O‘zbekiston respublikasi standarti


Ilm – aql chirog‘i   ( 9 soat)


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana31.12.2017
Hajmi0.65 Mb.
#23442
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Ilm – aql chirog‘i   ( 9 soat) 

 ―Ilm  –  aql  chirog‘i‖  bo‘limiga  kiritilgan  badiiy  asarlarni  o‘qish  bolalarga  kitobning  inson  hayotidagi  

ahamiyati,  ilm  olish  aqliy  tafakkur,  mahnaviy  kamolot  taraqqiyotiga  tahsir  qilishi    haqida    tasavvur    hosil  

qilishlariga  yordam  beradi. 



  

Xalq o‘giti – baxt kaliti  (9 soat) 

 ―Xalq o‘giti – baxt kaliti‖ bo‘limiga bolalar qalbida ona allasi bilan kirib kelgan og‘zaki ijod namunalari 

kiritilgan bo‘lib, ezgulik, to‘g‘ri so‘zlik, sofdillik, nafosat, do‘stlik, o‘rtoqlik, ahillik  haqida  tasavvur  hosil  

qiladi.     



Odob –insonga husn  (8 soat) 

 ―Odob  –  insonga  husn‖  bo‘limiga  kiritilgan  asarlar  faxm-farosat,  hayo  va  odoblilik,  qanoat  kabilar 

insonning  mahnaviy-ahloqiy  qiyofasini  belgilovchi  asosiy  omillar    ekani    yuzasidan  ilk    tushunchalar  

berishga  mo‘ljallangan.  



Mehnatning tagi – rohat  (10 soat) 

 ―Mehnatning tagi-rohat‖ bo‘limida mehnat tufayli inson baxtga  erishishi, ona  yerning insonlar mehnati 

tufayli boylik manbayiga aylanishi haqidagi tushunchalari tarkib toptiriladi. 

 Sinfdan tashqari o‘qish 

       Sinfdan  tashqari  o‘qish  uchun  8-16  betli  kichik  hajmdagi  asarlardan  tuzilgan  bolalarbop  kitoblar 

tanlanadi.  Sinfdan  tashqari  o‘qish  darsida    1-1,5  betli  asardan  foydalaniladi.  Ular  bilan  o‘quvchilar 

o‘qituvchining  o‘qib  berishi  orqali tanishtiriladi.  Sinfdan tashqari  o‘qish  dasturining  asosiy  vazifasi  o‘qish 

malakalarini takomillashtirish, bilimlarini boyitish, kitob bilan mustaqil ishlashga o‘rgatishdir.  

Haftada oxirgi o‘qish darsining 20 daqiqasi sinfdan tashqari o‘qish uchun ajratiladi. 

       O‘qish  mavzusi sinfda o‘qiladigan asarlar  mavzusi bilan uyg‘unligiga, ta‘lim tarbiya birligida, 

mavsumiy, bosqichli va bolalar qiziqishiga rioya qilgan holda belgilanadi hamda asarlar tanlanadi. 



 

  

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

32 


2- SINF 

O‘qish va nutq o‘stirish    (136 soat) 

O‘qish  mavzulari:   

Ona yurtim –oltin beshigim (19 soat) 

   O‘quvchilarga  bizning  ona  yurtimiz–O‘zbekiston  Respublikasi,  uning  poytaxti  Toshkent    ekanini, 

Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Andijon, Namangan, Qashqadaryo, Surxondaryo, Jizzax, Sirdaryo, 

Toshkent,  Navoiy  kabi  viloyatlari  borligi  uqtiriladi.  Har  kim  o‘z  ona  yurtini  sevishi,  uning  tinch,  go‘zal 

bo‘lishi uchun harakat qilishi o‘quvchilarga hayotiy misollar bilan  tushuntiriladi.  O‘zbekiston  xaritasidan  

mamlakatimiz  hududi va undagi qadimiy shaharlar  ota – bobolarimiz o‘z  ona  ozodligi  yo‘lida  kurashib 

kelganliklari,  bugungi  vatanimiz  go‘zalligi, xalq  farovonligi  yo‘lida  o‘qish  va  mehnat  qilish  kerakligi  

haqida  uqtiriladi.   

   Maktabim – qutlug‘ makonim, kitobim- oftobim (12 soat) 

    O‘quvchilarga maktab muqaddas dargoh, kitob mo‘htabar  ekanligi  haqida amaliy tushunchalar beriladi. 

Ularga  o‘qituvchi  ustoz-murabbiylar  ekanligi,  u  bolalarga  bilim  chashmalarini    ochuvchi  ulug‘  va 

mo‘htabar  inson  sifatida  ehzozlanishi,  bilim  manbai  –  kitobni  sevish,  ardoqlash,  asrash  o‘quvchilarning 

burchi ekanligi, kitoblar ularga ko‘p voqea-hodisalar haqida hikoya qilishi, shuning uchun ham ular katta 

boylik deb tahriflanishi haqidagi bilimlar singdiriladi. O‘quvchilarga kitob o‘qish  qoidalariga rioya qilish 

eslatiladi.  

Oltin kuz - hosiling yuz ( 6 soat ) 

  Kuz  fasliga  doir  asarlar.  Kuzda  insonlar  mehnati,  ularning  tabiatga  munosabatlari.  Tabiatga  sayr  va 

sayohat.  

 Mehnat – baxt keltirar (10 soat) 

  Mazkur  bo‘limdagi  matnlar  o‘quvchilarda  mehnat  qilishga,  hunar  o‘rganishga  ixlos  qo‘yish  kabi 

xislatlarni  tarbiyalaydi.  O‘quvchilarga  mehnatkash  ota-bobolarimizning  mehnatdan  baxt-saodat 

topganliklari,  o‘lkamizda  bog‘-rog‘lar,  ekinzorlar  yaratganliklari,  ularning  faol  mehnatlari  haqidagi 

lavhalar  tavsiya  etiladi.  Ular  mehnat  haqidagi  hikmatli  o‘gitlar,  maqol  va  masallar  mazmuni  bilan 

tanishtiriladi.  O‘quvchilarga  mehnat  tufayli  to‘q-farovon  yashash  mumkinligi,  bolalarning  kattalarga 

yordami, ular oldida  farzandlik burchini  bajarishlari, orasta va saranjom- sarishta bo‘lishlari, oila iqtisodi, 

tejamli bo‘lish haqida tushunchalar beriladi.  



Kumush qish – misoli oqqush (12 soat) 

     Qish tabiati, dala va bog‘larning qishki ko‘rinishi, o‘quvchilarning qishki tahtil kunlari, qishki o‘yinlar. 

Qorbobo, qorqiz bolalar mehmoni. Qishda tabiatga sayr va sayohat. 

Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi (12 soat) 

  Odob–ahloqqa  doir  fazilatlarni  shakllantira  borish,  ota-bobolarimizning  durdona  fikrlarini  yod  olish, 

ularga amal qilish, ibratli voqea–hodisalar ifodalangan matnlarni o‘qish, ulardagi mahnolarni tahlil qilish, 

misollar keltirish. O‘quvchilarda milliy anhanalarga mehr  uyg‘otish. 



Zumrad  bahor – bahri  diling ochar (16 soat) 

    Bahor tabiati, gullar, o‘simliklarning hayoti, kishilarning mehnati, bolalarning o‘yinlari haqidagi asarlar 

va she‘rlar. 8-mart onalarimiz bayrami. Bahorda tabiatga  sayr va sayohatlar. 

Ertaklar – yaxshilikka yetaklar (13 soat) 

   Ertaklar  olamiga  sayohat.  Nima  yaxshiyu,  nima  yomonligini  ertaklardagi  voqea-hodisalar  orqali  uqib 

olish. Ertak qahramonlarining holatini so‘zlab berish, voqealarni rasmda ifodalash. 

Yoz – o‘tadi soz ( 8 soat) 

 Yoz  tabiati,  pishiqchilik,  o‘quvchilarni  yozgi  tahtil  kunlaridagi  dam  olishlari  va  mehnatlari  haqidagi 

she‘rlar, matnlarni o‘qish hamda yod olish. Yoz tabiati haqida hikoya tuzish, insho yozish. 

 Tabiatni kuzatish, sayr-sayohatga borish. 



Tabiatni asrang, avaylang ( 11 soat) 

Bolalarni  tabiatga  yaqinlashtirish  maqsadida  u  haqidagi  ajdodlarimizning  nasihatlari,  shoir  va 

yozuvchilarning asarlaridan namunalar, matn mazmuniga mos rasmlar beriladi.Darslikda  berilgan asarlar 

o‘quvchilarni  tabiatga  ongli  munosabatda  bo‘lishga    o‘rgatadi.  Atrofimizdagi  olam  darsi  bilan  bevosita 

bog‘lanib, mujassamlashgan savol berish maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. 

Sinfdan tashqari  o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat) 

O‘qish materiallari. 8-30 bet hajmdagi bolalarbop badiiy, ilmiy-adabiy kitoblar. O‘quvchi ovozsiz mustaqil 

o‘qish  va  tanlab  ovoz  chiqarib  o‘qish  uchun  1-5  bet  hajmli  she‘r, ertak  va  hikoyalar.  O‘qish   mavzulari. 

Ona-Vatan  va ota-bobolar jasorati, o‘simliklar, qushlar hamda hayvonlar haqidagi asarlar.   



 

 

33 


3- SINF 

Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish va nutq o‘stirish.  (170 soat) 

O‘qish  mavzulari: 

Ona bitta, Vatan yagona (19 soat) 

   Bu bo‘limda o‘quvchilarga O‘zbekiston Respublikasining mustaqil mamlakat ekanligi, yurtimizda so‘nggi 

yillarda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida tushuncha beriladi. Har bir kishi o‘zi tug‘ilib o‘sgan 

ona – Vatanini sevishi, ona tilini qadrlashi, ozod mamlakatning chin farzandi bo‘lishi, yurt farovonligi, xalq 

hayoti va mehnati, fidoiy zamondoshlarimiz haqidagi badiiy asarlar  berilgan.   

Xalq og‘zaki ijodi (17 soat) 

Bu  bo‘limda  xalq  og‘zaki  ijodiga  oid  qo‘shiq,  ertak,  masal,  maqol,topishmoqlar  kiritilgan.Ular  orqali 

o‘quvchilarga  xalqning  orzu–umidlari,  do‘stlik,  ahillik,  vatanparvarlik,  mehnatsevarlik,  halollik  fazilatlari 

ulug‘lanishi, salbiy xislatlarning qoralanishi uqtiriladi.  



Kuz manzarasi va mehnat (14 soat) 

    Mazkur bo‘limda yurtimizning o‘ziga xos kuzgi tabiat manzarasi, kishilar mehnati, mehnat tufayli shahar-

qishloqlarning obod bo‘lishi, mehnat zavqi, milliy urf-odatlarimiz, she‘r, hikoya, rivoyatlar aks ettirilgan. 

Ulug‘lardan o‘rganmoq – oqillik  (20 soat) 

   Bo‘limda ona – Vatanimizning buyuk o‘tmishi,  ajdodlarimiz hayoti, xalqi va Vatani uchun, mahrifat rivoji 

uchun  xizmat  qilishni  o‘z  oldiga  maqsad  qilib  qo‘ygan  allomalarning  bolaliklari,  jasoratlari,  kasb–hunar, 

bilim  egallash  yo‘lidagi  sahyi-harakatlari,  xalqqa  ko‘rsatgan  g‘amxo‘rliklari,  yurt  obodonchiligidagi 

xizmatlari to‘g‘risidagi fikrlar kiritilgan.      

Kumush  qish   (14 soat) 

      Ushbu  bo‘limdan  qish  manzarasi,  tabiati,  hayvonlarning  qishki  hayoti,  kishilar  mehnati,  bolalarning 

qishki o‘yinlari, yangi yil bayrami haqidagi adabiy – badiiy asarlar o‘rin olgan. 

     Orzular qanotida (16 soat ) 

   Bo‘limda o‘zbek shoir va yozuvchilarining kichik yoshdagi tengqurlar hayoti, ularning qiziqishlari, orzu – 

umidlari,  do‘stligi,  odob  –  axloqi,  kattalar  va  biri-  birlariga  yordamlari,  ustoz  va  shogird  munosabatlari 

yoritilgan.  SHu  bilan  birga  istiqlol,  vatanimiz  himoyachilarining  vatan  oldidagi  o‘z  burchlarini  qanday 

o‘tayotganliklari, ona yurtga bo‘lgan tengsiz sadoqatlari haqidagi adabiy – badiiy asarlar kiritilgan.  

     Keldi bahor  - gulbahor (15 soat ) 

   Bu  bo‘limda  bahor  tabiati,  bu  faslning  go‘zalligi,  kishilar  mehnati,  Navro‘z  bayrami,  bahor  faslidagi 

bayramlar, insonlarining tabiat bilan o‘zaro munosabati, jonivorlarning hayoti haqidagi asarlar berilgan. 

Tabiatni asrang va seving (10 soat) 

      Ushbu  bo‘limdan  tabiat  va  uning  insonlarga  xizmat  qilishi,  o‘lkamiz  tabiati,  ona-yurtimiz,  uning 

boyliklarini  asrash,  o‘simliklar,  dov-daraxtlar,  hayvonot  olami  va  parrandalarga  g‘amxo‘rlik  qilish 

to‘g‘risidagi asarlar o‘rin olgan. 



Go‘zal fazilat – inson husni (20 soat) 

   Bu  bo‘limdan  chidamli,  mehrli,  g‘ayratli  bo‘lish,  ota-onalar  mehnatini  qadrlash,  odob,  do‘stlik,  ahillik 

hunar  egallash,  tejamkorlikning  foydasi  haqidagi  asarlar,  noahillik,  manmanlik  hamda  shoshqaloqlikning 

yomon  oqibatlarga  olib  kelishi  ifodalangan  matnlar  joy  olgan.  Xotira  va  qadrlash  kuni  haqida,  xayru 

saxovatli bo‘lish haqidagi adabiy – badiiy asarlar berilgan. 

Yoz fasli – soz fasl (8 soat) 

    Bu  bo‘limda  yoz    manzarasi,  yozning  noz-nehmatlarga    boyligi,  yozda    kishilarning  dala  va  bog‘larda 

mehnat  qilishi,  jonivorlar,  qushlar,  hasharotlar  hayoti  bolalarning  ko‘ngilli  dam  olishi,  yozgi  o‘yinlari 

yoritilgan badiiy asarlar  kiritilgan. 



Sinfdan tashqari  o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat) 

      Sinfdan  tashqari  o‘qish  o‘quv  dasturining  ajralmas  qismlaridan  biridir.  SHuning  uchun  o‘quvchilarda  

kitobxonlik  madaniyatini  tarbiyalash,  ularni  oddiy  kitobxondan  ijodkor  kitobxon  darajasiga  ko‘tarish  talab 

etiladi.  O‘quvchilarda  kitobga  havas  uyg‘otishda  har  bir  bolaga  yakka  tartibda  yondashish,  shaxsiy 

qiziqishlarini hisobga olish zarur. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini  shakllantirish ularda kitobxonlik  

madaniyatini  tarbiyalashning  muhim omilidir. 

Sinfdan  tashqari  o‘qish  mashg‘ulotlari  ikki  haftada  bir  marta  o‘tkaziladi  va  o‘qish  uchun  ajratilgan  

soatlardan foydalaniladi. Badiiy – adabiy asarlar mustaqil ravishda va izchil o‘qib borilsa  o‘quvchilarning 

dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.  

   Sinfdan  tashqari  o‘qish  tanish  bo‘lmagan  muallifning  kitoblari  muqovasi,  titul  varag‘i,  kirish  so‘zi, 

mundarijasi  va  suratlariga  qarab  asarning  taqvimiy  mazmunini  aniqlash    vazifasini    amalga  oshirishga  

xizmat  qiladi. 



 

34 


                                                                          4 - SINF  

O‘qish va nutq o‘stirish  (170 soat) 

Sinfda, sinfdan tashqari o‘qish  va nutq o‘stirish   

 

O‘qish mavzulari: 

Istiqlolim - istiqbolim (14 soat) 

       Taniqli bolalar yozuvchilarining istiqlolga bag‘ishlangan asarlari, ularda xalqimiz hayoti va  Vatanimiz 

taraqqiyotidagi jahonshumul ahamiyati aks ettirilgan asarlar tahlili. «Istiqlol farzandimiz»  mavzusida ijodiy 

suhbat. 


       O‘zbekiston  va  uning  viloyatlari,  shahar  va  qishloqlarida  yashovchi  har  bir  kishi  uchun  Vatanning 

muqaddasligi,  yurt  obodligi,  farovonligi  xalqning  kuch-qudrati,  saxovatpeshaligi  tufayli  yuzaga  kelgan 

to‘kin-sochinlik  to‘g‘risida  tushuncha  berish,  vatanning  yagonaligi  va  unga  bo‘lgan  muhabbat    tuyg‘usini  

uyg‘otish. 



Oltin kuz (6 soat) 

      Oltin  fasl  sifatida  ehzozlanadigan  kuzning  inson  va  tabiat  hayotida  tutgan  o‘rni      to‘g‘risida  hikoya 

qilingan asarlar. Tabiat quchog‘iga sayohat. «O‘lkamiz (qishlog‘imiz, shahrimiz) tabiati»  mavzusida ijodiy 

matn yaratish. 



Mahnaviyat — qalb quyoshi (11 soat) 

     Inson  mahnaviyatini  yuksaltirishga,  ayniqsa,  bolalarni  ezgulikka  muhabbat  ruhida  tarbiyalashga 

qaratilgan,  ahloq-odob  mehzonlari  xususida  bahs  yuritilgan  asarlar,  ularda    ahloq-odob,  go‘zal  insoniy 

fazilatlar to‘g‘risida muayyan tasavvur  tushuncha berish.  



Xalq og‘zaki ijodi (28 soat) 

      Xalqimizning  ming  yillar  mobaynida  yaratgan  sehrli-fantastik  ertaklari,  xalq  dardi,  istak-xohishi,  orzu-

umidlari  ifodalangan  qo‘shiqlar,  bolalarning  quvnoq  o‘yin-qo‘shiqlari,  hozirjavoblik,  topqirlikni  taqozo 

etadigan  topishmoqlar,  xalqning  hayotiy  xulosasi  tarzida  yuzaga  kelgan  purhikmat  maqollar,  sehr-jozibaga 

yo‘g‘rilgan rivoyatlarni o‘qish. 

Vatanimiz  o‘tmishidan (9 soat) 

       Hikoya, rivoyat, she‘r va hikmatlarda Vatanimiz tarixi, uning muqad-dasligi, Abu Ali ibn Sino, Pahlavon 

Mahmud, Alisher Navoiy kabi buyuk ajdodlarimiz hayoti, xalqimiz bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘l to‘g‘risida 

hikoya qilish. 

 

Kumush stish  (6 soat) 

       Qish  faslida,  tabiatda  sodir  bo‘lgan  o‘zgarishlar,  qish  zavqi  tufayli  totli  tuyg‘ular  ifodalangan  she‘r  va 

hikoyalar, «Bizning qish»  mavzusida  ijodiy matn yaratish. 

Nima yaxshi-yu, nima yomon? (22 soat) 

     Badiiy - adabiy asarlarda insondagi yaxshi va yomon xulqlar, ularning oqibati, odamlar o‘rtasidagi mehr-

muhabbat,  halollik,  poklik,  to‘g‘riso‘zlik,  samimiyat    to‘g‘risida,  ularda  mahnaviy  kamolot  inson  xulq-

atvorida aks etishi, uning obro‘-e‘tiborini oshirishi ezgu ishlarga yo‘naltirish, badiiy asarlarni o‘qish. 



Hayvonot  olamida (11 soat) 

     She‘r  va  hikoyalarda  insonlarning  eng  yaqin  do‘sti  hayvonlarning  va  ularning  yashash  tarzi,  o‘ziga  xos 

hayoti, ona tabiat yaratgan mo‘hjiza ekanligi, odamlarning ularga munosabatlarini bilish. 

Zumrad bahor (13 soat) 

      Fasllar  kelinchagi,  yashash-yasharish  fasli  bo‘lgan  bahor  tabiati,  uning  kishilar  hayotida  tutgan  o‘rni, 

dillarga  beradigan  zavq-shavqi,    ishlar  to‘g‘risidagi  she‘r  va  hikoyalar,  «Assalom,  Navro‘z!»    mavzusida 

ijodiy matn yaratish. 



Yashasin tinchlik, bor bo‘lsin do‘stlik (6 soat) 

       Hikoya  va  she‘riy  asarlarda  insonning  baxt-saodati,  farovon  turmush  kechirishi  faqat  Vatanning  kuch-

qudrati,  ona  zamin  saxovatiga  bog‘liq  bo‘lib  qolmasdan,  ayni  paytda  xalqlar  o‘rtasida  tinchlik-totuvlik, 

do‘stlik rishtalari haqida so‘z yuritish.  



Ajdodlarimiz - faxrimiz (9 soat) 

      Badiiy  –  adabiy  asarlarda  xalqimiz  va  Vatanimiz  shon-shuhratini  asrlar  osha  butun  jahonga  taratib 

kelayotgan  benazir  ajdodlarimizning  o‘z  ehtiqodlari  yo‘lidagi  fidoyiliklari,    ularda  umuminsoniy  va  milliy 

g‘urur  to‘g‘risida,  To‘maris,  Najmiddin  Kubro,  Beruniy  va  boshqa  vatandoshlarimizning  vatan  daxlsizligi 

hamda ilm mahrifat yo‘lidagi kurashlari haqidagi bilimlarga ega bo‘lish. 

Jahon bolalar adabiyoti (9 soat) 

     Jahon  bolalar  adabiyotining  G.Andersen,  J.Svift,  aka  –  uka  Grimmlar,  CH.Aytmatov  singari 



 

35 


namoyandalarining  sehrli  sarguzashtlarga  boy,  dunyodagi  juda  ko‘p  tillarga  tarjima  qilinishi  va  ularda 

bolalarga xos xususiyatlarning aks etishi.   



Yoz — o‘tadi soz (9 soat) 

      Bolalarning  tahtil  davomida  ona-tabiat  bilan  yaqindan  tanishadigan  yoz  faslining  o‘ziga  xos 

xususiyatlari, kishilarning yozdagi  mehnatlari  tasvirlangan she‘r va hikoyalarni o‘qish. 

Sinfdan tashqari  o‘qish va nutq o‘stirish (17 soat) 

     O‘quvchilarda kitobga havas uyg‘otishda  har bir bolaga yakka tartibda yondoshish, shaxsiy qiziqishlarini 

hisobga  olish  zarur.  Bolalarda  kitob  ustida  ishlash  malakasini    shakllantirish  ularda  kitobxonlik  

madaniyatini tarbiyalashning  muhim omilidir. 

    Sinfdan  tashqari  o‘qish  mashg‘ulotlari  ikki    haftada  bir  marta  o‘tkaziladi  va  o‘qish  uchun  ajratilgan  

soatlardan  foydalaniladi.  Badiiy  –  adabiy  asarlar  mustaqil  ravishda  va  izchil  o‘qib  borilsa,  o‘quvchilarning 

dunyoqarashini kengaytirishga, shakllantirishga xizmat qiladi.    

 

 



 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

36 


UZLUKSIZ MAJBURIY  TA‘LIM  MUASSASALARI   UCHUN  

MATEMATIKA TA‘LIMINING O‘QUV  DASTURI 

 

1-SINF (165 soat) 

 

Narsalarning xossalari va o‘rni. 1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlar (8 soat) 

 

Narsalarning rangi, shakli  va o‘lchami.  



Narsalarni  o‘lchami  bo‘yicha  taqqoslash:  uzun-qisqa,  baland-past,  keng-tor,  yo‘g‘on-ingichka,  ortiq 

(ko‘p), kam, katta, kichik, teng, har xil, bir xil, har biri.  

Fazoviy  tasavvurlar:  chapda,  o‘ngda,  yuqorida,  pastda,  ustida,  ostida,  oldin,  keyin,        oldida,  orqasida, 

yonida, orasida.  

Rangi, o‘lchami va shakliga ko‘ra narsalarni guruhlash.  

1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarning atalishi va  ketma-ketligi, narsalar sanog‘i. Narsalarni to‘g‘ri va teskari 

tartibda sanash. 

Aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak, kvadrat, uchburchak. 

 

10 ichida qo‘shish va ayirish (37 soat) 

 

1 dan 10 gacha bo‘lgan sonlarning yozilishi. 

Sonlarni taqqoslash: teng, katta, kichik. ―q‖, ―>‖, ―<‖ belgilari. 

Berilgan  songa  1  ni  qo‘shish  bilan  undan  keyin  keladigan  sonni  hosil  qilish,  sondan  1  ni  ayirish  bilan 

bevosita undan oldin keladigan sonni hosil qilish.  1 ni ketma-ket qo‘shish va ayirish. 

Sonlarni qo‘shish va ayirish. ―q‖, ―–‖  belgilari. 

0, 10 sonlari va ularning yozilishi. 10 ichida sonlarni taqqoslash, qo‘shish va ayirish. Oralatib sanash. 

Qo‘shishning xossasi. Songa 0 ni qo‘shish va 0 ni songa qo‘shish.  

Ayirishning xossasi. Sondan 0 ni ayirish. 

Qo‘shish  amalining  tarkibiy  qismlari  (birinchi  qo‘shiluvchi,  ikkinchi  qo‘shiluvchi,  yig‘indi)  va  ayirish 

amalining tarkibiy qismlari (kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma).  

Qo‘shish bilan ayirish orasidagi munosabat.  

Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi. 

Hisoblash 

usullari: 

a) 


bo‘laklab 

qo‘shish 

usuli, 

sonlarning 



o‘rinlarini 

almashtirish;                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                                      

b) bo‘laklab ayirish va ayirish bilan qo‘shish orasida bog‘lanishga

 

asoslangan ayirish usuli. 



10 ichida  qo‘shish jadvali. 10 ichida ayirish jadvali. 

Narsalarning  uzunligi.  SHartli  uzunlik  birligi  yordamida  narsa  uzunligini  o‘lchash.Qarichlab,qadamlab 

o‘lchash. 

To‘g‘ri  chiziq.  Kesma.  Uzunlik  birligi  –  santimetr.  Kesma  uzunligini  o‘lchash.  CHizg‘ich  yordamida 

berilgan  uzunligi  asosida  kesma  chizish.  Kesma  uzunligini  berilgan  sondagi  santimetrlarga  qadar 

kattalashtirish va kichraytirish. Kesmalarni chizg‘ich yordamida ayirmali taqqoslash. 

 

YuZLIK 

11 dan 100 gacha bo‘lgan sonlar. 20 ichida qo‘shish va ayirish.  (24 soat) 

 

10 – Hisoblash birligi sifatida. O‘nlik. 100 ichida o‘nliklar bilan sanash. 11 dan 100 gacha sanash. 11 dan 

100 gacha bo‘lgan sonlarni raqamlash, o‘qish va yozish.  

11 dan 20 gacha  bo‘lgan sonlarning o‘nlik tarkibi.  

11 dan 20 gacha bo‘lgan sonlarni taqqoslash. 

20 ichida songa bir xonali sonni qo‘shish: 10+3, 14+5 ko‘rinishdagi ifodalar. 

20 ichida sondan bir xonali sonni ayirish: 16–6, 18–5 ko‘rinishdagi ifodalar. 

Yig‘indi bilan sonni taqqoslash. Ayirma bilan sonni taqqoslash.  

Tarkibli masala bilan tanishtirish. Bir amalli tarkibli sodda masalalarni yechish. 

Kilogramm va litr haqida tushuncha. 

Uzunlik  birliklari  –  desimetr,  metr,  ularning  belgilanishi:  dm,  m.  Kesma  uzunligini  chizg‘ich  yordamida 

o‘lchash (santimetr va desimetr hisobida).  

Berilgan uzunlikdagi kesmani chizish (desimetrdan foydalanib). 


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling