O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonuni. Uzluksiz ta’lim tizimi. Ta’lim turlari


Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim


Download 52.17 Kb.
bet5/11
Sana08.01.2022
Hajmi52.17 Kb.
#247131
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
4-

Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim

Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarni ta‘minlashga qaratilgandir. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim oliy o‘quv yurtlari va ilmiy tadqiqot muassasalarida (aspirantura, adyunktura, doktarantura, mustaqil tadqiqotchilik) olinishi mumkin.

U jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan. Oliy o‘quv yurtidan keyinga ta‘lim bosqichlari (aspirantura, doktarantura) dissertasiya himoyasi bilan yakunlanadi.

Yakuniy davlat attestasiyasi natijalariga ko‘ra fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi berilib, davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar topshiriladi. Bu ishni takomillashtirish uchun: kasb ta‘limi tizimi uchun oliy malakali ilmiy pedagogik kadrlarni ustivor tayyorlash; chet ellar tajribasidan foydalanishga sharoit yaratish; fan, texnologiya va ta‘lim sohasida rivojlangan mamlakatlar bilan halqaro hamkorlikni chuqurlashtirish va hokazo.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko‘nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta‘minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash mutaxassislarning kasb bilimlarini va ko‘nikmalarini yangilash va chuqurlashtirishga qaratilgan. Uni bitirganlarga guvohnoma yoki sertifikat topshiriladi. Uni rivojlantirish uchun:

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tizimi faoliyatida yangicha tarkib, mazmun va boshqarishni shakllantirish;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta‘lim muassasalarini davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan o‘tkazish;

iqtisodiyotning davlat va nodavlat sektorlarida kadrlar tayyorlash va malaka oshirish bo‘yicha raqobat muhitini yaratish va joriy etish va hokazo.


Download 52.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling