxi-Lab AB tizimida YUQX-skrining Bunda yupqa qatlam xromatografiyasining an‘anaviy usuli modifikatsiyalangandir. Bu maxsus ishlab chiqilgan analitik tizim bo‗lib, bitta ob‘ekt namunasi giyohvandlik va psixotrop hamda kuchli ta‘sir etuvchi moddalarni tahlil qilishgan mo‗ljallangan. Bu tizim namuna tayyorlashni, ekstraksiyalashni, konsentrlashni, moddalarni bir biridan ajratishni va aniqlash bosqichlarini o‗z ichiga oladi. Bu tizim uchta probirkalar turkumidan iborat bo‗lib, o‗zida maxsus tarkibga ega ega organik erituvchilar aralashmasini, YUQX plstinklarni, konsentrlovchi dichklarni va moddalarni aniqlashda ishlatiladigan idishlardan tashkil topgan: - «Toxi-Lab A» asos va neytral xossaga ega moddalarni (opiatlar, metadon, amfetaminlar); - «Toxi-Lab B» kislotali va neytral xossaga ega moddalarni (barbituratlar, organik kislotalar va boshq.); - «Toxi-Lab Cannabinoid» tetragidrokannabinol va uning hosilalarini aniqlashda ishlatiladi. 76 Tizimni qo‗llash metodikasi bir necha bosqichdan iborat: - Maxsus ekstraksion probirkalarda kislotali va neytral xossaga ega moddalarni (barbituratlar va boshq.) rN=4,5 va asos, neytral xossaga ega moddalarni (opiatlar, amfetmainlar, metadon va b.) rN=9 muhitida ekstragent bilan ekstraksiyalash; Olingan ekstraktlarni maxsus sorbsiyalaydigan sorbent - mikrodisklarga (diametri 2,5 mm) konsentrlash va iliq havo oqimida quritish. - Start chizig‗ida chuqurchasi bo‗lgan maxsus plastinkalarga tekshiriluvchi moddalar shimdirilgan mikrodisklarni o‗rnatib xromatografiyalash; - Plastinkalar mikrotolali shishaqog‗ozdan tayyorlangan hamda kremniy kislotasi va vanadiy tuzi eritmasi shimdirilgan («Toxi-Lab A») va shimdirilmagan («Toxi-Lab B»). - Erituvchilar sistemasi «Toxi-Lab A» uchun etilatsetat-metanol-tozalangan suv (29:10:5), «Toxi-Lab B»: etilatsetat-dixlormetan (40:60). Har ikki sistemaga ammiakning 25% eritmasi 1:4 yoki 1:5 nisbatda qo‗shiladi. - Plastinkadagi moddalarni aniqlash ularni maxsus xromogen reaktivlar (Marki- Mandelin reaktivi, modifikatsiyalangan Dragendorf reaktiv va b.) solingan idishlarga tushirish hamda UB nurlarda 366 va 254 nm nurlantirish bilan amalga oshiriladi. Plastinkadagi moddalar identifikatsiyasi turli rang xosil qilgan dog‗lar yoki alohida rang bilan fluoressiyalanuvchi dog‗larni plastinkaga avvaldan tomizilgan moddalarning standart namunalari dog‗lari bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi. «Toxi-Lab» tizimdagi YUQX yuqori qaytalanuvchanlikka ega bo‗lib, an‘anaviy YUQX usulning natijalarining yomon qaytalanuvchanligidan farq qiladi. Buning sababi tekshirluvchi moddalar mikrodisklarga shimdirilib o‗tkzilishida. Ko‗p bosqichli detektirlash olingan natijalarni noto‗g‗ri interpretatsiyasining oldini olishni imkonini beradi. Moddalarning aniqlash chegarasi 1 mkg/ml (morfin) tashkil qiladi. Ushbu tizim tarkibida reaktivlar va asbob uskunalar qatorida maxsus 100 dan ziyod moddalar va ularning metabolitlarni xromatograflash natijalari aks etgan kataloglar bo‗lib, ular natijalarni solishtirish uchun ishlatiladi. Teskari fazali tizimdagi YUQX-skrining Bunda sorbent sifatida S 2 yoki S 3 alkil faza biriktirilgan «Sorbton-2» silikagelining yupqa qatami ishlatiladi. Biriktirilgan S 2 yoki S 3 alkil faza sorbentga gidrofob xossa beradi. Bog‗lovchi modda sifatida kremniy kislotaning tuzi hisoblanadi va buning hisobiga qatlam o‗ta mustahkam bo‗lib turli moddalarni bir plastinkada aniqlash uchun bir necha reaktivlarni ketma ket purkashning imkonini beradi. Kislotali, neytral va asos xossasiga ega moddalar uchun etanol-suv (3:7), asos xossasiga ega moddalar uchun etanol-voda-ammiakning 25% eritmasi (6:5,5:0,5) erituvchilar sistemasi sifatida taklif etilgan. Plastinkadagi moddalarni aniqlash uchun qo‗llaniladigan reagent-ochuvchilar: - Nordon xossaga ega moddalarga – temir (ΙΙΙ) xlorid eritmasi, simob sulfat va difenilkarbazonning xloroformdagi eritmasi; - neytral xossalilarga - furfurol, nordonlashtirilgan yodplatinat; - Asos xossalilarga – ningidrin, sulfat kislotaning etanoldagi eritmalari, Dragendorf, Marki, Mandelin reaktivlari va b. 77 Teskari fazali YUQX sezgirligi normal fazali YUQX qaraganda 2 yoki 3 marta kam. Plastinkadagi moddalar identifikatsiyasi Rf yoki Rfs qiymatilari yordamida amalga oshiriladi. Xususiy erituvchilar sistemasidagi guruh ichi YUQX-skriningi YUQX har bir turi biologik ob‘ektdan olingan alohida moddalarni aniqlashda ishlatilishi mumkin. Buning uchun aynan shu modda yoki moddalar guruhiga uchun ishlab chiqilgan uslubdan foydalanish kerak. «Standart» namunalarni ushbu guruhdan olinadi. Masalan: Silikagelli plastinkaga quyidagi moddalarning standart eritmalari tomiziladi: barbital, fenobarbital, barbamil, etaminal, butobarbital (1% eritmadan 2 tomchi), uning yoniga – ob‘ektdan olingan ajralmadan yoki G sohadan olingan elyuat tomiziladi (rasm). Download 5.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling