O’zbekiston Respublikasi Soliq mexanizmini takomillashtirish yo’llari”
Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish
Download 0.68 Mb.
|
O’zbekiston Respublikasi Soliq mexanizmini takomillashtirish yo’llari
4.Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish
Soliq to‘lovchini hisobga qo‘yish soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlari tomonidan amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchini obyektlar bo‘yicha hisobga qo‘yish u Soliq kodeksining 129-moddasida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilganidan keyin, agar Soliq kodeksiga muvofiq soliq to‘lovchida soliq to‘lovchi sifatida hisobga olinmagan joydagi yer solig‘i, mol-mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va (yoki) noruda qazilma boyliklari bo‘yicha yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash majburiyati yuzaga kelgan bo‘lsa, amalga oshiriladi. Hisobga qo‘yilmagan joyda yer solig‘ini, mol-mulk solig‘ini yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni to‘lash majburiyati o‘zida yuzaga kelgan soliq to‘lovchi mazkur majburiyat yuzaga kelgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida soliq solish obyektlarini ular joylashgan erda hisobga qo‘yish uchun davlat soliq xizmati organlariga qonunchilikda belgilangan tartibda murojaat qilishi kerak, bundan Soliq kodeksi 133-moddasining uchinchi va beshinchi qismlariga muvofiq soliq organlariga bunday ma’lumotlarni taqdim etish organlar, muassasalar va tashkilotlarning majburiyati bo‘lgan hollar mustasno. Hisobga olinishi davlat soliq xizmati organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladigan soliq solinadigan obyektlar bo‘yicha mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan jismoniy shaxslarga nisbatan soliq kodeksi 131-moddaning uchinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyat tatbiq etilmaydi. Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan majburiyat, shuningdek: benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni oxirgi iste’molchiga realizatsiya qilishda to‘lanadigan aksiz solig‘ining soliq to‘lovchilariga; hududiy alohida bo‘linma joylashgan eri bo‘yicha xodimlar soni yigirma besh kishidan ko‘p bo‘lgan doimiy ish joyi yaratgan soliq agentiga tatbiq etiladi. Ushbu modda beshinchi qismining ikkinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq to‘lovchi aksizosti mahsulotni realizatsiya qilish boshlangan paytdan boshlab o‘n kun ichida avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi joylashgan erdagi soliq organiga aksiz solig‘i soliq to‘lovchisi sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart. Ushbu modda beshinchi qismining uchinchi xatboshisida ko‘rsatilgan soliq agenti alohida bo‘linma tashkil etilgan paytdan bir oy o‘tganidan keyin o‘n kun ichida alohida bo‘linma joylashgan erdagi soliq organiga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i to‘lovchi soliq agenti sifatida hisobga qo‘yish uchun murojaat qilishi shart. Soliq organi soliq to‘lovchiga ilgari berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamiga muvofiq uni murojaat qilgan kunidan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay obyektning joylashgan eri bo‘yicha hisobga oladi. Soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari Soliq kodeksining maqsadlari uchun soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari deganda soliq to‘lovchi tomonidan soliq organlariga taqdim etilgan ma’lumotlar, shuningdek Soliq kodeksining 133-moddasida nazarda tutilgan tartibda organlar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan yuborilgan ma’lumotlar tushuniladi. Yuridik shaxs to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga quyidagilar kiradi, xususan: (1-rasm) 1) soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami; 2) to‘liq va qisqartirilgan nomi; 3) joylashgan eri (pochta manzili); 4) tashkiliy-huquqiy shakli; 5) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami; 6) ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori — tijorat tashkilotlari uchun; 7) alohida bo‘linmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 8) O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari bo‘lgan ishtirokchilar soliq to‘lovchisining identifikatsiya raqami, chet ellik ishtirokchining mamlakati hamda har bir muassisning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi ko‘rsatilgan holda ishtirokchilarning to‘liq tarkibi — tijorat tashkilotlari uchun. (1-rasm) Jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi hisob ma’lumotlari tarkibiga ularning quyidagi shaxsga doir ma’lumotlari kiritiladi: (2-rasm) 1) familiyasi, ismi, otasining ismi; 2) fuqaroligi; 3) jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami; 4) pasportining yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasining seriyasi va raqami, berilgan sanasi va joyi; 5) yashash joyi (manzili). (2-rasm) Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun hisob ma’lumotlari tarkibiga Soliq kodeksi 132- moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan ma’lumotlardan tashqari, quyidagilar ham kiritiladi: (3-rasm) 1) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, joyi va raqami; 2) faoliyat turi; 3) faoliyat amalga oshiriladigan joy. Soliq to‘lovchi soliq organlarining ma’lumotlar bazasida mavjud bo‘lgan o‘z hisob ma’lumotlarini soliq organining so‘roviga ko‘ra soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali tasdiqlashi kerak. (3-rasm) Soliq to‘lovchilar to‘g‘risida hisob ma’lumotlarini yuritish, soliq to‘lovchilar tomonidan ularni tasdiqlash, bu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga taqdim etish tartibi, shuningdek soliq to‘lovchilarning ayrim toifalari uchun ma’lumotlar tarkibini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi. XULOSA Kurs ishimda, Soliq to’lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to’g’risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlar, Soliq to`lovchilarni hisobga olish, soliq to`lovchining identifikatsiya raqami, Soliq to`lovchilarni hisobga qo`yish va uning tartibi, Soliq to‘lovchilarni soliq solish obyekti bo‘yicha hisobga qo‘yish va hisob ma’lumotlari yuritishning usullari hamda ulardan amalda foydalanish jarayonini amaliy jihatdan yoritib berishga harakat qildim va bir qancha xulosalarga keldim. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi “Soliq ma’muriyatchiligini tubdan takomillashtirish, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora - tadbirlari to‘g‘risida” gi PF-5116-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 24 dekabrdagi “Soliq va byudjet siyosatining 2019 yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-508-son Qonuni hamda 2019-yilda qabul qilingan Soliq kodekslariga asosan soliq tizimida soliq to`lovchilarni hisobga olish ularning ro`yhatini shakllantirish hamda statistikasi yuritish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilgan. Ko`plab elektron tizimlar, dasturiy mahsullar va soliq to`lovchilar uchun qulaylik yaratish maqsadida Davlat Soliq Qo`mitasi tomonidan bir qancha saytlar ish tushirilgan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling