O‘zbekiston respublikasi standarti


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana31.12.2017
Hajmi0.65 Mb.
#23442
  1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

 



 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI STANDARTI 

 

 

 

 

O‘zbekiston Respublikasi  

uzluksiz majburiy ta‘lim tizimining 

Davlat ta‘lim standartlari 

 

 

 

 

Boshlang‗ich ta‘lim bo‘yicha 

uzluksiz majburiy ta‘lim tizimida 

bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi 

va unga qo‗yiladigan 

TALABLAR 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

TOSHKENT – 2013 

 

 

 



BOSHLANG‘ICH TA‘LIM BO‘YICHA   



UZLUKSIZ MAJBURIY  TA‘LIM TIZIMINING 

DAVLAT TA‘LIM STANDARTI 

 

TUSHUNTIRISH XATI 

 

Davlat ta‘lim standartlari boshlang‘ich ta‘limda o‘quvchilarning ona tili, o‘qish, matematika va tabiiyot 

(atrofimizdagi  olam,  tabiatshunoslik)  fanlari  bo‘yicha  bilimlar  mazmunini  va  tayyorgarlik  darajalarini 

belgilab beradi, o‘quv reja va dasturlar, darsliklar, qo‘llanmalarni ishlab chiqishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Boshlang‘ich  ta‘lim  uchun  ona  tili,  o‘qish,  matematika  va  tabiiyot  (atrofimizdagi  olam, 

tabiatshunoslik)  fanlari  bo‘yicha  davlat  ta‘lim  standartlarini  ishlab  chiqishda  quyidagi  mehyoriy  va  qonun 

hujjatlari asos  qilib  olindi:  O‘zbekiston  Respublikasi    Konstitusiyasi,  BMTning  bolalar  huquqlari  bo‘yicha 

konvensiyasi,  O‘zbekiston  Respublikasining  «Ta‘lim  to‘g‘risida»,  «Kadrlar  tayyorlash  milliy  dasturi 

to‘g‘risida»gi  qonunlari;  O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  16  avgust  1999  yildagi    390-

sonli «Umumiy o‘rta ta‘lim davlat standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi qarori,  shuningdek 

– O‗z DSt 1.0:1998. O‘zbekiston Respublikasi davlat standartlashtirish tizimi. Asosiy qoidalar; 

– O‗z DSt 1.1:1992 O‘zbekiston standartlashtirish tizimi. Davlat standartlarini ishlab chiqish, kelishish, 

tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi; 

–  O‗z  DSt  1.9:1995  O‘zbekiston  Respublikasi  standartlashtirish  davlat  tizimi.  Tarmoq  standartlarini 

ishlab chiqish, kelishib olish, tasdiqlash va ro‘yxatga olish tartibi; 

–  O‗z  DSt  1157:2008  Hujjatlarni  unifikasiyalashtirish  tizimi.  Tashkiliy-farmoyish  hujjatlar  tizimi. 

Hujjatlarni rasmiylashtirishga bo‘lgan talablar. 

        –  O`z  DSt  1718:2010  Boshlang‘ich  ta‘lim  o‘quvchilarning  tayyorgarlik  darajasi  va  zaruriy  bilimlar 

mazmuniga qo‘yiladigan talablar. 

 

 



 

 

 



 

 

 

 

 

                                                                                                                                    

    

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



Ona tili  fani bo‘yicha  uzluksiz  ta‘lim tizimining  



majburiy ta‘lim   bitiruvchilariga qo‘yiladigan  minimal  

TALABLAR

   


  

Bilishi kerak bo‘lgan: 

       Grammatik  bilimlar:  Fonetika,  leksikologiya,  so‘zning  tarkibi,  so‘z  yasalishi,  morfologiya,  sintaksis, 

yozuv va imlo, tinish belgilari, bog‘lanishli nutq  tushunchalar bilan bog‘liq grammatik atamalarni bilish. 



 

       Nutqiy  kompetensiya.  O‘qish  -  harflarni  to‘g‘ri  talaffuzi,  so‘zlarning  to‘g‘ri  o‘qilishi,  gap  ohangi, 

gapdagi  tinish  belgilarining  talaffuzi,  sanash  va  ajratish  ohanglaridan  to‘g‘ri  foydalanish,  so‘z  urg‘ulari, 

ramzlarning  to‘g‘ri talaffuzi, so‘z, iboralarning to‘g‘ri talaffuzi va mahnosini anglash. 

     Fikrni  og‘zaki  bayon  qilish-  og‘zaki  nutqning  to‘g‘ri,  ravon,  aniq,  tushunarli  va  tahsirchan  bo‘lishi, 

monologik nutq, dialogik nutq  mantiqiy jihatning aniq bo‘lishi, matn mazmunining mos bo‘lishi. 



     Fikrni yozma shaklda bayon qilish- matndagi gaplarning mazmunan o‘zaro bog‘liqligi va aloqadorligi 

ko‘rsatilgan mavzu doirasida birlashishi, harf va tinish belgilarini to‘g‘ri yozish, husnixatda qatorlarni to‘g‘ri 

joylashtirish,  so‘zlar  orasidagi  oraliqni  to‘g‘ri  belgilash,  tasvirda  tilning  ifoda  vositalaridan  foydalanish, 

matnda so‘zlarni takrorlashdan saqlanish va mahnodoshlarini qo‘llay olish, xabar, tasvir, matn yarata olish, 

nutqda  o‘quvchiga  tanish  bo‘lgan  va  ko‘z  oldiga  keltira  oladigan  buyum,  manzara,    voqea  va  hodisalar 

tasvirini ifodalash,   tabriknoma,  xat yozish, tasviriy  bayon yozish, yozma nutqda xat boshiga rioya qilish, 

shaxslarga, joylarga, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni bosh harfda yozish, imlo qoidalariga amal qilish, 

til birliklarini  fonetik, lug‘aviy, morfologik, sintaktik, tahlil qilish. 

 

 

Ona tili fanidan  uzluksiz majburiy ta‘lim tizimining bosqichlari 

 

Ta‘lim 


bosqichi 

Sinfla


Fanni o‘zlash 

tirish darajasi 

 

 



Bosqich mazmuni 

 

 



Umumiy  

o‘rta 

ta‘lim 

 

 

  1-4- 

sinf 

 

 

     A1

 

 O‘quvchilarga  til  sathlarining  tovush    va  harf,    unli  va  undosh 

tovushlar    miqdori,    alifbo,  unli    va  undosh  tovushlar  talaffuzi, 

bosh  harf  va  kichik  harflar  imlosi,    tutuq  belgisi,  so‘z  va  uning 

lug‘aviy  mahnosi,  asos  va  asosdosh  so‘zlar,  qo‘shimchalar,    so‘z 

yasovchi,  egalik,  kelishik,  shaxs-son  qo‘shimchalari,  so‘z    va 

uning  so‘roqlar asosida mahnosiga ko‘ra guruhlash (shaxs, narsa, 

belgi,  harakat,  miqdorni  bildiruvchi  so‘zlar),  so‘z  turkum-lari  va 

ularning tasnifi (fehl, ot, sifat, son, olmosh), gap,   gap bo‘laklari,  

gapda  so‘zlarning  bog‘lanishi,  gapning  ifoda  maqsadiga  ko‘ra 

turlari (darak, so‘roq, undov), gapning ikkinchi darajali bo‘laklari 

haqida ilk mahlumotlar beriladi. Bu bilan o‘quvchilar ona tilining  

boshqa  fanlarni  o‘rganishda  asos  ekanligi,  fanlar  ichida  yetakchi 

o‘rin egallashi haqida  tasavvur hosil qiladi. SHu bilan bir qatorda 

adabiyot,  tarix,  milliy  istiqlol  g‘oyasi  va  mahnaviyat  asoslari 

mazmunida  uchraydigan  ona  tiliga  oid  bilimlarni  o‘zlashtirishga 

tayyorlaydi. 

 

 

 

 

 

 

 


 



I.  ONA TILI TA‘LIMINING MAQSAD VA VAZIFALARI                                     

Ta‘limning barcha bosqichlarida ona tilini o‘qitishning asosiy maqsadi o‘rganuvchilarning kundalik, 

ilmiy va kasbga oid sohalarda faoliyat olib borishi uchun  kommunikativ kompetensiyasini shakllantirishdan 

iboratdir. 

 

Ona  tili  kommunikativ  kompetensiyasi  –  ona    tili  bo‘yicha  egallagan  bilim,  ko‘nikma  va 

malakalarni muloqot jarayonida qo‘llash qobiliyati. 

 

Kompetensiyalar quyidagi guruhlarga ajratiladi: 



 

Lingvistik  kompetensiya  -til  sathlari    (fonetika,  leksika,  grammatika)  haqida  bilimlar  va  tilning  ifoda 

vositalarini (o‘qish texnikasi, o‘zgalar fikrini va matn mazmunini anglash, fikrni yozma shaklda bayon etish) 

egallashni nazarda tutadi. 

Sosiolingvistik  kompetensiya  -so‘zlovchining  biror  bir  nutqiy  vaziyat,  kommunikativ  maqsad  va  xohish-

istagidan kelib chiqqan holda kerakli lingvistik shakl, ifoda vositalarini tanlash imkonini yaratadi.  



Pragmatik  kompetensiya -kommunikativ vaziyatda tushunmovchiliklar paydo bo‘lganda takroran so‘rash, 

uzr  so‘rash  va  hokazolar  orqali  murakkab    vaziyatlardan  chiqib  keta  olish,  egallangan  bilimlarning  amaliy 

imkoniyatlaridan o‘rinli foydalana olish qobiliyatini nazarda tutadi.  

O‘quvchining mustaqil  fikrlashi, o‘zgalar fikrini anglashi,  nutq va muloqot madaniyati  rivojlanishi  uchun  ona  tili  

ta‘limi  standart  talablariga  javob  berishi,  ona  tilini  kommunikativ  va  lingvistik  kompetensiyasi  bo‘yicha  yetarli  darajada 

egallashlari ko‘zda tutiladi.  

SHu maqsadda ushbu o‘quv fanining asosiy mazmunida quyidagi talablar ko‘zda tutiladi: 

1. Ona tilidan muloqot malakasini egallash (kommunikativ kompetensiya). 

2.  Til  materiali  va  vositalarini  nutqda  qo‘llay  bilish  uchun  yetarli  bilimlarni  o‘zlashtirish  (grammatik 

kompetensiya). 

Ushbu  mazmun  asosan  kommunikativ  kompetensiyani  egallash  orqali  ona  tilini  o‘rgatishning 

umumta‘limiy maqsadini ko‘zda tutadi. 



1.

 

Kommunikativ kompetensiya. 

Ona tili  fanidan Davlat ta‘lim standarti shu til bo‘yicha egallanadigan nutqiy faoliyatning asosiy uch 

turi:  o‘qish,  gapirish  va    yozish  amallari  bo‘yicha  har  bir  sinfda  taqozo  etiladigan  bilim  va  ko‘nikmalar 

mehyorini belgilab beradi. Bunda o‘quvchining notanish matnni ifodali o‘qiy olishi, o‘zgalar fikrini va matn 

mazmunini  anglash  hamda  uni  og‘zaki  qayta  bayon  qila  olish  darajasi,  fikrni  mantiqiy  izchillikda  ifodalay 

olishi,  tilning  ifoda  vositalaridan  o‘rinli  va  unumli  foydalana  bilishi,  imloviy  savodxonligi  kabi 

kompetensiyalarni  egallab borish dinamikasi nazarda tutiladi. 

2. Grammatik kompetensiya.   

Standartda nutqiy faoliyatning har bir turi yuzasidan til materiali, til vositalari va grammatik bilimlar, 

hosil  qilinadigan  zaruriy  ko‘nikma  va  malakalar    belgilanadi.  Bunda  o‘rganilayotgan  o‘zbek  tilining 

fonetikasi,  leksikasi  va  grammatikasi  bo‘yicha  nutqning  og‘zaki  va  yozma  shakllaridan  keng  va  to‘g‘ri 

foydalanish  uchun  zarur  bo‘lgan  ilmiy-amaliy  mahlumotlar  berish,  o‘zbek  tilida  to‘g‘ri  talaffuz,  imlo  va 

punktuasiyaning asosiy qoidalarini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanish talab etiladi. 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 



A1 DARAJA UCHUN MAJBURIY MINIMAL TA‘LIM MAZMUNI 



 

Boshlang‘ich 

ta‘lim  

(1-4 sinflar)  



Bosqich mazmuni  

 

 



Majburiy minimal 

o‘quv materiallari 



Fonetika: tovush  va harf,  unli va undosh tovushlar  miqdori,  alifbo;  

orfoepiya: unli  va undosh tovushlar talaffuzi; 

orfografiya: bosh harf va kichik harflar imlosi,  tutuq belgisi;  

leksikologiya: so‘z va uning lug‘aviy mahnosi;  

so‘z  tarkibi:  asos  va  asosdosh  so‘zlar,  qo‘shimchalar,  so‘z  yasovchi,  egalik, 

kelishik, shaxs-son qo‘shimchalari;  



morfologiya: so‘z   va uning   so‘roqlar asosida mahnosiga ko‘ra  guruhlash (shaxs, 

narsa,  belgi,  harakat,  miqdor  bildiruvchi      so‘zlar),  so‘z  turkumlari  va  ularning 

tasnifi (fehl, ot, sifat, son, olmosh); 

sintaksis:  gap,    gap  bo‘laklari  (ega  va  kesim),  gapda  so‘zlarning  bog‘lanishi, 

gapning  ifoda  maqsadiga  ko‘ra  turlari  (darak,  so‘roq,  undov),  gapning  ikkinchi 

darajali bo‘laklari. 

Nutqiy 


kompete

nsiya 


O‘qish 

-mashq  va  topshiriqlar  tarkibida  berilgan  she‘r,  maqol,  hikmatli  so‘z, 

rivoyatlarni ifodali o‘qish. 

Fikrni 


og‘zaki 

bayon 


qilish 

Tovushlar talaffuziga rioya qilish: 

-tovush va harfni farqlay olish; 

-so‘zlarni bo‘g‘inlarga to‘g‘ri ajrata olish; 

-ruxsat, uzr so‘rash, iltimos kabi nutq madaniyatiga doir murojaat qoidalariga amal qilish 

Fikrni 


yozma 

bayon 


qilish 

-80ta  so‘zgacha  (1-sinf  15-20,  2-sinf  30-40,  3-sinf  50-60,  4-sinf  75-80)  bo‘lgan  

diktantni xatosiz  va  matnni husnixat qoidalariga amal qilib yozish;  

-6-7 gapdan ( 1-sinfda 2-3 ta gap , 2-sinfda 4-5 ta gap, 3-sinfda  5-6 ta gap,4-sinfda 

6-7  ta  gap)  iborat  sodda  matn  (fikr  bayon  qilish  ehtiyoji  bilan  bog‘liq  mavzu 

asosida)  xabar,  tasvir,  muhokama  elementli  matn  yarata  olish,  nutqda  o‘quvchiga 

tanish  bo‘lgan  va  ko‘z  oldiga  keltira  oladigan  buyum,  manzara,    voqea-hodisalar 

tasvirini  ifodalash,  tabriknoma,    xat  yozish,  tasviriy    bayon  yozish,  yozma  nutqda 

xat boshiga rioya qilish, shaxslarga, joylarga, hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlarni 

bosh harfda yozish, imlo qoidalariga amal qilish. 

Til 

kopete


nsiyasi 

Fonetika 

(grafika 

va 


orfografi

ya) 


Tovush  va harf,  unli va undosh tovushlarni farqlash,  yozuvdagi ifodasini ajratish, 

nutq tovushlarining hosil bo‘lishi, bosma va yozma harflarni izohlay olish, so‘zning 

bo‘g‘inga  bo‘linishi,  unlilar  bo‘g‘in  hosil  qilishi,  bo‘g‘in  tarkibi,  so‘zlarni 

bo‘g‘inlarga  ajratish,  ularning    bir  satrdan  ikkinchi  satrga  ko‘chirilishini  bilish, 

o‘zbek tilidagi 29 ta harf, 26 ta harf va 3 ta harf birikmasini bilish.  

Leksika 


So‘zning  atash  mahnosini  bilish,  sodda  matnlarda  mavzuga  oid  so‘zlardan  to‘g‘ri 

foydalanish,  mavzuga  oid    so‘zlar  va  muomala  odobi  birikmalarini  turli 

kommunikativ vaziyatlarda qo‘llash. 

Grammat


ika 

So‘z  tarkibi:  asos  va  asosdosh  so‘zlar,  qo‘shimchalar,    egalik,  kelishik,  shaxs-son 

qo‘shimchalarini farqlay olish;  

morfologiya:  so‘z  va  uni    so‘roqlar  asosida  mahnosiga  ko‘ra  guruhlashni    (shaxs, 

narsa,  belgi,  harakat,  miqdor  bildiruvchi  so‘zlar),  so‘z  turkumlari    elementlarini 

bilish; 


sintaksis:  gap,  gapda  so‘zlarning  bog‘lanishini,    gap  bo‘laklari  (ega  va  kesim), 

gapning  ifoda  maqsadiga  ko‘ra  turlari  (darak,  so‘roq,  undov)ni  bilish,  sodda 

grammatik va sintaktik tuzilmalarni nutqda to‘g‘ri  qo‘llay olish. 

Sosiolingvis- 

tik kompetensiya 

O‘zaro muloqot hamda kundalik xayotdagi vaziyatlarda tildan foydalanib o‘z fikrini 

ravon bayon etish; 

-ijtimoiy hayotda ro‘y bergan voqea hodisalarga o‘z munosabatini bildirish. 

Pragmatik 

kompetensiya 

Nutq sharoiti,  nutq vaziyatiga mos ravishda til imkoniyatlaridan foydalanish. 

 


 



O‘qish fani bo‘yicha uzluksiz ta‘lim tizimining 



majburiy ta‘lim bitiruvchilariga qo‘yiladigan  minimal 

TALABLAR 

 

Bilishi kerak bo‘lgan: 

   Tushunchalar:  O‘qish  fanining  estetik,  tarbiyaviy,  ta‘limiy  ahamiyati,  so‘zning  ifoda  imkoniyatlari, 

so‘z  orqali  inson  his-tuyg‘ulari  hamda  tabiat  manzaralarining  tasvirlanishi,    xalq  og‘zaki  ijodi,  bolalar 

adabiyoti, o‘zbek  va  jahon bolalar adabiyoti namunalari, adabiy tur  va janrlar haqida umumiy bilimga 

ega bo‘lish.    



    Nazariy bilimlarni namoyon qilish: o‘rganilgan asarlarga mustaqil ravishda baho berish; o‘rganilgan 

adabiy-nazariy tushunchalarning qo‘llanilishiga doir  test topshiriqlarini bajarish.   



     Axborotlarni  mustaqil  ravishda  izlash:  Turli  manbalar  (darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalar,  lug‘at, 

bolalar adabiyotlari)dan foydalanib, adabiy mazmundagi axborotlarni izlash va foydalanish. 



     Amaliyotda  qo‘llay  olishi  kerak:  O‘rganilgan  xalq  og‘zaki  ijodi,  bolalar  adabiyoti,    jahon  bolalar 

adabiyoti  namunalaridan  tegishli  xulosalar  chiqarish,  ibrat  olish,  yaxshi  insoniy  fazilatlarni  o‘ziga 

singdirish,  o‘rganilgan  maqol,  she‘riy  satrlar  va  boshqa  badiiy  asarlardan  kundalik  og‘zaki 

so‘zlashuvlarda o‘rinli foydalanish, asar va uning qahramonlariga yozma va og‘zaki tavsif berish, badiiy 

ijod namunalari (nasriy, she‘riy)ni ifodali o‘qish, ularning mazmunini tushunish, anglash va idrok etish. 

Badiiy  matn  yoki  uning  parchasini  ifodali  yod  aytish,  qayta  hikoyalash,  o‘zgalarga  tushuntirib  berish, 

munosabat  bildirish  va  baholay  olish,  og‘zaki  va  yozma  nutqni  boyitish,    rivojlantirish,  tushunarli  va 

ravon, og‘zaki hamda yozma  nutqqa ega bo‘lish.  

 

O‘qish fanidan majburiy ta‘lim tizimining bosqichlari 

 

 



Ta‘lim 

bosqichi 

 

Sinflar 

Fanni 

o‘zlashtirish 

darajasi 

 

Bosqich mazmuni 

 

               

U

mu

mi

y

 o‘r

ta

 ta‘l

im

 

Boshlang‘ic

h sinf  

(1-4-sinf) 



A 1 

O‘quvchilarga  adabiy  ta‘lim  (o‘qish)  adabiy  o‘qishlar 

tarzida  o‘rgatiladi.  Bolaning  o‘qish  texnikasini  egallashi 

uchun, 


avvalo, 

uning 


savodxonlik 

darajasi 

shakllantiriladi,  og‘zaki  va  yozma  nutqi    rivojlantiriladi, 

tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etish  o‘rgatiladi.  

Dastlab  tanish,  keyin  notanish  matn  ifodali  o‘qitilib, 

o‘quvchidagi  ko‘nikma,  malaka  aniqlanadi.  Bunda 

miqdoriy ko‘rsatkich – o‘qish tezligi, yahni bir daqiqada 

nechta so‘zni ravon o‘qiy olishi belgilanadi. 

Bolaning  matn  mazmunini  to‘liq  uqib  olishi,  qayta 

hikoyalashi,  shuningdek,  o‘zgalar  nutqini  eshitib, 

tushunib olishi maqsad qilinadi. 

 

 



 

Adabiy ta‘lim (O‘qish)ning maqsad va vazifalari 

      Adabiy  ta‘lim  o‘z  oldiga  bir  qator  maqsadlarni  qo‘yadi.

 

Majburiy  ta‘lim  tizimidagi  adabiy  ta‘lim 



asosan  sof  ilmiy  maqsadlarni  emas,  balki  mahnaviy-axloqiy  yo‘nalishlar  ustuvorligini  ko‘zda  tutadi. 

O‘quvchilar milliy adabiyotning, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘qish va tahlil 

qilish  asosida  ezgulik  va  yovuzlik,  yaxshilik  va  yomonlik,  go‘zallik  va  qusur  haqidagi  xilma-xil 

talqinlarga  duch  kelishadi,  ularga  ongli  va  jonli  munosabat  bildirishadi,  shular  asosida  o‘zlaridagi 

axloqiy-mahnaviy fazilatlar majmuining shakllanishi va rivojiga imkon topishadi. Ularga nisbatan ochiq 

hayotiy munosabatlarni aks ettirish zaruriyati esa o‘quvchilar og‘zaki hamda yozma nutqlarining rivojida  

muhim omil vazifasini ado etadi.  

O‘quvchilar turli davr va mamlakatlarda yaratilgan , turlicha dunyoqarash  va ehtiqodlarni aks ettirgan, 

badiiy  asarlarning  eng  yuksak  namunalari  bilan  tanishib  boradilar.  Shular  asosida  ularda  olam  va 

odamlarning rang-barangligi, ularning takrorlanmasligi, ayni paytda olamning, butun bashariyatning bir 

butunligi haqidagi tasavvur  va qarashlari shakllanib, kengayib, mustahkamlanib boradi. Eng muhimi, u 

olam  va  odamga  tegishli  bo‘lgan  barcha  hodisalarga  emosional  (hissiy)  munosabat  bildira  oladigan 



 

darajaga  ko‘tariladi,  qarashlar,  dunyoqarashlar,  nuqtai  nazarlar  xilma-xilligini  kuzatish  imkoniga  ega 



bo‘ladi

.  


      Adabiy ta‘limning  asosiy maqsadlari quyidagilar: 

 

o‘quvchilarning  yosh  va  psixofiziologik  xususiyatlarini  e‘tiborga  olib,  milliy  va  jahon  adabiyotining 



eng  munosib  namunalari  bilan  tanishtirish  asosida  ularning  qalbida  vatanparvarlik,  ezgulik, 

insonparvarlik singari yuksak insoniy fazilatlarga nisbatan rag‘bat, mehr va muhabbat uyg‘otish;   

 

fuqarolik  va  vatanparvarlik  ruhida,  adabiyotga,  milliy,  madaniy-mahrifiy  qadriyatlarga  nisbatan 



hurmat ruhida  tarbiyalash; 

 

boy mahnaviy dunyosini shakllantirish; 



 

ulardagi mustaqil fikrlash, ijodkorlik qobiliyatlarining shakllanishi va rivoji uchun imkoniyat yaratish; 

 

so‘z sanhati vositasida o‘quvchining individual va shaxslik fazilatlarini rivojlantirish. 



     Mazkur maqsadlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarning bajarilishi zarur: 

 

o‘quvchilarda badiiy adabiyotga nisbatan mehr uyg‘otish; 



 

og‘zaki  nutqlarining  adabiy  til  mehyorlari  asosida  shakllanishi  va  rivojini  tahminlash,

 

nutqiy 


kompetensiyani o‘stirish; 

 

yozma  nutqlarida  yuksak  savodxonlik,  adabiy  til  mehyorlariga  rioya  etish,  uslubiy  rang-



barangliklardan foydalana olishga oid ko‘nikma va malakalarning shakllanishiga erishish; 

 

badiiy asar mazmun va mohiyatini, undagi go‘zallik va nafosatni his etishga o‘rgatish; 



 

badiiy matnni emosional tarzda idrok etish va qabul qilishni, obrazli va analitik tafakkur hamda ijodiy 

fikrlashni, kitobxonlik madaniyatini, adabiyotning boshqa sanhat asarlari bilan yaqin va farqli jihatlari 

haqidagi tasavvurlarini, ularning og‘zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish. 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling