Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi


Download 127 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi127 Kb.
#1524041
Bog'liq
Qashqadaryo viloyati


Qashqadaryo viloyati — Oʻzbekiston Respublikasi tarkibidagi viloyat. 1924-yil 1-noyabrda tashkil etilgan. Respublikaning janubi-gʻarbida, Qashqadaryo havzasida, Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkasida, Amudaryo va Zarafshon daryolari, Hisor va Zarafshon tizma togʻlari orasida. Shimoli-gʻarbdan Buxoro va janubi-sharqdan Surxondaryo viloyatlari, janubi-gʻarb va gʻarbdan Turkmaniston Respublikasi, sharqdan Tojikiston Respublikasi hamda Samarqand viloyati bilan chegaradosh. Maydoni 28,6 ming km². Aholisi 3,408,300 kishi (3-oʻrin) (2022). Viloyat hokimi Murotjon Azimov (2021-yil 18-noyabrdan) Tarkibida 14 tumani (Dehqonobod, Kasbi, Kitob, Koson, Koʻkdala tumani), Mirishkor, Muborak, Nishon, Qamashi, Qarshi, Yakkabogʻ, Gʻuzor, Shahrisabz, Chiroqchi, 12 shahar (Beshkent, Kitob, Koson, Muborak, Tallimarjon, Chiroqchi, Shahrisabz, Yakkabogʻ, Yangi Nishon, Qamashi, Qarshi, Gʻuzor), 4 shaharcha (Yangi Mirishkor,Dehqonobod, Miroqi, Eski Yakkabogʻ, Pomuq), 147 qishloq fuqarolari yigʻini, 1064 qishloq bor (2005).
Qashqadaryo viloyati tumanlari haqida alohida maqolalarga qarang: masalan, Dehqonobod tumani, Kasbi tumani va boshqalar.
Tabiati Viloyat hududi, asosan, Qashqadaryo botigʻini oʻz ichiga olgan; shimol, sharq va janubi-sharqdan Zarafshon hamda Hisor tizma togʻlari bilan oʻralgan. Togʻlar bilan tekisliklar orasini adirlar egallagan. Tekislikning katta qismi gʻarbda Sandiqli va Qizilqum choʻllari bilan tutashgan Qarshi choʻlidan iborat. Iqlimi kontinental. Qishi nisbatan yumshoq. Yozi uzoq (155-160 kun), issiq, quruq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 0,2° dan 1,9° gacha, iyulniki 28°-29,5°. Eng yuqori temperatura 45°. Eng past temperatura −20°.-yiliga tekisliklarda 290-300 mm, adirlarda 520-550 mm, togʻlarda 550-650 mm yogʻin tushadi. Yogʻin, asosan, bahor va qishda yogʻadi, yozda garmsel esadi. Togʻlarda turgʻun qor qoplami hosil boʻladi (2-6 oy). Vegetatsiya davri tekisliklarda 290-300 kungacha. Asosiy daryosi — Qashqadaryo. Uning irmoqlari — Jinnidaryo, Oqsuv, Yakkabogʻdaryo, Tanxozdaryo, Gʻuzordaryo (Katta va Kichik Oʻradaryo bilan birga). Daryolar qor, yomgʻir va muzliklar suvidan toʻyinadi. Daryo suvidan, asosan, sugʻorishda foydalaniladi. Chimqoʻrgʻon, Qamashi, Pachkamar suv omborlari; Fayziobod, 8-Mart, Eskibogʻ, Eski Anhor, Koson, Paxtaobod, Qarshi va boshqalar kanallar bor. Qarshi choʻlini oʻzlashtirishda 6 nasos stansiyasi, ochiq va yopiq kollektor drenaj tarmoqlari qurilgan. Sugʻoriladigan yerlarning tuprogʻi, asosan, tipik va och boʻz tuproqlar. Kitob — Shahrisabz soyligida koʻproq qumoq tuproqlar mavjud. Togʻlarda balandlik mintaqalari boʻylab tipik boʻz tuproqlar tarqalgan. Tabiiy florasi 1200 ga yaqin yuksak oʻsimlik turidan iborat. Viloyatda 76,6 ming ga oʻrmon mavjud. Oʻrmonlarning asosiy qismini archa va saksovulzorlar tashkil etadi. Togʻ yon bagʻirlari har xil oʻt oʻsimliklari bilan qoplangan, shuningdek, butazorlar ham bor. Togʻ oʻrmonlari archa, bodom, pista, jiydazorlardan iborat. Togʻlarda naʼmatak, zirk, chakanda, anzur piyozi, qora zira va boshqalar oʻsadi.
Viloyat hududida 100 dan ziyod qush turi, sut emizuvchilarning 60 turi, sudralib yuruvchilarning 7 turi uchraydi. Daryo va suv havzalarida qumbaliq, ilonbosh, zogʻorabaliq, gulmohi, xramula, qorabaliq yashaydi. Viloyatda Hisor togʻ-oʻrmon va Kitob davlat geologiya qoʻriqxonalari joylashgan; Kitob balandtogʻ rasadxonalar majmuasi faoliyat koʻrsatadi.
Viloyat Qashqadaryo havzasida va Pomir-Oloy togʻ tizmasining gʻarbiy chekkalarida joylashgan. Viloyat hududi gʻarbdan sharqqa tomon 300-400 metrgacha koʻtarilib boradi. Viloyatning sharqiy qismi Kitob-Qamashi togʻ etaklaridan iborat boʻlib, u yerlarning balandligi 450-500 dan 900-950 metrgacha boradi. Viloyat doirasidagi togʻlarning asosiy qismi uning shimoli-sharqiy qismini egallagan. Bu yerdagi togʻlarning eng baland nuqtalari 4000 metrgacha yetadi. Qashqadaryo viloyati maydoni 28,6 km, aholisi 2.442,2 mingdan ortiq (2006). Aholining qariyb 3/4 qismi qishloqlarda istiqomat qiladi.
Aholisi, asosan, oʻzbeklar (91,2 %), shuningdek, tojik, turkman, rus, qozoq, ukrain, ozarbayjon, koreys, qirgʻiz, turk, ukrain, belorus, tatar va boshqalar millat vakillari ham yashaydi. Aholining oʻrtacha zichligi 1 km²ga 109,0 kishi. Shahar aholisi 1 460,0 ming kishi, qishloq aholisi 1 948,3 ming kishi (2022).
20-asr boshlarigacha hozirgi Qashqadaryo viloyati hududida yashagan aholining koʻpchiligi orasida urugʻ-qabilalarga boʻlinish saqlanib kelgan. Masalan, Qarshi shahri va uning atroflarida mangʻit, saroy, qavchin, qatagʻon, kutchi, qipchoqlar, xtoy, qirq va boshqalar urugʻlar, Shahrisabz va uning atroflarida kenagas, saroy, qutchi, turk, qatagʻon, qalmoq, qangʻli, chuyut, qiyot, qoʻngʻirot, mojor, mangʻit, mitan, moʻgʻul, nayman, sayot urugʻlari, Gʻuzor va uning atroflarida qavchin, kerayit, qoʻngʻirot, mangʻit va boshqalar urugʻlar yashagan. Ular dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bilan shugʻullanishgan.
Qashqadaryo viloyati qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtirish hamda yoqilgʻi resurslarini qazib olish boʻyicha Oʻzbekistonda muhim oʻrin egallaydi. Viloyat respublikada qazib olinadigan tabiiy gazning 88 %, neftning 92 %, kondensatning 99,6 %, oltingugurtning 100 % ni beradi.
Qashqadaryo respublikada eng koʻp don va paxta yetkazib beradigan viloyatdir. Oʻzbekistonda tayyorlanadigan yalpi qishloq xoʻjaligi mahsulotining 10,2 %,shu jumladan, paxtaning 11,8 %, gʻallaning 12 %, qorakoʻl terining 19 % viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Tabiiy gaz, kondensat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi tarmoqlar rivojlanmoqda. Viloyatda 1,1 ming kichik korxona, 40,6 ming mikrofirma bor. Bular sanoat, qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, qishloq xoʻjaligi va boshqalar korxonalardan iborat.
Qishloq xoʻjaligining asosiy tarmoqlari: gʻallachilik, paxtachilik, kartoshkachilik, polizchilik, sabzavotchilik, chorvachilik. Bogʻdorchilik, uzumchilik, ipakchilik ham salmoqli oʻrin tutadi. Chorvachiligi goʻsht-sut yetishtirishga ixtisoslashgan. Qoramolchilik, qoʻychilik, parrandachilik rivojlangan. Muborak, Mirishkor, Nishon, Gʻuzor tumanlarida qorakoʻlchilikka ixtisoslashgan yirik naslchilik xoʻjaliklari mavjud. Asalarichilikka ham katta eʼtibor berilgan.
Qashqadaryo viloyatida 667,6 ming ga ekin maydoni mavjud boʻlib, shundan 418,7 ming gektari sugʻoriladi. 173,8 ming ga yerga paxta, 205 ming ga yerga don, 3,2 ming ga yerga sabzavot, 2 ming ga yerga poliz, 0,5 ming ga yerga kartoshka, 38,1 ming ga yerga ozuqa ekinlari ekiladi. 32,8 ming ga yer koʻp yillik daraxtzorlar, shundan 13,2 ming ga yer mevazor, 9,2 ming ga yer tutzor, 10,4 ming ga yer tokzorlar bilan band, 1451 ming ga yerni yaylovlar egallagan. Yerning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 13815 km uzunlikda kollektor-drenaj tarmoqlari qurilgan. Viloyatda sugʻoriladigan dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida sugʻorish kanallari (Qarshi, Sandal va boshqalar) va suv omborlari (Tallimarjon, Chimqoʻrgʻon, Hisorak, Qizilsuv va boshqaalr) barpo etilgan. Sugʻorishni tashkil etish uchun 6 ta yirik nasos stansiyasi qurilgan. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni koʻpaytirish maqsadida Qarshi choʻlida 250 ming ga yer oʻzlashtirilgan.
Viloyatda 68 shirkat, 17,6 ming dehqon, 17,2 ming fermer xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatadi. Qashqadaryo viloyati shirkat, shaxsiy va fermer xoʻjaliklarida 654,7 ming qoramol (shu jumladan, 276,8 ming sigir), 2,2 mln. qoʻy va echki, 1,3 mln. parranda, 17,3 ming-yilqi boqiladi (2005). 1996—2005-yillar viloyatdan B.Roʻziyev, Q.Moʻminov, Gʻ. Rahmonov, M.Saidovlar „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoniga sazovor boʻldilar.
Download 127 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling