O’zbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Psihiatriya va narkologiya kafedrasi «Psihopatologik sindromlar to’plami»


Download 313.07 Kb.
Pdf просмотр
bet1/4
Sana10.01.2019
Hajmi313.07 Kb.
  1   2   3   4

O’zbekiston Respublikasi soliqni 

saqlash vazirligi  

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 

Psihiatriya va narkologiya kafedrasi 

«Psihopatologik sindromlar to’plami» 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

O’zbekiston Respublikasi soliqni saqlash vazirligi  

Toshkent tibbiyot akademiyasi 

Psihiatriya va narkologiya kafedrasi 

 

 

 

 

 

 

 

«Tasdiqlayman» 

Ilmiy kengash raisi 

Akademik Sh.I.Karimov 

«___»_________2014 y. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Psihopatologik sindromlar to’plami 

 

(o’quv – uslubiy qo’llanma) 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Toshkent 2014  

 

Tuzuvchilar: 

 

Yadgarova N.F. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, katta o’qituvchi 

Ruzieva G.H. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent 

Tolipova N.Sh. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent 

Xayredinova I.I. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent 

Kevorkova M.A. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi, assistent 

 

Taqrizchilar:   

 

Ashurov Z.Sh. – TTA «Psihiatriya va narkologiya» kafedrasi mudiri, t.f.n., dostent. 



Abdullaeva V.K. – TPMI «Psihiatriya va narkologiya, bolalar psihiatriyasi» 

kafedrasi mudiri, t.f.n., dostent. 

 

 

 



 

 

 



 

 

Kafedra majlis bayonnomasi: № 14. 03/05/2014 y.  



 

TTA ichki kasalliklar fani seksiyasi bayonnomasi: № 9. 06/05/2014 y. 

 

Ilmi – uslubiy kengash bayonnomasi: № 9. 20/05/2014y. 



 

Ilmiy kengash bayonnomasi: № 11. 25/06/2014y.  

 

 

 



 

 

 



 

O’quv – uslubiy qo’llanma bakalavtiatura bosqichi talabalari uchun tavsiya etiladi. 

 

TTA ilmiy kengash kotibi, t.f.n., dost.                                        Nurillayeva N.M.  



 

 

 



 

PARANOYYAL SINDROM 

Paranoyyal  sindrom  -  ma’lum  bir  mavzuni  qamrab  olgan,  sistemalashgan  interpretativ 

birlamchi  vasvasa  bilan  namoyon  bo’ladigan  xolat  (rashk,  ixtirochilik,  ta’qib  va    x.).  Vasvasa 

tizimi  sub’ektiv  dalil,  faktlar  zanjiri  asosida  tuziladi,  bemorlar  keltirgan  isbotlarini  bir 

tomonlama  talqin  qiladilar;  isbotlarga  qarshi  faktlar  paydo  bo’lganda,  ular  inkor  qilinadi. 

Gallyustinastiyalar,  psevdo-gallyustinastiyalar  va  ruxiy  avtomatizmlar  kuzatilmaydi.  Odatda 

fikrlashning  kuyushqoqligi  bilan  kechadi.  Ong  tinikligicha  qoladi.  Paranoyyal  bemorlar  odatda 

yuqori  faolligi  bilan    ajralib  turadilar:  vasvasaning  mavzusiga  monand  ular  ta’qib  qiluvchilar 

bilan  ko’rashadilar  yoki  aksincha,  qochishga,  yashirinishga  xarakat  qiladilar;  turmush  urtoqlari 

ketidan kuzatib,  mavjud  bo’lmagan raqibni qidiradilar; kasallik  tashxisini tasdiqlash  maksadida 

xar tomonlama tibbiy tekshiruvlardan utadilar va x. 

Kechishiga ko’ra o’tkir va surunkali paranoyyal sindromlar farqlanadi. 

O’tkir paranoyyal sindrom (vaqt buyicha chegaralangan interpretativ vasvasa) – shunday 

xolatki,  bunda  vasvasa  kechayotgan  voqealarni  to’satdan  «tushunib  etish»  ko’rinishida  yuzaga 

keladi.  Surunkali  paranoyyal  sindrom  vasvasaning  progredient  rivojlanishi,  uning  patologik 

mazmunini  asta-sekin  kengayishi  va  tizimlashuvi,  yaqqol  affektiv  buzilishlarning  bo’lmasligi, 

tafakkur  buzilishlari  (monoton,  kuyushqoq  fikrlash  ko’rinishida)  va  usib  boruvchi  shaxs 

uzgarishlari bilan kechadi. 

Paranoyyal  sindrom  shizofreniya,  bosh  miyaning  organik  shikastlanishlari,  bosh  miyaning  qon 

tomir va atrofik kasalliklarida rivojlanadi. 

MASALA 

Bemor  K.,  33  yosh,  stex  ustasi.  Kasallik  ishdagi  kelishmovchiliklardan  sung  boshlandi. 

Uz  ishchilarini  «davlatga  qarshi  siyosat»,  axloqsizlik  va  x.larda  ayblab,  turli  muassasalarga 

ular  ustidan  ko’plab  shikoyatlar  yozishni  boshladi.  Turmush  qurgunlariga  qadar,  xotini 

muassasa  direktori  bilan  aloqada  bo’lganligi  xaqida  fikr  paydo  bo’ldi.  Xotinining  ta’siri 

direktorga  kuchli  bo’lganligi  sababli,  u  barcha  savollarni,  xattoki,  xizmatchilarni  chet  el    ish 

safarlarigacha  xal  qila  olishini  tushunib  etdi.  Bemor  uzining  iltimosi  bo’yicha  direktor  bir 

qancha  boshqa  ishga  utkazilgan  ishchilarni  o’z  joyiga  qaytarilganligini  eslay  boshladi.  Stexni 

kuzatib yurgan direktor uning yoniga kelib qo’lini qisganligini yodga oldi.  Bularning xammasi 

bemorning  fikriga  ko’ra,  uning  xotini  bilan  direktor  urtasidagi  aloqani  isbotlaydi.  Shuning 

uchun,  direktor  fosh  bo’lishdan  qo’rqib,  uni  ishdan  bo’shatmokchi.  Direktorning  buyrugi 

bo’yicha,  xamkasblari bemorga ishdan ketishga «ishora» qilishmoqda, ko’shnilari uning xotini 

bilan bo’lgan barcha suxbatlarini yozib olib, direktorga etkazishmoqda, davolovchi shifokorga 

xam  ataylab,  noto’ri  ma’lumotlar  berishgan  va    x.  Bemorning  o’ylari  «ta’qib»  fikrlari  bilan 

band. Xar qanday suxbatda o’zini qanday ximoya choralar bilan ta’minlaganligi  va qaerlarga 

murojaat  qilganligi  xaqida  gapirishni  boshlaydi.  Bemor  o’zining  mavqei  baland  do’stlari 

borligiga ishora qilib, ular yordami bo’lmaganda «allaqachon Sibirga surgun qilinardi». Bemor 

kurashni davom ettirib, «tegishli shaxsni fosh etmoqchi».  

TO’RI  JAVOB NAMUNASI 

Paranoyyal  sindrom.  Birinchidan,  vasvasaning  sistemalashgan  turi  bilan  xarakterlanadi. 

Bemorning xotinining xiyonati, zavod direktorining ta’qibi xaqidagi fikrlari o’ziga xos mantiqiy 

jixatdan boliq, biroq bir xato muloxazadan ikkinchi xuddi shunday yolgon fikr kelib chiqmoqda. 

Vasvasa  monotematik.  Vasvasa  oya  qanday  shaqllanmasin,  u  bir  mavzu  doirasida  yuzaga 

kelmoqda:  zavod  direktori  uning  xotini  bilan  ishqiy  aloqada  va  shuning  uchun,  undan 

qutulmoqchi.  Nixoyat,    paranoyyal  vasvasa  rivojlanish  jarayoni  doimiy  kengayish  xususiyatiga 

ega,  vasvasali  mushoxadaga  yangi  shaxs  va  xodisalar  qo’shilib  boraveradi  (vasvasa  jarayoniga 

ketma-ketlikda  dastlab  xamkasblar,  so’ngra  qo’shnilar,  davolovchi  shifokor  va    x.lar    jalb 

etilmoqda). Paranoyyal vasvasada gallyustinastiyalar kuzatilmaydi. 


 

 

Test  



1.

 

Parranoyal sindrom kechishiga ko’ra 



A.

 

O’tkir* 



B.

 

Surunkali* 



C.

 

tezkor 



D.

 

uzilib boruvchi 



E.

 

sirkulyar 



2.

 

Paranoyyal sindrom bu –  



A.

 

ma’lum  bir  mavzuni  qamrab  olgan,  sistemalashgan interpretativ  birlamchi  vasvasa  bilan 



namoyon bo’ladigan xolat* 

B.

 



sindrom birlamchi vasvasa, verbal gallyustinastiyalar va ruxiy avtomatizm 

ko’rinishlaridan tashkil topgan  

C.

 

yorqin xissiy-plastik tasavvurlar oqimi, ko’plab obrazli, uzluksiz yuzaga keluvchi, 



ko’rgazmali xotiralar xos 

D.

 



O’z salomatligiga xaddan tashqari e’tibor, soglik uchun xavotir, doimiy shubxalar, 

tuzalmas kasallik bilan ogrib qolishdan ko’rkish – shilqim  ipoxondriya orqali namoyon 

bo’lishi mumkin 

 

E.



 

 

F.



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

Paranoyyal  

sindrom 

 

 



 

PARANOID SINDROM 

Paranoid (gallyustinator-paranoid) sindrom birlamchi vasvasa (ta’qib qilish va fizik ta’sir 

vasvasasi),  verbal  gallyustinastiyalar  (ko’pincha  psevdogallyustinastiya)  va  ruxiy  avtomatizm 

ko’rinishlaridan tashkil topgan (Kandinskiy-Klerambo sindromi).  

Ruxiy  avtomatizm  ko’rinishlari  –  turli  energiya  bemorni  qamrab  olganligi,  ya’ni  o’z  

ta’siriga olganligi xissi.   

Ruxiy avtomatizmning uchta turi farqlanadi: 

- ideator (assostiativ); 

- sensor (senestopatik); 

- motor (kinestetik). 

Ideator  avtomatizm  –  bemorning  ruxiy  faoliyatiga  aniqrogi  fikrlash  jaraeniga  ta’sir 

utkazayotganligi xissi 

Sensor  avtomatizm  –  tashqi  olamdan  ta’sir  o’tkazilishi  natijasida  paydo  bo’layotgan  noxush 

sezgilar(senestopatiya ko’rinishida).  

  

Motor avtomatizm –  tashqi olamdan nimadir eki kimdir tomonidan bemor  xarakatlarini 



boshqarayotganlik  xissi.  O’tkir  va  surunkali  paranoid  (gallyustinator-paranoid)  sindromlar 

ajratiladi.  O’tkir  paranoid  -  tranzitor  paranoid  sindrom  bo’lib,  reallikka  yakin  bo’lgan  ta’qib 

vasvasa,  aloxida verbal illyuziya va gallyustinastiyalar, qo’rquv, xavotir, sarosima bilan kechadi.   

O’tkir gallyustinator-paranoid sindrom – uning tarkibida xissiy (obrazli) vasvasa ustunlik qiladi, 

u  sistematizastiyaga  moyil  emas,  ruxiy  avtomatizmning  barcha  shakllari  va  affektiv  buzilishlar 

(xavotir,  qurquv,  sarosima,  depressiya  yoki  kutarinki  kayfiyat)  yaqqol  namoyon  bo’lgan, 

psevdogallyustinastiyalar xam kuzatiladi. 

Surunkali  gallyustinator-paranoid  sindrom  sistemalashgan yoki sistematizastiyaga  moyil 

vasvasa,  sarosima  va  yaqqol  affektiv  buzilishlar  bo’lmasligi,    psevdogallyustinastiyalar  bilan  

xarakterlanadi,  

Gallyustinator-paranoid  sindromlar  shizofreniya,  epilepsiya,  surunkali  alkogolizm,  bosh 

miyaning organik kasalliklarda kuzatiladi  

MASALA 

Bemor  Sh.,  26  yosh,  injener.  Kasallik  nisbatan  o’tkir  boshlangan.  Xavotirga  tushgan, 

bezovtalangan,  o’z  xonasiga  berkinib  olib,    derazalarni  pardalar  bilan  to’sgan,  qarshi 

tomondagi  uydan  uni  kuzatishayotganligini  e’lon  qilgan,  o’z  kiyimlari  va  dastrumolchalarini 

mayda  bo’laklarga  kesib  tashlagan.  Psixiatrik  kasalxonaning  bo’limida    asabi  taranglashgan, 

gumonsiragan,  qurquvda.  Deraza  va  devor  orqali  qandaydir  ovozlar,  taqillash,  musiqani 

eshitmoqda, quloqlarini paxta bilan berkitmoqda. Shifokorga shubxa bilan qaramoqda, kayfiyati 

tushkun.  O’zini  soglom  deb  xisoblaydi,  kasalxonadan  chiqarib  yuborishlarini  talab  qilmoqda. 

Atrofidagi barcha narsalar «uyushtirilgan», shifokorni taniqli kinoaktrisa, bemorlarni – rus xalq 

xori artistlari kabi idrok etmokda: «bu erda qandaydir maskarad, barcha bemorlardek uzlarini 

tutmoqda,  vaxolanki,  ular  artistlar!».  Atrofdagilar  suzlarida  o’ziga  qaratilgan  «piching», 

taxdidlarni  eshitmoqda.  Butun  borliq  bemor  uchun  aloxida  ma’no  anglatmoqda:  yulakdagi 

gilam – qabristonga yul («bu tez orada o’lishini anglatmoqda»); shifokor bilan suxbat vaqtida 

uzini xuddi shpiondek sezadi.   

Bu qanday xolat? 

 

TO’RI JAVOB NAMUNASI 



Kasallikning  kechishida    vasvasaning  ustunligi-  bemor  tomonidan  atrof-muxitni  noto’ri 

taxlil qilishi mumkin.   Bu vasvasa qo’rkuv, xavotir xissi va sarosimaga to’la.   Vasvasa oyalar 

konkret,  lekin  tartibsiz,  mazmuniga  ko’ra  xilma-xil.  Ta’qib  (boshqa  uyning  derazalaridan 

kuzatishmoqda,  taxdid  qilishmokda),  ma’noli  (bemor  shifokorning  xulqida,  devordagi  surat  va 

x.larda    o’ziga  xos  ma’noni  ko’radi)  intermetamorfoza  (soxta  tanib  olishlar,  barchasi 

uyushtirilganlik xissi, bemor va shifokor artistlar singari qabul qilinmoqda) kabi vasvasa oyalari 



mavjud;  idrok  etish  buzilishlari  chin  eshituv  gallyustinastiyalar  va  verbal  illyuziyalar  – 

shuningdek,  uzuq-yuluq  va  fragmentar  ko’rinishda  namoyon  bo’ladi.    Bu  o’tkir  gallyustinator-

paranoid sindrom. 

 

 Test 



1.

 

Ruxiy avtomatizm ko’rinishlari 



A.

 

ideator (assostiativ); - sensor (senestopatik); - motor (kinestetik)*. 



B.

 

Absans 



C.

 

Trans 



D.

 

Fuga 



2.

 

Qaysi kasallikda vasvasa goyalari kuzatiladi? 



A. shizofreniya* 

B.  nevrasteniya 

C.  isterik psixoz 

D.  isterik nevroz 

 

Doiralarni ko’paytiring: 



 

 

 

 

 

 

PARAFREN SINDROM 

Parafren  sindromda  sistemalashgan  ta’qib  va  ta’sir  vasvasasining  fantastik  mazmundagi 

buyuklik vasvasasi, turli xil ruxiy avtomatizmlar va ko’pincha fantastik konfabulyastiyalar bilan 

qo’shilib kelishi kuzatiladi. Bu xolatda  bemor ta’qib  va ta’sir haqidagi  shikoyatlardan tashqari, 

o’zining  kosmosga  xukmronlik  qilishi,  xudolarning  xudosi,  Erning  xoqimi,  dunyo  bo’yicha 

qudratli  ekanligini  aytadi;  Erda  jannat  yaratishini,  tabiat  qonunlarini  va  iqlimni  tubdan 

o’zgartirishga va’da qiladi. 

PARANOID 

SINDROM

 

 

 



 

 


konfabulyastiyalar  –  bu  bemorning  xayotida  guyoki  kuzatilgan  xodisalar  haqidagi  soxta 

xotiralari. 

Bu xolatda bemorning kechinmalarida Marsda yashovchilar bilan uchrashuv, Xudo bilan 

suxbatlashuv  va    x.lar        kabi  fantastik  yolon  xotiralar  bilan  kuzatilishi  mumkin.    Bunday  

konfabulyastiya  va  fantastik  buyuklik  vasvasasining  mazmuni  umumiy,  kengayib  borish 

xususiyatiga ega, doimo yangi faktlar bilan boyib boradi. 

Parafren  xolatlarning  sindromal  xususiyatlariga  xos  ravishda,  o’tkir  va  surunkali  turlari 

farqlanadi. 

O’tkir  parafren  sindrom    affektiv  buzilishlar  fonida  (depressiv  yoki  maniakal)  o’tkir 

xissiy vasvasa, psevdogallyustinastiyalar va  ruxiy avtomatizm turli ko’rinishlarining rivojlanishi 

bilan  xarakterlanadi.  O’tkir  xissiy  vasvasa  o’tkir  fantastik  vasvasa  (antagonistik)  bilan 

almashinadi. Buyuklik vasvasa oyalari noturun, uzgaruvchan; affektiv buzilishlar yorqinligi bilan 

farqlanadi;  sindrom  tarkibida katatonik buzilishlar  ma’lum bir  urinni  egallaydi. O’tkir  parafren 

xolat  cho’qqisida  ko’pincha  ongning  oneyroid  xiralashuvi  rivojlanadi.  Surunkali    parafren 

sindrom uchun  vasvasaning turunligi, affektning  monotonligi,  xissiy  vasvasaning nisbatan kam 

ulushi xos. 

Kasallik  kechishida  surunkali  vasvasali  va  gallyustinator-vasvasali  sindromlar  ketma-

ketlikda  o’zaro  almashinishi  mumkin:  paranoyyal  paranoidga  (gallyustinator-paranoid, 

Kandinskiy  -  Klerambo  sindromi),  keyinchalik  u    parafren  sindromga  o’tishi  mumkin,  bu 

ularning  patogenetik  jixatdan  umumiyligidan  dalolat  beradi.  Tegishli  sindromlar  klinik 

manzarasi  xususiyatlaridagi  mashxur    qonuniyatni  xam  ta’kidlab  o’tish  lozim:  gallyustinastiya, 

psevdogallyustinastiya  va  ruxiy  avtomatizm  turli  ko’rinishlarining  qanchalik  yorqin,  intensiv, 

xilma-xilligi  kuzatilsa,  vasvasalar  xosil  bo’lishi  shunchalik  kam  namoyon  bo’ladi,  va  aksincha 

(buni ko’p mualliflar qayd  etishgan, shu jumladan V.A. Gilyarovskiy xam, 1954). Gallyustinator 

buzilishlarning  vasvasalardan  ustunlik  qilishi  ruxiy  faoliyatning    ogir  shikastlanganligini 

ko’rsatadi. 

MASALA 

Bemor  B.,  50  yosh.  Psixiatrik    stastionar  bo’limida  o’ziga  ishonchi  yuqori,  kibr  bilan 

gapiradi, jaxldor, tajovuzkor. Uzini «feldmarshal», «dunyoning xokimi» deb xisoblaydi.  Boshqa 

dunyolardan  keluvchi  «ovozlarni  eshitadi»,  ular  bilan  gaplashadi.  Oy,  Yupiter  va  boshqa 

sayyoralarga  erkin  ucha  olishini,  u  erdan  osmon  jismlari  xarakatini,  butun  dunyoni  boshqara 

olishini  xabar  qiladi.  Ko’pincha    maxsus  texnika  orqali  burniga  yuborilayotgan  benzin,  spirt 

xidlarini xis qiladi. Bu xolatdan asabiylashib, «bema’nilikni darxol tuxtatishlarini» talab qiladi. 

Apparat    yordamida  unga  «protonlar»  bilan  ta’sir  qilinayotganini,    «noto’ri  fikrlar»  xosil 

etilayotganini,  «miyasini  urab  tashlanligini»,  Londondan  «elektronlar»  orqali  zarar 

etkazishayotganini  sezadi.  Ko’zlarini  yumganda  turli  xil  xayvonlarni  -  kisqichbaqa,  chayon  va  

x.larni  ko’radi.  Darxol  kasalxonadan  chiqarib  yuborishlarini  talab  qiladi;  Moskvaga  ketishni 

xoxlaydi,  u  erda  unga  qancha  kerak  bo’lsa,  shuncha  pul  berishlarini  aytadi.  Shu  bilan  birga, 

boshqa mavzular doirasidagi suxbatlarda etarlicha muloxazaga egaligi aniqlanadi, uz ishchilari 

va bo’limdagi bemorlar haqida aniq xulosa beradi, kechayotgan siyosiy vokealarni yaxshi taxlil 

qiladi va  x. Bu qanday xolat? 

TO’RI JAVOB NAMUNASI 

Mazkur  bemordagi  psixopatologik  simptomatika  murakkab  va  xilma-xil.  Bu  xolatda 

eshituv  va  xid  bilish  gallyustinastiyalari  (chin  va  psevdogallyustinastiyalar),  shuningdek 

gipnagogik  ko’ruv  gallyustinastiyalari,  ta’sir  va  ta’qib  vasvasalari,  ruxiy  avtomatizm 

ko’rinishlari  mavjud.  Shu  bilan  birga,  bemorda  aqlga  simas,  fantastik  buyuklik  vasvasasi 

rivojlangan. Ko’plab  gallyustinastiyalar mavjudligi, obrazli fantastik vasvasaning uz mazmuniga 

ko’ra  gallyustinator  kechinmalar  xarakteri  bilan  boliqligi  yoritilgan  parafren    sindromning 

mazkur varianti,  gallyustinator parafreniya nomini olgan (E. Krepelin). 


 

Test 


1.

 

Parafren sindom mezonini ko’rsating 



A.

 

Ihtirolik vasvasasi* 



B.

 

Boylik vasvasasi* 



C.

 

Oliy nasablik vasvasasi* 



D.

 

O’z-o’zini kamsitish vasvasasi 



2.

 

Parafren sindromni psihoorganik sindromdan farqini ko’rsating 



A.

 

Ihtirolik vasvasasi* 



B.

 

Boylik vasvasasi* 



C.

 

somatik kasalliklar natijasida rivojlanadi 



D.

 

affektiv labillik va hotiraning pasayishi 



RUHIY AVTOMATIZMLAR (KANDINSKIY-KLERAMBO) SINDROMI 

Kandinskiy-Klerambo  sindromi  (ruhiy  avtomatizmlar  sindromi)  –  o’zaro  boglangan 

simptomlar yigindisidir (psevdogallyustinastiyalar, ta’qib va ta’sir vasvasalari, qamrab olinganlik 

va ochiqlik). Begonalik simptomi, ruxiy faoliyatning uziga boshlik emasligi, tashqaridan kimdir 

doimiy ravishda ta’sir etishi kuzatiladi.  

Ruhiy    avtomatizmlar  sindromi  ko’rinishlari  xilma-xil.  Assostiativ  avtomatizm  – 

majburiy ravishda fikrlarning quyilib kelishi, irodasiga bogliq bo’lmagan xolda fikrlar yigindisi, 

ixtiyorsiz  ravishda  obrazlarning  quyilib  kelishi  (mentizm);  begonalik  «qilinganlik»  fikri, 

«uyushtirilganlik»  tasavvurlari,  atrofdagilarni  fikrlarini  kaytarish  fikrlari,  fikrlarini  ochikligi, 

xattoki eng uyatli fikrlarini xam bilib olishayotganligi, fikrlarini «o’girlash»,  majburiy ravishda 

uzib tashlash, obrazli qilinganlik, «ko’rsatish» tushsimon («uyushtirilgan» tushlar); (exo fikrlar) 

qilingan fikrlarning kaytarilishi. Bemorlar fikran o’zlarining ta’qibchilari bilan suhbatlashadilar, 

ular  bilan  bahslashadilar,  qarshilik  ko’rsatadilar,  ichki  «ovozlar,  «pichirlagan»  yoki  «baland» 

fikrlar, 

ovozsiz 

ko’rinishda 

javoblar 

oladilar. 

Assostiativ 

avtomatizmga 

psevdogallyustinastiyalarning  barcha  turlari,  shuningdek,  hissiyotlarning  begonalashuvini  his 


etish  ham  kiritiladi,  bunda  o’z  xissiyotlari  kayfiyatg  bogliq  bo’lmagan  xolda  kutarinkilik,  gam 

gussa qaxr – gazab, xayajon va xavotir kuzatiladi.  

Senestopatik avtomatizmlar ta’sir qilish maqsadida maxsus hosil qilingan turli xil haddan 

tashqari  noxush,  azobli  sezgilar  hissi  bilan  namoyon  bo’ladi.  Ta’qibchilar  achishish,  muzlash, 

bosim,  jinsiy  qo’zgalish,  ichaklar  go’ldirashini  keltirib  chiqaradilar,  diurez,  defekastiya 

jarayonini  to’xtatib  qo’yadilar,  yoki,  aksincha,  u  yoki  bu  chaqiriqlarni  paydo  qiladilar. 

Avtomatizmning    bu  turiga  hid  va  ta’m  bilish  psevdogallyustinastiyalari  Ham  kiritiladi. 

Kinestetik avtomatizm – harakat va faoliyatning begonalashuvi. Bemorlarning ishonchi komilki, 

barcha  xarakat  va  fikrlarni  quyib  quyishyapti  va  kimlardir  tomonidan  uyutirilayapti.  Goyibdan 

qo’llarini kutarishyapti, boshlarini burashyapti va kuzlarini gilay kilishyapti Avtomatizmning  bu 

turiga  nutq-Harakatga  bogliq  psevdogallyustinastiyalar,  «uyushtirilgan»  nutq jarayoni kiritiladi. 

RuHiy avtomatizmning barcha ko’rinishlari odatda tizimlashgan ta’qib va ta’sir vasvasalari bilan 

kechadi.  Bemorlar  endi  o’zlariga  tegishli  emas  –  ular  o’zlarini  ta’qibchilari  Hukmi  ostida,  ular 

marionetkalar,  ularning  qo’llarida  o’yinchoq  (kamrab  olganlik  xissi),  ular  doimo  tashkilotlar, 

agentlar,  ilmiy-tadqiqot  institutlari  ta’siri  ostida  o’zlarini  His  qiladilar.  Ularning  irodasidan 

nurlar, gipnoz, elektr toki, atom energiyasi, kosmik nurlar, ultratovush bilan ta’sir qilib maHrum 

qiladilar,  fikrlar,  xissiyotlar,  sezgilar  va  xarakatlar  (ta’sir  vasvasasi)  beradilar.  Televizor, 

radiolokastiya,  magnitofon  yordamida  fikrlari  yozib  olinadi,  kuzatuvlar  olib  boriladi. 

Bemorlarning  barcha  Harakatlari,  Hattoki  eng  intim  Holatlari  Ham,  ta’qibchilarga  ko’rinarli. 

Ular o’zlarining apparatlari bilan ogriq chaqiradilar, a’zolar faoliyatini buzadilar, jinsiy faoliyatni 

susaytiradilar,  bola  ko’rish  xususiyatidan  maHrum  qiladilar,  saraton,  sarkoma  keltirib 

chiqaradilar.  Ta’qibchilar  bemorlarni  Hayvonlarga,  boshqa  jins  vakillariga,  jonsiz  buyumlarga 

aylantiradilar.  Bemorlar  o’zlaridan  yung,  pat,  soqol  o’sayotganini  His  etadilar  (metamorfoza 

vasvasasi).  Boshqa  bemorlar  ichlariga  tirik,  noxush,  ayrim  vaqtlarda  fantastik  jonivorlar  -  

shayton,  ruHlar  kirib  olganini,  ularni  mikroblar  va  viruslar  bilan  dimlarganligini  ta’kidlashadi.   

Ba’zan  ta’sirlar  yaxshi  ma’nolarda,  kayta  tarbiyalash,  chiniktirish  va  davolash  maksadida 

kuzatiladi(yaxshi sifatli ta’sir vasvasasi). 

RuHiy  avtomatizm  shuningdek  “egizaklar”vasvasasi  bilan  kechadi  –  bemorlarning 

aytishicha  bemorning  uziga  uxshagan  va  uxshasha  insonlar  bir  nechta  ekanligi  bilan  xam 

kechadi.  Kandinskiy-Klerambo  sindromida  ko’pincha  psevdogallyustinator  xotiralar  kuzatiladi.  

Bular tusatdan  xosil  buladi (ortga kaytish xissi), barcha ikir – chikirlari  bilan,  xudi  bulagandek 

kuruv  psevdgallyustinastiyalari,  xuddi  avval  bulgan  lekin  esdan  chikarilgandek  kuzatiladi. 

Shunga  uxshash  psevdogallyustinator  xotiralar  vasvasaning  mezoniy  tuzilishiga  kiradi. 

Kandinskiy-Klerambo 

sindromi  ko’pincha 

tranzitivizm 

bilan  kechadi.  Bemorlarning 

takidlashicha  «ovoz»larni  nafakat uzi  balki, uning karindoshlari, atrofdagilar, yakinlari va  xatto 

vrachlar  xam  ta’sirlarni  sezadilar,  -  deydi.  Kandinskiy-Klerambo  sindromi  ko’pincha 

shizofreniyada,  kam  Holatlarda  –  epilepsiyada,  bosh  miya  jaroHatlarida,  qon  tomir 

kasalliklaridagi psixozlarda (aloHida komponentlar ko’rinishida psixozlar cho’qqisida) uchraydi. 

MASALA 


Bemor T. 22 yosh, II guruH nogironi. Bo’limda ko’p vaqtini boshiga choyshabini yopinib 

yotgan Holda, nimalarnidir pichirlab, kulimsirab o’tkazadi. Muloqotga xoHlamasdan kirishadi. 

SuHbat  vaqtida  bemorda  ko’pchilik  odamlarning  “ovoz”larini  eshitishini  ma’lum  qildi,  bu 

ovozlar  uning  boshiga  qandaydir  apparatlar  yordamida  «joylashtirilmoqda».  Bu  odamlarni 

bemor  Hech  qachon  ko’rmagan,  biroq  ularning  suHbatidan  faqat  «jinsiy  Hayot  bilan 

shugullanishlarini» tushundi. Bu insonlarning miyasi uning miyasi bilan boglangan va shuning 

uchun, u ular bilan o’zaro fikr almashishi mumkin. Bunday Holatni bemor «gipnoz» Holati deb 

atamoqda.  Bu  odamlar  uning  jinsiy  a’zolariga  ta’sir  utkazyaptilar,  «ayol  urnida  ishlatyapti», 

germofroditga  aylantiryaptilar,  kayfiyatini  uzgartiryapti,  ovkatlarning  mazasi  va  xidlarini 

aynityapti,  bularni  iskirt  odam  xidiga  aylantiradi,  barcha  fikrlarni  bilib  olyapti  va  «bosh  bum 

bush,  TAMOM.  «Ovoz»  egalari  uni  va  barcha  odamlarni  robotlarga  aylantirganiga  ishonchi 

komil. Bu qanday sindrom? 

TO’GRI JAVOB NAMUNASI 

Bemorda yoritilgan Holatning psixopatologiyasida senestopatik avtomatizm ko’rinishlari 

ustunlik  qiladi.  Bemorning  fikriga  ko’ra,  qandaydir  odamlar  uning  tana  sezgilarini 

o’zgartirmoqdalar:    jinsiy  a’zolariga  ta’sir  qiladilar,  noxush  Hidlarni  Hosil  qilmoqdalar,  ovqat 

ta’mini  o’zgartirmoqdalar.  Shuningdek  fikrlarni  ugirlash  simptomi,  o’z  kayfiyatini  beixtiyoriy 

o’zgarganlik  Hissi,  tasavvurdagi  odamlar  guruxi  bilan  fikrlarni  majburiy  almashish  ideator 

(assostiativ) avtomatizm simptomlari Ham mavjud. Bularning psevdogallyustinastiyalar, fizik va 

gipnotik ta’sir vasvasasi bilan birga kechadi. Bu Kandinskiy-Klerambo sindromi. 

TEST 


1.

 

Kandinskiy-Klerambo sindromi mezonlari. 



A. psevdogallyustinastiyalar* 

B. tasir va takib vasvasasi* 

V. chin gallyustinastiyalar 

G. bekorchilik vasavasasi 

            2.  Kandinskiy-Klerambo sindromi kaysi kasalliklarda kuzatiladi ? 

                 A.  shizofreniyada,  epilepsiyada,  bosh  miya  jaroHatlarida,  qon  tomir  kasalliklaridagi 

psixozlarda (aloHida komponentlar ko’rinishida psixozlar cho’qqisida)*. 

                  B. xech kaysi kasalliklarda kuzatilmaydi.   




Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling