O’zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti Farg’ona filiali
Download 16.86 Kb.
|
1 2
Bog'liqTanlab olingan sport
O’zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish Vazirligi O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport Universiteti Farg’ona filiali “Sport turlari” fakulteti “Yengil atletika” yo’nalishi “SP 03-22” guruhi talabasi Ibragimova Faridaxonning Bioximiya fanidan TAQDIMOTI Mavzu: Tanlab olingan sport turlarida biokimyoviy xarakteristika Reja
Tirik organizmlarning kimyoviy elementar tarkibi Biokimyoviy tabiatning (jumladan tuproqning) tarkibidan jiddiy farq qiladi. Jumladan, hozirgi kungacha turli tirik organizmlarning tarkibida yer qobig‘ida bor bo’lgan 100 dan ortiq kimyoviy elementlardan 40 tachasi (ko‘pincha 27 tasi) topilgan xolos. Bundan tashqari, tirik organizmlarda bu elementlarning o‘zaro nisbati yer qobig‘idagiga nisbatan butunlay boshqa. Masalan, tirik hujayralarning quruq moddasining 9,5 atom% - karbon (C), 1,4 atom% - azot (N), 25,5 atom% - kislorod (O) va 63 atom% - vodorod (H)ni tashkil qiladi (A.Lenindjer, 1985). Shu vaqtning o‘zida yer qobig‘ida karbon, vodorod va azotlarninghissasiga, hammasi bir boMib, yerqobig'ining umumiy massasining 1% dan kamrog’i to‘g'ri keladi. Bu elementlarni tirik organizmlardagi miqdoriga qarab uch guruhga bo'linadi: 7 - asosiy elementlar (makroelementlar) - C, O, H va N larning hissasiga 2 dan to 60 atom% gacha to‘g‘ri keladi. Bu elementlar universal ahamiyatga ega: ular tirik organizm tarkibiga kiradigan amalda barcha biomolekulalarning tuzilishi uchun ishlatiladi. - mikroelementlar - natriy, magniy, fosfor, oltingugyrt, xlor, kaliy va kalsiylar tirik organizmlarda 0,1 dan to 0,02 atom% gacha bo‘ladi. Ularning ko‘pchiligi hujayralar va biologik suyuqliklarda ion shaklida uchraydi: Na+, Mg2+, P 0 43', S 0 32', Cf, K+, Ca2+. Bu ionlarning absolyut miqdori va balansi organizmda doimiy bir xil ushlab turiladi. Organizmning ion tarkibi ko‘pincha dengiz suvining ion tarkibiga o‘xshaydi. Bu, ehtimol, eng qadimgi okeanda birlamchi tirik organizmning paydo bolishi va rivojlanishi (akad. Oparinning yerda hayotni paydo bolishi nazariyasi) bilan bog’liq bolsa kerak.
Biologik nuqtayi nazaridan karbon atomlarining faqat boshqa element atomlari bilangina emas, balki bir-birlari bilan o‘zaro ta’sir qilib mustahkam kovalent karbon-karbon bog’lari (- C - C -, -C = C -, - C=C - ) ni hosil qilish qobiliyati juda muhim ahamiyatga ega. 8 Har bir karbon atomi bitta, ikkita, uchta yoki to‘rtta karbon atomini biriktirib olishi mumkin. Ana shu xususiyatlari tufayli kovalent bog'langan karbon atomlari juda ko‘p (cheksiz) turli-tuman strukturalarni hosil qilish qobiliyatiga ega. Tirik organizmlarda biomolekulalar (makromolekulalar)ning asosiy sinflari to‘rtta tipdagi kimyoviy birikmalardan iborat, ya’ni bular - oqsillar, nuklein kislotalar, lipidiar va uglevodlar (polisaxaridlar)dir. Bu birikmalar hujayrada juda yirik molekula hosil qiladi va ularning hissasiga tirik organizmlarning asosiy massasi to‘g‘ri keladi. Oqsillar yoki proteinlar. “Protein” atamasi grekcha so‘z “proteios”dan kelib chiqqan bo‘lib, “birinchi” yoki “asosiy” ma’nosini bildiradi. “Oqsil” atamasi rus so‘zi “6ejioK”dan olingan boiib, tuxumning oq moddasidan olingan. Barcha organizmlarda oqsillar genlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahsulotlari va ularning ta’sir qilishining effektorlari hisoblanadi. Ko‘pchilik oqsillar spetsifik katalitik faollikka ega va ferment sifatida ishlaydi. Boshqa tip oqsillar hujayra va to‘qimalarda struktura elementlari vazifasini bajaradi. Bir qator oqsillar hujayra membranasida har xil gormonlar va boshqa biologik faol moddalarning spetsifik retseptorlari boiib xizmat qiladi. Umuman olganda, bajarayotgan funksiyalari bo‘yicha oqsillar eng universal biomolekulalar hisoblanadi. Nuklein kislotalar. DNK va RNK barcha tirik hujayralarda bir xil funksiyani, ya’ni genetik informatsiyani saqlash, nasldannaslga uzatish va uni amalga oshirishni bajaradi. DNK - genetik informatsiyani saqlaydi, RNKning barcha turlari uni oqsillarni sintezlash jarayonida amalga oshiradi. Lipidiar - ularga yogiar va yog‘simon moddalar kiradi, birinchidan, biologik membranalaming asosiy struktura komponenti 13 vazifasini bajaradi va, ikkinchdan, energiyaga boy bodgan “yonilg‘i”ning zaxira formasi bo‘lib xizmat qiladi. Uglevodlar (polisaxaridiar) - asosan ikki funksiyani bajaradi. Ulardan biri, masalan, kraxmal zaxiradagi “yonilgd” (energiya manbayi) sifatida hujayrani energiya bilan ta'minlaydi, holbuki boshqasi. jumladan, sellyuloza o‘simlik hujayralarida hujayradan tashqarida (sellyuloza membranasi) struktura komponenti sifatida ishlatiladi. Hayvon va odam organizmlarida asosiy energiya manbayi bodib glikogen xizmat qiladi. Download 16.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling