Oilada ta’lim va mustaqil ravishda ta’lim olish.
Davlat oilada ta‘lim olishga va mustaqil ravishda ta‘lim olishga ko‘maklashadi. Bolalarni oilada o‘qitish va mustaqil ravishda ta‘lim tegishli ta‘lim muassasalarining dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi. Ta‘lim oluvchilarga vakolatli davlat muassasalari tomonidan uslubiy, maslahat va boshqa yo‘sinda yordam ko‘rsatiladi.
Bo‘lajak bakalavr va magistr mutaxassislar O‘zbekistonda ta‘lim tizimi turlari va ularning ish mazmuni haqida ilmiy ma‘lumotga ega bo‘lishlari darkor. Chunki bo‘lajak mutaxassislar har bir ta‘lim turining tuzilishi, mazmuni, maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etishlari shart. Bunday mas‘uliyat egallayotgan ixtisosligi bo‘yicha kasb ko‘nikmalarini o‘z vaqtida tarkib toptirishga yo‘naltiradi. O‘z ixtisosliklari yuzasidan chuqur ilmiy pedagog ma‘lumot olishga da‘vat etadi. Eng muhimi har bir ta‘lim tizimi haqida ilmiy ma‘lumotga ega bo‘lmay shu sohadagi vazifalarni bajarish mumkin emasligini tushunib yetmoqlari lozim. Shuning uchun bo‘lajak mutaxassislar ta‘lim tizimi va uning ish mazmuni to‘g‘risida ham nazariy, ham amaliy bilimlar zahirasini o‘zlarida shakllantirmog‘i zarur bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |