O‘zbekiston respublikasi standarti


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana31.12.2017
Hajmi0.65 Mb.
#23442
1   2   3   4   5   6   7   8   9

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

21 


UZLUKSIZ MAJBURIY  TA‘LIM  MUASSASALARI  UCHUN 

ONA TILI  TA‘LIMINING O‘QUV DASTURI 

 

TUSHUNTIRISH XATI 

 

Mustaqil O‘zbekistonning ravnaqi uchun olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy-mahrifiy  sohalardagi 

keng ko‘lamli ishlar, O‘zbekiston Respublikasining «Ta‘lim to‘g‘risida»gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy 

dasturi,  maktab  ta‘limini  rivojlantirish  Davlat  umummilliy  dasturi  ta‘limning  barcha  bo‘g‘inlarida  ona  tili 

o‘qitishni tashkiliy va mazmuniy jihatdan yanada takomillashtirishni  taqozo etadi.  

Maktabni  bitirib  chiqqan  yoshlar  ijtimoiy,  iqtisodiy  va  madaniy  hayotning  rang  -  barang  jabhalarida, 

muloqot  va  munosabatning  barcha  turlarida  o‘zbek  tilidan  bemalol  -  erkin,  samarali  va  to‘g‘ri  foydalana 

olish,  uning  cheksiz  imkoniyatlaridan  to‘laqonli  bahramand  bo‘lish,  zaruriy  ko‘nikma  va  imkoniyatlariga  ega 

bo‘lishlari kerak. 

Ona tili darslarida o‘quvchilarni mustaqil va ijodiy fikrlashga yo‘naltirish, lozim. SHuning uchun ushbu dastur 

va  u  asosida  yaratilajak  darsliklarda  grammatik  qoidalarni  yodlatishdan  voz  kechish,  ijodiy  tafakkur 

tarzini  shakllantirish,  dars  va  mashg‘ulotlarni o‘quvchilarning nutqiy malakasini yuzaga keltirishga qaratish maqsad 

qilib olindi. 

ONA TILI  FANINING  TARKIBIY  QISMLARI  

Uzluksiz  ta‘lim  tizimida  boshlang‘ich  ta‘lim  muhim  bosqich  hisoblanadi  va  unda  ona  tilini  o‘qitish 

asosiy o‘rin egallaydi. Ona tili dasturi quyidagi bo‘limlarni o‘z  ichiga oladi:            

       1.  Savod o‘rgatish, nutq  o‘stirish.   

       2.  Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‘stirish.          

 Boshlang‘ich  sinflar  ona  tili  ta‘limi  o‘quvchilarda  nutq  faoliyatining  asosiy  turlarini  o‘stirish  bilan 

bir qatorda, quyidagi muhim masalalarni hal etishni ko‘zda tutadi:                                                                    

Boshlang‘ich sinflarda ona tilidan beriladigan bilimlar mazmunini o‘zbek tilining tovush tuzilishi va 

yozma  nutqda  tovushlarni    ifodalash  usullari  haqidagi,  so‘zlarning  o‘zgarishi  va  gapda  so‘zlarning 

bog‘lanishi  haqidagi,  so‘zlarning  morfemik  tarkibi  va  so‘z  yasalishi,  so‘zlarning  leksik  –  semantik  guruhi 

haqidagi,  o‘zbek  tilining  to‘g‘ri  yozuv  qoidalari  va  tinish  belgilarining  ishlatilishi haqidagi  bilimlar tashkil 

etadi. Berilgan bu bilimlar o‘quvchilar nutqini o‘stirishga xizmat qiladi.                    



1- SINF 

Savod o‘rgatish va nutq o‘stirish (128 soat) 

 

 

Savod o‘rgatish davri 2 sentyabrdan to dekabr oyining oxirigacha bo‘lgan muddatni,  yahni 2 o‘quv 



choragini  qamrab  oladi.  Savodga  o‘rgatish  jarayoni  tayyorgarlik  va  Alifbe  davridan  tashkil  topadi. 

Tayyorgarlik  va  Alifbe  davrida  ta‘lim  savodga  o‘rgatishning  tahlil-tarkib  (analitik-sintetik)  tovush  usulida 

amalga  oshiriladi.  Savodga  o‘rgatishning  tahlil-tarkib  usuliga  ko‘ra  matndan  gap,  gapdan  so‘z,  so‘zdan 

bo‘g‘in  va  tovush,  yoki  aksincha,  tovush  →  bo‘g‘in  →  so‘z  →  gap  →  matn  uzviy  aloqada  butundan 

bo‘lakka, bo‘lakdan butunga qarab tahlil va tarkib qilinadi. Bu esa, o‘quvchilar tafakkur faoliyatini onglilik, 

tushunarlilik, mantiqiylik, didaktik mezonlar asosida  rivojlantirish  imkoniyatini vujudga keltiradi. 

 

Boshlang‘ich ta‘limning ilk savodga o‘rgatish davridanoq, o‘quvchilar nutqini yangi so‘zlar hisobiga 



boyitishga alohida e‘tibor qaratiladi. 

 

―Alifbe‖  darsligida  berilgan:  yangi  so‘zlar,  matn,  kichik  hikoya  va  she‘rlardan  foydalanib, 



o‘quvchilarni  so‘z  mahnosi  bilan  atroflicha  tanishtirishda,  she‘riy  va  nasriy  matnlarni  yodlatish,  qayta 

hikoyalashga  e‘tibor  beriladi.  Sinfdan  tashqari  o‘qish  darslari  o‘quvchilarni  bolalar  adabiyoti  namunalari 

bilan  tanishtirib  borishga,  ularni  mustaqil  o‘qishga,  ota-onalar  va  o‘qituvchilar  yordamida  badiiy  o‘qishga 

qiziqtirish, nutqini boyitish va rivojlantirishga yordam beradi. 



 

 

 

 

22 


Tayyorgarlik davri ( 8 soat)  

1. Tayyorgarlik davrida o‘qish darslari (4 soat) 

O‘quvchilarni  darslik  va  qo‘shimcha  ko‘rgazmali  rasmlar,  o‘quv  materiallari  (rasmlar,  filg‘moskop, 

buyumlarning asl nusxasi va darslikdagi rasm-illyustrasiyalar) vositasida maktab ta‘limiga moslashtirishga, 

o‘quvchilar  qo‘lini  yozuvga  tayyorlash,  gapdan  so‘z,  bo‘g‘in  va  tovushni  turli  harakatlar  (oyoq,  qo‘l 

harakati, o‘yin  elementlari) asosida o‘rgatishga e‘tibor beriladi. 

Bu davrda o‘quvchilar, asosan, quyidagi tushuncha, malaka va ko‘nikmalarni egallaydilar:  

-  o‘quv  predmeti  mazmuni  asosida  tashkil  etiladigan  dars  haqidagi  amaliy  ko‘nikma;  darsning  muayyan 

vaqt oralig‘ida davom etishi; dars jarayonida o‘quvchining tutgan pozisiyasi haqida tushuncha; 

- rasm mazmunini anglash, rasm mazmuni asosida mantiqiy izchillikka  ega bo‘lgan matn  tuzish; 

- darslik bilan ishlash, og‘zaki nutq haqida tushuncha; 

- yozma nutq, gap haqida tushuncha; 

- so‘z va bo‘g‘in haqida tushuncha; 

- unli va undosh  tovush haqida tushuncha; 

- maktab partasida  to‘g‘ri  o‘tirish; 

- darslikdan foydalanishga  oid  ilk  o‘quv ko‘nikmalarini shakllantirish. 



2. Tayyorgarlik  davrida  yozuv  darslari (4 soat) 

Yozuv  darslari  o‘qish  darslari  bilan  uzviy  bog‘langan  holda,  biri  ikkinchisiga  bevosita  aloqadorlikda 

olib boriladi. Yozuv darslarining ilk bosqichida o‘quvchilarda yozuv qoidalarga   oid ko‘nikma va malakalar 

shakllantiriladi.  O‘quvchilar  ruchkani  to‘g‘ri  ushlash,  yozuv  holatida  bosh  va    yelkani  mutanosib  tutish, 

daftar qiyaligini to‘g‘ri chamalashga o‘rgatiladi (daftar parta ustiga belgilangan  75

 

qiyalikda qo‘yiladi). 

Qo‘lni  yozuvga  tayyorlash,  qo‘l  panjalari  va  mayda  muskullar  harakatini  rivojlantirishga  oid 

boshlang‘ich yozuv mashg‘ulotlari va jismoniy qo‘l harakati mashg‘ulotlari  o‘tkaziladi. 

Tayyorgarlik  davri  yozuv  darslarida  o‘quvchilar  yozuv  daftaridan  to‘g‘ri  foydalanish,  yozuv 

mashg‘ulotlari  gigienasiga oid ilk ko‘nikma va malakalarni egallaydilar. 

Bu davrda ―Alifbe‖ darsligi va yozuv daftarida ko‘rsatilgan yozuv yo‘li bo‘ylab chamalash mashqlari 

(bayroqchalar  chizish,  bir  xil  masofada  nuqtalar  qo‘yish,  ilgakchalar,  tayoqchalar,  kabilar)  asosida  

mashg‘ulot o‘tkaziladi. 

Tayyorgarlik  davri  yozuv  darslarida  o‘quvchilar  egallashi  lozim  bo‘lgan  tushuncha  va  ko‘nikmalar 

quyidagilardan iborat: 

- yozuv daftari bilan  o‘quvchi oralig‘ida muayyan masofani saqlash; 

- yozuv qurollaridan to‘g‘ri foydalanish; 

- parta ustiga daftarni to‘g‘ri qo‘yish; 

- yozayotganda gavdani to‘g‘ri tutish va tirsaklarni to‘g‘ri harakat qildirish; 

-  yozuv    elementlarini  to‘g‘ri  idrok  etish  (qaerdan  boshlash,    qaerda  to‘xtalish,  o‘ngga,  chapga  burilish, 

yoza boshlash va h.k.) 

Alifbegacha  (tayyorgarlik)  davrida  yuqoridagi  tushuncha  va  ko‘nikmalarning  shakllantirilishi  alifbe 

davrida darsni yanada samarali olib borish uchun imkoniyat yaratadi. 

 

 



 

23 


ALIFBE DAVRI  (120 soat) 

1. O‘qishga o‘rgatish (60 soat) 

Unli va undosh tovushlar, ularning talaffuzidagi farqlanish haqida mahlumot berish. 

Harf va tovush munosabatiga oid tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish. 

Kesma harf va bo‘g‘inlar asosida so‘z hosil qilish, tuzilgan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish. 

So‘zlarni avval bo‘g‘inlab, so‘ngra  bo‘g‘inlab ravon o‘qishga o‘rgatish. 

Tinish belgilariga rioya qilib, ifodali o‘qishga o‘rgatish. 

O‘qish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan  gigiyena qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish. 

2. Yozuvga o‘rgatish (60 soat) 

   Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish. O‘quvchida yozuv sifatini, yahni: 

 - harflarni to‘g‘ri bog‘lab yozish;  

- harflarni  belgilangan qiyalikda yozish; 

- har bir qatorda harflarning bir xil balandlikda bo‘lishiga  erishish; 

- harf unsurlari, harflar va so‘zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash kabilarni shakllantirish. 

Har  bir  harf  yoki  harflarning  bog‘lanishi,  og‘zaki  yoki  doskaga  tushuntirish  orqali,  qo‘lni    qaerga 

qo‘yish,    qaerda  bu  harakatni  burish  yoki  uzish  kerakligi,  harflarning  yozuv  chizig‘i  bo‘ylab  joylashishi 

haqida nazariy va amaliy tushuncha va malakalarni rivojlantirish. 

Avval    nuqtalar  bilan  ifodalangan  harflar  ustidan  qo‘lni  yurgizib,  so‘ng  namunaga  qarab    yozishga 

o‘rgatish. 

Harflarning shaklini tasavvur orqali yozdirish asosida yozuvga o‘rgatish. 

Bir  va  undan  ortiq  bo‘g‘inlardan  tashkil  topgan  talaffuzi  va  yozilishi  bir  xil  so‘zlarni,  2-3  so‘zdan 

tuzilgan gaplarni eshitib yozish. 

So‘z va gapni to‘g‘ri yozish. (Gapning birinchi so‘zini bosh harf bilan yozish, so‘ngiga tinish belgisini 

( nuqta)  qo‘yish). 

Eshituv va ko‘ruv xotirasiga asoslangan kichik diktantlar yozish. 

         Bog‘lanishli  nutq (matn)  ustida ishlash. 



1- SINF.    

ONA TILI 

 

FONETIKA, GRAMMATIKA, IMLO VA NUTQ O‘STIRISH (68 soat) 

 

1. Tovushlar va harflar ( 28 soat) 

Tovushlar va harflar. Unli tovushlar va harflar; a va o, i va u, o va o’ unlilarning talaffuzi va imlosi. 

Undosh tovushlar va ularni ifodalovchi harflar. Ayrim undosh tovushlarning talaffuzi va imlosi (d-t , b-p, z-s 

undoshlarining  talaffuzi  va  imlosi),  so‘z  oxirida,  talaffuzda  tushib  qoladigan  d,  t  undoshlari.  Harf 

birikmalari:  sh,ch,  ng.    Alifbo:  Harflarning  nomi.  Harflarning  bosh  va  kichik  shakllari.  So‘zlarni  alifbo 

tartibida yozish. Alifboning  ahamiyati.   

     Tutuq  belgisi  (h), uni so‘z tarkibida to‘g‘ri shakllantirish. Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi: o‘zidan 

oldingi  unlining  cho‘ziq  aytilishiga,  oldingi  bo‘g‘inni  keyingi  bo‘g‘indan  ajratib  talaffuz  qilinishiga  

xizmat qilishi, so‘z mahnolarini farqlashi.   

     Bo‘g‘in.  So‘zlarni  bo‘g‘inga  bo‘lish.  Bo‘g‘in  ko‘chirilishi,  bir  unlidan  iborat  bo‘g‘inli  so‘zlarning 

bo‘g‘inlab  ko‘chirilishi,  tutuq  belgili  so‘zlarni,  ketma  –  ket  kelgan  bir  xil  undoshli  so‘zlarni  bir    yo‘ldan 

keyingi  yo‘lga  bo‘g‘inlab  ko‘chirish.  Harf    birikmasi    (sh,ch  ,  ng)  qatnashgan  so‘zlarning  bir  yo‘ldan 

ikkinchi yo‘lga ko‘chirilishi.  

2. So‘z  mahnosi ( 23 soat ) 

       SHaxs va narsalar nomini bildirgan so‘zlar, ularning kim?, nima?, kimlar?, nimalar? so‘roqlariga 

javob bo‘lishi, ism va familiyalarning, respublika, shahar, ko‘cha, qishloq, daryo nomlarini bosh  harf  bilan 

yozilishi.  

    SHaxs-narsa harakatni bildirgan so‘zlar, uning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? so‘roqlariga 

javob  bo‘lishi.  SHaxs-narsaning  belgisini  bildirgan  so‘zlar,  ularning  qanday?,  qanaqa?  so‘roqlariga  javob 

bo‘lishi.         

       Darslikda  berilgan  lug‘atdan  foydalanish  ko‘nikmasini  shakllantirish.   



 

24 


3. Nutq va gap (12 soat) 

     Nutq. Nutqning og‘zaki va yozma shakllari.  

     Matn. Matnning gaplardan tuzilishi. 

     Gap.  Gapning  bosh  harf  bilan  yozilishi  va  uning  oxiriga    nuqta,  so‘roq,  undov  belgilarining  qo‘yilishi; 

gapning kim  yoki nima haqida aytilganini bildirgan so‘zni aniqlash; rasmlarga qarab gap tuzish  va  yozish; 

savol-javob gaplar; savol-javob tuzilishidagi matnlarning yozilishi; nutq odobi.  

         4. Yil  davomida o‘tilganlarni takrorlash  ( 5 soat) 

            



Husnixat  

 

Yozuvga oid malakalarni shakllantirish; yozish jarayonida partada to‘g‘ri o‘tirish, daftarni 



belgilangan qiyalikda qo‘yish; ruchkani to‘g‘ri ushlash; yozuv chiziqlarini farqlash, harflarni yozuv 

chiziqlari orasida to‘g‘ri joylashtirish; harflarning qiyaligi, ulanishi hamda so‘zlar orasini bir xil tenglikda 

chamalash. 

 

Kichik va bosh harflarni savod o‘rgatish jarayonidagi kabi tartibda husnixat bilan yozishni mashq  



qilish. 

O‘quv yili davomida o‘rganiladigan imlosi qiyin so‘zlar: ajdar, arg‘imchoq, achchiq, bodring, boyqush, 

bog‘bon, bog‘cha, burgut, daraxt, eshik, garaj, harf, havo, holva, jahl, jahon, jajji, kombayn, kuch, mag‘rur, 

mehmon,  oyoq,  og‘a-ini,  pishloq,  pochta,  qaldirg‘och,  qarindosh,  qarz,  qasr,  qirg‘ovul,  qishloq,  quruvchi, 

quzg‘un, qo‘shiq, qo‘g‘irchoq, qo‘zichoq, sanchqi, sanhat, savatcha,  sirk, siyoh, sochiq, Toshkent, uloqcha, 

urishqoq,  uchrashmoq,  xirmon,  xontaxta,  yong‘oq,  zinapoya,  yashnamoq,  o‘rik,  o‘yinchoq,  o‘quvchi,  o‘q, 

shaftoli,  shahar,  shamol,  sholg‘om,  shudring,  sho‘rva,  chaqaloq,  chinni,  chiroyli,  chumchuq,  chuchuk, 

chuchvara, chopmoq, chorraha, choynak. 

 

2- SINF 

FONETIKA, GRAMMATIKA  IMLO VA  NUTQ  O‘STIRISH 

(136 soat) 

 

                    1. Birinchi sinfda o‘tilganlar yuzasidan takrorlash (6 soat) 

  2. Tovushlar va harflar (50 soat) 

Unli va undosh tovushlar, ularning bir-biridan farqi. Tovushlarni harflar bilan belgilash. Unli tovushlar 

va harflar. O‘zbek tilidagi olti unli tovushning olti unli harf bilan belgilash. [A] va [o] , [u] va [i] , [e] , [o‘] 

unli  tovushlarining  talaffuzi  va  undosh  tovushlar  portlovchi  F  va  p,  h  va  x  hamda  harf  birikmasi    bilan 

ifodalangan ng tovushining talaffuzi va imlosi. Tutuq belgisi (h) va uning ishlatilishi. 

Tutuq belgisining so‘zdagi vazifasi . 



      Bo‘g‘in.  So‘zning  oldingi  satrga  sig‘may  qolgan  qismini  keyingi  satrga  bo‘g‘inlab  ko‘chirish.  So‘zda 

nechta  unli  tovush  bo‘lsa,  shuncha  bo‘g‘in  bo‘lishi.  Bo‘g‘in  tarkibi  unli  tovushdan,  bir  unli  va  bir  undosh 

tovushdan, bir unli va bir necha undosh tovushdan tuzilishi. 

     Bo‘g‘in ko‘chirish.  So‘zning bir yo‘ldan keyingi yo‘lga bo‘g‘inlab ko‘chirilishi. Bo‘g‘in hosil qilgan bir 

unli harfni oldingi yo‘lda qoldirib yoki keyingi yo‘lga ko‘chirib bo‘lmasligi. Bir bo‘g‘inli so‘zlar, (ona, ahil, 



o’rik, elak kabi ikki bo‘g‘inli so‘zlarning ko‘chirish uchun bo‘linmasligi. Tutuq belgisi qo‘yib  yoziladigan 

so‘zlarni bo‘g‘in ko‘chirish uchun bo‘linishi, tutuq belgisining oldingi bo‘g‘inda qoldirilishi (vah-da, mashh- 



al, tah-lim). Harf  birikmali so‘zlarning bo‘g‘inlab ko‘chirilishi (si-ngil, ko’-ngil, tong-gi kabi)  yonma-yon 

kelgan  bir  xil  undoshli  so‘zlarning  bo‘g‘inlab  ko‘chirilishi  (ik-ki,  kat-ta,  is-siq  kabi)  Jarangli  va  jarangsiz 

undosh  tovushlar,  ularning  imlosi,  bunday  so‘zlarning  yozilishini  so‘z  oxiriga  unli  tovush  qo‘shib  aytib 

tekshirish: (maktabim – maktab, kitobim-kitob, maqsadim – maqsad, umidim – umid  kabi) Aytilishda tushib  

qoladigan undoshlar. (Farzand, daraxt, do‘st kabi) ularning imlosi. 

3. So‘z ( 52 soat) 

So‘zlarning  mahno  bildirishi  kishilar  va  narsalar  nomini  bildirgan  so‘zlar,  kishilarning  nomini 

bildirgan  so‘zlar  (kim?,  kimlar?),  narsalar  nomini  bildirgan  so‘zlarga  (nima?  nimalar?)  so‘rog‘ining 

berilishi.  Kishilarning  ismi  –  familiyasi,  hayvonlarga  berilgan  nomlar,  shahar,  qishloq,  ko‘cha  va  daryoga 

qo‘yilgan nomlarning bosh harf  bilan yozilishi. 

  Narsa va shaxslarning harakatini bildirgan so‘zlar, ularning nima qildi?, nima qilyapti?, nima qiladi? 

so‘roqlariga    javob  bo‘lishi.  SHaxs  va  narsalarning  belgilarini  (rangi,  mazasi,  shakli,  xil-  xususiyatini) 

bildirgan  so‘zlar,  ularning  qanday?  qanaqa?  so‘roqlariga  javob  bo‘lishi.    SHaxs  va  narsalarning  sanog‘ini, 

tartibini bildirgan so‘zlar va ularning so‘roqlari; 

  Lug‘aviy mashqlar: qarama-qarshi mahnoli so‘zlar: (rohat-azob, oq-qora uyg’otmoq-uxlatmoq, 



boshlamoq-tamomlamoq, katta-kichik (kichkina), baland-past) va mahnodosh so’zlar: (orzu, istak, havas, 

 

25 


tilak; sevinmoq, shodlanmoq; aybsiz, gunohsiz, begunoh  kabi) shakldosh so‘zlar, uyadosh so‘zlar va ko‘p 

mahnoli so‘zlar.                                                                             



4. Gap (20 soat) 

 Gaplarning darak, so‘roq, buyruq, istak mazmunini bildirishi hamda so‘zlardan tuzilishi;  

Gapning birinchi so‘zining bosh harf bilan yozilishi va oxiriga tinish belgisining qo‘yilishi; 

Gapdan kim?, kimlar?, nima?, nimalar? haqida aytilganni bildirgan va ular haqida nima deyilganini 

bildirgan so‘zlarni (gapning asosini) toppish (ega va kesim atamasi berilmaydi).. So‘roqlar yordamida 

gapdagi o‘zaro bog‘lanishining, so‘zlarni aniqlash.  



   Nutq  va matn  

   Nutq. Nutqning ahamiyati:  Og‘zaki va  yozma nutq haqida tushuncha.  

   Matn. Matnning o‘zaro mazmunan bog‘langan ikki yoki bir necha gaplardan tuzilishi; matnlarni 

mazmunan qismlarga bo‘lish; matnga va matn qismlariga sarlavha  qo‘ya olish; bayon haqida tushuncha; 

savollar yordamida uncha katta bo‘lmagan matn asosida bayon yozish; rasmlarga qarab savollar yordamida 

gaplar tuzish;  

  Bir  mavzuga oid 2-3 ta gap tuza olish: Bolalarning o‘yinlari, kattalar mehnatiga yordami, o‘qishlari, 

qiziqishlari  haqida o‘qituvchi rahbarligida  hikoya  tuzish va yozish.  



O‘quv yili davomida o‘rganilganlarni takrorlash (8 soat) 

Husnixat   

 Bir chiziqli daftarda o‘xshash unsurli harflarni yozish va harfni bir-biriga to‘g‘ri tutashtirish; o‘xshash 

unsurli kichik harflar va shu harflardan tuzilgan bo‘g‘inlar va so‘zlarni yozish, o‘xshash unsurli bosh harflar 

va ularni o‘zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirish. 



Ayrim yozuv qoidalari: 

 - daftarlarning  past tomonidagi  burchagini  ko‘krak  o‘rtasining  qarshisiga to‘g‘ri  qo‘yish; 

 - daftarni chap qo‘l  bilan ushlab turib yozish; 

 - boshini bir oz pastga  egib, to‘g‘ri o‘tirish; 

 - oyoqni bo‘sh tutib,  yerga qo‘yib o‘tirish; 

 - qo‘lning tirsagini parta ustida tutish. Ruchkani uch barmoq orasida  erkin  ushlash.  

 - har bir harfni to‘g‘ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‘g‘in va so‘zlarni aniq yozishga  harakat qilish. 

 - harf va harf  birikmalarini to‘g‘ri va aniq shakllantirish. 

 - shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish. 

 - har bir mashqni uch-to‘rt marta takrorlash. 



O‘quv  yili  davomida  imlosi  qiyin  bo‘lgan  quyidagi  so‘zlarning  talaffuzi  va  yozilishini    bilib  olish

avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro, dars, daftar, do‘st, farzand, fasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, 

kaft,  konhki,  lavlagi,  loviya,  lug‘at,  mashina,  minnatdor,  moslama,  navbatchi,  no‘xat,  oktyabr,  payvand, 

palhto,  paxta,  qo‘ng‘iroq,  quyosh,  sabzi,  Samarqand,  sentyabr,  sinf,  singil,  soat,  Toshkent,  traktor,  vazifa, 

vatan, xalq, xursand, yomg‘ir, yostiq, o‘qituvchi, o‘quvchi,  shahar kabi. 

O‘xshash unsurli kichik va bosh harflarni yozish; harflarni bir-biriga tutashtirish;  



O‘xshash unsurli kichik harflar: 

1-guruh  i, u,  n, m, t, l, y 

2-guruh  h, j, k, f  

3-guruh  o, o’, q, a, g, g’, p 

4-guruh  e, b, x 

5-guruh  r, v, s, sh, ch  



O‘xshash unsurli bosh harflar: 

1-guruh   U, L,Z, I  

2-guruh   M, H, K, N, A  

3-guruh   O, O’, Q, X, CH   

4-guruh   E, S, SH, Z 

5-guruh   V, G, G’, Y 

6-guruh   T, F, R, B, P  

3- SINF 

  FONETIKA, GRAMMATIKA, IMLO VA  NUTQ O‘STIRISH   

(170  soat) 

1. Takrorlash  (24 soat ) 

                  Nutq va gap, gap va matn . So‘z.  



 

26 


 Gap. Fikr bildirish maqsadiga ko‘ra  turlari,  gapning  kim? yoki nima? haqida ekanligini bildirgan so‘zlar.  

 

So‘z va so‘zlarning nomlashni ko‘ra guruhlanishi.                                                



           Tovushlar  va  harflar.  Unli  va  undosh  tovushlar  va  harflar.  Bo‘g‘in,    so‘zlarni    bo‘g‘inlarga    bo‘lish  va 

bo‘g‘inlarga bo‘lib ko‘chirish qoidalari. So‘zlarni bo‘g‘in, tovush va tovush – harf jihatdan tahlil qilish; Tutuq 

belgisi  va  uning  ishlatilishi.  SH,  ch,  ng  harf  birikmalari,  ketma-ket  kelgan  bir  hil  undoshli  so‘zlar  va  ularning 

imlosi. So‘z oxirida kelgan, jarangli, jarangsiz jufti bor undoshlar imlosi.  



        2. Gap (30 soat) 

          Gap. Gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari: darak gap, so‘roq gap, buyruq gap, istak gap. Gapning  

his-hayajonning ishtirokiga ko‘ra turlari: his-hayajonsiz gaplar, his-hayajonli (undov) gaplar. Nuqta,(.) so‘roq 

(?) belgilari, his – hayajon bilan aytilgan gapning oxirgi undov belgisining qo‘yilishi.  

      Gap  bo‘laklari.  Gapning  bosh  bo‘laklari,  ikkinchi  darajali  bo‘laklari  (ikkinchi  darajali  bo‘laklar  turlarga 

ajratilmaydi). Ikkinchi darajali bo‘laklarning so‘roqlari. Ega va kesim mazmunini to‘ldirishda ikkinchi darajali 

bo‘laklarning ahamiyati. Gapda so‘zlarning o‘zaro bog‘lanishini so‘roqlar yordamida aniqlash.  

       O‘rganilganlarni takrorlash va  mustahkamlash. 

3. So‘z  tarkibi (22 soat) 

   


So‘zning  tarkibi  haqida  umumiy  tushuncha:  asos  va  asosdosh  so‘zlar.  So‘z  yasovchi  qo‘shimchalar, 

yasovchi  qo‘shimchalarning  asosdosh  (bir  hil  o‘zakli)  so‘zlar  hosil  qilishi.  Egalik  va  kelishik 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling