O‘zbekiston respublikasi standarti


 ichida qo‘shish va ayirish (54 soat)


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana31.12.2017
Hajmi0.65 Mb.
#23442
1   2   3   4   5   6   7   8   9

                   100 ichida qo‘shish va ayirish (54 soat) 

 

37 


 

100 ichida o‘nliklarni qo‘shish va ayirish. 

100 ichida ikki xonali songa bir xonali sonni qo‘shish: 20 + 3, 32 + 6, 7 + 60, 4 + 83 ko‘rinishdagi ifodalar. 

100 ichida ikki xonali sondan bir xonali sonni ayirish:  23 – 3, 48 – 6 ko‘rinishdagi ifodalar. 

100 ichida ikki xonali songa ikki xonali sonni qo‘shish: 30 + 12, 24 + 40, 24 + 34, 13 + 76 ko‘rinishdagi 

ifodalar. 

100 ichida ikki xonali sondan ikki xonali sonni ayirish:  47 – 17, 78 – 35 ko‘rinishdagi ifodalar.   

Ikki amalli ifodalarda amallarni bajarish tartibi. Qavslardan foydalanish. 

Hafta. hafta kunlari va sanog‘i. 

23 + 7, 4 + 76, 32 + 18, 18 +72, 68 + 32,30 – 6,60 – 35,100 – 7,100 – 62 ko‘rinishdagi ifodalar. 

O‘tilgan mavzularga doir bir amalli sodda masalalarni yechish. 

Uzunlik birliklari – santimetr, desimetr, metr orasidagi munosabat. Kesma uzunligini chizg‘ich yordamida 

o‘lchash (desimetr va santimetr hisobida). Xona tomonlarini o‘lchash (metr va santimetr hisobida). Berilgan 

uzunlikdagi kesmani chizish (desimetr va santimetrdan foydalanib). 

To‘rtburchak va uning turlari. 

 

      18 ichida bir xonali sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘shish (14 soat) 



 

Bir xonali sonlarni 10 gacha to‘ldirish.   

 + 2,    + 3,   + 4,   + 5,   + 6,   + 7,   + 8,   + 9 ko‘rinishdagi ifodalar.  

Sodda va tarkibli masalalarni taqqoslash. Masalalarni ikki usul bilan  yechish.  

Kvadrat (to‘g‘ri to‘rtburchak), to‘g‘ri to‘rtburchak qarama-qarshi tomonlarining  xossalari.  

Katak daftarga  to‘g‘ri to‘rtburchakni (kvadratni) chizish. Burchaklarning  turlari.  

 

         18 ichida bir xonali sonlarni o‘nlikdan o‘tib ayirish (18 soat) 

 

Ayirish usullari. 11–  , 12 –  , 13 –  , 14 –  , 15 –  , 16 –  , 17 –  ,     18 –   ko‘rinishdagi ifodalar. 

Qo‘shish va ayirish yordamida sonlarni taqqoslash. 

18 ichida bir xonali sonlarni ayirish jadvali.  

O‘tilgan mavzularga doir sodda masalalar.  

Vaqt birliklari: soat, minut. Ular orasidagi munosabat. Soatdan vaqtni aniqlash. 

 

            O‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash (10 soat) 

 

2-SINF (170 soat) 

 

 

1-sinfda o‘tilganlarni takrorlash va umumlashtirish (10 soat ) 

Yuz ichida sonlarni xonadan o‘tmasdan qo‘shish va ayirish.  

18 ichida xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish.  

Qo‘shish va ayirishni tekshirish. 

O‘tilgan mavzularga doir masalalar.  

Ko‘pburchak  elementlari. To‘g‘ri burchak. To‘g‘ri burchakdan katta yoki  kichik burchaklar.  

Katak daftarga to‘g‘ri burchak chizish.  

Siniq chiziqning uzunligi. Ko‘pburchak perimetri. 

 

         100 ichida sonlarni xonadan o‘tib qo‘shish va ayirish (35 soat) 

Sonli ifodalar. Sonli ifodalarni taqqoslash.  

38+5, 42–5 ko‘rinishdagi ifodalarni og‘zaki hisoblash.  

Harfli ifodalar.  

Tenglama. Tenglamalarni tanlash usuli yordamida yechish. x +56 = 79, 56 + x = 79, x – 24 = 41, 69 – x = 

23 ko‘rinishdagi tenglamalar.  

Ikki va uch amalli (qavssiz) ifodalar. Qavsli ifodalar.  

Ikki xonali sonlarni ustun shaklida qo‘shish va ayirish (sodda ko‘rinish).  

47 + 36, 56 +24, 63 +37 ko‘rinishdagi ifodalar. 

40 – 6 ko‘rinishdagi misolni ustun shaklida yechish. 60 – 37, 63 – 37 ko‘rinishdagi ifodalar. 

a +49, 91–b  ko‘rinishdagi ifodalar. 


 

38 


O‘tilgan mavzularga doir 1–3 amalli  sodda masalalar  yechish. 

 

Ko‘paytirish (24 soat) 

Ko‘paytirish.  Ko‘paytirishning  mahnosi.  Ko‘paytirish  bir  xil  qo‘shiluvchilar  yig‘indisini  topish. 

Amalning atalishi va belgilanishi. 

2 sonini bir xonali songa ko‘paytirish. 

Bir xonali sonni 2 soniga ko‘paytirish. 

3 (4, 5, 6, 7, 8, 9)  sonini bir xonali songa  ko‘paytirish. 

Bir xonali sonni 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9)ga ko‘paytirish. 

Bir xonali sonlarni  ko‘paytirish jadvali. 

Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi. 

Ko‘paytirish amali bilan  yechiladigan masalalar.  

Doira, aylana. Aylana markazi, radiusi, diametri. 

 

Bo‘lish (36 soat) 

Bo‘lish. Bo‘lish amalining mahnosi. Amalning atalishi va uning belgilanishi.  

Teng qismlarga bo‘lish.  

2 ga bo‘lish va bo‘linmada 2 chiqadigan songa bo‘lish. 

Ko‘paytirish va bo‘lishga oid sodda masalalarni  yechish. 

3 (4, 5, 6, 7, 8, 9)  sonini bir xonali songa  ko‘paytirish. 

Bir xonali sonni 3 (4, 5, 6, 7, 8, 9) ga ko‘paytirish. 

3,  4  ,  5,  6,  7,  8,  9  sonlariga  bo‘lish  va  bo‘lishda  bo‘linma,  3,  4,  5,  6,  7,  8,  9  ga  teng  bo‘ladigan  songa 

bo‘lish. 

Bir xonali songa bo‘lish jadvali. 

O‘tilgan mavzularga doir masalalar. O‘zaro teskari masalalar. Masala shartini yozishning jadval usuli. 

Millimetr (mm). Millimetr, santimetr, desimetr, metr orasidagi munosabatlar. 

Sonning qismini va qismiga ko‘ra sonni topish, qismlarni taqqoslash. 

Geometrik shakllarni qismlarga bo‘lishga doir, kichik shakldan katta shakl tuzishga doir masalalar. 

 

0, 1, 10 sonlari ishtirokida ko‘paytirish va bo‘lish.  Arifmetik amallar ishtirokidagi ifodalar. 

Tenglamalar (55 soat) 

Sonni  1  ga  va  1  ni  songa  ko‘paytirish.  Sonni  0  ga  va  0  ni  songa  ko‘paytirish.  Sonni  1  ga  va  o‘z-o‘ziga 

bo‘lish. Sonni 0 ga bo‘lish mumkin emasligi. Sonni 10 ga, 10 ni songa ko‘paytirish. Sonni 10 ga bo‘lish.  

Arifmetik amallar ishtirokidagi ifodalar. 

2–3 amalli (qavs va qavssiz) ifodalarda amallarni bajarish tartibi. 

Nomahlum ko‘paytiruvchini, nomahlum bo‘linuvchini topish. 

x  +  2  =  10,  5  +  x  =  8,  x  –  3  =  8,  10  –  x  =  2,  x ·  2  =  12,  20  :  x  =  5,  x  :  3  =  4,  6  ·  x  =  18  ko‘rinishdagi  

tenglamalarni yechish. 

Berilgan sondan bir necha marta katta yoki kichik sonni topish. Sonlarni bo‘lish yordamida taqqoslash.  

O‘tilgan mavzularga doir masalalar. 

Geometrik  shakllar:  kvadrat,  to‘g‘ri  to‘rtburchak,  uchburchak,  doira.  SHakllarni  taqqoslash  va  bo‘yash. 

Bo‘laklari bo‘yicha shaklni yasash va bo‘laklarga ajratish. 

Katak  daftar  varog‘iga  chizilgan  shakllar.  Uchburchak,  to‘g‘ri  to‘rtburchaklar  chizilgan  kataklar  sonini 

sanab chiqish. CHo‘pdan shakllar yasash. 

 

O‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash (10 soat) 

 

3-SINF (170 soat) 



 

2-sinfda  o‘tilganlarni takrorlash va  umumlashtirish (10 soat) 

Jadval ichida ko‘paytirish va bo‘lish. Bir xonali sonlarni ko‘paytirish va bo‘lish jadvali.  

Arifmetik amallar ishtirokidagi ifodalar. Tenglamalar.  

Sonning qismini va qismiga ko‘ra sonni topish.  



Jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish (36 soat) 

20   3, 3   20, 60 : 3, 100 : 2, 90 : 30 ko‘rinishdagi ifodalar. 

Yig‘indini songa ko‘paytirish. 23  4, 4   23 ko‘rinishdagi ifodalar. Sonni yig‘indiga ko‘paytirish. 


 

39 


Harfli ifodalarning qiymatini topish. 

Yig‘indini songa bo‘lish. 39 : 3, 42 : 3, 72 : 3 ko‘rinishdagi ifodalar. Bo‘lishni tekshirish. 

Ikki xonali sonni ikki xonali songa bo‘lish.  

Ko‘paytirishni tekshirish.  

Qoldiqli bo‘lish. Qoldiqli bo‘lishni tekshirish. 

Uch va undan ortiq ko‘paytuvchilarni ko‘paytirish. 

O‘tilgan mavzularga doir masalalar. 

                                                      

MINGLIK 

Uch xonali sonlarni raqamlash (21 soat) 

Yuzliklar. Yuzlik, o‘nlik va birliklardan sonlarni hosil qilish.  

Uch xonali sonlar. Minglik, yuzlik, o‘nlik va birliklar orasidagi munosabatlar.  

Uch xonali sonni xona birliklari yig‘indisi ko‘rinishida tasvirlash. Uch xonali sonlarni taqqoslash.  

x : 2 = 5 ko‘rinishdagi tenglamalar.  

Burchaklarning  turlari:  to‘g‘ri,  o‘tkir,  o‘tmas.  Uchburchaklarning  turlari:  teng  tomonli,  teng  yonli,  turli 

tomonli. 

Geometrik shakllarni belgilash uchun harflarni qo‘llash.  

Uzunlik  o‘lchovi  birliklari:  millimetr,  santimetr,  desimetr,  metr,  kilometr.  Ular  orasidagi  o‘zaro 

munosabatlar (bilimlarni umumlashtirish). 

 

1000 ichida qo‘shish va ayirish (33 soat) 

1000  ichida  qo‘shish  va  ayirishning  og‘zaki  usullari.  240  +  80,  240  –  80,  320  +  250,  580  –  350 

ko‘rinishdagi ifodalar. 

Yozma  qo‘shish  va  ayirish.  Xonadan  o‘tmasdan  qo‘shish.  Xonadan  o‘tmasdan  ayirish.  O‘nlikdan  o‘tib 

qo‘shish.  Yuzlikdan  o‘tib  qo‘shish.  O‘nlikdan  va  yuzlikdan  o‘tib  qo‘shish.  O‘nlikdan  o‘tib  ayirish. 

Yuzlikdan o‘tib ayirish. O‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib ayirish. 504–265 ko‘rinishdagi ifodalar. 

x + 125 = 142, 156 + x = 342, x – 125 = 142, 236 – x = 158 ko‘rinishdagi tenglamalar. 

O‘tilgan mavzularga doir masalalar. 

Massa  o‘lchov  birliklari:  gramm,  kilogramm,  sentner,  tonna  va  ular  orasidagi  munosabatlar 

(umumlashtirish).  

Vaqt  o‘lchovi  birliklari:  minut,  soat,  kun,  hafta,  oy,  yil.  Ular  orasidagi  o‘zaro  munosabatlar 

(umumlashtirish). 

 

1000 ichida ko‘paytirish va bo‘lish (60 soat) 

Og‘zaki ko‘paytirish va bo‘lish. Sonni 10, 100 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 30   4, 200   3,     320   3, 800 : 4, 

490 : 7, 600 : 20, 900 : 300, 240 : 30 ko‘rinishdagi ifodalar. 

Yozma  ko‘paytirish  va  bo‘lish.  Xonadan  o‘tmasdan  ko‘paytirish.  Ko‘paytirishning  o‘rin  almashtirish 

xossasi (takrorlash). O‘nlikdan o‘tib ko‘paytirish. Yuzlikdan o‘tib ko‘paytirish. O‘nlikdan va yuzlikdan o‘tib 

ko‘paytirish. 396 : 3, 346 : 2, 852 : 4, 216 : 3, 276 : 4, 668 : 4,       735 : 7 ko‘rinishdagi ifodalar.  

Ko‘paytirishni bo‘lish orqali, bo‘lishni  ko‘paytirish orqali tekshirish.  

Qoldiqli bo‘lish va natijasini tekshirish.  

x   4 = 140, 3   x = 126, x : 9 = 53, 595 : x = 7 ko‘rinishdagi tenglamalar. 

a + b, a – b, a   b va a : b ifodalarning qiymatini topish. 

O‘tilgan mavzularga doir masalalar. 

Rim raqamlari. 

Vaqt  o‘lchovi  birliklari:  sekund,  asr.  Vaqt  o‘lchovi  birliklari  orasidagi  munosabatlar  (umumlashtirish). 

Raqamli soat. 



 

O‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash (10 soat) 

 

4-SINF (170 soat) 

3-sinfda o‘tilgan materiallarni takrorlash va umumlashtirish (6 soat) 

To‘rt  arifmetik amal. 2, 3 va 4 amalli  ifodalarda amallarni bajarish tartibi.  

Uch xonali sonlarni bir xonali songa qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish. 

Kattaliklarni qo‘shish va ayirish. 

 


 

40 


KO‘P XONALI SONLAR 

Raqamlash (22 soat) 

Minglik sanoq birligi. Ko‘p xonali sonlarni o‘qish va yozish. Birlar, minglar va millionlar sinfi. Birlar va 

minglar sinfida I, II, III xonalar, ular orasidagi munosabat. 

Ko‘p xonali sonlarni taqqoslash. 

O‘nli sanoq sistemasi.  

Sonni uning xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi ko‘rinishida ifodalash. 

Uzunlik, massa va vaqt o‘lchovi birliklari (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish). 

O‘rganilgan mavzularga doir masalalar.  

Geometrik shakllar: doira, uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, ko‘pburchak. Ushbu shakllar haqidagi 

bilimlarni umumlashtirish. 

 

Qo‘shish va ayirish. Kattaliklar. Geometrik  shakllar (26 soat) 

Qo‘shish  va  ayirish  (bilimlarni  umumlashtirish  va  bir  tizimga  solish).  Bir  necha  sonni  qo‘shishda 

qo‘shiluvchilarning  o‘rinlarini  almashtirish  va  guruhlash.  Qo‘shish  va  ayirish  amallari  orasidagi  o‘zaro 

bog‘lanish. 

Qo‘shishning o‘rin almashtirish va guruhlash xossasi, hisoblashlarda ularni qo‘llash. 

qo‘shish va ayirishni tekshirish usullari. 

Tezlik. Vaqt. Masofa. 

1 000 000 ichida sonlarni qo‘shish va ayirish. 

Qo‘shish  va  ayirishni  o‘z  ichiga  olgan  2–3  amalli  (qavsli  va  qavssiz)  ifodalar,  ularning  qiymatlarini 

hisoblash. 

Kattaliklarni qo‘shish va ayirish. 

x + 316 = 654 + 85; 729 – x = 217 + 163,  x – 137 = 500 – 140 ko‘rinishidagi tenglamalar. 

O‘tilgan mavzularga doir 2 va 3 amalli masalalar, ularni tenglamalar tuzib  yechish. 

Massa birligi: gramm, kilogramm, tonna, ular orasidagi munosabatlar (umumlashtirish). 

Doira  va  aylana  markazi,  radiusi  va  diametri  (umumlashtirish).  Sirkul  yordamida  berilgan  radiusli  doira 

(aylana)ni chizish. 



Ko‘paytirish va bo‘lish (105 soat) 

Ko‘paytirish va bo‘lish (bilimlarni umumlashtirish va sistemaga solish). Ko‘paytirish va bo‘lish orasidagi 

o‘zaro bog‘lanishlar. 

Ko‘paytuvchilar va ko‘paytma; bo‘linuvchi, bo‘luvchi va bo‘linma orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar. 

6  ·  x  =  426  +  120,    x  :  18  =  270  –  50,  360  :  x  =  630  :  7  ko‘rinishidagi  tenglamalarni  komponentlar  va 

amallar natijalari orasidagi bog‘lanishlar asosida yechish. 

Ko‘paytirish va bo‘lishni tekshirish usullari. 

Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish, guruhlash va taqsimot xossalari.  

O‘zgaruvchilar yordamida ko‘paytirish va bo‘lish xossalarini yozish. 

10; 100; 1000 ga ko‘paytirish va bo‘lish. 

Ko‘p  xonali  sonni  bir  xonali  songa  yozma  ko‘paytirish  va  bo‘lish.  Nol  bilan  tugallangan  songa 

ko‘paytirish. 

Sonni ko‘paytmaga bo‘lish. Nol bilan tugallangan songa bo‘lish. 

Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa ko‘paytirish. 

Ko‘p xonali sonni ikki xonali va uch xonali songa yozma bo‘lish. 

Ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 2, 3 va 4 amalli ifodalar. 

Masofa, vaqt va tezlik orasidagi bog‘lanish. 

Qo‘shish, ayirish, ko‘paytirish va bo‘lishni o‘z ichiga olgan 3 va 4 amalli (qavsli va qavssiz) sonli ifodalar. 

Kattaliklarni bir xonali songa ko‘paytirish va bo‘lish. 

Qarama-qarshi yo‘nalishlardagi harakatlarga, o‘tilgan mavzularga doir 2, 3 va 4 amalli masalalar yechish. 

Qo‘shish, ayirish, ko‘patirish va bo‘lish amallarini o‘z ichiga olgan 2 va

 

3 amalli masalalar. SHakllarning 



yuzi haqida tasavvur.  

To‘g‘ri  to‘rtburchak  (kvadrat)ning  yuzi.  Yuz  birliklari:  kvadrat  santimetr  (kv.  sm),  kvadrat  desimetr  (kv. 

dm), kvadrat metr (kv. m). To‘g‘ri to‘rtburchaklar (kvadrat)ning perimetri va yuzini topishga doir masalalar. 

 

O‘tilganlarni takrorlash va mustahkamlash (11 soat) 



 

 

 

41 


UZLUKSIZ MAJBURIY  TA‘LIM  MUASSASALARI   UCHUN  

TABIAT TA‘LIMINING O‘QUV  DASTURI 

 

1-SINF 

Atrofimizdagi olam o‘quv dasturi 

(33 soat, haftasiga 1 soatdan)  

 

Kirish (5 soat) 

Bizning maktab. Maktab binosi va hovlisi, sinfxonalari,  kutubxona, oshxona, sport zali va  boshqalar. 

Bizning sinf. Partada o‘tirish qoidasi. Xonani toza va tartibli saqlash, o‘z vaqtida shamollatish.  

Bizning  mahalla.  Men  yashaydigan  manzil.  Mahallamiz  manzarasi:  ko‘chalari,  uylari,  do‘kon, 

bog‘cha, maktab, aloqa bo‘limi. 

       Ko‘chada  yurish  qoidalari.  Piyodalar  uchun  yo‘lak,  chorraha,  yo‘lning  o‘tish  joyi,  svetofor. 

Transportda  yurish qoidasi.  

1-sinf  o‘quvchisining  kun  tartibi.  SHaxsiy    gigiena  qoidalari.  SHamollashdan  va  yuqumli 

kasalliklardan  ehtiyot bo‘lish. Ovqatlanish qoidasi.   

 

Atrofimizdagi tabiat ( 13 soat)  

Quyosh.  Quyosh  yorug‘ligi  va  issiqligining  atrofimizdagi  tabiat  uchun  ahamiyati.  Ob-havo.  Yil 

fasllari. Yil fasllarida ob-havoning turlicha bo‘lishi. 

Kuzda  o‘simliklar  hayoti.  O‘simlik  mevalarining  pishishi,  barglarining  sarg‘ayishi  va  to‘kilishi. 

Kishilarning kuzdagi mehnati. Dala va bog‘larda hosillarning yig‘ib-terib olinishi.  

O‘simliklar  dunyosi.  Madaniy  va  yovvoyi  o‘simliklar.  O‘simlik  qismlari.  Xona  o‘simliklari.  Xona 

o‘simliklarining  o‘sish  sharoiti.  Bog‘da  (hovlida,  tomorqada)  o‘stiriladigan  gullar:  atirgul,  chinnigul, 

rayhon va  boshqalar. 

Hayvonot  olami.  Uy  hayvonlari:  qoramol,  qo‘y,  echki,  ot,  it,  mushuk.  Ularning  odamlar  uchun 

ahamiyati.  Yovvoyi  hayvonlar:  bo‘ri,  tulki,  ayiq,  yo‘lbars,  sher,  ilon,  baliq,  baqa  va    boshqalar.  Qushlar: 

qaldirg‘och,  chumchuq,  mayna,  qarg‘a,  bulbul,  sahva,  kabutar,  musicha.  Hasharotlar:  kapalak,  ninachi, 

pashsha, chivin, chigirtka, xonqizi, ari, asalari, o‘rgimchak.  

 Qish  faslining  manzarasi.  Suvning  muzlash  hodisasi.  Muzlagan  suv  havzalari  ustida  yurishning 

xavfliligi.   



 

Biz foydalanadigan jihozlar (4 soat) 

Atrofimizdagi  narsalar:  uy  anjomlari,  o‘quv  qurollari,  kiyim-kechaklar,  oziq-ovqat  mahsulotlari.  

Bizga  zarur  bo‘lgan  narsalarni  tayyorlayotgan  kishilar  mehnatini  qadrlash.  Oshxonadagi  gazdan 

foydalanish. Yong‘inga qarshi xavfsizlik  qoidalari. 

Elektr  asboblari:  lampochka,  televizor,  radio,  magnitofon,  videopleyr,  muzlatgich,  dazmol  va  

boshqalar. Ulardan foydalanish. Kompyuter.  



 

 

Bizning o‘lka (9 soat) 

Biz  yashayotgan  o‘lka O‘zbekiston.  O‘lkamizdagi  tog‘lar,  dalalar,  yaylovlar,  cho‘llar,  o‘rmonlar, 

daryolar  mavjudligi.  Suv    obi  hayot.  Suvni  muhofaza    qilish  va  tejamkorlikda  sarflash.  Salom  bahor. 

Bahorda tabiat manzarasi. O‘lkamizda bahorning o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilarning bahordagi mehnati. 

Dalalarga  ekinlarning    ekilishi.  Navro‘zi  olam.  O‘lkamizda  Navro‘z  bayrami.    Men  yashaydigan  qishloq 

(shahar) tabiati. Bizning bog‘. Bog‘dagi daraxtlarni parvarish qilish. Ularning gullashi va meva tugishi. 

Biz  va  tabiat.  Tabiat  qo‘yniga  sayohat  qilish.  Tabiatni  asrash.    Salom  yoz.  Yozda  tabiat  manzarasi. 

Yozda kishilar mehnati. Yozgi tahtilda tabiat qo‘ynida dam olish.  



 

O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat) 

 

 

 

 

 

 

 

42 


2-SINF 

Atrofimizdagi olam o‘quv dasturi 

(34 soat, haftasiga 1 soatdan)  

 

Atrofimizdagi olamni o‘rganamiz (3 soat) 

    Atrofimizdagi olam. Sezgi organlari: ko‘z, quloq, burun, til, teri.    Jism va moddalar. Suvning uch holati: 

muz,  suv,  bug‘.  Ob-havo.  Havoning  ochiq  yoki  bulutligi,  yog‘inlar.  Ob-havoning  mahalliy  belgilari. 

Termometr. Termometr yordamida havo haroratini o‘lchash. Ob-havoni kundalik kuzatish.  

 

 O‘lkamizda kuz (8 soat) 

  Yil  fasllari.  Fasllarning  almashishi.  Turli  fasllarda  Quyoshning  ko‘rinma  holatlari.      Kuz  —  hosil 

yig‘iladigan  fasl.  Paxta    Vatanimiz  boyligi.  Paxta  yig‘im-terimi.      Kuz  noz-nehmatlari.  O‘zbekiston 

bog‘larida, dalalarida yetishtiriladigan meva-sabzavotlar. Hosilni yig‘ishtirib olish.  

  Ijtimoiy  foydali  mehnat.  Maktab  hovlisi  va  sinfxonani  ozoda  tutish.  Maktab  yer  uchastkasidagi  ekin  va 

daraxtlarni  parvarish  qilishda  ishtirok  etish.  Kuzda  hasharotlar  hayoti.  Foydali  va  zararli  hasharotlar. 

CHumolilarning  hayoti.  O‘lkamizda  uchraydigan  qushlar.  Hasharotxo‘r,  donxo‘r,  yirtqich  (go‘shtxo‘r), 

hammaxo‘r  qushlar.    Qushlarning  boshqa  o‘lkalarga  uchib  ketishi  va  boshqa  o‘lkalardan  uchib 

kelishi.O‘simliklarning qishga tayyorlanishi. Xazonrezgilik. Barglardan gerbariy tayyorlash. 

Ona zaminimiz (5 soat) 

      Yer    sayyora.  Globus.    Yerning  Quyosh    atrofida,  Oyning    Yer  atrofida  aylanishi.    Yer  yuzasining 

tuzilishi. Yer yuzidagi tog‘, tekislik va suvli joylar. O‘lkamizdagi tog‘ va tekisliklar.  Suv — hayot manbai. 

Daryo, ko‘l, kanal va ariq suvlari.   Vaqt o‘lchov birliklari: yil, oy, hafta, sutka, soat, minut, sekund. 



 

Qish (3 soat) 

     Kumush qish. Qishdagi ob-havo. Qish manzarasi.  

  Kishilarning  qishdagi  mehnati.  Dalalarni  bahorgi  ekish  mavsumiga  tayyorlash.  Issiq  xonalarda  ko‘chat 

tayyorlash. 

   Uy  va  hayvonlarning  qishdagi  hayoti.  Fermalarda  chorva  mollarini  parvarish  qilish.  O‘lkamizda 

qishlaydigan qushlar. 

   

 Sog‘ tanda sog‘lom aql (3 soat) 

Tana  gigienasi. Tanani ozoda tutish.  

Tishni parvarish qilish. Tish cho‘tkasi va pastasidan foydalanish. 

Ovqatanish  gigienasi. Odam organizmi uchun foydali bo‘lgan oziq-ovqatlar. Oziq-ovqat piramidasi. 



O‘lkamizda bahor (8 soat) 

Navro‘z — yangi kun. Sumalak   Navro‘z  taomi. Navro‘z  shodiyonalari.  

    Bahorda o‘simliklar hayoti.  Erta bahorda ochiladigan gullar. Daraxtlarning gullashi.  

O‘simliklarni  ko‘paytirish.  O‘simliklarning  urug‘dan,  ildiz  mevasi  (piyozi)dan,  novdasidan 

ko‘payishi. 

Bahorda kishilar mehnati. Dalalarda ekinlarni ekish. Ko‘chatlarni o‘tqazish va ularni parvarish qilish. 

Bog‘larda mevali daraxtlarni parvarish qilish. 

Bahorda hasharotlar hayoti. Bahorda hasharotlarning uyg‘onishi va hayot kechirishi.  

Bahorda o‘lkamizga qushlarning qaytib kelishi. Qushlarning ahamiyati, ularni muhofaza qilish.  

O‘lkamizdagi  uy  va  yovvoyi  hayvonlar.  Uy  hayvonlarining  ahamiyati.  Yovvoyi  hayvonlarning 

tabiatdagi o‘rni. 

                                      Tabiat va inson (3 soat) 

Insonning tabiatdan foydalanishi va unga tahsiri. Tabiatni muhofaza qilish.  

SHahar bilan qishloq, ular orasidagi farq.  

O‘lkamizda yoz. Yoz   o‘tadi soz. Yozda tabiatga sayohat. Tabiat qo‘ynida o‘zini tutish qoidalari. 

 

O‘quv yili davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat) 



                                                                           

 

 

 

43 


3-SINF. Tabiatshunoslik 

(34 soat, haftasiga 1 soatdan) 

Kirish (1 soat) 

   Tabiatshunoslik nimani o‘rganadi? Tabiat. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiat hodisalari. 

                                 Tabiatda suv va havo (4 soat) 

Er usti suvlari. Okean va dengizlar. Daryo va ko‘llar. Muzliklar. Yer osti suvlari. Suv – hayot manbayi. 

Suvning  ahamiyati.  Suvning  xususiyatlari.  Suvni  muhofaza  qilish  va  tejash.  Tabiatda  havo.  Havo  nima? 

Havoning  ahamiyati.  SHamol  qanday  paydo  bo‘ladi?  Ob-havo.  Ob-havo  nima?  Havo  harorati.  Yog‘inlar. 

Ob-havoning mahalliy belgilari. Tabiatda suvning aylanishi.  


Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling